5. Tanlov natijalari bo‘yicha shartnoma tuzish va uni bajarish tartibi
Tanlov savdolari orqali xarid qilish tartib-taomillarining huquqiy asoslari
- O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-aprelda qabul qilingan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
- O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 15-maydagi 185-son buyrug‘iga asosan “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida amalga oshiriladi.
Tanlov - deganda shartnomani bajarish bo‘yicha eng yaxshi shartlarni taklif qilgan ishtirokchi g‘olib deb topiladigan xarid qilish tartib-taomilini amalga oshirishning turi tushuniladi.
Davlat xaridi to‘g‘risidagi axborot davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonni va tanlov hujjatlarini joylashtirish orqali cheklanmagan doiradagi shaxslarga ma’lum qilinadi.
Portalda joylashtiriladigan reja-jadval quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:
Tanlov vositasidagi davlat xaridi quyidagi shartlar bir vaqtning o‘zida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:
tovarning (ishning, xizmatning) batafsil va aniq ta’rifini ta’riflash imkoniyati mavjud;
g‘olibni aniqlash mezonlari tovar (ish, xizmat) davlat xaridining nafaqat pul ifodasiga, balki miqdoriy va sifat bahosiga ham ega bo‘ladi.
Korporativ buyurtmachilar tomonidan quyidagi hollarda tanlov orqali xaridlar amalga oshiriladi:
tovar qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 5000 baravaridan 25000 baravarigacha bo‘lgan miqdorni;
xizmatlarning, ishlarning qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan 25000 baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etganda.