Мавзу: сифатларнинг ясалиш усулларини ўтиш


Binafsha: shirin, oq, katta. Lola guruhi



Yüklə 45,26 Kb.
səhifə7/27
tarix02.01.2022
ölçüsü45,26 Kb.
#46394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Мавзу сифатларнинг ясалиш усулларини ўтиш
БУКВА Р 87263, БУКВА Р 87263, pedagogik konfiliktologiya fanidan
Binafsha: shirin, oq, katta.

Lola guruhi: shirali, mazmundor, serunum, kamhosil, ko‘ylakbop, xushfe’l.

G‘olib guruh aniqlanadi, taqdirlanadi.

Yuqoridagi topshiriqni bajarish jarayonida o‘quvchilar sifatlarning yasalishi tub va yasama ekanligini anglab yetdilar. O‘quvchilar bu haqidagi umumiy

bilimlariga qoniqish hosil qilgach, darslikda berilgan nazariy ma’lumotlarni tushuntiramiz.

Sifatlar tarkibiga ko‘ra tub va yasama sifatlarga bo‘linadi. Tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimchalari bo‘lmagan sifatlar tub sifatlar, asos va yasovchi qismdan iborat bo‘lgan sifatlar yasama sifatlar hisoblanadi.

Yasama sifatlar asosga qo‘shimchalar qo‘shish yoki so‘z qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi.

O‘quvchilarga nazariy ma’lumot tushuntirilgach, ularning qay darajada anglaganligini tekshirib ko‘rib bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida 328- mashqni bajartiramiz.

Oybekning “Bolalik” asaridan olingan gaplarni o‘qing. Qavs ichidagi sifat yasovchi qo‘shimchalardan mosini nuqtalar o‘rniga qo‘yib, ko‘chiring.

Bu mashqni darsda bee’tibor o‘tirgan o‘quvchilarga o‘qitib, mashqni topshiriq asosida ularga bajartiramiz.


  1. Otin bibi qari, jiddiy, sersavlat xotin.

  2. O‘ymakor gullari bilinmaydigan darajada o‘chgan, qo‘sh tabaqali eski eshikka kiramiz.

  3. Pochcham ellikdan oshgan, novcha, kasalmand rangpar kishi.

  4. Cho‘ponlar sezgir itlar ham ziyrak, bo‘ridan ham ayyor.

  5. Do‘mbirachi qadimgi qozoq hayotidan dostonlar kuylamoqda.

Bu usulda mashqni bajarish o‘quvchilarning xushyorligini oshiradi, hamda mavzuni qay darajada o‘zlashtirganligini anglashga yordam beradi. Albatta, tez va to‘g‘ri bajargan o‘quvchilar rag‘batlantirilib, baholanadi.

Yuqoridagi mashqni o‘quvchilarning qo‘shimchalar qo‘shish vositasida yasalgan sifatlarni aniqlashdagi bilimlari tekshirilib ko‘rilsa quyidagi mashqda esa umuman sifat haqidagi bilimlari tekshiriladi.

Matnni o‘qing. Sifatlarni topib izohlang.

Biz darsning samaradorligini oshirish, vaqtdan yutish, o‘quvchilarning diqqat e’tiborini tortish, xotiralarini kuchaytirish va izlanishga chorlash maqsadida mashqni o‘quvchilarga yanada tushunarli bo‘lishi uchun uni og‘zaki bajaramiz.



  1. Oldimizda mevali va mevasiz daraxtlari ko‘p bo‘lgan o‘rmon. Archa ham serob. O‘riklarning yaprog‘i qizil, qontalash. Xuddi birov ularning shoxiga bir satil qizil bo‘yoqni sepib tashlaganday. Pastga egilgan yaproqlari sariq ipakday mayin. Ko‘zga shunday jozibali ko‘rinadiki, uzib-uzib g‘arch-g‘urch tishlaging keladi. (Sh.Xolmirzayev).

  2. Hindubek turkiy, forsiy, tillarni mukammal o‘rgangan, ilmli, ma’rifatli, dilkash kishi bo‘lganligi uchun Boburning eng yaqin beklari qatoriga kirgan edi. (P.Qodirov).

  3. Suv shishadek tiniq (S. Anarboyev).

4 Hozir ular uchun eng bexatar yo‘l Toshkent edi.

Mashqni og‘zaki bajarish jarayonida o‘quvchilarning sifat haqidagi umumiy tushunchalari aniqlandi.

Mashqni sifatlarning hamma turlari ishtirok etgan. Ularga qo‘shimcha savollar berish orqali aniqlaymiz. O‘quvchilar javobidan qoniqish hosil qilgach, ularning bilim darajalari ta’kidlanadi.

Bugungi o‘tilgan mavzu o‘quvchilarga qay darajada tushunarli bo‘lganligini ularga savollar bilan murojaat qilish orqali bilib olamiz. Chunki, savol berish ham bir san’atligini o‘qituvchi ham chuqur anglashi va o‘quvchilarga ham singdirishi kerak. Jo‘yali savollarda qandaydir tushunib yetilmagan teranlik bo‘lib, o‘quvchilarni izlanishga chorlaydi.



Yüklə 45,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə