Mavzu: Vertikal shpindelli paxta terish mashinasining asosiy rostlanishlari



Yüklə 452,01 Kb.
səhifə1/2
tarix16.06.2023
ölçüsü452,01 Kb.
#131547
  1   2
Vertikal shpindelli paxta terish mashinasining asosiy rostlanishlari


Mavzu: Vertikal shpindelli paxta terish mashinasining asosiy rostlanishlari
Paxta terish mashinalari (PTM) ikki yoki to'rt qatorli qilib tayyorlanadi. PTM 0,9 yoki 1,4 klass traktorlariga yoki o'ziyurar shassiga o'rnatiladi. Mashina qator oralari 60 yoki 90 sm qilib ekilgan g'o'za tuplaridagi ochilgan ko'saklarning chigitli paxtasini terishga mo'ljallangan. Mashina terimi g'o'za tuplaridagi barcha ko'saklarning kamida 60 foizi ochilganda boshlanadi. Bu davrga kelib o'rtacha nav g'o'zalar bo'yi 60... 100 sm, uzun tolali nav g'o'zalar bo'yi esa 150 sm bo'ladi. Mashina terimi oldidan g'o'zalar defoliatsiya qilinib, barglar sun'iy to'ktiriladi. Shunda barglarning kamida 70 foizi to'kilishi lozim. Mashina terimi ikki marta bajariladi. Birinchi terim ko'saklarning yarmidan ko'pi ochilganda, ikkinchi terim esa ikki xaftadan keyin o'tkaziladi. Birinchi terimdan so'ng desikatsiya o'tkaziladi, ya'ni defoliatsiya natijasida biror sabab bilan barglari to'kilmay qolgan maydonlardagi g'o'zalarga kimyoviy dorilar sepib, sun'iy quritiladi. MX-1,8 rusumli traktorga yarim osma paxta terish mashinasi o'rta tola paxta navlarining g'o'za qator oralari 90 sm bo'lgan maydonlardagi ochilgan paxtani terishga mo'ljallangan.
Paxta terish mashinalari (PTM) ikki yoki to'rt qatorli qilib tayyorlanadi. PTM 0,9 yoki 1,4 klass traktorlariga yoki o'ziyurar shassiga o'rnatiladi. Mashina qator oralari 60 yoki 90 sm qilib ekilgan g'o'za tuplaridagi ochilgan ko'saklarning chigitli paxtasini terishga mo'ljallangan. Mashina terimi g'o'za tuplaridagi barcha ko'saklarning kamida 60 foizi ochilganda boshlanadi. Bu davrga kelib o'rtacha nav g'o'zalar bo'yi 60... 100 sm, uzun tolali nav g'o'zalar bo'yi esa 150 sm bo'ladi. Mashina terimi oldidan g'o'zalar defoliatsiya qilinib, barglar sun'iy to'ktiriladi. Shunda barglarning kamida 70 foizi to'kilishi lozim
Mashina terimi ikki marta bajariladi. Birinchi terim ko'saklarning yarmidan ko'pi ochilganda, ikkinchi terim esa ikki xaftadan keyin o'tkaziladi. Birinchi terimdan so'ng desikatsiya o'tkaziladi, ya'ni defoliatsiya natijasida biror sabab bilan barglari to'kilmay qolgan maydonlardagi g'o'zalarga kimyoviy dorilar sepib, sun'iy quritiladi. MX-1,8 rusumli traktorga yarim osma paxta terish mashinasi o'rta tola paxta navlarining g'o'za qator oralari 90 sm bo'lgan maydonlardagi ochilgan paxtani terishga mo'ljallangan.
Mashinaning terim to„liqligi, %, eng kamida - 90,0 Erga to„kilgan paxta miqdori, %, ko„pi bilan - 4,0 Erga to„kilgan ko„k ko„saklar soni, dona/pog.metr, ko„pi bilan - 0,3 Mashina paxtaning tabiiy sifatini pasaytirmasligi kerak Bunkerdagi paxtaning iflosligi, %, ko„pi bilan - 8,0 Paxtani o„simlik shirasi va moy bilan ifloslanishi, paxtada g„o„za shoxchalari va ko„k ko„saklar bo„lishi mumkin emas Chigitning mexanik jarohatlanishi, %, ko„pi bilan - 1,0 Terim paytida chigitdan tolaning ajralishi, %, ko„pi bilan - 0,3
Mashina terimiga ajratilgan paxta maydonlariga qo‘yiladigan talablar Mashina uchun ajratilgan maydonlar qo„yidagi talablarga javob berishi lozim: - to‘rtburchak shakliga ega bo‘lishi; - uzunligi kamida 500 metr va maydoni 4-6 gektardan katta; - g‘o‘zalar bir tekis o‘sgan, hosildorligi esa gektariga eng kamida 25-30 sentner; - ko‘chat soni gektariga o‘rtacha 100-120 ming tup; - o‘simlik bo‘yi o‘rta tolali g‘o‘zalar uchun 80-100 sm, ingichka tolali g‘o‘zalar uchun 110-120 sm; - bir tup g‘o‘zadagi ko‘k va quruq barglar soni ko‘pi bilan 3 va 4 ta, mashina terimi boshlangan paytda ko‘saklarning ochilishi 80 foizdan ortiq; - dalalar begona o‘tlardan toza; - dalaning boshi va oxirida mashinalar uchun 10-12 metr kenglikda tekislangan qayrilish maydonchasi tayyorlanishi shart. PTM dala bo'ylab harakatlanganda (2-rasm) ochilgan paxtasini ikki tomonlama va ikki qayta teradi. Tup ko'targichlar 4 va old g'ildirakning suyrisimon ixotasi ikki qatorning g'o'za tuplarini juft barabanlar o'rtasidagi ish tirqishiga yo'naltiradi. Barabanlar 1 ish zonasida mashinaning harakat yo'nalishiga teskari tomonga aylanadi. Barabanlarning aylana tezligi vb mashina tezligi vm dan 1,3... 1,6 marta katta bo'lganidan barabanlar g'o'za tuplarini ortiqcha og'dirmasdan tirqish tomonga tortadi. Shpindellar ish zonasida mashina harakati tomonga aylanadi. Shunga ko'ra o'ng baraban shpindellari soat mili yo'nalishida, chap baraban shpindellari esa qarshi tomonga aylanadi va bu shpindellar o'naqay va chapaqay tishli deb ataladi. Barabanlarning aylanasi bo'ylab joylashgan shpindellar o'zining tishli sirti vositasida ko'saklardagi ochilgan paxtani ilib olib, o'ziga o'raydi



Barabanlarning Mashinaning terim to„liqligi, %, eng kamida - 90,0 Erga to„kilgan paxta miqdori, %, ko„pi bilan - 4,0 Erga to„kilgan ko„k ko„saklar soni, dona/pog.metr, ko„pi bilan - 0,3 Mashina paxtaning tabiiy sifatini pasaytirmasligi kerak Bunkerdagi paxtaning iflosligi, %, ko„pi bilan - 8,0 Paxtani o„simlik shirasi va moy bilan ifloslanishi, paxtada g„o„za shoxchalari va ko„k ko„saklar bo„lishi mumkin emas Chigitning mexanik jarohatlanishi, %, ko„pi bilan - 1,0 Terim paytida chigitdan tolaning ajralishi, %, ko„pi bilan - 0,3 3 burmalari ko'k ko'saklarning shpindellar orasiga kirib tiqilib qolishiga yo'l qo'ymaydi. 2-rasm. Paxta terish apparati texnologik ish jarayoni sxemasi: Baraban aylanishda davom etib shpindellarni paxta terish (ish) zonasidan olib chiqqach, ularni ajratgichlar 7 zonasiga keltiradi. Bu zonada shpindellar teskari aylantirish kolodkasining ponasimon tasmalariga duch kelib teskari tomonga aylana boshlaydi. Cho'tkali ajratgichning aylana tezligi shpindellarnikidan olti hissa katta. Cho'tkaning qillari shpindellarning tishlariga 0,5... 1,0 mm gacha botib turadi va shpindelga o'ralgan paxtani yechib oladi. Paxta terish apparatining old va ketingi juft barabanlarining shpindellaridan ajratib olingan paxta har qaysi tomonda uchta ajratgich yordamida qabul kamerasiga uzatiladi. Qabul kamera tubi ochiq vertikal tirqishli trubadan iborat. Barcha og'ir qo'shilmalar (kesak, mayda tosh, ko'k-yashil ko'saklar va b.) yerga to'kiladi, paxta esa ventilyator hosil qilgan havo oqimi ta'sirida pnevmatik transport trubalari bo'ylab bunkerga boradi. Bunker sig'imi 13,8 m. Vertikal shpindel (3-rasm) uch xil harakatda qatnashadi: mashina bilan ilgarilanma, baraban 2 bilan uning markaziga nisbatan aylanma va o'z o'qi atrofida aylanma harakat qiladi

Bunday harakatlarni ta'minlovchi yuritma eng oddiy ishqalanma turdagi planetar mexanizm bo'lib, uning quyosh (markaziy) g'ildiragi qo'zg'almas tasmalar 5 va 6 bilan almashtirilgan. Ish zonasida aylantirish tasmalari shpindelning yuritish roliklari 1 ga (4-rasm.) tashqi tomondan urinadi, ajratgichlar zonasida esa teskari aylantirish kolodkasi roliklarga ichki tomondan urinadi. Qo'zg'almas tasmalar tarangligi prujinalar bilan rostlanadi. Shpindel to'xtaganda uning sirtiga o'ralgan paxtaga teskari yo'nalgan katta tezlanish ta'sir etadi. Shunda paxta o'rami shpindel sirtidan biroz ko'chadi va shpindel bilan birga uning o'qi atrofida teskari yo'nalishda aylanmaydi. Lekin ko'pchilik hollarda paxta shpindeldan o'z-o'zicha yechilmaydi. Shuning uchun paxta cho'tkali ajratgichlar yordamida yechib, tortib, urib yoki tarab ajratib olinadi. Ajratgichning cho'tkalari plankalarga terilgan. Plankalar esabarabanda stilindr yasovchilari yoki vint chiziqlari bo'ylab joylashtirilgan. Shpindellar ajratish zonasida paxtadan to'liq tozalanishi lozim. Shpindelda qolgan tolalar keyinchalik mustahkam yopishib, tishlar ko'saklardagi ochilgan paxtani ilib olish qobiliyatini yo'qotadi. Bunday hollarda shpindellar maxsus metall cho'tkalar bilan tozalanadi. Shira bosgan shpindellar suv bilan yuviladi. Shpindellar ikki xil: yaxlit va tarkibiy bo'ladi. Yaxlit shpindel (4 a- rasm) qalin devorli po'lat trubadan iborat bo'lib, uning tashqi sirtida to'rt qator tishlar kertiladi. har qatordagi tishlar qadami va balandligi 2 mm


Tarkibiy shpindel (4 b-rasm) oddiy po'lat truba va unga vint chiziq yo'nalishida o'ralgan tishli po'lat lentadan iborat. Ko'sakdagi ochilgan paxtani terishda shpindellarning tishlari paxta bo'laklariga sanchiladi, tolalar orasiga kiradi, ularni shpindelga o'raydi. Shpindel tishlarining paxtaga sanchilib tolalar orasiga botish qobiliyati paxta terish apparati asosiy parametrlarining o'zaro nisbatiga bog'liq. Bunday parametrlarga shpindel va barabanning diametrlari, aylanish tezliklari, shpindellar soni, mashina tezligi va h.k. kiradi. Bu parametrlar shpindel tishlarining faollikligini va sirtmoqsimon absolyut traektoriya bo'ylab harakatlanishini ta'minlashi lozim. Barabanning aylanish tezligi g'o'za tuplarining ish tirqishiga tortilishiga ko'maklashishi lozim. G'o'zapoyalar apparatning ish tirqishiga kirishdan oldin qo'zg'almas tupyo'naltirgichlar 1 (5-rasm) orasida siqiladi, og'ib qolgan shoxlar ko'tariladi. Ish tirqishi 26...34 mm.


PTM ikki xil rostlanadi: 1) paxta terishda qatnashadigan ishchi organlari va mexanizmlarni rostlash va 2) mashinaning ish qobiliyatini ta'minlaydigan mexanizmlarni rostlash.
l.Yondosh barabanlarning shpindellarini shaxmat tartibida o'rnatish va ish tirqishining kengligini rostlash. Ish tirqishining kengligi 22.32 mm apparatlarning ham o'ng, ham chap qismlari uchun tashqariga chiqarilgan rostlash vinti orqali o'zgartiriladi. Vint barabanlar diskiga ta'sir etadi. Disk bir marta aylantirilganda tirqishning kengligi 1 mm ga o'zgaradi. Old barabanlar o'rtasidagi ish tirqishining kengligi ketingi barabanlar orasidagi tirqishidan 2 mm ga kengroq qilib o'rnatilgan. Oldingi va ketingi kulachoklarni birlashtiruvchi 6 tortqilarning uzunlini o'zgartirib, old va ketingi ish tirqishlari o'rtasidagi farqni o'zgartirish mumkin. Ish tirqishining kengligi shpindellarning yuqorigi va pastki qismlarida masus shchup bilan o'lchanadi. Tirqishning pastki qismi 2 mm gacha kengroq bo'lishiga yo'l qo'yiladi. Ish tirqishini o'lchash vaqtida shpindellar shaxmat tartibida, ya'ni bir-biridan yarim qadam narida turishi kerak. Shunda faqat bir juft barabanlar o'rtasidagi ish tirqishining kengligi o'lchanadi, ikkinchi juft barabanlar o'rtasidagi tirqish esa avtomatik tarzda o'rnatiladi.
2.Ajratkichlarning shpindellarga nisbatan holatini rostlash. Cho'tkaning qillari shpindellarning tishlariga ko'pi bilan 1,5 mm botib turishi lozim, chunki bundan ortiq botib tursa, cho'tka tezda ishdan chiqadi. Ajratkichlarning holatini rostlashda ajratkichning yuqorigi korpusini maxsus bolt atrofida aylantirib, cho'tkalar shpindellarga yaqinlashtiriladi. Cho'tkaning pastki qismidagi qillari ko'proq eyilgan bo'lsa, cho'tkani aylantirib qo'yish kerak; oldingi va ketingi ajratkichlarning to'g'ri rostlanganligini tekshirish oson bo'lishi uchun oldingi barabanda ajratkichlar o'rtasidagi joylashgan taranglovchi tortqi tez olinadigan qilib o'rnatilgan.
3. Kamera darchasini holatini rostlash. Shpindelli barabanlardagi paxtani ajratkichlar yordamida qabul kamerasiga to'g'ri, to'xtovsiz uzatish hamda kameraning ishonchli ishlashi uchun darcha bilan oldingi ajratkich o'rtasidagi tirqish 5.7 mm qilib saqlanadi. Bu tirqish oraliq to'sig'ining yuqori qismida joylashgan boltlar yordamida rostlanadi.
4. Apparatlarni mashinaning bo'ylama o'qiga nisbatan to'g'ri joylashtirish. Buning uchun a) etakchi g'ildiraklarning orasi (koleyasi) 2400 mm ekanligi va ularning traktor bo'ylama o'qiga nisbatan simmetrik joylashgani tekshiriladi, b) g'ildiraklar shinalaridagi havo bosimining me'yorga mos ekanligi tekshiriladi; v) apparatlar ish tirqishlarining mahsus maydonchadagi reja chiziqlariga nisbatan paralelligi tebratkichlar vallarining podshipniklari bilan ramaning ko'ndalang brusi orasiga vertikal tekislikda qistirmalar o'rnatib rostlanadi.
5. Apparatlarning tortqisini rostlash. Apparatlar o'rnatilgan ramkalarning parallelligi apparat tortqisining vinti va kontrgayka orqali rostlanadi.
6.Shpindelli barabanlarning parallelligini rostlash. Barabanlarning yuqori va pastki qismlarida ish tirqishlarining kengliklaridagi farq 2 mm dan ortiq bo'lmasligi kerak. Rostlash karkas ramasi brusining ostiga qistirmalar qo'yib tuzatiladi.
7. Apparatlar reduktorining va tarqatish reduktorining konus shesternyalarini rostlash. Shesternyalar tishlari orasidagi yon tirqish 0,15....0,50 mm bo'lishi lozim. Tishlar bir-biriga uringanda qoldiradigan izi tishning o'rtasida, konusning cho'qqisiga yaqinroqda kamida 50.60 foiz joyda bo'lishi kerak.
8. Apparatlar osmasining muvozanatlovchi prujinalarini rostlash apparatlarni yuqoridagi salt holatga ko'tarilib qo'yilgan holda markaziy vintni burab taranglanadi.
9. Ventilyatorlar, ularning tasmalarining tarangligini, shkivlar va taranglash qurilmasi roliklarining holatini rostlash.


Yüklə 452,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin