Mavzu: Suv O‘tkazgichlar



Yüklə 1,95 Mb.
tarix15.06.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#130868
Suyuqlik va gaz mexanikasi gidravlik sakrash

Mavzu: Gidravlik Sakrash

Topshirdi:Raximov Sirojiddin

Tekshirdi:Kuchkarova.D


Gidravlik sakrash
- Ochiq oʻzanda oqayotgan suv sathining keskin (sakrab) koʻtarilib ketish hodisasi. Odatda suv oqimini gidrotexnika inshooti (mas, toʻgʻon) teshigidan oʻtkazish paytida yuz beradi. Teshikdan bosim ostida zarb bilan toʻlqinlanib chiqayotgan suv tinch oqish holatiga oʻtayotganda kuzatiladi. Dastlab suv sirtida paydo boʻlgan oʻrkachlar ichida havoga toʻyingan suv murakkab aylanma harakatda boʻladi, suv sathi keskin koʻtarilib ketadi. Keyin suv bir oz tinchlanib, meʼyoriy satxda oqa boshlaydi. G. s. tufayli oʻzan qirgʻoqlari yuvilishi va oʻpirilishi mumkin. G. s. nazariyasini gidravlika fani oʻrganadi. G. era doir nazariy maʼlumotlar gidrotexnika inshootlarini loyihalashda asqotadi.
Gidravlik sakrashning kuzatilishi
Gidravlik sakrash deyarli barcha gidrotexnik inshootlarning quyi byeflarida kuzatiladi. Shuning uchun ham bu hodisani o‘rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
Gidravlik sakrashning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
  • Gidravlik sakrash qisqa masofada kichik chuqurlik va katta tezlikdan keskin ravishda katta chuqurlik va kichik tezlikka o‘tishda kuzatiladi;
  • Natijada qisqa masofada shovqinli oqimdan sokin oqimga aylanish kuzatiladi.


Oqimning notinch holatidan tinch holatiga keskin o‘tish jarayoniga
gidravlik sakrash deyiladi.
Gidravlik sakrashning asosiy tushunchalari
h’ - gidravlik sakrash oldidagi oqim chuqurligi
h“ - gidravlik sakrashdan keying oqim chuqurligi
a= h“ - h’ - gidraclik sakrash balandligi
lc –gidravlik sakrash uzunligi
lc,k –gidravlik sakrashdan keying uchastka uzunligi
Gidaravlik sakrashning turlari
1. Mukammal
2.Nomukammal (to’lqinsimon)
Gidravlik sakrashning asosiy tenglamasi
Gidravlik sakrash funksiyasi. Berilgan suv sarfida va ma’lum shakldagi o‘zanda tenglamaning chap tomoni h1 chuqurlikning, o‘ng tomoni esa h2 chuqurliklarning funksiyalaridir, ya’ni:
Ushbu ifodaga asosan yuqoridagi ifodani qisqacha quyidagicha yozish mumkin
Ushbu tenglikdagi P(h1) va P(h2) miqdorlar tutash ѐki o‘zaro bog‘liq chuqurliklarning sakrash funksiyalari deyiladi. Ifoda quyidagicha o‘qiladi: tutash chuqurliklar asosida hisoblangan sakrash funksiyalari o‘zaro tengdir.
Sakrash funsiyasini grafik ko‘rinishida ifodalash mumkin
Sakrash funsiyasining grafigi quyidagi ketma-ketlikda chiziladi
1) Suv sarfi Q ma’lum, ya’ni uning qiymati berilgan;
2) O‘zan ko‘ndalang kesimining shakli ham ma’lum;
3) Chuqurlik h ga turli qiymatlar beriladi;
4) uning har bir qiymati uchun tenglama yordamida sakrash funksiyasi П(h) ning qiymatlari hisoblanadi;
5) ordinita o‘qiga h, abssissaga П(h) ning qiymatlari qo‘yiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. F.H.Hikmatov, G.N. Trofimov, o‘qituvchi K.R.Raxmonov ” UMUMIY VA MAXSUS GIDRAVLIKA FANIDAN O‘QUV USLUBIY MAJMUA”
2. Gidravlik sakrash - Vikipediya (wikipedia.org)
3. A.Arifjanov, Q.Raximov, A.Xodjiyev “Gidravlika”-Toshkent 2016y
4. K.Sh.Latipov, A.Arifjonov, X.Kadirov, B.Toshov “Gidravlika va gidravlik mashinalar“ Navoiy.Alisher Navoiy, 2014y
5. www.gidravlika-obi-life.zn.uz
Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin