Mavzu: XVII asr nemis va ispan adabiyotining o‘ziga xosliklari. Servantesning “Don Kixot” asarida an’ana va yangilik
Reja: Klassitsizm adabiyotining taraqqiyot bosqichlari.
Klassitsizm adabiyotining o’ziga xosligi.
Klassitsizm adabiyotining nazariy asosi va janrlari.
Fransuz Klassitsizmi va uning vakillari.
Angliya va Ispaniyada klassitsizm.
Klassitsizm adabiyotining ahamiyati.
Adabiyotlar: 1. Hamdamov U., Qosimov A. Jahon adabiyoti. O’quv qo’llanma. – T.: Barkamol fayz media, 2018. 2. Karimov Sh. Nemis adabiyoti tarixi. – T.: MUMTOZ SO’Z., 2010. 3. O’zbek mumtoz adabiyoti namunalari/ Majmua (1-jild) tuzuvchilar: N.Rahmonov, H.Boltaboyev. – T.: Fan, 2003.
Kalit so‘zlar: klassik janr, uch birlik qoidasi, oliy did, mimesis
Klassitsizm – aniq qonun-qoidaga asoslanuvchi, an’anaviylikni asos qilib olgan adabiy oqim. Yevropada 17-asrdan boshlab rasman maydonga chiqqan. Fransiyada klassitsizm estetikasi va milliy madaniyat konsepsiyasi. Fransuz klassitsizmining falsafiy-esetik asoslari. (Dekart, Per Gasendi, Molerb, Bualo qarashlari). Kornel, Rasin, Molerlar ijodida klassitsizm an'analari. Klassitsizm estetikasining asosiy tamoyillari: uch birlik, adabiy janrlar masalalari. Sharq va G‘arb klassitsizmi qiyosi: umumiy va farqli jihatlar.
Fransuz adabiyotidagi ijtimoiy voqealar, ijtimoiy qara-ma-qarshiliklarning kuchayishi. XVII asr fransuz adabiyoti va san’atida klassitsizmning taraqqiyoti.
Per Kornel - XVII asr fransuz dramaturgi. Uning "Sid" tragediyasi Fransiyadagi ijtimoiy-siyosiy voqealar bilan bog‘likligi. Sid obrazida o‘z davridagi ijtimoiy qarama-qarshiliklarning realistik tasvirlashi. Sid obrazi vatan uchun xizmat qiluvchi. Kornelning bu asarda erkinlik va demokratik g‘oyalarni himoya qilishi. "Sid" - xapqchillik ruxi bilan sugorilgan asar.
"Goratsiy" tragediyasida Kornel davlat va jamiyat ishi uchun kurash mavzusiga murojaat qilishi. Asarda grajdanlikG burchi masalasining qo‘yilishi. Kornel fransuz tragediyasi-ninggina emas, balki fransuz xarakterlar komediyasining asoschisi sifatida /"Qallob" komediyasi/.
Kornel ijodining so‘nggi davrlarida yozilgan asarlarida tushkunlikning ifodalanishi.
Moler - fransuz milliy teatrining asoschisi. Moler -fransuz klassik komediyasini yaratuvchi. Komediyalaridagi realizm. Komediyalarida oila, nikoh masalalarini ko‘tarib chiqi-shi /"Erlar uchun saboq", "Ayollar uchun saboq” Moler dunyoqa-rashidagi xalqchillik. Molerning XVII asr Fransiyasidagi siyosiy kuchlarni tanqid qiluvchi asarlari. "Tartyuf"da xristian dini va cherkovning tanqid qilinishi. Pesaning satirik kuchi. "Don-Juan"da axloqsizlik va o‘zboshimchalikning fosh etilishi. "Mizantrop"da mavjud tartiblarga qarshi kurash masalasi. "Xasis"da asosiy qahramon uchun asosiy xususiyat bo‘lgan xasislikni ochish. "Xasis" Molerning tipik "xarakterlar komediyasi"dir. Moler asarlarining ahamiyati. Uning asarlari sahnada.
Lafonten - XVII asr fransuz masalchi shoiri. Lafonten masallari, ulardagi xalqchillik g‘oyasi, haqqoniylik va rea-listik tasvir. Lafonten masallarining soddaligi, ijtimoiy hayotni keng qamrab olishi, mehnatkash omma manfaatlarini himoya qilishi. Lafonten masallari uzbek tilida. Lafonten va uzbek masalchiligi.
Bualo - klassitsizm adabiy uslubining yirik nazariyotchisi. Bualo satiralari. Didaktik poemasi "Poeziya san’ati". Uning estetik qarashlari, realistik g‘oyalarning cheklanganligi. Bualo absolyutizm g‘oyalarining maddohi.
Jan Rasin - XVII asr fransuz dramaturga. Rasin dunyoqa-rashidagi qarama-qarshiliklar. Rasin - xalqchillik g‘oyalarining ximoyachisi. Asarlarida xukmron doiralarning zo‘ravon-likka asoslangan siyosatlarini qoralaydi /"Andromaxa", "Britannik", "Fedra'U. Zolimga aylangan mutlaq hokimning hatgi-harakatlarini qoralovchi "Britannik", saroyidagi ah-loqiy tushkunlikning fosh qilinishi /"Fedra'7. Rasin ijodining so‘nggi davri tragediyalarida tavrot mavzulariga murojaat qilishi. Rasin tragediyalarining xalqchilligi va satirik ruhi. Rasinning fransuz dramaturgiyasiga qo‘shgan hissasi.
Klassitsizm (lot. classicus — namunaviy) — antik davrda oʻz rivojining yuqori choʻqqisiga erishgan qadimiy Yunon va Rim sanʼati merosida shaqllanib, unga taqlid qilish natijasida yuzaga kelgan adabiyot va sanʼatdagi uslub, yoʻnalish. Klassitsizm tarafdorlari 17—19-asrlarda Fransiyada, keyinroq Yevropaning boshqa mamlakatlarida Uygʻonish davri anʼanalarini davom ettirgan holda (inson aql zakovatiga ishonish, antik davr yaratgan ideal mutanosiblikni va nisbatlarni tan olish va eʼzozlash), oʻz zamonasining ijtimoiy hamda estetik talablariga javob tariqasida vujudga kelgan. Antik davr mifologiyasi (rivoyatlari), tavrot voqealariga murojaat qilib, ulardan olingan syujetlar orqali oʻz davrlarining etik — axloqiy va siyosiy muammolarini koʻtarishta harakat qildilar. Klassitsizmda ham umumlashma asar yaratish asosiy masala hisoblanadi, asarlar birmuncha vazmin, ritm va nafis musiqaviylikka intilish asosida yaratildi. Odatda, Klassitsizm rivoji tarixi 2 bosqichga ajratiladi. 17-asr Fransiyada shakllangan Klassitsizm oʻzida absolyutizm gʻoyalarini ifodalagan boʻlsa, 18-asrga kelib Klassitsizm yangi dunyoviy ideallar, maʼrifatparvarlik gʻoyalari va oddiy xalq orzu-istaqlari va intilishlariga asoslangan ideallarga tayangan holda rivojlandi. Klassitsizmga xos belgilar dastlab Italiya nafis sanʼatida (16-asrning 2-yarmi) paydo boʻlgan (A. Palladio, J. Vinola, S. Serlio, J. Bellori nazariy va amaliy faoliyatida, shuningdek, Bolonya akademik maktabi rasmiy hujjatlari va h.k.), 17-asr ga kelib Fransiyada barokko tamoyillariga qarshi kurashda K. ildamlab, yaxlit uslubiy tizimga, 18-asrga kelib umumevropa uslubiga aylandi.
Klassitsizm estetikasi ratsionalizm tamoyillari asosiga qurilgan boʻlib, badiiy asarga aql va mantiq natijasi sifatida qaraladi. K. sanʼati "oliy" (tarixiy, mifologik, diniy) va "kichik", "past" (manzara, portret, natyurmort janrlari)ga ajratildi. Klassitsizm nazariyasining shakllanishida Parijda tashkil topgan qirollik akademiyalari — rassomlik va haykaltaroshlik (1648) hamda meʼmorlik (1671) faoliyati muhim oʻrin egalladi. Klassitsizm tamoyillari nafis sanʼatda, meʼmorlikda shaqllarning geometrik aniqligi va ritmik mantiqiy rejalashtirilishi va antik meʼmorlik shaqllaridan keng koʻlamda foydalanishda yorqin namoyon boʻldi.
Adabiyotda Klassitsizm adabiyotni ijtimoiy hayot taraqqiyoti talablari bilan uzviy aloqada bulishini taqozo etdi va shu bilan adabiyot hamda sanʼat (ayniqsa teatr)ning oʻz zamonasining ilgʻor pozitsiyasida turib rivojlanishiga xizmat qildi. Ammo K.ning dogmata aylangan ojiz tomonlari adabiyot taraqqiyotiga maʼlum darajada toʻsqinlik qildi. Klassitsizm hayotni izchil haqqoniyat bilan emas, balki "tozalab", maʼlum ijtimoiy va estetik talablar qolipiga solib tasvirlashni talab etdi. Bu bilan adabiyotda izchil realizmning paydo boʻlishiga, ijodning keng va erkin rivojlanishiga sabab boʻldi.
Klassitsizmda adabiy janrlar "oliy" va "past" tarzda tasniflanib, ular orasiga qatʼiy chegara ham qoʻyilgan. "Oliy" janrga tragediya, epopeya va qasida kiritilgan, ularda davlat xayoti, tarixiy voqeahodisalar, miflar tasvirlangan va ularning asosiy qahramonlari qumondonlar, davlat boshliqlari, mifologik personajlar, din peshvolari boʻlgan. Klassitsizmning "past" janriga esa komediya, satira va masal kiritilgan. Boʻlarda urtahol insonlarning kundalik hayotidan olingan voqea-hodisalar tasvirlanishi koʻzda tutilgan. Har bir janr orasida shu kabi aniq farqlar boʻlgan. Yuksak va past, tragik va komik holatlar tasvirining aralashib ketishiga yoʻl qoʻyilmagan. Klassitsizmda tragediya yetakchi janr qisoblanadi. Klassitsizmning bu "oliy" janri fransuz dramaturglari (P. Kornel, J. Rasin) ijodida yuksak darajaga kutarilgan boʻlsa, "past" janrlar sanalgan masal (J. Lafonten), satira (N. Bualo), komediya (Molyer) ham oʻzining oliy nuqtasiga kutarilgan. Klassitsizmning estetik asoslari Bualoning "Sheʼriy sanʼat" (1674) dostonida bayon etilgan.
Mazkur yoʻnalish Yevropa mamlakatlari adabiyotiga ham kirib bordi. Angliyada Aleksandr Pop (1688—1744), Jozef Addison (1672-1719), Italiyada Vattorio Alferi (1749—1803), Germaniyada I. V. Gyote (1749—1832), F. Shiller (1759—1805), Rossiyada A. P. Sumarokov (1717—77), Ya. B. Knyajnin (1740—91) va boshqa ijodkorlarning asarlarida yetakchilik qildi. 18-asr oxiri va 19-asr boshida Klassitsizm Yevropada tanaz-zulga uchradi. U hayot bilan aloqasini tobora yoʻqotib, tor shartlilik doirasida depsinib qoldi. Shundan soʻng 19-asrda adabiyotdagi Klassitsizm oʻrnini boshqa ijodiy metod va adabiy-estetik yoʻnalishlar egalladi. Klassitsizm jahon madaniyati tarixida insoniyatning maʼnaviymaʼrifiy tafakkuri va estetik didiga jiddiy taʼsir etadigan gʻoʻzal asarlarga asos boʻlgan metod sifatida qoldi.
Musiqada Klassitsizm uslubi 17-asrda paydo boʻlib, birinchi navbatda opera janrida oʻz aksini topdi (Fransiyada J. B. Lyulli, Italiyada "neapolitan opera maktabi" vakillari). Unga xos estetik va ijodiy tamoyillar badiiy asarlardagi aniq mantiqiy gʻoya, tugal va mukammal kompozitsion tuzilish, musiqa janrlari oʻrtasidagi chegaralarning aniqligida namoyon boʻladi. Shu bilan birga Klassitsizmda ijodiyotdagi aql va hissiyot hamda haqqoniyat va gʻoʻzallik asoslarining oʻzaro muvozanati muhim oʻrin tutadi. 18-asrda Klassitsizm uslubi Yevropaning boshka mamlakatlari (Avstriya, Germaniya, Rossiya va boshqalar)da ham tarkib topdi va oʻz choʻqqisiga koʻtarildi (qarang Vena klassik maktabi). Shu davr Klassitsizm oqimi maʼrifatparvarlik gʻoyalari bilan uzviy bogʻliq holda rivojlanib, muayyan asarlarida izchil xalqchillik, hayotni ichki ziddiyatlarning dinamik rivoji orqali, toʻlaqonli aks ettirilishi bilan ajralib turdi (yana q. Simfonizm).
Meʼmorlikda Klassitsizm uslubida qurilgan meʼmoriy kompozitsiyalarda meʼmorlik orderlari tizimi muhim rol oʻynadi. Klassitsizm meʼmorlari koʻpincha order va ularning nisbatlari hamda shaqllarini antik davrdagiga xos koʻrinishda ifodalashga harakat qildilar. Klassitsizm meʼmorligida shaqllar jiddiy va sipo, fazoviy kenglik yechimining aniqligi hamda meʼmorlikda ishlatilgan unsur (kolonna, pilyastr, friz, karniz va boshqalar)larning aniq, ritmga boʻysunganligi, rang va shaql ritmining aniqligi bilan harakterlanadi. Klassitsizm uslubida qurilgan bino interyerlari (xona, dalon, zal va boshqalar) ham oʻz badiiy yechimi bilan ajralib turadi. Xonalarda qoʻllanilgan rang , shaql va chiziqlar "aql bilan tartibga keltirilganligi" oʻziga xosdir. Sipo, jiddiy ishlangan bezaklar qam undagi jiddiylik va vazminlikka xalaqit bermaydi. Klassitsizm meʼmorlari antik davr merosidan, uning meʼmorlik unsur va ohanglaridan keng foydalanish bilan birga ularning umumiy arxitektonika qonunlari mohiyatini bilishga ham harakat qiladilar.
Klassitsizm meʼmorligining asosiy uslubi boʻlgan order tizimi antik davr meʼmorligi order tizimiga yaqin va shu bilan birga yangi davr ruhi bilan sugʻorilganligi koʻzga tashlanib turadi. Bu xususiyat nisbat va shaqllarning oʻzgarmagani holda birmuncha nafislashgani, bosiqligi hamda texnologiyasi (tosh, beton, temir va boshqalar), ustun va toʻsin yaratishda ishlatilishi hamda Klassitsizm binolarining interyerlari ham oʻziga xosdir. Ularda ishlatilgan shaql, ranglar mayin, fazoviy kenglik boʻlinishlari aniq. Mahobatli moyboʻyoq rassomligi ham Klassitsizm interyerlarida keng ishlatilgan. Unda rassomlar istiqbolning illyuzion imkoniyatlaridan unumli foydalanganlar. Bu rasmlar bino umumiy gʻoyaviy-estetik mazmuniga hamohang boʻlib, Klassitsizm meʼmorligiga xos ulugʻvorlik va salobatlilik tomonlarini yanada boʻrttirishga xizmat qildi. Shaharsozlik Uygʻonish davri va barokkoga xos xususiyatlarga tayangan holda rivojlanib shakllandi. "Ideal shahar" yoʻriqnomasi ishlandi (Versal), 18-asrning 2-yarmida planlashtirishning yangi uslubi shakllandi. Shahar qurilishida binolarni tabiat bilan uygʻunlashtirishni taʼminlash, keng ochiq maydonlar tashkil etish, ularni kucha va daryo (anhor) yoqalari boʻylab qoʻshib ishlash boshlandi. Shaqllarning maqsadga muvofiqligi, ixcham bezaklarning nozikligi, tabiat bilan uygʻunligi 18—19-asr boshlarida "palladiochilar" ijodida oʻz aksini topdi (shahar va shahardan tashqaridagi saroy-uylar va villalar).
Oʻzbekistonda K. belgilari 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida meʼmorlik sanʼatida V. Geynselman, A. Benua, G. Svarichevskiy qabilar ijodida (SharqVizantiya, Rim-Vizantiya shaqllari) qoʻllanildi. Bino kapitelida ioni orderi oʻrnida uslublashtirilgan paxta bezagi oʻz ifodasini topdi. Maʼmuriy binolar bosh tarzini qator ustunli baland va hashamatli qilib barpo qilishda qad. mumtoz uslub qoʻllanilib, milliy meʼmorlik anʼanalari qoʻshimcha qilingan.
Tasviriy sanʼatda Klassitsizm barokkoga, 18-asrdan esa rokoko sanʼatiga qarshi kurashda rivojlandi. Tasvirlar uygʻun, jozibador, ulugʻvor, tantanali boʻlishiga ahamiyat berilib, obrazlar hashamatli qiyofa va shaqllarda ifodalandi. Kartinalarda voqea ishtirokchilari birinchi plandagilar bilan (sahnadagidek) yonma-yon koʻrsatildi. Fransiyada K. 17-asr 1-yarmida toʻla shakllandi (rassom N. Pussen va boshqalar), keyin Yevropa mamlakatlarida tarqaldi. 18-asr 2-yarmida, 19-asr boshlarida hukmron uslubga aylandi (Fransiyada rassom J. David, Germaniyada rassomlardan A. va V. Tishbeynlar, A. Mengo, haykaltarosh I. Shadov, Italiyada xaykaltarosh A. Kanova). 19-asr boshida AQSH va Lotin Amerikasida, Rossiyada 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida tarqaldi (hay-kaltarosh I. Prokofyev, I. Martos, rassomlar A. Losenko, A. Ivanov va boshqalar).
Haykaltaroshlik sanʼatida Klassitsizm shakllarning tugalligi, tinik, ishlanganligi, nursoya oʻyinining nozikligi, chiziklarning musiqaviyligi va ritmi bilan ajralib turadi. Harakatning koʻrsatilishi har bir shaql tugalligi va haykal holatidagi vazminlikni boʻzmaydi.
Rangtasvir va grafikada ham Klassitsizm oʻz koʻrinishiga ega. Rangtasvirda shaqlning asosiy unsurlaridan chiziq va nursoya yetakchi oʻrinni egallaydi.
Klassitsizm ning soʻnggi bosqichida rangtasvir monoxrom rang gammasiga oʻta boshlaydi. Grafikada esa asosiy sof (toza) va tiniq chiziklar asarning emotsional tomonini belgilovchi va asar gʻoyasini yorituvchi vositaga aylandi. Klassitsizm rangtasvirida buyum va obrazlar tasviri ixcham, harakter jihatidan spektr ranglariga yaqin. Bu ranglar kartina (asar)da tasvirlangan buyum va manzara planlarini aniq, ifodalaydi. Mas, manzara janrida birinchi plan issiq-jigarrang , oʻrta plan yashil va orka plan moviy, koʻk ranglarda ifo-dalangan. Bu jixatdan asarlar sahna dekoratsiya (bezak)lariga yaqinlashadi.
Oʻzbekistonda Klassitsizmning soʻnggi koʻrinishi — akademizm yoʻnalishi koʻproq S. Yudin, R. Zommer, I. Karnovlarning syujetli kompozitsiyalarida oʻz ifodasini topdi.
Teatr sanʼatida K.ning yuzaga kelishi fransuz aktyorlari G. Mondori va J. Floridor faoliyati bilan bogʻliq. J. Rasin davrida shogirdlari T. Dyupark va M. Shanmele ijodida uslub sifatida poyoniga yetdi. Ayniqsa, Fransiya teatridagi Klassitsizmning yaqqol koʻrinishi E. Rashel ijodida namoyon boʻldi. Klassitsizm spektakllarida tarixiy aniqlik yetishmagan, zamonaviy qahramonlar antik dunyo kahramonlari qiyofasida talqin qilingan. Spektakllar umumiy tantanavorligi, qatʼiy shaklga egaligi va mizansahnalar tuzilish jihatdan simmetriyaga asoslanganligi bilan ajralib turgan.
Klassitsizmdagi demokratik, realistik yoʻnalishlar J. Molyerning sahnaviy islohotida, aktyorlar M. Baron va A. Lekuvryor ijodida, konservativ yoʻnalishlar saroy teatrida namoyon boʻldi. 18-asr 2-yarmida K.dagi progressiv yoʻnalish burjua maʼrifatparvarligi goyalari bilan uzviy bogʻlangan. K. Neyber (Germaniya), T. Betterton va J. Kembl (Angliya) kabi artistlar ham klassitsizmning yirik vakillaridir. Fransuz burjua rev-yasi davri (1789—94) da F. Talma rahbarligida ilgʻor teatr arboblari Klassitsizmning grajdanlik tendensiyalarini revolyusion — qahramonlik darajasiga koʻtardi. Keyinchalik klassitsizm sanʼatida revolyusion mazmun yoʻqolib, sahna oʻyini ritorik formal xususiyatga ega boʻldi. E. Rashel ijodi fransuz teatridagi klassitsiz ning yorqin koʻrinishi edi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida K.ning estetik normalari "Komedi Fransez" teatrida J. Mune-Syulli, Sara Bernar kabi aktyorlar ijrosida oʻz aksini topdi.
18-asrning 30—50-yillarida Rus K.i Gʻarbiy Yevropa K.ining asosiy xususiyatlarini saqlab qoldi, unda maʼrifatparvarlik gʻoyalari, norozilik mavzulari, kamchiliklarni hajv qilish keng oʻrin egalladi.