Mavzu: Unli va undosh tovushlarni o’rganishda orfografik mashqlarni tashkil etish



Yüklə 38,47 Kb.
səhifə1/7
tarix16.12.2023
ölçüsü38,47 Kb.
#182274
  1   2   3   4   5   6   7
Unli va undosh tovushlarni o’rganishda orfografik mashqlarni tashkil etish




Mavzu: Unli va undosh tovushlarni o’rganishda orfografik mashqlarni tashkil etish
Reja:
1. Boshlang’ich sinflarda fonetika asoslarini o’rganish metodikasi
2. O’quvchilarni tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish
3. Fonetika o’rganishda orfografik mashqlarni ishlash

Mavzuga oid tayanch atamalar:
Jarangli undoshlar- jarangli undoshlar (mas, b, v, g, d, z, y) shovqinga ovoz qoʻshilgan undoshlardir.
Jarangsiz undosh tovushlar- jarangsiz undoshlar esa (p, f, k, t, s, sh) faqat shovqinning oʻzidan iborat boʻladi.
3. Fonetika- (yunoncha: phonetikos — tovushga, tovush chiqarishga oid; tovushli, ovozli) — 1) tilshunoslikning nutq tovushlarining hosil boʻlish usullarini va akustik xususiyatlarini; boʻgʻin, nutqning pauza bilan ajraluvchi qismlarini oʻrganuvchi boʻlimi.

4. Undosh tovushlar - ogʻiz va boʻgʻiz boʻshligʻida turli toʻsiqlarga uchrab paydo boʻladigan, tarkibi fatsat shovqindan yoki ovoz va shovqindan iborat tovushlar. Ularning talaffuzida havo oqimi sirgʻalib yoki portlab chiqadi. Bu havo oqimi un paychalarini titratib yoki titratmay oʻtadi. Natijada turli jihatdan birbiridan farkli Undosh tovushlar hosil boʻladi. Dunyodagi har bir til oʻziga xos undoshlar tizimiga ega. Tildagi undoshlar tizimi konsonantizm (lot. consonans — undosh tovush) deyiladi. Undosh tovushlar soni turli tillarda turlichadir. Mas, hozirgi oʻzbek adabiy tilida Undosh tovushlar soni 25 ta boʻlsa, boshqa tillarda bundan kam (mas, turk tilida 17 ta) yoki ortiq boʻlishi mumkin. Bu miqdor rus tilida 34 tani, fin tilida 14 tani tashkil etadi.
5.Unli tovushlar- ogʻiz va bugʻiz bushligʻida hech qanday toʻsiqqa uchramay hosil boʻladigan, tarkibi ovozdan iborat (shovqin deyarli ishtirok etmaydigan) tovushlar. Har bir til oʻziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi unlilar tizimi vokalizm (lotincha: vocalis — unli tovush) deyiladi. Unli tovushlar soni turli tillarda turlichadir. Mas, hozirgi oʻzbek adabiy tilida Unli tovushlar 6 ta bulsa, boshqa turkiy tillarda 8 ta, 10 ta va undan ham ortiqdir. Bu miqdor rus tilida 5 tani, fransuz tilida esa 18 tani tashkil etadi.
6.Imlo- (arab. — toʻgʻri yozish), orfografiya — soʻz va gaplarning, soʻz qismlarining fafika vositalari yordamida toʻgʻri yozilishi; muayyan tildagi toʻgʻri yozish qoidalari majmui. Bu qoidalar soʻzlarning tovush tarkibi hamda soʻz va uning morfologik tarkibining yozilishi, soʻzlarni qoʻshib yoki alohida yozish, bosh harflarni toʻgʻri qoʻllash, boʻgʻin koʻchirish va boshqa bevosita yozuv bilan bogʻliq boʻladi.
Kichik yoshdagi o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetik bilimga asoslangan holda I sinf o’quvchilari savod o’rganish davrida o’qishni va yozishni bilib oladilar; b) fonetik bilim so’zni to’g’ri talaffuz qilish (tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, urg’uli bo’g’inni ajratish, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi; v) fonetik bilim morfologik va so’z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o’quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo’ladi; g) fonetik bilim gapni ohangiga ko’ra to’g’ri aytish, logik urg’u va gap qurilishidagi to’xtamlarga rioya qilish uchun zarur; d) so’zning tovush tomonini bilish uning ma’nosini tushunish va nutqda ongli qo’llash uchun muhimdir; hózir va hozúr, átlas va atlás so’zlari maьnosidagi farq faqat urg’u orqali ajratiladi. So’zning tovush tomonini tasavvur qilish so’zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish va qo’llash uchun zarur.

O’qituvchi boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so’zni aniq va to’g’ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda ko’pincha so’zni tovush tomondan tahlil qilishdan foydalanadi.


Maktab dasturiga muvofiq, boshlang’ich sinf o’quvchilari fonetik-grafik ko’nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo’q jarangli va jufti yo’q ja­rangsiz undoshlar; so’zni bo’g’inlarga bo’lish, urg’uli bo’g’inni aj­ratish ko’nikmalariga ega bo’ladilar.
Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o’zlashtiradilar, ammo ular maxsus o’qigunlariga qadar so’zni bo’g’inlarga bo’lishni, so’zdagi tovushlarni izchil ta­laffuz qilishni bilmaydilar. I sinf o’quvchilarida so’zni to’g’ri talaffuz qilish, bo’g’inlarga bo’lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko’nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o’z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so’z tarkibida bir-biriga ta’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o’zlashtirishga imkon beradi.
I sinfda fonetika va grafikani o’rganishga katta o’rin beriladi, chunki o’quvchilar o’qish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda mustahkamlanadi, takomillashtiriladi.

Yüklə 38,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin