Mavzu: Sertifkatlashtirish va uning huquqiy-me'yoriy ta'minoti



Yüklə 315,65 Kb.
tarix09.06.2023
ölçüsü315,65 Kb.
#127913
14 mustaqil metr


Mavzu: Sertifkatlashtirish va uning huquqiy-me'yoriy ta'minoti
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandiga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 315-m.) ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish Milliy tizimida (bundan buyon matnda O‘z SMT) respublikada ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan mahsulotni sertifikatlashtirishga tayyorlash va o‘tkazishga umumiy talablarni belgilaydi.
Mahsulotlarni sertifikatlashni tashkil qilish va o‘tkazish ishlari belgilangan tartibda akkreditsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari (keyinchalik matn bo‘ylab SO) tomonidan amalga oshiriladi.
Bojxona rasmiylashtiruvida O‘zbekiston Respublikasi bojxona organi muvofiqlik sertifikatining amal qilish.
Sertifikatlashning alohida chizmalari mahsulotlarni sertifikatlash bo‘yicha tegishli qoidalarida va mahsulotlarga talablarni o‘z ichiga olgan boshqa normativ hujjatlarda belgilanadi. Bunda tekshirishlar hajmiga qarab sertifikatlashtirish chizmasining murakkabligi, mahsulotning xavfsizlik darajasiga bog‘liq holda aniqlanadi.
Har bir muayyan holatda SO arizachining taklifini, yetkazib beriladigan mahsulot hajmi va muddatini, sinash usullarini, ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlarini va uning barqarorligining buzilish xavfi mavjudligiini, shuningdek mazkur mahsulotning iste’molchilar uchun potensial xavfini hisobga olgan chizmasini tanlaydi.
Sertifikatlashtirishda, mahsulot muvofiqligini tasdiqlanishi lozim bo‘lgan xususiyatlar (ko‘rsatkichlar) ro‘yxati, tekshirish va sinash usullari keltirilgan, sertifikatlashtiriladigan mahsulotga me’yoriy hujjatlar (keyinchalik matn bo‘ylab MH)da belgilangan talablarga mos ekanligi tasdiqlanadi.
MHda sertifikatlashtirish sinovlari to‘g‘risida bo‘lim keltirilmagan yoki davlatlararo standartlarni qo‘llanishi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda SO me’yoriy hujjatda yoki xalqaro standartlarda ko‘rsatilgan tavsiflar majmuidan birinchi navbatda xavfsizlik bo‘yicha talablarni belgilovchi ko‘rsatkichlarni tanlaydi.
Tez buziladigan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish barcha zarur hujjatlar (sinov bayonnomalari, ishlab chiqarishni baholash dalolatnomasi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari) taqdim etilgan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida amalga oshiriladi.
Agar qo‘shimcha hujjatlarda ASL da muayyan ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘tkazilgan sinovlarning natijalari mavjud bo‘lsa, u holda SO bu natijalardan qo‘shimcha sinovlarsiz muvofiqlikni baholashda foydalanishi mumkin. Bunda sinovlarning o‘tkazilgan vaqti hisobga olinib, ushbu muddat mahsulot MH bo‘yicha yaroqlilik muddatidan oshmasligi kerak.

Eʼtiboringiz uchun raxmat!


Yüklə 315,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin