Mavzu: Tinch okeanida suvning aylanma harakati. Reja: Tinch okeani



Yüklə 110,5 Kb.
səhifə1/4
tarix02.01.2022
ölçüsü110,5 Kb.
#43484
  1   2   3   4
tinch okeani



Mavzu: Tinch okeanida suvning aylanma harakati.

Reja:

1.Tinch okeani.

2.Gidrologik rejim.

3.Suv aylanishi namlik aylanishi.

4.Xulosa.

5.Foydalanilgan adabiyotlar.

Tinch okeani Amerika va Osiyo qitʼalari orasida joylashgan dunyoning eng katta okeanidir.Ismini Ispaniya qirolligi uchun dunyoni aylangan Portugaliyalik dengizchi Ferdinand Magellan qoʻygan. Magellan bir necha kun davom etgan qiyin va kuchli toʻlqinli suvda, oʻz ismini bergan Magellan boʻgʻozidan kechib bu okean ochilganda, kuchli toʻlqinlar bitib va oʻzi tiniq suvlar bilan qarshilashgani uchun portugalchada "tinch" maʼnosini bildirgan "Pasifico" ismini qoʻygan. Tinch okeani sathi 179.7 million km.kv dan iborat. Tinch okeani, deyarli Atlantika va Hind okeanining birlashgan holi bilan teng kattalikdadir. Eng chuqur yeri Mariana chuquri boʻlib, u 11.034 m chuqurdir. Mariana chuquri dunyoning eng chuqur nuqtasi deb bilinadi.Dunyodagi zilzilalarning 90%'i va katta zilzilalarning 80%'i Tinch okean maydonida sodir boʻlmoqdadir. Bu okeanning 708.000.000 km3 suv hajmi bor. Okeanning 3.000 — 3.500 m danchuqur boʻlgan har joyida suv darajasi 2 °C dan pastda. 1950 — 1980 yillari orasida Tinchokeanida juda katta va kuchli dengiz toʻlqinlari boʻlgani tufayli kemalar oʻta olmayotgan edi.Kemalar Tinch okeanining bir uchidan bir necha kilometr uzoqlashishi bilan toʻlqinlar boshlar edi. U toʻlqinlar hozirgi kunlarda ham koʻrilmoqdadir.



Tinch okean, Buyuk okean - Dunyo okeanining bir qismi, kattaligi va chuqurligi jihatidan Yer sharida 1oʻrinda. Tinch okeani gʻarbdan Yevrosiyo va Avstraliya, sharqdan Shimoliy va Janubiy Amerika, shimolidan Chukotka va Syuard yarim orollari oʻrtasidagi yoʻlak, janubidan Antarktida bilan chegaralangan. Maydoni dengizlari bilan birga 178,6 mln. km², dengizlarsiz 148,3 mln. km², suvining hajmi 710 mln.km³. Oʻrtacha chuq. 3980 m, eng chuqur joyi 11022 m (Mariana novi). Qirgʻoklarining aksari qismi ford tipli va yemirilgan, gʻarbdagi tropik kengliklarda marjonli, baʼzi joylari toʻsiq rifli. Antarktidadagi qirgʻoklar, asosan, shelf muzliklari bilan qoplangan. Dengizlar, koʻproq, Tinch okeanining shimoli-gʻarbiy va gʻarbiy chekkalarida joylashgan. Yarim yopiq dengizlar: Bering, Oxota, Yapon, Sharqiy Xitoy, Sariq va Janubiy Xitoy, Ichki Yapon; orollararo dengizlar: AvstraliyaOsiyo Oʻrta dengizlari deb umumiy nomlanadi; chekka dengizlar: Marjon va Tasman dengizlari, janubida Antarktida sohili yaqinidagi Amundsen, Bellinsgauzen va Ross dengizlari.Tinch okeani orollarining koʻpligi (taxminan 10 ming) va umumiy maydoni (3,6 mln. km² boʻyicha okeanlar oʻrtasida 1 oʻrinda. Materik orollari — Saxalin, Yapon, Tayvan, Malay arxipelagining yirik orollari, Yangi Zelandiya Tinch okeanining gʻarbiy chekkasida, sharqida orollarning katta kismi Shimoliy va Janubiy Amerika qirgʻoqlari yaqinida joylashgan. Aleut, Kuril, Ryukyu, Gavayi, Samoa, Markiz, Tabuan, Galapagos va boshqa orollar vulkan otilishi natijasida kelib chik,qan. Karolina, Marshall, Tuamotu, Gilbert — marjon orollar. Tinch okeanining markaziy va janubi-gʻarbiy qismidagi orollar Okeaniya deb nomlanadi. Relyefi va geologik tuzili sh i. Tinch okeani tubi tektonik jihatdan oʻziga xos tuzilishga ega, boshqa okeanlardagiga nisbatan bu yerda vulkan, suv osti togʻi va atoll koʻp. Tinch okeani hamma tomondan harakatdagi vulkanlari boʻlgan burmali togʻlar bilan oʻralgan. Boshqa okeanlar tubiga nisbatan Tinch okeani tubi relyefining juda ham parchalanganligi va shelfning uncha rivojlanmaganligi (umumiy maydonining 1,7%) uning umumiy xususiyatlaridan biriBering, Sharqiy Xitoy, Janubiy Xitoy va Yava dengizlarida, keng shelf Avstraliyaning Kvinslendshtati yaqinida boʻlib, marjon qurilmalari koʻp, ular sharqdan dunyoda eng yirik Katta Toʻsiq rifi bilan oʻralgan. Shimoliy va Janubiy Amerika qirgʻogʻi yaqinidagi shelf nisbatan kambar (bir necha oʻn km). Materik yon bagʻirlari tik, koʻpincha zinapoyasimon, kanʼonlar (Monterey, Bering) bilan oʻyilgan. Tinch okeanining Alyaska yarim oroldan Yangi Zelandiyagacha boʻlgan gʻarbiy qismida chekka dengizlar soyligi sistemasi (chuq. 3000 dan 7000 m gacha), orollar yoyi va ularga tutash okean novlari — Aleut (7855 m), KurilKamchatka (9717 m), Filippin (10265 m), Mariana (11022 m) bor. Tinch okeanining chegarasida yirik koʻtarilmalar bilan ajralgan keng soyliklar (chuq. 4000 m dan 7000 m gacha boʻlgan Shim.Sharqiy, Shim.Gʻarbiy,Markaziy, Janubiy Peru va h.k.) mavjud. Tinch okeanining yirik relyef strukturasi — Sharqiy Tinch okean koʻtarilmasi Dunyo okeani oʻrtaliq togʻ tizmalari tarkibiga kiradi, biroq u suv osti togʻ sistemasining boshqa tizmalaridan farq qilib, Okeanii 2 asimmetrik qismga ajratadi va unda rift vodiylari aniq aks etmaydi. Eng muhim vulkan marzalari va tizmalari: Layn, Gavayi, Shim.Gʻarbiy, MerkusNekker va boshqa Tinch okeanining sharqiy qismini va Sharqiy Tinch okean tizmasini juda koʻp yoriqlar zonasi kesib oʻtgan.Okean tubidagi choʻkindi jinslar tarkibi tektonika va okean tubi relyefi bilan bogʻliq. Terrigen nurash materiallari va gilli choʻkindilar materiklarning suv ostidagi chekkalarida, dengizlar tubida va chukur suv osti novlarida koʻproq toʻplangan. Choʻkindilar qalinligi okean qaʼrida va novlarda 2–3 km, bu esa Tinch okeanini eng qad. okeanlardan biri ekanligini koʻrsatadi. Kremniyli (diatom va diatomradiolyariyli) choʻkindilar fitoplanktonga boy zonalarda 3 ta kenglik mintaqasini hosil qiladi. Pelagial qizil gillar 4500–5000 m dan ziyod chuqurliklarda uchraydi. Tinch okeani gʻarbiy qismining tubida choʻkindilarga vulkan jinslari aralashgan. Okean tubida foydali qazilmalardan neft, nodir metallar rudalari, qalay, temir va titantemir qumlari, oltin, temirmarganets gʻuddalari va boshqa uchraydi.


Yüklə 110,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə