Mavzu: Xotira mexanizmlari Reja: 1.Xotira mexanizmlari 2.Xotira faoliyati Xotira-markaziy nerv tizimining asosiy xossalaridan biri bo'lib, voqelikning esda olib qolinishi, esda saqlanishi va esga tushirilishidir. Axborotni esda olib qolish ikki xil: ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo'lishi mumkin. Biron narsani esda olib qolish yoki eslash uchun maxsus maqsad bo'lmagan holda esda olib qolish yana esga tushirish ixtiyorsiz xotira deb ataladi. Oldimizga bironta maqsad qo'yib esda olib qolganimizda ixtiyoriy xotira haqida gap boradi. Ixtiyoriy esda olib qolish samaraliroq boladi. Biologik va ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan axborotlar, qanday kuchga ega bo'lishidan qat'iy nazar, yaxshiroq esda olib qolinadi. Voqelikni esda olib qolish xotiraning asosiy vazifasi hisoblanadi.Voqelikni qabul qilish, uni esda olib qolish va saqlash MNS da bo'lgan murakkab jarayonlar natijasidir. Xotiraning quyidagi turlari mavjud: naslga beriladigan (genetik) xotira, naslga berilmaydigan (individual) xotira, harakat xotirasi, obrazli, siymo xotirasi, (obektning siymosi esga tushiriladi), Emotsional-hissiyot xotirasi (voqeilik ma'lum bir his tuyg'uni chaqiradi), so'z mantiqiy xotira. Harakat xotirasi turli xildagi ish harakatlari va ularning sistemasini esda olib qolish va yana qayta esga tushirishdan iborat. Xotiraning bu turi benihoya katta ahamiyatga ega ekanligining boisi shundaki, u xuddi yurish, yozish va xuddi shu kabi malakalar bilan bab-baravar tarzda turli xil amaliy va mehnat malakalari shakllanishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Emotsional xotira his-tuyg'uga xos xotiradir. His etilgan va xotirada saqlab qolingan tuyg'ular yohud harakatga chorlaydi, yohud o'tmishda salbiy kechinmalar sabab bo'lgan harakatlardan tiyilishga undovchi signallar tarzida amal qiladi. Obraz xotirasi tasavvurlarni, tabiat va hayot manzaralarini, shuningdek, tovushlarni, hidlarni, ta'mlarni esda olib qolishdan iborat xotira hisoblanadi. U ko'rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilishga oid xotiradir. Bizning o'y-fikrlarimiz so'z-mantiq xotiraning mazmunini tashkil qiladi. O'y-fikrlar nutqsiz mavjud bo'la olmaydi, shuning uchun ham ularga oid xotira ham shunchaki mantiqiy deb emas, balki so'z-mantiq xotira deb ataladi.
Xotiraning fiziologik mexanizmi. Odamlarni ongli faoliyatini muvaffaqiyati hayvonlarni moslashuvga xulq-atvorini samarasi ko'p tomonlama ularni hayot tajribalari va bilimlariga bog'liq bo'ladi. Bu bilimlarni odam va hayvonlar xotirasidan oladi. Xotirani neyro-fiziologik mexanizmining asosida vaqtinchalik bog'lanish turadi. Shartli refleksni hosil bo'lishi xotirani dastlabki qismini, yani eslab qolishni tushuntiradi. Ikkinchi qismi eslab qolgan narsani uzoq vaqt saqlab qolish, yani esda saqlash muhimroq hisoblanadi. Shu sababli xotira deganda ko'proq ikkinchi qismi tasavvur qilinadi. Biroq olingan foydali axborotdan vaqti kelganda foydalanish uchun uni xotira tizimlaridan saqlanibgina qolmasdan olish imkoniyatiga ega bo'lish kerak yani eslay olish kerak. Shunday qilib, xotira tushunchasi organizmni shaxsiy hayoti davomida olgan axborotlarni ushlab qolish, saqlash va zaruriyatga ko'ra o'qiy olish jarayonlarini yig`indisini o'z ichiga oladi.
Qisqa muddatli xotira.Tibbiyot amaliyotida odamda ayrim kasalliklar davrida miyani eslab qolish qobiliyati yo'qoladi vaholanki yaxshi esda saqlangan narsalarni yaxshi eslaydi. Bu miyani chayqalishi, kuchli alkogolizmga uchragan odamlarda kuzatiladi. Ruhshunoslar kuchli ruhiy iztirobga tushgan odamlar ham shu voqeadan oldingi voqealarni eslay olmaganmi ko'rsatishgan. Ular ham oldin esda qolgan voqealarni yaxshi eslashadi. Shularni hisobga olib E. Xebb (1949 y) xotirani qisqa va uzoq muddatli xotiraga boldi.
Qisqa muddatli xotirani buzilishi miyaga voqeilikdan keyin kuchli tasir qilinishi bilan bog'liq. Hayvonlarda o'tkazilgan tajribalar asosida shu narsa aniqlandiki hayvonni biror narsaga o'qitilgandan so'ng miyasi kuchli ta'sirga uchrasa o'rganilgan narsa yo'q bo'lib ketadi, avvalgi olgan malakalari esa saqlanib qoladi. Miyaga farmokologik dorilar, narkotiklar, o'ta sovitish, kislorod bilan ta'minlanishni buzilishi kuchli ta'sir ko'rsatadi.