Mavzu: yoshlarda yuksak manaviy fazilatlarni shakillantirishda badiy adabiyotning tutgan o`rni kirish



Yüklə 68,63 Kb.
səhifə1/7
tarix17.01.2022
ölçüsü68,63 Kb.
#51336
  1   2   3   4   5   6   7
YOSHLARDA YUKSAK MANAVIY FAZILATLARNI SHAKILLANTIRISHDA BADIY ADABIYOTNING TUTGAN O`RNI


MAVZU: YOSHLARDA YUKSAK MANAVIY FAZILATLARNI SHAKILLANTIRISHDA BADIY ADABIYOTNING TUTGAN O`RNI


KIRISH. Adabiyotga etibor-ma`naviyatga kelajakka etibor.
ASOSIY BO`LIM

    1. Yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashda adabiy merosning ahamiyati va roli.

    2. Yoshlarni ma`naviy yuksak ruhida tarbiyalashda Navoiy merosining o‘rni.

    3. «Farhod va Shirin» dostonida komil inson timsoli va uning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati.

    4. Yoshlarda yuksak manaviy fazilatlarni shakillantirishda badiy adabiyotning oldida turgan vazifalar.

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Kirish

Har bir xalqning butun dunyo taniydigan, butun dunyo tan olgan ulug` farzandlari bo`ladi. Alisher Navoiyni esa dunyo XV asrda - shoir hayotligidayoq tan olgan. Mana, besh asrdan ziyod vaqt o`tibdiki, turli millat va xalqlar daho shoirimizning durdona asarlaridan bahramand bo`lib keladi.

Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo`lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Yoshlarni tarbiyalashda ilmiy-ma’naviy qadriyatlarning o`rni juda katta ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bu haqda gapirganda Navoiyni eslash muhimdir. Xalqimizning yuksak adabiy merosiga, qadriyatlariga, tiliga bo`lgan “... muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg`usi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko`p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bodamiz”.

Yoshlarda o`tmish merosiga hurmat ruhini shakllantirish, ularni vatanparvarlik, millatparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda insoniylik, mehnatga muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalash yoshlar tarbiyasining muhim tomonlari hisoblanadi. Ushbu masalalar Alisher Navoiyning qator asarlarida turli obrazlarda o`z aksini topgan. Navoiy o`zbek adabiyotida (o`ziga qadar bo`lgan ruboiylarga nisbatan) eng ko`p ruboiylar yaratib, bu she’riy shaklni birinchi darajali (g`azal, masnaviy kabi) janrlar qatoriga olib chiqdi, uning tematikasini kengaytirdi, falsafiy salmog`ini oshirdi, ruboiyga hayotiy masalalarni olib kirib, bu janrni turmushga yaqinlashtirdi. Navoiyning ruboiylari hayotiy voqea ta’sirida yuzaga kelganligi va uslubi original va obrazlarining konkret bo`lishi bilan ajralib turadi. Navoiy ruboiylarida muhim ijtimoiy masalalarni turli xil poetik priyomlar va badiiy vositalar orqali ifodalagan. Bu esa uni chinakam she’riy javohirlar darajasiga ko`targan. Alisher Navoiyning ijodiy merosi - o`zbek madaniyatining, umuman, jahon madaniyatining boqiy qadriyatlaridandir. Binobarin, biz yoshlar - uning vorislari bu buyuk merosga g`oyat katta hurmat - e’tibor bilan, e’zozli munosabatda bo`lishimiz zarur.

Alisher Navoiy jahon adabiyotining ulug` namoyondalaridan biri ekanligini bilamiz. U butun faoliyati va ijodiyotini insonning baxt-saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligi, obodonchilik ishlariga, ilm-san’at va adabiyot taraqqiyotiga bag`ishladi. Ye.E. Bertels “Lisonut-tayr” asaridagi hikoyalar munosabati bilan to‘g‘ri ta’kidlab o`tganidek, ko`pgina epizodlarning (ya’ni hikoyat, rivoyat) paydo bo`lishi Navoiyning boy hayotiy tajribasi bilan bevosita aloqador.

Biz Alisher Navoiyni mutafakkir shoir sifatida ulug`laymiz. Mutafakkir so`zining ma’nosi tafakkur sohibi, keng va chuqur falsafiy mushohada yuritish istehdodiga ega bo`lgan kishi degani. Bu ish har qanday iqtidorli qalam ahlining ham qo`lidan kelavermaydi. Shuning uchun ham dunyoda shoiru yozuvchi ko`p o`tgan bo`lsada, ulardan juda oz qismigina bu sharafli nomga loyiq ko`rilgan. “Agar bu ulug` zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”.

Alisher Navoiy asarlari yaxlit olganda hayot qomusiga o`xshaydi. Chunki biror-bir hayotiy masala, insonga xos qadriyat va tuyg`ular yo`qki, u qalamga olmagan bo`lsa, inson tarbiyasi, kamoloti masalalarini o`zbek adabiyotida hech kim Navoiydek kuylamagan.

Alisher Navoiy ijodi o`ziga xos hikmat bo`stonidir. O`zingizda tug`ilgan har qanday savolga javob izlab, unga murojaat qilsangiz, ahvoli ruhiyatinga mos bir hikmat topib, maqsadingiz hosil bo`lishi, ko`nglingiz taskin topishi shubhasiz. Shoir asarlari, hikmatlari hayotdan olinganligi, shaklan go`zal, mazmunan teran, badiiy yuksak ekanligi uchun ham biror- bir zamonda o`z ahamiyatini yo`qotmay, barcha toifaga mahqul bo`lib kelyapti va to yer yuzida inson avlodi yashar ekan, ularning qimmati zarracha kamaymaydi, bilg’aks tobora ortib boraveradi.

Komillikdagi eng birinchi belgi halollik va poklikdir. Shoir o`z asarlarida inson kim bo`lishidan qathiy nazar, halol va pok bo`lishi kerak, deydi. Alisher Navoiy orzu qilgan halol va pok inson nafaqat tashqi qiyofa, balki ichki ma’naviy qiyofaga ega bo`lgan insonlardir. Masalan, Farhod, Iskandar, Majnun, Suhayl, Navfal, Shirin, Layli, Dilorom va boshqalar halollikning timsollaridir.



    1. Yüklə 68,63 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin