Mavzu: rostlash organlarini hisoblash va tanlash



Yüklə 0,5 Mb.
tarix25.03.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#89863
Zafar atv 3


MAVZU: ROSTLASH ORGANLARINI HISOBLASH VA TANLASH.

Reja:
1. Rostlash organlari haqida tushincha.


2. Rostlash organlarini hisoblash va tanlash.

1. Rostlash organlarini hisoblash va tanlash.
Drosselli rostlash organlarini tanlash va hisoblash
Rostlash organi RO o`tkazish tavsifi shaklini to`g‘ri tanlash ART(Avtomatik rostlashtizimi)ni ishonchli ishlashining zaruriy sharti hisoblanadi. Aniq tizim uchun sarftavsifi RO orqali o`tuvchi muhit parametrlari qiymatlari va uning Кυ = f (S) o`tkazishtavsifi bilan aniqlanadi. Umumiy holatda sarf tavsifi o`tkazish tavsifidan farq qiladi,chunki muhit parametrlari (bosim va bosimlar farqi) sarf qiymatiga bog‘liq. RO ningma‘qul o`tkazish tavsifi shaklini tanlash masalasi ikki bosqichga bo`linadi:
1) yuklamaning barcha diapazonida RO ning uzatish koeffisiyenti doimiyligini
ta‘minlovchi sarf tavsifi shaklini tanlash;
2) sarf tavsifining kutilgan shaklini muhitning berilgan parametrlarida ta‘minlovchi
o`tkazish tavsifi shaklini tanlash.Agar rostlash kanali bo`yicha g‘alayonlanish obyektdagi asosiy g‘alayonlanishhisoblansa, bir xil foizli sarf tavsifiga ega RO ni qo`llaniladi. Agar tashqig‘alayonlanish asosiy g‘alayonlanish bo`lsa, u holda chiziqli sarf tavsifiga ega RO niqo`llaniladi.Sarf tavsifining talab qilingan shakli tanlangandan so`ng talab qilingan shaklning berilgangan parametrlardagi sarftavsifini ta‘minlovchi o`tkazish tavsifi shaklinianiqlaydi. O`tkazish tavsifi shakliga o`xshash sarf tavsifi shakli faqatginatrubao`tkazgichda RO dan tashqari boshqa gidravlik qarshilik yo`q bo`lgan vata‘minot manbaining etarli katta quvvatga ega holatlarida bo`ladi. Real tarmoqlardaRO bilan ketma-ket boshqa gidravlik qarshiliklar mavjud: mahalliy qarshiliklar,qulflash zaruriy qismi, trubao`tkazgichlarning to`g‘ri joylari qarshiliklari.Tarmoqdagi umumiy bosimlar farqi

bu yerda: ∆Рl– liniyadagi bosimlar farqi, ∆РRO – RO da bosimlar farqi,
РG – gidrostatik bosim.
Sarf o`zgarganda bosimlar farqining qayta taqsimlanishi sodir bo`ladi, shuning
uchun RO da farq doimiy hisoblanmaydi. RO da va liniyadagi farqlarning o`zaro
nisbati o`zgarishi sarf tavsifi shaklining buzilishiga olib keladi. Siqilayotgan suyuqlikuchun buzilish darajasi farqlarning o`zaro nisbatiga qanday bog‘liq bo`lsa, RO orqalioqib chiqish tartibiga shunday bog‘liq.1, 2 – rasmlarda chiziqli va bir xil foizli tavsiflarga ega RO ning sarf tavsiflarihamda ularni n=∆Pl/∆РRO nisbatga bog‘liq holda buzilish darajasi ko`rsatilgan.


Agar bir xil foizli sarf tavsifi ma‘qul hisoblansa, u holda bir xil foizlilik
koeffisiyenti doimiyligi (1/µ)(dµ/dS), ya‘ni bir xil foizli shaklni saqlanishi ba‘zi shakl
sarf tavsifining yaroqlilik mezoni bo`lib hisoblanadi.
3-rasmda liniya va klapandagi bosimlar farqining turli nisbatlarida bir xil foizli
o`tkazish tavsifiga ega RO uchun bir xil foizlilik koeffisiyenti bog‘liqligi
ko`rsatilgan. 4-rasmdan ko`rinib turibdiki, bir xil foizli o`tkazish tavsifidan
foydalanishda sarf tavsifining bir xil foizliligi faqat n=0 da yuklamalarning barcha
diapazoni uchun saqlanib qoladi. n > 0 da bir xil foizlilik koeffisiyenti yuklamaning
oshishi bilan kamayadi. Bu bilan taqqoslaganda chiziqli o`tkazish tavsifi uchun
qurilgan o`xshash grafiklardan ko`rinib turibdiki, chiziqli tavsif uchun bir xil foizlilik
koeffisiyenti yuklama oshishi bilan keskinroq pasayadi. Agar chiziqli sarf tavsifi
ma‘qul hisoblansa, u holda yuklamalarning ko`rilayotgan diapazonidagi uzatish
koeffisiyenti doimiyligi sarf tavsifining yaroqlilik me‘zoni hisoblanadi. 5,6-
rasmlarda µd/dS uzatish koeffisiyentining bog‘liqligi ko`rsatilagan.

5-rasmda ko`rinib turibdiki, sarf tavsifining chiziqliligi n oshganda
yomonlashadi. Bunda uzatish koeffisiyenti kichik yuklamalarda keskin o`sadi, bu
tufayli rostlash tizimi ishining turg‘unlik diapazoni torayadi. O`sha vaqtda n oshishi
bilan bir xil foizli tavsifning chiziqliligi jiddiy kamayadi(6-rasm). Shunday qilib, agar
g‘alayonlanish taxlili chiziqli sarf tavsifi berilgan jarayon uchun ma‘qulligini
ko`rsatsa, u holda n <1,5 da chiziqli o`tkazish tavsifi ma‘qulligiga, n > 3 da
esa bir xil foizli ma‘qulligiga asoslanib RO ning chiziqli va bir xil foizli o`tkazish
tavsifi orasida tanlanishi kerak.1,5 < n < 3 oraliq qiymatlar uchun o`tkazish tavsifining ikkita shaklidanistalganini tanlash mumkin, chunki ular uzatish koeffisiyentining bu diapazondagimaksimal va minimal qiymatlari o`rtasidagi nisbatga ko`ra yuklamalarning to`liqdiapazonida taxminan bir xil nochiziqlilikni beradi.

RO ni tanlash loyihalanayotgan qurilma uchun qanday o`tkazilsa, mavjudlari
uchun ham shunday o`tkaziladi. Birinchi holatda trubao`tkazgich tarmog‘i va
muhitning boshlang‘ich bosimi haqidagi berilganlar mavjud emas. Ular tarmoqni
loyihalashda va RO ni tanlashda aniqlanadi.
Ikkinchi holatda o`sha berilganlar ma‘lum.
Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin