Mavzu: Rashod Nuri Guntekinning hayoti va ijodi. Choliqushi romani



Yüklə 32,8 Kb.
tarix11.05.2023
ölçüsü32,8 Kb.
#111674
dars ishlanma metodika

Mavzu:Rashod Nuri Guntekinning hayoti va ijodi. Choliqushi romani.


Kun Shiori: Dars- bu teatr, lekin siz tomoshabin emassiz.


  • Darsning oltin qoidalari;

  • Intizomli bo'lish;

  • Bir-birini hurmat qilish;

  • Hamkorlikda ishlash;

  • Do'stlar fikrini qadrlash;

  • Vaqtdan unumli foydalanish.

Dars maqsadi:

  1. Ta'limiy maqsad: R.Guntekinning hayoti va ijodiga doir tushunchalar berish hamda Choliqushi romani haqida to'liq ma'lumot berish va tushuncha hosil qilish.

  2. Tarbiyaviy maqsad: O'quvchilar qalbida Choliqushi romani orqali ota-onaga bo'lgan hurmat, sadoqat, mehr-muhabbat tuyg'ularini, milliy qadriyatlarimizga sodiq bo'lish, ona yurtimizga bo'lgan milliy g'ururni kuchaytirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirish, xotira mustahkamligiga erishish va mustaqil fikrlash, chuqur mulohaza yuritishga undash, o'zaro hurmat va bir-birini baholay olish ko'nikmasini shakllantirish.

  4. Shakllantiriladigan kompetensiyalar: Fikrni og'zaki va yozma bayon qilish. Nutq vaziyatida sifatning ma'noviy guruhlarini to'g'ri qo'llash.

  5. Dars jihozi: Ko'rgazmali qurollar, rangli plakatlar, baholash kartochkalari, badiy asar, texnik vositalar(komputer, mp3 pleyer, video proektor), bilimlar sandigi qutisi, darslik va boshqalar.

  6. Dars turi: BKMni shakllantiruvchi, aralash.

  7. Dars metodlari: Interfaol (Intellektual zarba, qaynoq kartoshka),swot metodi.

  8. TASHKILIY QISM - 4 minut

  9. Xona tozaligi, o'quvchilar bilan salomlashish (ingliz tilida), davomatni aniqlash (ingliz tilida), dunyoda sodir bo'layotgan yangiliklar bilan o'quvchilar bilan muloqot ko'rinishida ularning fikrlarini bilish va Vatanimiz mustaqilligiga shukronalik hissini yanada uyg'otish.

  10. O'tilgan mavzuni mustahkamlashdan oldin har bir dars uchun Kun qahramoni rukni ostida Ozbekiston Respublikasi dovrug'ini yanada baland ko'tarishga o'z hissasini qo'shayotgan hamyurtlarimizdan birining rasmi yoki doskada ismi sharifi yozilib o'quvchilarning ushbu shaxs haqidagi o'z fikr-mulohazalari bilan tanishib ularning vatanparvarlik va komil inson tuyg'usini yanada boyitishiga xizmat qiladi.

  11. Shundan so'ng o'quvchilar 2 guruhga bo’linadi. 1-Bilimdonlar, 2-Zukkolar guruhi. Har bir guruh uchun Bilimlar sandig’i tashkil etiladi. Dars davomida dur-u javohirlar ya’ni o’quvchilar olgan rag’bat kartochkalari bilan to’ldirib boriladi. Dars so'ngida Bilimlar sandig'i dagi ballar bilan bilimdonlar bilimdoni aniqlanadi.

O’TILGAN MAVZUNI MUSTAHKAMLASH - 11 minut
Abdulla Qahhorning hayoti va ijodini o’rganish yuzasidan o’quvchilarning Intellektual zarba usuli va guruhlarda qisqa savol-javob usuli yordamida ikki guruhni bilimlarini mustahkamlab tekshirib olamiz.
“Bilimdonlar guruhiga savollar.

  1. Savol: Rashod Nuri Guntekin qachon va qayerda tug’ilgan?

Javob: R.Guntekin 1889-yil Istambul shahrida tug’ilgan.
2. Savol: Yozuvchi qachon Istambul universitetini tugatgan ?
Javob: 1912-yil.
3. Savol: Qaysi asarlarida kiborlar jamiyatiga xos illatlarni fosh etilgan?
Javob: Xanjar”,Sirli qol.
4. Savol: Yozuvchining asarlar toplami necha jildda nashr etilgan?
Javob:24 jild .
5. Savol:Uning qaysi monografiyasini bilasiz?
Javob: Lev Tolstoy.
“Qaynoq kartoshka usulidan foydalanib bilimlarni mustahkamligini tekshirib olamiz.
Savollarga to’g’ri javob berolmagan o’quvchi o’yinni tark etadi.

“Bilimdonlar guruhiga savollar.



  1. Savol:Rashod Nuri Guntekinga qaysi asari shuhrat keltirgan ?

  2. Javob: Choliqushiromani .

Zukkolar guruhiga savollar.

  1. Savol:Choliqushi romani qachon yozilgan?

  2. Javob: 1922-yil

YANGI MAVZUNI BAYONI: - 15 minut
Rashod Nuri Guntekinning Choliqushi asari tahlili
Yozuvchining eng mashhur asari hisoblangan ushbu roman 1922-yilda Vaqt gazetasida bolim-bolim e'lon qilina boshlangan. Asar birinchi marta 1923-yilda kitob holida chop etilgan. Yozuvchining o'zgartirishlaridan keyin 1937-yilda Choliqushi romani mukammal holga keltirilgan. Choliqushi ishqiy mavzuda yozilgan asar bolishi bilan birgalikda o'sha davrning ijtimoiy muammolariga mohirona tanqidiy yondasha olgan roman sifatida ham muhimdir. Choliqushi Turkiyada yangi va modern davrning boshlanishini ifodalagan asar hisoblanadi.
Asarning asosiy g'oyasi: asarda Feridening qaysarligi tufayli o`z muhabbatini tan olmasdan nafratini muhabbatidan ustun qo'yib, gururi va sevgisi o`rtasidagi jangi asosiy g'oya sifatida olingan. U hattoki, muhabbatini qalbining tub-tubiga yashirib, o'ziga ham bu haqida oshkor qilishga jur'at etolmasdan qalb og'riqlarini boshidan o'tkazadi. Mana shu kechinmalarga g'ururi, nafrati, qaysarligi sabab qilib olingan.
Asar sarlavhasi : bosh qahramoni bo'lmish Feride tabiatan ozod erkin bo'lib yashashni xohlaydigan mard, jasur obraz sifatida talqin qilingan. Shuning uchun ham yozuvchi ushbu asarni Choliqushi deb nomlagan.
Syujet unsurlari: asarda syujet unsurlaridan biri bo`lgan tugun Faridaning xiyonat qurboni bo'lishi orqali ko'rsatilgan. To'yga uch kun qolganda Farida o'zlari yashaydigan ko'shkka kelgan qop-qora yopinchiqli ayoldan Kamronning Yevropadagi ishqiy munosabatlari haqidagi xabari asarning kulminatsion nuqtasi hisoblanadi. Chunki to'y tayyorgarliklari boshlanib ketgan bir vaqtda Faridaning kutilmaganda bunday zarbaga uchrashi va o'z uyini tark etishi asar voqealariga tub burilish yasagan.Ana shundan keyin esa voqealar rivoji jadallashib bosh qahramonni Kamrondan olislarga olib ketadi. Shuningdek, Kamron Feridening doktor Xayrullohbeyga aslida yolg'ondan turmushga chiqqanligini asar so'nggida xabar topadi. Asar yakunida esa ikki oshiq qalbning o'zaro topishishi asardagi barcha muammolarning yechimi qilib keltirilgan.

YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH - 3 minut


Farida qanday shaxs ?
SWOT texnologiyasi

KUCHLI

Oijiz tomoni

Imkoniyatlari

Farida uchun tahdid

O'QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASH VA RAG'BARLANTIRISH 2 minut


Darsda faol, o'rtacha, harakat qilayotgan qilayotgan o'quvchilar baholanadi. Eng faol ishtirok etgan o'quvchiga "Bilimdonlar bilimdoni” ko'krak belgisi bilan mukofotlanadi.

UYGA VAZIFA


Faridaga maktub mavzusida kichik ijodiy matn yozing.
Fikr-mulohazalar:

"Choliqushi "romani o'quvchilarga o'qitishda bolalarga obrazlarni bo'lib berishimiz va asardan qisqa parchalar berilib ,ularni o'quvchilarni o'ziga tahlil qildirsak ,o'quvchining fikrlash qobilyatini o'stiramiz.




Yüklə 32,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin