Mavzu: rivojlantiruvchi mashqlar va ularning guruhlari
Reja:
1. Yelka kamari va qo‘1 muskullarim rivojlantirish va
mustaxkamlashga qaratilgan umumrivojlantiruvchi mashqlar.
2. Dastlabki holatlar.Tik turganda oyoqlar uchun dastlabki
holatlar,tik turganda qolarni dastlabki holatlari.O‘tirganda dastlabki
holatlar,yotganda dastlabki holatlar.
3. Saflanish mashqlari Sallanish mashqlari (davra,kolonna,
shcrenga...) Qayta saflanishlar.Turli tomonlarga burilishlar,tarqalish
va yig‘ilishlar
• Umumrivojlantiruvchi mashqlar bu maxsus mashqlardir. Ular butun
organizmning rivojlanishi va sog‘lomlashishida muxim rol o‘ynaydi va
yelka kamari, gavda, oyoq kabi yirik muskul guruhlarining rivojlanishi
va mustahkamlanishiga,bo‘g‘imlarning xarakatchan bo‘lishiga muskullar
taranglashuvi va bo‘shashuvi jarayonini normallashtirishga yordam
beradi. Bu mashqlarning vazifasi to‘g‘ri qad-qomatni shakllantirish,
butun tayanch xarakat apparatini mustaxkamlash va qon aylanish, nafas
olish, almashinish jarayonlari, asab tizimi faoliyatini yaxshilashdan
iboratdir.Umumrivojlantiruvchi mashqlar harakatlarni idora qiluvchi oliy
motor markazlari ishini faollashtiradi; tezkorlik, chaqqonlik, kuchlar
nisbati, chidamlilik, egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni namoyon
qilishga yordam beradi, ijobiyemotsional kayfiyat uyg‘otadi.
• Umumrivojlantiruvchi mashqlar bir necha guruhga bo‘linadi:
• 1. Yelka kamari va qo‘l mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun mashqlar.
• 2.Gavda, orqa mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun mashqlar.
• 3.Oyoq va qorin mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun mashqlar.
• Birinchi guruhdagi yelka kamari va qo‘l mushaklari uchun mashqlar ko‘krak qafasining
nafas olishini oshirishga yordam beradi;diafragmani mustahkamlaydi, chuqur nafas olishga
imkon beradi, umurtqani rostlaydi, yurak mushaklarini mustahkamlashga yordam beradi.
• Ikkinchi guruh mashqlari gavda, orqa mushaklari uchun.Bu mashqlar qad-qomatning
to‘g‘ri shakllanishiga ta’sir qiladi va gavdani oldinga va yon tomonlarga engashtirishda,
o‘ng,
• chapga burilishda, aylanishda umurtqaning egiluvchanligini rivojlantirishga yordam
• Saflanish mashqlari. Saflanish mashqlari – saflanishlar(davra, kolonna, sherenga…) qayta saflanishlar
(bittadankolonna bo‘lib saflanishdan ikkita, uchta, to‘rttadan, sherenga
• bo‘lib saflanish…) turli tomonlarga burilishlar (o‘ngga,chapga, orqaga), tarqalish va yig‘ilish,
fazodagi barcha harakatlardan (turli saflanishlar va tarqalishlar) turli jismoniy
• mashqlarni bajarishda foydalaniladi (mashg‘ulotlarda, ertalabki gimnastikada, harakatli o‘yinlarda,
bayram tantanalarida sayrlarda, ekskursiyalarda). Bolalarda bumashqlarni bajarish jarayonida
jamoada harakatning muvofiqligi (turli mashqlarni birgalikda va o‘zaro aloqadorlikda bajarish)
tarbiyalanadi. Saflanish mashqlari bolalarda to‘g‘ri qad-qomatning shakllanishiga xizmat qiladi.Ular
turli buyumlar bilan, qo‘shiq, musiqa yoki zarbli asboblar(doira, nog‘ora) jo‘rligida bajarilishi
mumkin. Shunday qilib, gimnastika mashqlarining barcha guruhi – asosiy
harakatlar,umumrivojlantiruvchi va saflanish mashqlari bola organizmida kechadigan funksional
jarayonlarni kuchaytiradi, jismoniy va har tomonlama rivojlanishga ta’sir ko‘rsatadi.
• Mashq bajarilganda mushakdan foydalanish darajasiga ko‘ra o‘zgaradi. Mushak zo'riqish berish darajasini
quvidagi usullar (ayni bir mashqning davom etishini) takrorlash sonini ko‘paytirish, mashqlarni bajarish tezligini
o'zgartirish, og‘irlikni oshirish yoki o‘zaro qarshilik darajasini ko‘paytirish, dastlabki holatni yoki bajarish
usulini boshqacharoq qilish orqali o‘zgartirish mumkin. Tasnifga anatomik belgi asos qilib olingan. Mashqlar
insonning ayrim tana qismlariga ta’sir ko‘rsatishiga qarab bo‘linadi:
• 1.Qo‘l mushaklari va yelka kamari uchun mashqlar.
• 2.Gavda va bo'yin mushaklari uchun mashqlar.
• 3.Oyoq mushaklari uchun mashqlar.
• 4.Butun tana mushaklari uchun mashqlar.
• Hamma mashqlarning ta’siri, o‘z navbatida, uslubiy yo‘nalishiga ko‘ra kuchni, egiluvchanlikni, yakka harakat
tezligini, ayrim mushak guruhlarining taranglashishi va bo'shashish qobiliyatini tarbiyalovchi mashqlarga
bo‘linadi, to'rtinchi guruh mashqlariga esa qomatni to‘g‘ri rivojlantiruvchi va nafas olish mashqlari kiradi.
Dostları ilə paylaş: |