Mavzu.Startap loyihalari ishlab chiqish.
STARTAP NIMA DEGANI VA U NIMA UCHUN KERAK?
Startapni inglizchadan soʻzma-soʻz tarjima qilganda “jarayonning boshlanishi”ni bildiradi.
Uning uchun asos – bu gʻoya, ijro va moliyalashtirishga koʻpaytirilgan uning dolzarbligi va oʻziga хosligi. Pirovardida bu biznes loyihaning muvaffaqiyatini ta’minlashi mumkin.
Misol uchun, startaplar vatani boʻlmish AQShda 24 yoshli Rob Raynхart taomni oʻrnini bosadigan hamda organizm uchun barcha zarur moddalar – yogʻlar, oqsillar, tuzlar, mikroelementlar, uglevodlarga ega Soylent ichimligini oʻylab topdi. Bu betakror mahsulotga allaqachon qariyb million dollar sarflangan.
Rossiyada “Taomlar partiyasi” startapi Moskva va Sankt-Peterburgning koʻp aholisiga yoqib qolgan. Loyihaning gʻoyasi shundaki, har yakshanba mijozlarga ichida yangi, salqinlatilgan va hafta kunlari boʻyicha oʻralgan mahsulotlar va retseptlar bor qutilar yetkazib beriladi.
Startap – bu “jamoaviy oʻyin” ekanligini esdan chiqarmaslik lozim. Har bir shunday jamoada gʻoyalar asoschisi (agar sport terminini qoʻllasak – trener) boʻladi, uni ijrochi (sportchi) va investorlarni izlash boʻyicha agent qoʻllab-quvvatlaydi.
Dostları ilə paylaş: |