Farg‘ona Davlat Universiteti Matematika-informatika fakulteti matematika yo‘nalishi 20.05A guruh talabasi Sayfiddinov Muhiddinning ʼʼButunlik sohasi ustidagi koʻphadning eng koʻp ildizlari”mavzusida yozilgan kurs ishiga TAQRIZ Ushbu kurs ishi kirish, 6 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Kurs ishida ko’phadlar maydoni ustidagi umumiy tushunchalar, ko’phadlarning tengligi, o ekanligi kabi asosiy tushunchalar, ko’phadlar ustida bajariladigan amallar: yog’indini hisoblash va shu kabi bir qancha tushunchalar batafsil yoritilgan.
Kurs ishining asosiy qismida esa bir o’zgaruvchili ko’phadlar va bir o’zgaruvchili ko’hadlar haqida malumot berilgan.
Kurs ishida to’xtalgan barcha mavzularga doir ta’riflar va teoremalar isbotlari va misollar orqali yoritib berilgan, bu esa o’quvchi uchun mavzuni tushunishda qulaylik yaratadi deb o’ylayman.
Ushbu kurs ishi, kurs ishiga qo‘yilgan barcha talablarga javob beradi deb hisoblayman va himoyaga tavsiya etaman.