Mavzu: Yuqori puxtalikga va yeyilishga chidamli po’latlar. Reja



Yüklə 26,27 Kb.
səhifə1/4
tarix21.12.2023
ölçüsü26,27 Kb.
#188535
  1   2   3   4
Mavzu Yuqori puxtalikga va yeyilishga chidamli po’latlar. Reja-fayllar.org


Mavzu: Yuqori puxtalikga va yeyilishga chidamli po’latlar. Reja

Mavzu:Yuqori puxtalikga va yeyilishga chidamli po’latlar.

Reja:

Kirish

Asosiy qism





  1. Po’lat


  2. Eyilishga chidamli po’latlar.


  3. Kimyoviy tarkibi.


  4. Yuqori puxtalikga ega po’latning tipik strukturasi.


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Tarkibida o’rta hisоb bilan 18% xrоm bo’lgan po’latga yetarli darajada nikel qo’shilsa, po’latning mexanik xоssalari yaxshilanadi, bunday po’lat dоnalarining yiriklashuvga mоyilligi pasayadi va po’latning kоrrоziyabardоshligi оrtadi, chunki nikel bunday po’latni barcha temperaturalar оralirida austenit hоlatiga o’tkazadi.

X18N9 tipidagi xrоm-nikelli zanglamas po’latlar mashinasоzlikda, keng iste`mоl buyumlari ishlab chiqarishda, arxitekturada va bоshqa sоhalarda ko’p ishlatiladi.


Biz bu yerda austenit sinfiga kiruvchi xrоm-nikelli zanglamas po’latlarni kurib chikamiz.
Tarkibida 18% xrоm bоr zanglamas po’latning strukturasi austenitdan ibоrat bo’lishi uchun unda kamida 9% nikel bo’lishi kerak. Nikel miqdоri 9% dan kamaysa, yoki nikel 9% bo’lib, xrоm miqdоri 18% dan оshsa, po’lat barcha temperaturalar оralig’ida ikki fazali bo’lib qоladi.
Poʻlat — temirning uglerod (2%) va boshqa elementlar bilan qotishmasi. Odatdagi texnik poʻlatning tarkibi — 0,05—1,5% uglerod, 0,4% gacha kremniy, 0,1 — 1% marganets, 0,08% gacha oltingugurt, 0,1% gacha fosfor va 96,92—99,27% temirdan iborat. Sanoatda ishlab chiqariladigan poʻlatlar tarkibida doimiy qoʻshilmalar: kremniy Si, marganets Mp, oltingugurt S va fosfor R boʻladi. Poʻlatning choʻyandan farqi shuki, choʻyan tarkibida uglerod 2% dan ortiq, doimiy qoʻshilmalar ham koʻproq boʻladi. Poʻlat toblanganda uning fizik-mexanik xossalari keskin oʻzgaradi, qattiqligi va mustahkamligi ortadi, bolgʻalanuvchan boʻlib qoladi (qarang Poʻlatni toblash). Kimyoviy tarkibidagi uglerod va legirlovchi elementlar miqdo-riga qarab, poʻlat uglerodli va legirlangan xillarga boʻlinadi. Uglerodli poʻlatga (tarkibida ugleroddan tashqari 0,7% gacha marganets, 0,37% gacha kremniy, 0,04% gacha oltingugurt va 0,035% gacha fosfor boʻladi) qurilish va mashinasozlik poʻlati; asbobsozlik poʻlati kiradi. [[Legirlangan poʻlat jumlasiga kam (legirlovchi elementlar 2,5% gacha), oʻrtacha (legirlovchi elementlar 2,5—10% gacha), yuqori legirlangan (legirlovchi elementlar 10% dan ortiq) poʻlatlar kiradi (qarang [[Legirlangan poʻlat). Ishlatilishiga qarab, qurilish (prokat) va mashinasozlik (konstruksion), asbobsozlik, alohida xossali xillarga boʻlinadi. Alohida xossali poʻlat zanglamaydigan va kislota-bardosh, issiqbardosh, yeyilish va yemirilishga chidamli, magnit xususiyatli va boshqa sifatlarga ega boʻladi.
Poʻlat suyuq, plastik va qagtiq holatda ishlab chiqarilishi mumkin, lekin asosan, suyuq holatda ishlab chiqariladi. Suyuq poʻlat konverter, marten pechi, elektr pechi, tigel va boshqa pechlarda oli-nadi. Plastik poʻlat pudlinglab olinadi (qarang Pudlinglash). Qattiq holatdagi poʻlat temir rudasini baraban shaklidagi pechlarda qaytarib yoki elektroliz qilib olinadi.
Xom ashyo sifatida domna choʻyani va temir-tersaklar ishlatiladi. Ular pechda qizdiriladi. Kimyoviy reaksiya natijasida choʻyan va temir-tersaklar tarkibidagi S, Si, Mp, R va S oksidla-nib temirning kaytarilishi natija-sida poʻlat hosil boʻladi. Lozim boʻlsa (mas, legirlangan poʻlat olishda), poʻlat tarki-biga zarur kimyoviy elementlar qoʻshiladi. Fosfor va oltingugurt poʻlatning xossalariga salbiy taʼsir etgani sa-babli poʻlat ulardan tozalanadi (rafina-siyalanadi). Bunda asos harakterli flyusdan foydalaniladi.

Yüklə 26,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin