Ismoilova Zuxra
Amaliy topshiriq
MAVZU:. PSIXOLOGIK XIZMAT HAQIDA NIZOM
Reja:
1. Psixologik xizmat haqida Nizomning qabul qilinishi.
2. Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar.
3. Psixologik xizmat xonasi haqida Nizom.
Nizom, o‘zgartirishlar, psixolog xonasi, Nizom bo‘limlari. 1.
Psixologik xizmat haqida Nizomning qabul qilinishi Psixologik xizmat
haqida Nizom amaliyotchi psixolog o‘z faoliyatida amal qiladigan
asosiy hujjat hisoblanadi. Psixologik xizmat haqida Nizom Sobiq
Ittifoqda 1989-yilda qabul qilingan. Ushbu Nizomga ko‘ra psixologlar
hafitasiga 41 soat ishlashar edi. 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishganidan
so‘ng barcha so- halarda bo‘lgani kabi psixologik xizmat sohasida ham
bir qancha muvaffaqiyatlarga erishildi. Ulardan biri 1996-yil, 5- aprelda
“0 ‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limida psixologik xizmat, xalq ta’limi
tizimida ishlaydigan psixologlaming malakasini oshirish va ularning
attestatsiyasi haqida Nizom”ning Xalq ta’limi vaziri J.G‘.Yo‘ldoshev
tomonidan tasdiqlanishi bo‘ldi. Psixologik xizmat haqida Nizom(1996-
y) 6 bo‘limdan iborat. Ular:
4. Rivojlantiruvchi va korreksion ishlar.
: 6. Pixdlogtkxi^itxoSSarffiag mas'tffiyati
Umumiy qoidalar quyidagi bandlami o‘z ichiga olgan. 1. Psixologik
xizmat xalq ta’limi va oliy o‘rta maxsus ta’lim tizimining muhim
tarkibiy qismi hisoblanadi. 2. Psixologik xizmat mutaxassislari barcha
muammolarni hal qilishda har qaysi shaxsning “pedagog, o‘quvchi,
talaba, ota- ona” manfaati va uning har tomonlama garmonik
rivojlanishidan kelib chiqqan holda yondashadi. 3. Psixologik xizmat
mutaxassislari o‘z faoliyatlarini tibbi- yot xodimlari, defektologik
xizmat, muhofaza qilish tashkilotlari, muayyan komissiyalar, balog‘atga
yetmagan o‘smiriar inspeksi- yasi, ota-onalar qo‘mitasi, ishlab chiqarish
jamoasi, jamoatchilik bilan uzviy aloqada amalga oshiradilar.
Amaliyotchi psixologlar o‘qituvchiga berilgan barcha im- tiyozlardan
foydalanish huquqiga ega. Ulaming mehnat ta’tili muddati barcha
o‘qituvchilar bilan barobardir. 1996-yildagi Nizomga ko‘ra о‘quvchilar
soni 500 gacha boigan maktablarda 1 ta psixolog lavozimi belgilanadi. 0
‘quvchilari 500 kishidan or- tiq kontingentdagi maktablarda har 500
o‘quvchi uchun ikkinchi psixolog lavozimi belgilanadi. Maktabgacha
tarbiya muassasala- ridagi har bir bolalar muassasasida 1 shtat birligida
bolalar psixo- logi lavozimi belgilanadi. Kollej va litseylarda har 250
o‘quvchi uchun shtatli psixolog lavozimi tayinlanadi. 0 ‘quvchilar soni
250 kishidan yuqori kontingentli hollarda har 250 ta o‘quvchi uchun
qo‘shimcha psixolog shtati belgilanadi.
2.Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar 2001-yilda bu Nizomga o‘zgartirish
kiritildi. Nizomga yet- tinchi bo‘lim, kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘limi
ham qo‘shildi. Maktablarga maxsus kasb-hunarga yo‘naltirish darslari
kiritildi. Ushbu darslarni psixologlar o‘ta boshlashdi. 2002-yilda
Nizomga qayta o‘zgartirish kiritildi. Bu o‘zgarishning salbiy va ijobiy
tomoni bo‘ldi. Ijobiy tomoni shundaki, psixolog xonasini jihoz- lash
maktab, litsey, kollej ma’muriyati zimmasiga yuklatildi. Salbiy tomoni
esa, o‘quvchilar kontingentining ortishida namoyon bo‘ldi. Maktabda
о‘quvchilar soni 5 000 nafar va undan ortiq bo‘Isa, bir shtat birligi
psixolog ajratiladigan bo‘ldi. Kollej larda 47
750 va undan ortiq o‘quvchilarga 1 shtat birligi psixolog ajratili- shi
belgilandi. 2010-yilda Nizomga qayta o‘zgartirish kiritildi.
0 ‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi muassasalarida psixologik xizmat
to‘g‘risidagi NIZOM Mazkur Nizom 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahka- masining 2010-yil 7-iyundagi 109-sonli “Umumta’lim maktab-
larining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar
kollejlarida o‘qitish bilan qamrab olishni ta’minlash bo‘yicha normativ-
huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori (0
‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010 y., 23-son, 184-
modda) ga muvofiq, 0 ‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimidagi
muassasalarda Psixologik xizmat (ke- yingi o'rinlarda Psixologik xizmat
deb ataladi)ning maqsadi, vazifalari hamda faoliyatining tashkiliy
asoslarini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar 1. Psixologik xizmat О‘quvchilarni kasb-hunarga
yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi (keyin-
gi o‘rinlarda Respublika tashxis markazi deb yuritiladi) ning tarkibiy
tuzilmasi hisoblanadi. 2. Psixologik xizmat “psixologiya” ixtisosligi
bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo'lgan psixolog yoki qayta tayyorlashdan
o‘tib, “amaliyotchi psixolog” malakasiga ega bo‘lgan oliy ma’lumotli
pedagoglar tomonidan amalga oshiriladi.
II. Psixologik xizmatning maqsad va vazifalari 3. Psixologik xizmatning
maqsadi - shaxsning har tomon- lama shakllanishi, rivojlanishi, samarali
ijtimoiylashuvi va moslashuvi, bolalar rivojlanishining barcha yosh
davrlarida psixologik salomatligini muhofaza qilish uchun psixologik-
pedagogik shart-sharoit yaratishdan iborat. 4. Psixologik xizmatning
vazifalari: har bir bolaning individual xususiyatlari, qiziqishlari, layo-
qat va qobiliyatlariga muvofiq rivojlanishida uning psixologik
imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish;
- o‘quvchining intellektual, shaxsiy, ijtimoiy rivojlanishida- gi
og‘ishlarni o‘z vaqtida aniqlash, tuzatish va oldini olish; - umumta’lim
maktablarining o‘quvchilari va bitiruvchilar- iga kasbiy va hayotiy
o'zligini anglashida ularning shaxsiy qiziqishlari, moyilliklari,
qobiliyatlari, salomatligini inobatga olgan holda psixologik yordam
ko‘rsatish; - ta’lim jarayoni barcha subyektlarining psixologik
salomatligini muhofaza qilish, о‘quvchilar jamoasi va pedagogik ja-
moada sog‘lom psixologik iqlimni saqlash, kelib chiqishi mumkin
bo‘lgan nizolarning eng maqbul yechimlarini topish; - muassasada
o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyasi, o'smirlar va yoshlar xulqidagi
og‘ishlar, shaxsning oilada va jamiyatda moslashuvi va ijtimoiylashuvi
muammolari bo'yicha psixologlar, pedagoglar, ota-onalar yoki qonuniy
vakillaming samarali hamkorligini ta’minlash; - “xavfli guruh”ga
kiruvchi o‘smirlarni psixologik qodlab- quwatlash, ular uchun
tegishlicha psixologik tavsifnomalami rasmiylashtirish va zarur
bo‘lganda voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalarga taqdim
etish, tarbiyasi og‘ir o‘smirlarni (huquqbuzarlarni) ijtimoiy reabilitatsiya
qilish bo‘yicha tadbir- larni amalga oshirish, ularning huquq va
manfaatlarini himoya qilish; - iqtidorli bolalar va o‘smirlaming ijodiy
rivojlanishiga im- kon berish maqsadida psixologik kuzatish va qoMlab-
quvvatlash.
IILPsixologik xizmatning asosiy yo‘nalish!ari 5. Psixologik xizmatning
asosiy yo‘nalishlari quyidagilar- dan iborat: a) Psixologik ma’rifat -
psixologik bilimlarni egallash maqsadida pedagog va o‘quvchilar
(tarbiyalanuvchilar)ning
shuningdek,
ota-onalar
yoki
qonuniy
vakillaming psixologik madaniyatini oshirish. Psixologik ma’rifatning
vazifalari quyidagilardan iborat: - o‘quvchilarga eng oddiy psixologik
bilimlarni berish va ularning bu bilimlarni egallashiga erishish,
tengdoshlari va kattalar bilan shaxslararo munosabatlarga kirishish,
o‘zlarining shax49
siy sifatlari va xarakter xususiyatlari, qobiliyatlari, layoqatlariga baho
bera olish bilan bog‘liq bodgan bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirish;
- o‘quvchilarda o‘quv jarayoniga, o‘qituvchilar va tarbiyachilar bilan
muloqotga ijobiy munosabatni shakllantirish; - o‘smirlar, yigit va
qizlarning jinsiy tarbiyasi, ularning oila psixologiyasi va oilaviy
munosabatlar, shaxsiy gigiena va kasal- liklaming oldini olish
sohasidagi bilimlarni egallashiga erishish; - har bir bolaga individual
yondashuvni amalga oshirishda pedagoglar, tarbiyachilar, ota-onalar
yoki qonuniy vakillarning psixologik kompetentligini oshirish; -
individual suhbatlar, ochiq darslar, seminarlar va maslahatlar,
shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali psixologik bilimlarni
targ‘ib qilish. b) Psixologik-pedagogik tashxis - o‘quvehilaming
qiziqishlari, layoqatlari, qobiliyatlari, qadriyatlar yo£nalganligi ijtimoiy
ustanovkalari va munosabatlari, bilish va o‘quv faoliyati moti-
vatsiyalarini inobatga olgan holda ularning individual-psixologik va
shaxs xususiyatlarini aniqlash va baholash. Psixologik-pedagogik
tashxisning vazifalari; - 6-7 yoshdagi bolalarning boshlangdch sinflarda
o‘qishga tayyorgarligini o‘rganish maqsadida ularning psixologik
rivojlanishi va qobiliyatlarini aniqlash; - ixtisoslashtirilgan davlat
umumta’lim maktablariga qabul qilishda o‘quvchilarning bilish va
boshqa maxsus qobiliyatlarini aniqlash hamda baholash; - turli
psixologik tashxis metodikalari yordamida o'quvchilar bilan test-
sinovlari o‘tkazish va suhbatlashish, natijalarni maktabda ta’lim olish
davri mobaynida “Psixologik-pedagogik tashxis daftari” da qayd etib
borish; - o‘quvchilar (tarbiyalanuvchilar)ning iqtidori va potensial
qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beruvchi psixologik-pedagogik
sharoitlarni yaratish maqsadida ulardagi iqtidorni tashxis qilish orqali
aniqlash; - umumta’lim muassasalari o‘quvchilari va bitiruvchilari- ning
kasb-hunar, mutaxassislik va o‘rta maxsus kasb-hunar
ta’limi muassasalari ta’lim yo‘nalishini (kasb-hunar kolleji va akademik
litsey) tanlashida ularning qiziqishi, layoqati va bilish qobiliyatlarini
aniqlash; - tarbiyasi og‘ir bolalar va o‘smirlar bilan korreksion ish- larni
amalga oshirish, ulami tarbiyalash, maktab hamda ijtimoiy muhitga
moslashishini ta’minlash maqsadida individual-psixo- logik va shaxs
xususiyatlarini aniqlash; - tashxis natijalari bilan o‘quvchilar, ota-onalar
yoki qonuniy vakillar, pedagoglarni tanishtirish, shaxsning ongli
ravishda kasb- hunar tanlashini shakllantirish va rivojlantirishda ularga
buning ahamiyatini tushuntirish; - shaxsiy muammolaming yechimini
topish va ularga zarur psixologik yordam ko‘rsatish maqsadida ota-
onalar yoki qonuniy vakillar, pedagoglar (ulaming roziligi olingan
holda) bilan tashxis ishlarini olib borish. v) Psixologik profilaktika -
bolalaming
psixologik
salo-
matligidagi
buzilishlar,
ularning
intellektual, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishidagi salbiy og‘ishlarni o‘z
vaqtida oldini olish. Psixologik profilaktikaning vazifalari: -
Suhbatlashish va tashxis tekshiruvlari natijalari, shuningdek, ota-onalar
yoki qonuniy vakillar va pedagoglardan olingan ma’lumotlar asosida
bolalaming psixologik salomatligini aniqlash, - ijtimoiylashuv, ta’lim va
tarbiya jarayonida shaxs shaklla- nishi hamda rivojlanishidagi
og‘ishlaming oldini olish bo‘yicha choralar belgilash, bolalaming
kattalar
va
tengdoshlari
bilan
boMadigan
muloqoti
hamda
munosabatlarida psixologik shikast yetkazuvchi omillarni bartaraf
etishga yordam ko‘rsatish; - asabiy-psixik zo‘riqish va shaxs
sifatlarining buzilishi alo- matlari aniqlangan, shuningdek, addiktiv
qaramlikda bo‘lgan (alkogol, narkotiklar, toksik moddalarga ruju
qo‘yish, internet- qaramlik va boshqa shu kabi holatlardagi) o‘smirlarga
psixologik yordam ko'rsatish; - maktabgacha va umumta’lim
muassasalari, mehribonlik uylari hamda oilada bolalar tarbiyasi va
ta’limining psixogigie- nik shart-sharoitlariga rioya etilishini nazorat
qilish, bu sharoitlar buzilgan holatlarda choralar koTish;
- bolalar va o‘smirlami o‘z qiziqishlari, moyilliklari, qobiliyatlari va
bilimlarini tatbiq etishni xohlagan hayotiy faoliyat so- halarini anglab
yetishga tayyorlash; - ota-onalar yoki qonuniy vakillarga, pedagoglarga
(ularning roziligi bilan) shaxslararo munosabatlarda, oilada yoki
pedagogik jamoada nosog‘lom psixologik iqlim muammolarini hal
etishda psixologik yordam ko‘rsatish, psixologik shikast yetka- zuvchi
omillar ta’sirini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish. g) Psixologik
korreksiya
va
rivojlantirish
-
shaxsning
shakllanishi
hamda
rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatish hamda og‘ishlarni bartaraf etish,
o’quvchilar (tarbiyalanuvchi- lar) muomalasi va xulq-atvoridagi
buzilishlarni Korreksiyalash, shaxsning psixik rivojlanishi uchun zarur
shart-sharoitlar yara- tish. Psixologik korreksiya va rivojlantirishning
vazifalari: - 0 ‘quvehilar (tarbiyalanuvchilar)dagi psixik jarayonlar, ij-
timoiy ustanovkalar, subyektiv fikrlar va salbiy munosabatlar
rivojlanishini korreksiyalash; - ta ’ lim va mustaqil о ‘ quv faoliyati
jarayonida о ‘ quvchilarning bilish faolligi hamda qiziqishlarini
rivojlantirish
maqsadida
ularning
intellektual
passivligini
korreksiyalash; - tarbiyasi qiyin bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy
ustanovka- lari, munosabatlari, xulq-atvor motivlarini, ularning
maktabga va ijtimoiy muhitga yetarli darajada moslasha olmaslik
hoiatlarini korreksiyalash; - ta’lim-tarbiya jarayoni barcha subyektlari
o‘rtasidagi normal shaxslararo munosabatlami korreksiyalash va
rivojlantirish; - o‘quvchilar, ularning ota-onalari yoki qonuniy
vakillariga, pedagoglarga Psixologik korreksiya natijalarini, shaxsning
normal rivojlanishi uchim bu natijalarning ahamiyatini tushuntirish; -
pedagogik jamoa a’zolarining hissiy-emotsional holatla- rini,
shaxslararo munosabatlarini va ziddiyatli hatti-harakatini korreksiyalash,
ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish, rahbarlaming boshqaruv
uslubini optimallashtirish d) Psixologik maslahat - o‘quvchilar,
tarbiyalanuvehilar, ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillariga,
pedagoglarga shax
siy muammolar va ziddiyatli munosabatlarni konstruktiv hal eti- lishida
psixologik
yordam
ko‘rsatish,
shaxsning
ichki
psixologik
imkoniyatlarini safarbar qilish uchun shart-sharoitlar yaratish.
Psixologik maslahatning vazifalari: - Maktabgacha ta’lim muassasalari
xodimlariga bolalarning intellektual, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishining
yosh xususiyatlari, rivojlanishdagi buzilishlar hamda kechikishlar, ulami
kor- reksiyalash, shuningdek, bolalarni boshlang‘ich sinfda o‘qishga va
maktabga moslashuvga psixologik tayyorlash masalalari bo‘yicha
maslahatlar berish; - bolalarning boshlang‘ich sinflardan o'rta sinflarga
o‘tishi, shuningdek, maktabni bitirish va bo‘lg‘usi kasb-hunar hamda
ta’lim muassasasi (akademik litsey, kasb-hunar kolleji)ni tanlash
masalalarida o‘quvchilar, ota-onalar yoki qonuniy vakillarga maslahatlar
berish; - maktab-internatlar, mehribonlik uylari, shuningdek, yetim
bolalar ta’lim olayotgan umumta’lim muassasalari xodimlariga ta’lim-
tarbiya, bolalarning ijtimoiylashuvi va moslashuvini psixologik kuzatish
masalalari bo’yicha maslahatlar berish; - o‘smirlar va yoshlarga kattalar
va tengdoshlari bilan bo‘- ladigan o‘zaro munosabatlar, oilaviy
muammolar, xulq-atvordagi og‘ishlarni bartaraf etish, o‘z-o‘zini
tarbiyalash va rivojlantirish, shuningdek, hayotiy va kasbiy o‘zligini
anglash masalalarida maslahatlar berish; - maktabgacha ta’lim,
umumta’lim muassasalari, mehribonlik uylari rahbarlariga pedagogik
jamoani boshqarishni optimal- lashtirish, qo‘l ostidagi xodimlar bilan
shaxslararo munosabatlar, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolami hal
etish hamda sog‘lom psixologik muhitni ta’minlash masalalarida
maslahatlar berish; - maslahat berish jarayonida о‘quvchilar va
tarbiyalanuvchi- larda mustaqil ta’lim olish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-
o‘zini kor- reksiyalashga ijobiy munosabatlarni shakllantirish hamda
ulami amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; e) Kasb-
hunarga yo‘naltirish - o‘quvchilarning individual qiziqishlari,
moyilliklari, qobiliyatlari, jamiyat va mehnat bo
zorining muayyan kasb va mutaxassisliklarga bo 1 gar, ehtiyojla- rini
inobatga olgan holda ulami kasbiy o‘zligini anglashlari uchun yordam
berishga qaratilgan psixologik-pedagogik hamda tibbiy chora-tadbirlar
majroui. Kasb-hunarga yo‘naltirishning maqsadi - o‘quvchilar va
maktab bitiruvchilarini muayyan kasbni hamda akademik litsey yoki
kasb-hunar kollejidagi ta’lim yo‘nalishlarini ongli va mustaqil tanlashga
tayyorlash. Kash - hunarga yo‘naltirishning asosiy yo‘nalishlari va
vazifalari: - Kasbiy ma’rifat — o‘quvchilarga turli kasblar, ixtisosliklar,
mansab lavozimlari, tanlangan kasbni, ixtisoslikni egallash mumkin
bo'lgan ta’lim turlari hamda ta’lim muassasalari, shuningdek, kasbning
insonga, uning jismoniy, psixologik va shaxsiy sifat- lariga,
salomatligiga qo‘yadigan talablari haqida ma’lumotlar berish; - kasbiy
maslahat - o‘quvchilarga ulaming individual xususiyatlari va mehnat
bozori talablariga, ta’lim olish hamda kel- gusida isbga joylashish
imkoniyatlariga muvofiq kasb va ta’lim muassasasini tanlashga yordam
berish; - kasbiy tashxis — o‘quvchilarning bilish (o‘quv predmetla- riga,
fanga) va kasbiy (kasblarga, mutaxassisliklarga) qiziqishla- rini, kasb
tanlash motivlari va kasbiy rejalarini aniqlash hamda baholash; - kasbiy
tarbiya - bolalar va o‘smirlarda mehnat malaka va ko‘nikmalarini,
kasblarga qiziqish, mehnatsevarlik, ishchanlik hamda mas’uliyatni
shakllantirish va rivojlantirish. 0 ‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish
bo‘yicha tadbirlar 0 ‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi,
Respublika tashxis markazi buymqlari, me’yoriy hujjatlari va metodik
tavsiyalari asosida barcha darajadagi tashxis markazlari tomonidan
tashkil etiladi va bevosita ta’lim muassasalarining psixologlari
tomonidan amalga oshiriladi.
III. Psixologik xizmatning tarkibini shakllantirish va uning faoliyatini
tashkil etish 6. Psixologik xizmat Respublika tashxis markazining tar-
kibiy bo‘linmasi hisoblanadi. 7. Psixologik xizmatga Respublika tashxis
markazi direk- tori tomonidan tayinlanadigan va vazifasidan ozod
qilinadigan bo‘lim boshlig‘i rahbarlik qiladi. 8. Psixologik xizmatning
faoliyati 0 ‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida
jamoatchilik asosida tashkil eti- ladigan Kengash tomonidan
muvofiqlashtiriladi. Kengash tarkibi manfaatdor vazirlik va idoralar
bilan ke- lishgan holda ularning vakillaridan shakllantiriladi va xalq
ta’limi vaziri tomonidan tasdiqlanadi. 9. 0 ‘zbekiston Respublikasi Xalq
ta’limi vazirligi huzuri- dagi psixologik xizmat faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi Kengash- ning asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat: - muassasalarda psixologik xizmatning tashkil etilishi va
ta’minlanishi yuzasidan muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf etish
bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; - muassasalarda bolalar ta’lim-
tarbiyasi va rivojlanishining psixologik-pedagogik shart-sharoitlarini
tahlil qilish, ta’lim soha- sidagi innovatsiyalar bilan bog‘liq holda ularni
yanada takomil- lashtirish bo‘yicha tadbirlar belgilash; - psixologik
xizmatni takomillashtirish muammolari, xusu- san, bolalar huquqlari,
salomatligi muhofazasi, ijtimoiy himoyasi va moslashuvi, o‘smirlar
o‘rtasida huquqbuzarliklaming oldini olish bo’yicha respublika ilmiy-
amaliy konferensiyalari va semi- narlarini tashkil etish; - Respublika
tashxis markazi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida kadrlar
(mutaxassis - psixologlarjni tanlash va ularni joy-joyiga qo‘yish,
malakasining oshirilishi va attestatsiyadan o‘tkazilishini nazorat qilish; -
psixologlami tadqiqotchilik loyihalari (grantlar)ni ishlab chiqish va
ularni bajarishga jalb qilish, tadqiqotlar natijalarini xalq ta’limi tizimi
muassasalarida joriy etishlariga yordam berish; - muassasalarda
psixologik xizmatning tashkil etilishi holati bo‘yicha Respublika tashxis
markazi hisobotlarini ko‘rib chiqish;
Dostları ilə paylaş: |