Mavzu: Soha lug`atlari. Glossariy



Yüklə 15,89 Kb.
tarix21.05.2023
ölçüsü15,89 Kb.
#118884
soha lug`atlari.Glossariy.Inoyatova Gulasal


Mavzu: Soha lug`atlari. Glossariy.
Glossariy - izohlab (Izoxli Glossariy.) yoki boshqa tilga, tarjima (Tarjima Glossariy) qilib beruvchi kam qoʻllanuvchi soʻz yoki iboralar lugʻati. Glossariy alohida nashr etilmay, chet tilidan tarjima qilingan asarlar qismi, bobi ketidan yoki chet tili darsliklarida berilgan mashq matnlari ketidan keltiriladi. Ularda oʻsha chet tiliga xos boʻlib, matnga kiritilgan soʻzlar yoki iboralar roʻyxati keltirilib, ular izoqi ilova qilinadi.
Glossariy koʻproq ingliz, fransuz, nemis tiliga oid daryoliklarda uchraydi. Bundan tashqari ayrim asar yoki turkumga oid Glossariylar ham bor. Masalan: Vedalarga (milloddan avvalgi 1-mingyillik), Gomer asarlariga (milloddan avvalgi 5-asrdan boshlab) oid Glossariylar.
GLOSSARIY
Akademiya - kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo’yicha oliy va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshirishga imkon beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
Amaliy ishlar metodi – o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo’llash ko’nikmalarini shakllantiruvchi usul.
Bakalavriat – mutaxassisliklar yunalishi bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to’rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim.
Baho – ta’lim oluvchilarga ularning ta’lim olishi, bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ijodiy yondashishini ragbatlantirish maqsadida tahsir ko’rsatish vositasi.
Bilim– shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ma’lum bir til yoki ikki va undan ortiq til so`zlarini yig`ib, sistemalashtirilgan holda lug`at tarzida chiqarish leksikografiya deyiladi.
Leksikografiya lug`at va lug`atchilik to`g`risida bahs etadi. Leksikografiyaning ikki tarmog`i bor:

1.Lug`atchilik.


2.Lug`at tuzish bilan bog`liq nazariy masalalarni o`rganuvchi tarmoq.

Lug`atlar o`z mohiyati e`tibori bilan ikki tipga bo`linadi;

1.Ensiklopedik, ya’ni qomus lug`atlari; 2. Lingvistik lug`atlar,


Bu lug`aglar o`zaro ikki jihatdan farq qiladi.


1. Ob’yekti jihatidan.
2.So`zligi jihatidan.
Lingvistik lug`atlarning ob’yekti so`zdir. Bunday lug`atlar so`zlarning semantikasi, grammatik xususiyatlari, imlosi, talaffuzi, etimologiyasi va h.k. haqida ma’lumot beradi.
Ensiklopedik lug`atlarning ob’yekti so`zlarda ifada topgan narsa, hodisa, tushuncha, shaxs kabilardir. Bunday lug`atlarda narsa, hodisa, tushuncha, shaxs haqida ma’lumotlar qayd etiladi.
Lingvistik lug`atlarning so`zligida barcha mustaqil va yordamchi so`zlar qayd etiladi.
Ensiklopedik lug`atlar o`z xarakteriga ko`ra ikki xil: 1. Umumxarakterdagi ensiklopediya;2.Maxsus ensiklolediya.
Umumxarakterdagi ensiklopediya ilmning barcha sohalari bo`yicha; mashhur shaxslar, olimlar, shoirlar haqida ancha keng ma’lumot beradi,
Maxsus xarakterdagi ensiklopediyalarga meditsina ensiklopediyasi, adabiyotshunoslik ensiklopediyasi va h.k. kiradi.
Filologik lug`atlarda malum bir tildagi so`zlar va iboralar ma’nosi izohlanadi yoki ikki, uch tildagi so`zlar tarjima qilib beriladi, til xususiyatiga ko`ra bunday lug`atlar uchga bo`linadi:
1.Bir tilli lug`atlar.
2.Ikki tilli tarjima lug`atlar.
3.Ko`p tilli tarjima lug`atlari,
Yüklə 15,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin