Mavzu: Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi. Bobur lirikasi. Reja



Yüklə 68,76 Kb.
səhifə1/4
tarix02.01.2022
ölçüsü68,76 Kb.
#47317
  1   2   3   4
Bobur


Mavzu:Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi. 

Bobur lirikasi. 

Reja: 

  1. Farg’ona vodiysining yosh vorisi. 


  2. Zahiriddin Muhammad Bobur – mohir sarkarda. 


  3. Zahiriddin Muhammad Bobur lirikasi. 


  4. Bobur – Andijon farzandi 



Zahiriddin Muhammad Bobur 1483- yilning 14- fevralida Farg’ona viloyatining poytaxti Andijonda tug’ildi. Otasi Umarshayx mirzo temuriylardan bo’lib, Farg’ona viloyatida hokimlik qilar edi.

Bobur yuqori saviyali muallim va murabbiylar tomonidan tarbiyalandi. Yosh Bobur tez orada xat- savodini chiqarib, ilm- fan, adabiyot va tarix bilan shug’ullana boshlaydi. U ko’p vaqt harbiy mashq va ov bilan mashg’ul bo’ladi. Umarshayx mirzo kabutar ishqibozi bo’lgani uchun ham o’zi barpo qilgan Axsi qo’rg’onida jar yoqasiga kabutarxonalar qurdirgan edi. Tasodifan u kabutarxonalari bilan birga jarga qulab ketib, halok bo’ladi.

Umarshayx mirzodan uch o’g’il va besh qiz qoladi. O’g’illarining eng kattasi 12 yoshga qadam qo’ygan Bobur taxt vorisi edi. Shuning uchun taxtga Bobur chiqdi. U bek atkalari Mazidbek va Boboquli Bobo Alibeklar, tadbirkor onasi Qutlug’ Nigorxonim rahbarligi va ko’magida davlatni boshqaradi.Bostirib kelayotgan dushman hujumini mohirlik bilan qaytarib, uni chekinishga majbur qiladi. Bu yosh Boburning birinchi va katta g’alabasi edi.

Farg’onada hokimiyatni o’z qo’liga olgan Boburning diqqatini katta bobosi Amir Temurning poytaxti Samarqand o’ziga jalb qiladi. Bobur Samarqandni 1498 yilda, 15 yoshida egallab oladi. Biroq Samarqandning ichki vaziyati u kutganicha bo’lib chiqmadi. O’zaro feodal urushlar va haddan oshgan oliq- soliqlar natijasida shahar nihoyatda qashshoqlashgan edi. 100 kunlik hukmronlikdan so’ng Bobur Samarqandni tashlab chiqib ketishga majbur bo’ladi.

Shu zaylda Bobur Samarqandni uch marta qo’lga kiritadi. Lekin bari yutuqlar muvaffaqiyatsiz yakunlanadi. Movarounnahrda yirik va mustahkam davlat vujudga keltirishga ko’zi yetmagan Bobur “tokay bu Farg’ona viloyatida sargardon bo’lib turmoq kerak, bir tarafg’a talab qiloyin” deb, 1504 yilda 300dan ortiq yigiti bilan Afg’onistonga qarab yurdi. Bobur urushsiz va talovsiz Qobulni va G’aznani egallaydi.

Bu orada Shayboniyxon Hirotni ham egallaydi. Bu hol Hindistonga yurish qilish niyatida yurgan Boburning harakatlarini yanada kuchaytiradi.Avvallari Bobur Hindistonga bir necha bor hujumlar qildi, 1525 yilda esa Hindistonga katta yurish boshladi va shu yili butun Panjob viloyatini egallab, Dehliga yurish boshladi.U yerda afg’on sulolasiga mansub bo’lgan Ibrohim Lo’di sultonlik qilar edi. Ibrohim Lo’dining harbiy kuchi Boburnikiga qaraganda bir necha bor ko’p edi. Biroq Bobur ajoyib harbiy san’ati, “to’lg’ama” deb nomlangan taktikasi bilan Ibrohim Lo’diga qattiq shikast bera boshladi. U qo’shini oldida jo’shqin nutq so’zlab, yo g’ozi (g’olib), yo shahid bo’lish haqida harbiy ont ichdi, askarlarining ruhini ko’tardi, katta zambaraklarni ishga soldi va otliqlardan mohirlik bilan foydalandi. 1526 yilning 21 aprelida Ponipatda Bobir qo’shini bilan Ibrohim Lo’di qo’shini o’rtasida qattiq va hal etuvchi jang bo’ldi. Ibrohim Lo’di engildi. 27 aprelda Dehlida Bobur nomiga xutba o’qildi. Boburning bu g’alabasidan keyin ba’zi hind va afg’on feodallari ittifoq tuzib, Chitora hokimi Rano Sango rahbarligida Boburga qarshi bosh ko’tardilar. Ikki o’rtada dahshatli jang boshlanadi. Nihoyat, jang 1527 yilning 16 martida Boburning g’alabasi bilan tugaydi. Rano Sango ustidan g’alaba qozonish bilan Bobur Hidistonda o’z hokimiyatini uzil-kesil o’rnatgan edi. Shu bilabn Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos soldi.

Bu vaqtda Hindiston kichik-kichik hokimliklardan va rojalardan iborat edi. Boburning eng katta xizmatlaridan biri Hindistonni katta va markazlashgan davlatga aylantirdi.

Bobur Hindistonning xo’jalik hayotiga, madaniyati va obodonchiligiga katta e’tibor berdi. U ariq va kanallar ochtirdi, suvsiz yerlarga suv chiqarib, ekin maydonini kengaytirdi, bog’lar barpo qildirdi, turli binolar qurdirdi. U Hindistondagi xilma-xil qabila va xalqlarning urf-odat va rasm-qoidalariga qarab ish ko’ra boshladi. Atrofiga olim va fozil kishilarni to’pladi. Hind olimlaridan Shayxorani o’ziga vazir va maslahatchi qilib tayinladi.

Ko’p yillik og’ir va dahshatli janglar, tug’ilib o’sgan el-yurtdan yiroqlashish va yaqin do’stlarining Afg’oniston va Movarounnahrga qaytib ketishi, shubhasiz, Boburni qattiq ezadi. Bobur vatanini qo’msaydi, yor-do’stlarini sog’inadi. Kunlarning birida unga Farg’onadan qovun keltirganlarida, u qovunni so’yib turib, achchiq-achchiq yig’laydi. Buning ustidan sihati ham yomonlashadi. U “Boburnoma”dagi ruboiylaridan birida bu haqda shunday deydi:



Yüklə 68,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin