Mavzu: tcp/ip pog’onasi, vazifalari, qo’llaniladigan asosiy protokollar



Yüklə 355,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix04.12.2022
ölçüsü355,19 Kb.
#72269
  1   2   3   4   5
tarmoqk



Mavzu: TCP/IP pog’onasi, vazifalari, qo’llaniladigan asosiy 
protokollar 
Reja: 
I. Kirish 
II. Asosiy qism 
1. TCP/IP protokoli. 
2. TCP/IP pog’onasi haqida tushuncha. 
3. TCP/IP vazifalari. 
4. TCP/IP qo’llaniladigan asosiy protokollar. 
III. Xulosa 
IV. 
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish 
O‘tgan asr 80-yillarining birinchi yarmida va keyinchalik TCP/IP nomini olgan 
axborot uzatish modeli protokoli yaratilgan. TCP/IP stek protokoli to‘rt pog‘onali 
tuzilishga ega bo‘lib, har bir pog‘onada o‘zining protokollari mavjud. Bu protokol 
orqali adreslashdan nafaqat internet tarmog‘i elementlarini adreslashni amalga 
oshirish mumkin, balki lokal tarmoqda ham foydalanuvchilarga noyob adreslar 
berish mumkin. Adreslash orqali tarmoq foydalanuvchilari bir-biridan farqlanadi va 
paketlar aniq belgilangan foydalanuvchiga yetib borishi kafolatlanadi. 
Oldin shaxsiy kompyuterlar soni kam bo‘lgan va ularni adreslashda muammo 
bo‘lmagan, ammo shaxsiy kompyuterlarning va boshqa tarmoq qurilmalari sonining 
keskin ortishi adreslashda muammolarni vujudga keltirdi. IP protokollarining 
to‘rtinchi IPv4 va oltinchi IPv6 versiyalari mavjud bo‘lib, ular turli xususiyatlarga 
ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Barcha tarmoqning asosiy tuzilishi IPv4 ga asoslangan, 
ammo ushbu protokol taqdim etayotgan adreslar soni hozirgi ehtiyojlarni qondira 
olmaydi. Internet tarmog‘i shu darajada rivojlanmoqdaki, u taqdim etayotgan xizmat 
turlari ham ko‘payib bormoqda. Internet buyumlari, ya’ni masofadan boshqaruv 
tizimlari, «aqlli uy» kabi zamonaviy imkoniyatlarni ta’minlash uchun IPv6 ni 
qo‘llashdan boshqa iloj qolmadi. «Xalqaro simsiz tadqiqotlar» forumi a’zolarining 
baholashicha 2017–2020 yillarda internet buyumlarining soni 7 trln.ni tashkil etadi 
va bir foydalanuvchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha miqdorda Internet buyumlarining 
soni 3000–5000 tani tashkil qilar ekan. Hozirda IPv4 adreslari yakunlangani uchun 
IPv6 protokolini tarmoqda qo‘llash ustida global miqyosda ish boshlangan. 


Internet — dunyo bo'ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab 
kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Internetda axborot almashish standart 
qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internetdagi ma'lumotlarni uzatish qoidalari 
protokollar 
(masalan, 
TCP/IP 
—TRANSMISSON 
CONTROL 
PROTOKOL/INTERNET PROTOKOL) deb ataladi. TCP/IP protokolining 
axborotni uzatish usuli quyidagicha: 

TCP protokoli axborotni paketlarga ajratadi;

IP protokoli orqali barcha paketlar qabul qiluvchiga uzatiladi va TCP 
protokoli tomonidan barcha paketlarning qabul qilinganligi tekshiriladi;

barcha paketlar qabul qilingandan keyin TCP protokoli ularni tartibga soladi 
va yaxlit ko'rinishga keltiradi. 
TCP/IP protokollari to'plami 1972 yilda Winton Serf boshchiligidagi ishlab 
chiquvchilar guruhi tomonidan NCP (tarmoq boshqaruv protokoli) asosida 
yaratilgan. 1976-yilning iyul oyida Vint Cerf va Bob Kahn birinchi marta uchta 
turli tarmoq orqali TCP yordamida ma'lumotlarni uzatishni namoyish etdilar. 
Paket quyidagi yo'nalishda o'tdi: San — Fransisko — London-Janubiy 
Kaliforniya universiteti. Safarining oxiriga kelib, paket 150 ming km masofani 
bosib o'tib, bitta bitni yo'qotmadi. TCP va IP (ingliz tili): 1978 yilda, Cerf, Jon 
Postel va Dan Cohen TCP ikki alohida vazifalarni tanlash uchun qaror qabul 
qildi. Internet protokoli, tarmoqlararo protokol). TCP kuntagramdagi xabarni 
buzish uchun javobgar edi (ingliz tili. datagram) va ularni jo'natishning oxirgi 
nuqtasida ulash. Ip alohida datagramlarni uzatish (qabul qilishni nazorat qilish) 
uchun mas'ul edi. Zamonaviy Internet protokoli shu tarzda tug'ilgan. 1-yanvar 
1983-yilda ARPANET yangi protokolga o'tdi. Bu kun Internetning rasmiy 
tug'ilgan kuni deb hisoblanadi. 
OSI modeli etalon model bo'lib, bu faqat nazariy jihatdan mavjud. Hozirgi kunda 
bu model asosida TCP/IP stek protokollariga asoslangan holda tarmoq ishlaydi. 
TCP/IP ishlab chiqilishining yagona sababi OSI modelini soddalashtirish va qulay 
foydalanish hisoblanadi. 


Tarmoqni ishlashi uchun esa bizga OSI modeli va TCP/IP protokollar steki zarur 
hisoblanadi. OSI (Open System Interconnection) modeli 7ta pog'onadan iborat va 
har bir pog'ona paket (ma'lumot uzatishning bir turi hisoblanadi) hosil qilishda o'z 
belgisini qo'yib boradi. Ya'ni bunda agar ma'lumot biror qurilmadan chiqib 
ketishdan oldin 7-pog'onadan boshlab pastki pog'onaga tushib borib paket 
ko'rinishiga keladi va uzatiladi. Ikkinchi kompyuter uni qabul qilib olgandan so'ng 
esa 1-pog'onadan boshlab yuqoriga qarab chiqib boradi va ma'lumot ko'rinishiga 
keladi. Bunda agar qaysidir pog'onada xatolik bo'lsa, paket qaytadan so'raladi yoki 
so'rov bekor qilinadi (bu tushunchalar nisbiy hisoblanib, ma'lumot almashinuv 
aynan aytilganidek amalga oshirilmaydi). OSI modelining 7ta pog'onasi:


ISO/OSI modelining hamma bosqichlarining ishlashini tashkil qilishga javobgar 
protokol steklaridir. Protokol steklarining ishlatilishining foydali tomoni shundan 
iboratki, stekka kiruvchi hamma protokollar bitta ishlab chiqaruvchi tomonidan 
yaratilgan, shuning uchun ular yuqori tezlikda va samarali ishlash imkoniyatiga ega. 


Tarmoqlar yaratilgan vaqtdan beri bir necha turdagi protokol steklari yaratilgan, 
ular ichida eng ko‘p ishlatiladiganlari: TCP/IP, IPX/SPX, Net BIOS/SMB, Novell 
Ware, DECnet va boshqalar. Protokollar stek tarkibida bo‘lib, ISO/OSI modelining 
turli bosqichlarida ishlaydi. Lekin odatda uchta protokol turi alohida 
ta’kidlanadi: transport, tarmoq va amaliy.Protokol steklaridan foydalanishning 
ijobiy tomoni shundan iboratki, quyi bosqichda ishlaydigan protokollar anchadan 
beri ishlatiladigan va taniqli Ethernet, FDDI va boshqa tarmoq protokollaridir. Bu 
protokollarning apparat vositalar yordamida bajarilishi sharofati evaziga bir xil 
qurilmalarni turli tarmoqlarda ishlatish imkoni mavjud bo‘ladi. Shu tufayli 
qurilmalarning moslashuv imkoni hosil bo‘ladi. Yuqori bosqich protokollari 
xususida esa har bir stek o‘z afzalliklariga va kamchiliklariga egadir va «bir 
protokolga – bir bosqich» tushunchasidek aniq bog‘lanish yo‘qdir, ya’ni bir protokol 
birdaniga ikki-uch bosqichlarda ham ishlashi mumkin. Bundan tashqari bizda port 
tushunchasi mavjud bo'lib, Port bu – mantiqiy bog'lanish tuguni hisoblanib, bu 
portlar yordamida mantiqiy kerakli protokolga bog'lanish hosil qilinadi. Ixtiyoriy 
so'rov biron manzildagi aynan kerakli portga murojaat qilinadi va javob qaytarishda 
esa so'rov kelgan portga qayta jo'natiladi. TCP/IP da har bir protokol uchun port 
mavjud. Ularning umumiy soni 65535 ta. Portlar quyidagicha bo'ladi: 

Yüklə 355,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin