Mehnat bozori tartibga solishning hududiy asoslari



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix24.04.2020
ölçüsü0,91 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7

O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI 

OLIY  VA  O’RTA  MAXSUS  TA’LIM  VAZIRLIGI 

ALISHER  NAVOIY  NOMIDAGI 

SAMARQAND  DAVLAT UNIVERSITETI 

 

Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti 

Iqtisodiyot va mehnat sotsilogiyasi  kafedrasi 

 

 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI 

”MEHNAT BOZORI TARTIBGA SOLISHNING HUDUDIY 

ASOSLARI” 

 

 

 

Bajardi: Xo’jaqulov A. 

 

Ilmiy rahbar: dots.Bozorov B.U. 

 

 

 

 

 

 

 

 

SAMARQAND – 2015 

 

 

                                

 

 





MUNDARIJA 

 

 

 

I-Bob. 



MEHNAT  BOZORINI  TARTIBGA  SOLISHNING  NAZARIY 

ASOSLARI…………………………………………………………   

1.1. 


Mehnat  bozorining  ijtimoiy-iqtisodiy  mohiyati  va  rivojlanish 

tamoyillari............................................................................................  7 

1.2. 

Mehnat  bozorini  tartibga  solish  usullari………………................. 



11 

1.3. 


Mehnat bozorini tartibga solishda davlatning roli va uning ijtimoiy-

iqtisodiy ahamiyati.............................................................................. 

 

19 


II-Bob.  SAMARQAND 

VILOYATIDA 

MEHNAT 

BOZORINI 

TARTIBGA 

SOLISHNING 

IJTIMOIY-IQTISODIY 

KO’RSATKICHLARI  TAHLILI………………………………...  

28 


 

2.1. 


 

Samarqand  viloyati  mehnat  bozorining  rivojlanishiga  ta’sir  etuvchi 

omillar tasnifi……………………………………………………… 

28 


2.2. 

Mehnat 


bozorini 

tartibga 

solishning 

ijtimoiy-iqtisodiy 

ko’rsatkichlarining tahlili………………………………………….. 

 

37 



2.3. 

Mehnat bozorini tartibga solinishda mehnat shartnomalarining o’rni 

va uni tartibga solishning mintaqaviy usullari………………………  49 

III-Bob.  IQTISODIYOTNI 

ERKINLASHTRISH 

SHAROITIDA 

MEHNAT  BOZORINI  TARTIBGA  SOLISHNING  ASOSIY 

YO’NALISHLARI……………………………………………….. 

54 


 

3.1. 


 

Mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solishni 

takomillashtirish…………………………………………………….

 

 



54 

3.2. 


 Mehnat bozorini tartibga solishning strategiyasi va yo’nalishlari….  59 

                XULOSA……………………………………....................................  64 

               FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR                             

66 


KIRISH………………………………………………………………………...  

                                

 

 





               RO’YXATI…………………………………………………………. 

 

          



            

Mavzuning  dolzarbligi.  Mehnat  bozori  ish  bilan  bandlikni  tartibga  solishda 

faol rol o’ynaydi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi mos ravishda ijtimoiy mehnat 

sohasidagi  munosabatlarning    rivojlanishini  ham  taqozo  qiladi.  Bu  esa,  ish  bilan 

bandlik  oshirish  va  uning  tarkibiy  tuzilishini  takomillashtirishni  zarurat  etadi.  SHu 

nuqtai  nazardan  Prezidentimiz    I.A.Karimov  ta’kidlaganidek:  “2012-yilda 

mamlakatimizda kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish hisobidan qariyb 

1 millionta yangi ish o’rni tashkil etildi. Bu ish o’rinlarining 62 foizga yaqini qishloq 

joylarda  yaratildi.  Bu  borada  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirish 

evaziga  485  ming  kishi,  kasanachilikning  barcha  shakllarini  kengaytirish  hisobidan 

yesa 218 ming kishi ish bilan ta’minlandi... 

Yangi ish o’rinlari tashkil etish va mamlakatimiz aholisi bandligini ta’minlash 

2013-yil va undan keyingi yillarga mo’ljallangan maqsadli vazifalarni hal qilishning 

eng muhim ustuvor yo’nalishi bo’lib qoladi”

1

.  



Erishilgan  yutuqlarga  qarmasdan,  ishsizlikni  kamaytirish  uchun  yangi  ish 

joylarni,  ayniqsa  qishloq    hududlarida  yaratish  respublikaning  ustuvor  vazifalaridan 

biri.  Tadqiqotlar  natijasidan  ma’lumki,  demografik  hususiyatlar  sababli  yangi  asr 

boshida  O’zbekistonda  mehnatga  layoqatli  yoshdagi  aholi  soni  keskin  o’sib 

bormoqda  va  bu  o’sish  doimiy  aholi  soni  o’sishidan  yuqoriroq.  SHuning  uchun, 

umumiy  aholi  sonida  mehnat  resurslari  ulushining  o’sishi  kuzatilmoqda.  Mehnat 

bozoriga  har  yil  yangi  ish  kuchlari  chiqishi,  iqtisodiyotning  qayta  tashkil  etilishi  va 

ba’zi sohalardan ish kuchi bo’shashi (asosan agrar qismidan) va ish beruvchilarning 

kasbiy  va  malakaviy  talablariga  ish  kuchi  javob  bermasligi  sababli  mehnat  bozorida 

ish  kuchi  taklifi  unga  bo’lgan  talabdan  kattaroq.    Bundan  tashqari,  O’zbekiston 

                                                 

1

 



Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  Ислом  Каримовнинг  2012-йилда  мамлакатимизни  ижтимоий-иқтисодий 

ривожлантириш  якунлари  ҳамда  2013-йилга  мўлжалланган  иқтисодий  дастурнинг  энг муҳим  устувор  йўналишларига 

бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси. “Халқ  сўзи”  газетаси,2013  йил  19  январь,  №13 

(5687). 

                                

 

 



mehnat bozori hozirgi kunda ulg’ayib rivojlanmoqda va uni tartibga solish uchun ish 

bilan  bandlik  tarkibi  dinamikasi  va  omillarini,  ayrim  viloyatlardagi  milliy  ijtimoiy-

mehnat  munosabatlarnining  maxsus  xususiyatlarini  inobatga  olgan  holda  o’rganish 

zarur.

 

Ushbu  mintaqaviy  rivojlanish  dasturlarida  viloyatlarning  moddiy,  mehnat  va 



tabiiy  resurslaridan  majmuali  va  samarali  foydalanish  asosida  mehnatga  layoqatli 

aholi  ish  bilan  bandligi  tizimini  takomillashtirish  ko’zda  tutilgan.  Ish  bilan  bandlik 

darajasini oshirish bilan birga aholi farovonligi keskin oshishiga erishish shart. Agar 

tarixga  nazar  tashlasak,  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlar  aholisi  ish  bilan 

bandligining  tarkibi  davlat  olib  borgan  monetar  va  soliq  siyosatlari  natijasida 

o’zgarib, hozirgi  kunda muqobil ko’rinishga kelgan. Nazariy tarzda bu ilmiy masala 

g’arb  olimlari  tomonidan  aholi  sonidan  kelib  chiqib  o’rganilgan,  ammo 

O’zbekistonda  bu  muammoning  nazariy  va  amaliy  jihatlari  hali  yetarli  darajada 

o’rganib  chiqilmagan.  Bundan  kelib  chiqib,  aytish  mumkinki,  iqtisodiyotni 

modernizasiyalash sharoitida  Samarqand viloyat mehnat bozorini tartibga solishning 

ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini tadqiq etish – dolzarb ilmiy muammodir. 

Muammoning  o’rganilganlik

 

darajasi.  Mehnat  bozori  shakllanishi  va  uni 

tartibga  solish    masalalari  A.Alaverdov,  G.Bankov,  S.Barkalov,  D.Novikov,  S.Popov,  

B.Genkin,  S.Kartashov,  Yu.Odegov,  K.Kozimov,  M.Kolosnisina,  S.Kuzmin, 

I.Kulinsev,  K.Kyazimov,  K.Makkonel,  Yu.Godelov,  G.Rudenko,  L.Babininiyalar 

kabi  xorijlik  olimlar  tomonidan  ilmiy  tadqiq  etilgan.  O’zbekistan  Respublikasida 

ushbu  muammoning  turli  jihatlari  bilan  K.Abduraxmonov,  B.Murtazoyev, 

T.SHarifullina,  F.Mamarasulov,  X.Abulqosimov,  SH.Zaynutdinov,  D.Ortiqova, 

D.Raximova, 

A.Sotvoldiyev, 

M.Yuldashev, 

A.Islomov, 

SH.Xolmo’minov, 

N.SHoyusupova,  R.Ubaydullayeva,  O.Ota-Mirzayev,  L.Maksakova,  R.SHodiyev, 

N.Raximova, R.Murtazina va boshqalar shug’ullanishgan.

 

Bu  olimlarning  ilmiy  asarlarini  tahlil  etish  ishchi  kuchining  ish  bilan 



bandligining  tarkibiy  siljishlarini  o’rganish  bo’yicha  mukammal  tadqiqotlar 

o’tkazilmaganligini  ko’rsatdi.  Bu  esa,  iqtisodiyotni  erkinlashtirish  sharoitida 



                                

 

 



aholining  ish  bilan  bandlik  tarkibi  bo’yicha  ilmiy  izlanishlar  olib  borish  zarurligini 

talab etdi va tadqiqot mavzusining tanlanishini belgilab berdi.

 

Bitiruv  malakaviy  ishi  maqsadi  -  iqtisodiyotni  modernizasiyalash 

jarayonida  Samarqand  viloyatida  mehnat  bozorini  tartibga  asosiy  yo’nalishlarini 

takomillashtirish  bo’yicha  ilmiy  asoslangan  taklif  va  tavsiyalar  ishlab  chiqishdan 

iborat.

 

Ko’zlangan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar qo’yilgan:



 

 



mehnat  bozorining  ijtimoiy-iqtisodiy  mohiyatini  yoritib  berish  va  uning 

rivojlanish tamoyillarini ishlab chiqish;

 



  mehnat bozorini tartibga solish usullarini aniqlash; 



  mehnat  bozorini  tartibga  solishda  davlatning  rolini  aniqlash  va  uning 

ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini yoritib berish; 

  Samarqand  viloyat  mehnat  bozorining  rivojlanish  ta’sir  etuvchi  omillar 



tasnifilash;  

 



mehnat 

bozorini 

tartibga 

solishning 

asosiy 

ijtimoiy-iqtisodiy 



ko’rsatkichlarini tahlil etish;

 



 

mehnat  bozorini  tartibga  solishda  mehnat  shartnomalarining  o’rni  va  uni 

tartibga solishning mintaqaviy usullarini aniqlash;

 



 

mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy  yo’nalishlarini 

aniqlash;

 

-  mehnat  bozori  infratuzilmasini  takomillashtirish  bo’yicha  ilmiy  asoslangan 



taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

 

Tadqiqot obyekti - Samarqad viloyati mehnat bozori.

 

Tadqiqot  predmeti  –  innovasion  rivojlanish  sharoitida  mehnat  bozorini 

tartibga  solishning  asosiy  yo’nalishlarini  ishlab  chiqish  bo’yicha  amalga 

oshiriladigan mehnat munosabatlari.

 

Malakaviy  bitiruv  ishining  nazariy  va  uslubiy  asoslari.  O’zbekiston 

Respublikasi  Qonunlari,  Respublika  Prezidenti  I.A.Karimovning  ishlari  va 

ma’ruzalarida berilgan nizom va xulosalar, Vazirlar Mahkamasining karorlari hamda 



                                

 

 



xorijiy  va  mahalliy  iqtisodchi-olimlarning  ish  bilan  bandlik  va  ishsizlik  sohalaridagi 

tadqiqotlari  ishning  nazariy  va  uslubiy  asosini  tashkil  etadi.  SHuningdek, 

dissertasiyada Davlat statistika qo’mitasi, Samarqand viloyati statistika boshqarmasi, 

viloyat  Mehnat va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  Bosh  boshqarmasi  ma’lumotlari 

ishlatildi.

 

Malakaviy  bitiruv  ishini  yozishda  statistik,  matematik,  qiyosiy  tahlil,  tarkib-



tizim, monografik kuzatish, abstrakt fikrlash usullaridan foydalanildi. 

Malakaviy  bitiruv  ishining  tuzilishi  va  hajmi.  Ish  kirish  qismi,  uch  bob, 

xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

 

Kirish  qismida    tadqiq  qilinayotgan  muammoning  dolzarbligi  asoslangan  va 

uning  o’rganilganlik  darajasi,  maqsadi,  vazifalari,  ilmiy  va  nazariy  asoslari  hamda 

tadqiqot ishining tuzilishi yoritilgan.  

 «Mehnat  bozorining  shakllanishi  va  uni  tartibga  solishning  nazariy 

asoslari» nomli birinchi bobda mehnat bozorining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati yoritib 

berilgan  va  uning  rivojlanish  tamoyillari  hamda  mehnat  bozorini  tartibga  solish 

usullari  aniqlangan.  SHuningdek,  mazkur  bobda  mehnat  bozorini  tartibga  solishda 

davlatning  roli  aniqlanib  va  uning  ijtimoiy-iqtisodiy  ahamiyati  nazariy  jihatdan 

tadqiq etilgan. 

«Mehnat  bozorini  tartibga  solishning  ijtimoiy-iqtisodiy  ko’rsatkichlari 

tahlili» nomli ikkinchi bobda Samarqand viloyatida mehnat bozorining rivojlanishiga 

mehnat bozorini ta’siri, viloyat mehnat bozorini tartibga solishning ijtimoiy-iqtisodiy 

ko’rsatkichlari  tahlil  etilgan.  SHuningdek,  mehnat  shartnomalarini  mehnat  bozorini 

tartibga  solishdagi  ahamiyati  hamda  mehnat  bozorini  tartibga  solishning  mintaqaviy 

usullari bayon etilgan. 

«Iqtisodiyotni  erkinlashtirish  sharoitidaa  mehnat  bozorini  tartibga 

solishning  asosiy  yo’nalishlari»  nomli  uchinchi  bobda  mehnat  bozorini  davlat 

tomonidan  tartibga  solish  tizimi  hamda  mehnat  bozori  infratuzilmasini 

takomillashtirish bo’yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

 

Malakaviy  bitiruv  ishining  yakuniy  qismida  xulosa  va  takliflar  bayon 

etilgan.  SHuningdek,  mavzuni  yoritishda  foydalanilgan  adabiyotlar  ro’yxati  keltirib 

o’tilgan.    

 


                                

 

 





 

I-BOB.  MEHNAT BOZORINING SHAKLLANISHI VA UNI TARTIBGA 

SOLISHNING NAZARIY ASOSLARI 

     1.1. Mehnat  bozorini mohiyati, obyekti va subyektlari, vazifalari. 

Mehnat bozorida mehnat sotilmaydi, ishlovchilarning mehnat qilish qobiliyati, 

mehnat  xizmati  sotiladi,  chunki  mehnat  kishilarning  ma’lum  maqsadga 

yo’naltirilgan  faoliyati  jarayoni  bo’lib,  unda  ishchi  kuchi  bilan  ishlab  chiqarish 

vositalari 

qo’shilishi 

natijasida 

kishilarning 

ehtiyojlarini 

qondirishga 

mo’ljallangan  mahsulot  yaratiladi  va  xizmat  ko’rsatiladi.  Ishchi  kuchi  esa 

insonning  mehnat  qilishga  bo’lgan  aqliy  va  jismoniy  qobiliyatlarining  yig’indisi 

bo’lib, har bir mehnat jarayonida ishga solinadi. 

Mehnat  bozori-bozor  iqtisodiyotidagi  ijtimoiy–iqtisodiy  munosabatlarning 

tarkibiy  kismi  xisoblanadi,  jamiyatda  mexnat  bozori  yaxshi  faoliyat  kursatmas 

ekan, bozor iqtisodiyoti tizimi xam uzining ijobiy samarasini bermaydi. 

Mehnat  bozorini  shakllantirish  va  uning  faoliyatini  rivojlantirish  uchun,  avvalo, 

oldi-sotdi munosabatlarini asosini tashkil kiluvchi bozor obyektini chukur anglash 

lozim.  

Mehnat  bozorida  insonning  mexnat  kilish  layokati  tovar  shaklida  namoyon 

buladi  va  yollanma  ishlamokchi  bulgan  kishilar  tomonidan  taklif  kilinadi.  Bu 

layokat  insondagi  turli  kirralarni,  kishining  ma’naviy  va  jismoniy  rivojlanish 

darajasi, malakasi, kobiliyati, iktidori, mexnatsevarligi, ruxiy xolati va boshkalarni 

kamrab oladi. Ish beruvchi xodimning sarf kilgan mexnatga layokati baxosini (ish 

xakini) tulab boradi. 

Mehnat  bozori  insonning  mexnatga  layokatini  baxolovchi,  mexnat  layokatini 

yagona  baxosini  shakllantiruvchi  va  kengrok  ma’noda,  insonning  uziga  mexnat 

layokatini tashuvchi sifatida baxo beruvchi yagona bozor shaklidir.  

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishga yollash buyicha munosabatlar ikki tomonning 

tulik  erkinligida  amalga  oshadi.  Ishga  joylashmokchi  bulgan  tomon  yangi  ish 

urnidagi  ish  xaki,  mexnat  sharoitlari,  uzining  mutaxassisligi  bilan  yangi  ish 


                                

 

 



urnidagi  ishning  barkarorligi,  jamoadagi  psixologik  muxit,  yangi  raxbarning 

muomalasi  va  boshka  bir  kator  unsurlarga  e’tibor  beradi.  Ish  beruvchi  uzining 

extiyojlari,  imkoniyatlari,  ish  surab  murojaat  kilgan  xodimning  yoshi,  jinsi 

mexnat layokatining sifati va ish urniga talablarini urgangan xolda, bush ish urni 

uchun  zarur  xodimning  kasbiy,  malakaviy  darajasi,  tajribasini  xodimning  shu 

xususiyatlari  bilan  takkoslaydi.  Agar  ish  beruvchi  va  yollanma  ishchining 

talablari  bir-biriga  tugri  kelsa,  ishga  yollash  buyicha  mexnat  shartnomasi 

imzolanadi.  

Mehnat  bozorining  tadkikotlari  bozordagi  talab  va  taklif  taxlili  bilan 

boshlanadi  va  tugaydi.  Boshka  turdagi  bozorlarda  bulganidek,  mexnat  bozorida 

xam  talab  va  taklif  konuni  amal  kilishi  natijasida  uziga  xos  muvozanat  baxo 

urnatiladi.  

Talab  va  taklif  egri  chiziklarini  grafikda  tasvirlab,  kuyidagi  xolatlarni 

aniklashimiz  mumkin: ish xaki W/R2 darajasida teng bulganda, mexnat bozorida 

muvozanat vujudga keladi (Ye nukta).  

Buning  ma’nosi  shuki,  agar  kim  ish 

izlayotgan bulsa, u ish bilan ta’minlanadi, 

ishbilarmonlar  uzlariga  kerakli  ishchini 

topa  oladilar.  Ye  nukta  tula  ish  bilan 

bandlik  xolati  deb  xam  ataladi  (1-

chizma).  

Ish  xaki  W/R1  nuktada  bulganda,  mexnat  layokati  taklifi  juda  kam  va 

ishbilarmonlarning mexnat layokatiga bulgan talabi yukori bulishi okibatida, ular 

bu talabni kondira olmaydilar. Bu xolat ishchi kuchi takchilligi deb nomlanadi. Ish 

xaki  W/P3  nuktada  bulganda,  ortikcha  mexnat  layokati  taklifi  yuzaga  kelib, 

ishsizlik sodir buladi. 

Мехнат лаёкати микдори, L 





1.1.1-чизма. Мехнат бозоридаги талаб ва 

таклиф эгри чизиги. 

W/P

3

 



W/P

2

 



W/P

1

  



  L

1

  L



2

   L


3

 

Реал 



иш 

хаки, 


W/P  





                                

 

 



10 

Mehnat  bozori  esa  uz  navbatida  xukukiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  demografik,  tabiiy 

shart-sharoitlar  asosida  va  bir  kator  omillar  ta’siri  ostida  shakllanadi  va  amal 

kiladi.    

Mehnat  bozorining  vujudga  kelishi  ishchi  kuchiga  bulgan  talab  va  uning  taklifi 

urtasidagi muvozanatga erishish uchun uzaro rakobat kilishga tayyor erkin va teng 

xukukli  subyektlarni  iqtisodiy  munosabatlarda  bulishini  takozo  kiladi.  Mehnat 

kilishning  erkinligi  va  ixtiyoriyligi  mexnat  bozori  shakllanishining  asosiy 

shartidir.  Mehnat  bozori  bilan  boglik  mexnat  munosabatlari  Uzbekiston 

Respublikasining  mexnatga  oid  konunlari  va  Uzbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisi  karorlari  va  Uzbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari, 

respublika  xukumatining  karorlari,  davlat  xokimiyatining  va  boshka  vakillik 

organlari  uzlarining  vakolatlari  doirasida  kabul  kiladigan  karorlari  bilan  tartibga 

solinadi.  

Mehnat  bozori  shakllanishi  xamda  uning  konyukturasiga  xududdagi  demografik 

xolat  xam  ta’sir  kursatadi.  Ma’lumki,  demografik  xolat  axolining  tugilishi,  ulim 

mikdori,  nikox  va  ajralishlar  soni  kabi  tushunchalarni  uz  ichiga  oladi.  Bulardan 

tashkari  migrasiya,  axolining  turli  urf-odatlari  va  boshkalar  xam  mexnat  bozori 

konyunkturasiga sezilarli ta’sir utkazadi. Uzbekiston Respublikasi tugilish darajasi 

va  axolining  tabiiy  usishi  yukori  bulgan  mamlakatlar  katoriga  kiradi.  Bu  esa 

boshka omillar ta’siri uzgarmas bulgan sharoitda, mexnat bozori taklifi usishiga va 

bozordagi oldi-sotdi munosabatlari barkaror bulishini ta’minlaydi. 

Mehnat bozori shakllanishi va amal kilishiga bir kator iqtisodiy omillar xam ta’sir 

kursatadi. Bu iqtisodiy omillarni axoli daromadlari, ish xaki mikdori va yollanma 

xodimlar daromadidan olinadigan solik kabilar tashkil etadi. 

Mehnat bozorida ishchi kuchini sotish va sotib olish erkin xodimni ishga yollash 

shaklida  namoyon  bo’ladi.  Ishga  yollash  ma’lum  shartlar,  ya’ni  ish  kunining 

uzunligi,  ish  sharoitlari  va  rejimi,  ish  haqining  miqdori,  bajariladigan  ish  turi, 

lavozim  va  kasb  majburiyatlari  asosida  amalga  oshiriladi.  SHu  boisdan  mehnat 

bozori  ishga  yollanishga  zarurat  sezgan  ishchi  kuchi  egasi  bilan  yollanma  ishchi 



                                

 

 



11 

kuchiga  ehtiyoj  sezgan  ishlab  chiqarish  vositalari  egalari  o’rtasidagi  murakkab 

ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlar  tizimi  hisoblanadi.  Bunday  munosabatlar  ishchi 

kuchini ishlab chiqarishga jalb etish, uning amal qilishi va takror ishlab chiqarishi, 

shuningdek,  ish  joylarining  taqdim  etilishi,  taqsimlanishi  va  qayta  taqsimlanishi 

yuzasidan  sodir  bo’ladigan  munosabatlardir.Mehnat  bozori  o’zining  obyekti 

vasubyektlariga ega (1.1.1-rasm). 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

1.1.1-rasm. Mehnat bozori obyekti va subyektlari. 

Mehnat (ishchi kuchi) bozori quyidagi vazifalarni bajaradi: 

-  ishchi  kuchini  zamonaviy  ehtiyojlarga  asosan  takror  ishlab  chiqarishni 

ta’minlashga ko’maklashish; 

-  ishchi  kuchini  iqtisodiyot  tarmoqlari  va  hududlar  o’rtasida  taqsimlanishi  va 

qayta taqsimlanishini ta’minlash; 

- ishchi kuchining mobilligi, ya’ni harakatchanligini faollashtirish; 

- mehnat unumdorligini o’stirishga rag’batlantirish; 

-  mehnatga  layoqatli  aholining  ish  bilan  ta’minlanishi  orqali  aholi  daromadlari 

va turmush darajasini o’stirish (1.1.2-rasm). 

 

 

 



 

 

Мехнат бозори объектлари 



Ишчи кучи 

Иш уринлари 

Давлат ва унинг мехнат муносабатларини 

тартибга солувчи муассасалри 

Тадбиркорлар уюшмалари 

Иш берувчилар ва уларнинг уюшмалари 

Ишчи кучи эгалари, ёлланма ходимлар ва 

Мехнат бозори субъектлари 

Мехнат бозорининг вазифалари 

Ишчи кучини такрор ишлаб чикаришга 

кумаклашиш 

Демографик омиллар 

Мехнат бозорига таъсир этувчи 

омиллар 


 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə