Mavzu: pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari. Pedagogik kategoriyalar



Yüklə 123,8 Kb.
səhifə1/9
tarix14.11.2022
ölçüsü123,8 Kb.
#69103
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi Zarijon



1




KURS ISHI

Fan: Rivojlanish psixologiyasi

MAVZU: PEDAGOGIKANING ILMIY TADQIQOT METODLARI. PEDAGOGIK KATEGORIYALAR.

Bajardi: Xaydarova Zarinabonu
Tekshirdi:


MUNDARIJA

KIRISH………………………………………………………………………….


I-BOB. PEDAGOGIKANING ILMIY TADQIQOT METODLARI. ………………………………………
1.1. Pedagogik tadqiqotlaming mazmuni va mohiyati ……………………….
1.2. Pedagogik tadqiqot obyekti va predmeti ………………………………..
II-BOB. PEDAGOGIK KATEGORIYALAR.……………………..
2.1. Pedagogik tadqiqotlaming asosiy kategoriyalari va tushunchalari …..…

2.2. Pedagogik tadqiqotlarda ilmiy dalillar va ularning ……………………..


Xulosa ………………………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………...


Kirish.
Pedagogika - bu fundamental va amaliy fan. Fundamental va amaliy tadqiqotlar, avvalo ustuvor maqsadlarni o‘zida ifoda etishi bilan farqlanadi. Fundamental tadqiqotlarning strategik maqsadi - nazariya va konsepsiyalarni yaratish, qonun va qonuniyatlarni aniqlash, real obyektlarning ahamiyati va xususiyatlarini tizimlashtirishdan iborat. Fundamental tadqiqotlar jarayonida obyektlarning nazariy modellari yaratiladi. Fundamental tadqiqotlar nafaqat ontologik, prognostik, balki metodologik va evristik funksiyalarni ham bajaradi, ya’ni muammoning tadqiq etish lozim bo‘lgan yangi qirralarini ochib beradi hamda amaliy tadqiqotlarning evristik strategiyalari va texnologiyalarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Fan ilmiy bilimlar va ilmiy faoliyat tizimi sifatida natijasi esa, nazariy va amaliy turdagi yangi ilmiy bilimlarda o‘z ifodasini topadi. Umuman olganda, ilmiy bilim uchun haqiqat va yangining mavjudligi eng asosiy qadriyatdir. Ilm madaniyatning komponenti sifatida ijtimoiy- madaniy nuqtai nazardan asoslangan, muayyan tarixiy va madaniy kontekst, aksiologik doirada rivojlanadi; ikkinchi tomondan esa - ilm madaniyatni rivojlantirish uchun asos vazifasini bajaradi.
Axborotlar globallashuvi sharoitida fanning turli ma’lumotlar bilan boyib borishi, axborotlarni tahlil va talqin qilishga erkinlikning yuqori darajada berilishi boshqa fanlar singari pedagogika faniga turli nuqtai nazardan, rakursdan qarash tuyg‘usini qaror toptirmoqda. Hatto so'nggi yillarda mazkur fanga uning tabiatiga mos kelmaydigan tushuncha, yondashuvlarni zo‘rma-zo‘raki singdirishga urinishlar ham ko‘zga tashlanadi. Pedagogika fanining fundamental xususiyatini saqlab qolishriing asosiy yo‘li - uning metodologiyasini aniqlashtirish va to‘g‘ri tushuntirib berishdan iboratdir.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganidek - «Ma'lumki, muallimlar hozirgi vaqtda eskicha usulda har 5 yilda malaka oshiradi. Bundan buyon ularning, «hayot davomida o‘qish» tamoyili asosida, o‘z malakasini uzluksiz oshirib borishi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, o‘qituvchilarning o‘z fanini bilishi, pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligidan kelib chiqib, toifa berish mezonlari ham qayta ko‘rib chiqiladi. Yana bir bor takrorlayman, jamiyatda o‘qituvchi kasbi eng nufuzli va obro‘li kasb bo‘lishi lozim. Muallimlarimiz bolalarga sifatli ta'lim berish va o‘z ustida ishlashdan boshqa narsa haqida o‘ylamasligi uchun davlat barcha sharoitlarni yaratib berishi zarur. Shu bois, o‘qituvchi, murabbiy va metodistlar mehnatiga munosib haq to‘lash bo‘yicha boshlagan ishlarimiz kelgusi yilda ham davom ettiriladi. Buning uchun xalq ta'limi xodimlarini rag‘batlantirish hududiy jamg‘armalariga 330 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Shu bilan birga, 240 mingdan ziyod maktab o‘qituvchilariga sinf rahbarligi uchun ustama to‘lovlar 1,5 barobarga oshirilib, budjetdan 400 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi», dedi prezident. Prezidentimiz maktab bilan kollejlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash, xususan, ushbu maktabda tajriba sifatida 11-yillik ta’limni qayta tiklash, uning qoshida o‘quv-kasb kursi tashkil etish zarurligini ta’kidladi. Yuqori sinflarda bolalar shaxs bo‘lib, jamoa bo‘lib shakllanadi, dedi davlatimiz rahbari. Ayni o‘sha paytda ularni o‘zlari o‘rgangan muhitdan ajratib qo‘ymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu bois ta’lim jarayonining usluksizligini ta’minlash, o‘quv dasturlarini takomillashtirish zarur. Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda so‘zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. "Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz. Bu vazifalar maktab, oila, mahalla, butun jamoatchilikka katta mas’uliyat yuklaydi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasining barcha bo‘g‘inlari – maktabgacha ta’lim, maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, yangi muassasalar bunyod etish va mavjudlarini qayta ta’mirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yoshlar kamolotida o‘z samarasini beradi. Muloqot – yunoncha so‘z, so‘zlashuv, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va fikr olishuv, og‘zaki nutq shakli ikki yoki undan ortiq shaxslarning so‘zlashuvidir.



Yüklə 123,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin