Mehnatga oid munosabatlar mehnat munosabatlarining asoslari



Yüklə 151,74 Kb.
səhifə1/2
tarix12.04.2022
ölçüsü151,74 Kb.
#55190
  1   2
30.03.2022 10 sinf



  1. §. MEHNATGA OID MUNOSABATLAR MEHNAT MUNOSABATLARINING ASOSLARI

Mehnat huquqi huquqning eng muhim tarmoqlaridan biridir. U ishchilar va ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solishda muhim o‘rin tutadi.


97


Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respub­likasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Preziden- tining farmonlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari va Jo‘qorg‘i Ken- ges qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining boshqa vakillik va ijroiya organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlardan iboratdir.

4 — Davlat va huquq asoslari, 10-sinf

Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.


и


Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,

37-modda.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksiga ko‘ra barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqeyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik qobiliyat- lariga va ular mehnatining natijalariga aloqador bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki im- tiyozlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi.

Mehnat sohasida o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni bartaraf etish hamda o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksiga muvo­fiq mehnatni huquqiy tartibga solishning quyidagi tamoyillari belgilangan:



  • har bir shaxs mehnat qilish;

  • erkin ish tanlash;

  • haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tar- tibda ishsizlikdan himoyalanish;

  • o‘z mehnati uchun haq olish;

  • muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasb- lar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kun- lari, bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik ta’tillar berish orqali ta’minlanadigan dam olish;

  • xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish;

  • kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

  • ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar- ning o‘rnini qoplash;

  • kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining man- faatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;

  • qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’mi- not olish;

  • o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;

  • jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z manfaatlarini quvvatlash huquqiga egadir.





Ko‘plab ming yilliklar davomida insoniyat moddiy va ma’naviy boyliklar yaratar ekan, o‘z faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘lini bo- sib o‘tdi. Mehnat tufayli insonda o‘zining niyat va xohishlarini amalga oshi- rish, jamiyatda o‘z o‘rnini topish, shaxs sifatida o‘z mavqeyini aniqlab olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Mehnat qilar ekan, insonda o‘z-o‘zini intizomlash, uyushqoqlik, boshqa odamlar bilan hamkorlik qilish qobiliyati kabi foydali si- fatlar hosil bo‘ladi.



Mehnat huquqi — mehnat faoliyati jarayonida vujudga keladigan odamlar orasidagi munosabatlarni tartibga soladigan huquq sohasidir.

Mehnatga oid munosabatlar — kishilar orasidagi muno­sabatlar bo‘lib, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi va belgilangan mehnat tartibiga bo‘ysunishga asoslanadi.

Odamlar hayoti va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan hamma narsa mehnat bilan yaratiladi. Bundan jamiyat va alohida har bir insonning hayotida mehnat- ga oid munosabatlar o‘ynaydigan rol yaqqol namoyon bo‘ladi. Mehnat jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solmay, mehnat unumdorligini hamda ishlayotganlarning moddiy va madaniy darajasini oshirib bo‘lmaydi. Shunday qilib, mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalari:

  • ishga qabul qilish tartibini muvofiqlashtirish va mehnat shartnomasini bekor qilish;

  • adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish;

  • xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish;

  • mehnat qilayotganlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish;

  • mehnat va umuman butun ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash;

  • mamlakatning butun aholisi moddiy va madaniy darajasini yaxshilash hisoblanadi.







MEHNAT QONUN HUJJATLARINING MANBALARI

Mehnat huquqining negiz bo‘luvchi manbalari Konstitutsiya va Mehnat kodeksi, ularning amal qilishi butun O‘zbekiston Respublikasi hududiga tatbiq etiladi hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (23-modda), Xalqaro Mehnat Tashkilotining konvensiyasi (2-modda), respublika Prezidenti farmon- lari, qonunlar va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, bosh, sohaviy va boshqa kelishuvlar hamda jamoa shartnomalari hisoblanadi.



Mehnat huquqining xususiyati shundan iboratki, amalda har qanday masa- la, agar bunday qaror Mehnat kodeksi qoidalariga zid bo‘lmasa va xodimning ahvolini yomonlashtirmasa, mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida hal etilishi

mumkin. Aks holda kontrakt noqonuniy hisoblanadi. Misol uchun, aksiyador- lik jamiyatida 9 soat davom etadigan ish kuni belgilangan bo‘lsa, bu mehnat to‘g‘risidagi qonunlarning buzilishi hisoblanadi.

MEHNATGA OID MUNOSABATLAR SUBYEKTLARI

Mehnatga oid munosabatlar ishtirokchilari (subyektlari) quyidagilardir:



  • xodim: 16 yoshga to‘lgan, mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;

  • ish beruvchi: mulkchilik shaklidan qat’i nazar har qanday korxona hamda 18 yoshga to‘lgan shaxslar;

  • mehnat jamoasi: mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan korxona xodimlari;

  • xodimlar va ish beruvchilarning vakillik idoralari: kasaba uyush- malari va ularning korxonalardagi saylab qo‘yiladigan idoralari.

Barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ular- dan foydalanishda teng imkoniyatlarga egadir.

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,

  1. modda

Har bir shaxsning mehnat huquqlarini himoya qilish ka- folatlanadi, bu himoya mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari- ga rioya qilinishini tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek mehnat nizolarini ko‘ruvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,

8-modda

MEHNAT HUQUQINING ASOSIY TAMOYILLARI

Huquqning boshqa sohalarida bo‘lganidek mehnat huquqida ham ish beruvchilar va xodimlar amal qilishi majburiy bo‘lgan mehnatga oid muno­sabatlarning asosiy tamoyillari belgilangan:



— Mehnat erkinligi tamoyili: majburiy mehnatni taqiqlash, u har bir shaxs o‘zining mehnatga layoqatidan foydalanish huquqiga egaligini, ya’ni fuqarolarning mehnat qilish burchi qonunda nazarda tutilmasligi- ni anglatadi.

  • Mehnat qilish huquqini ta’minlash, ishsizlikdan muhofaza qilish tamoyili: davlat idoralari uni olishga xohish bildirgan hammaga maq- bul ishni taqdim etish uchun barcha choralarni ko‘rishga majbur. Ish qidirish vaqtida ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lanadi.

  • Mehnatda va bandlikda tenghuquqlilikni ta’minlash tamoyili: mehnatda diskriminatsiya qilishga, ayollar va erkaklarga haq to‘lashda, irqiy alo- matlarga ko‘ra, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga qaragan- da mamlakatning ishlayotgan fuqarolariga ko‘proq huquqlar berish va hokazoni taqiqlash.

  • Dam olish, mehnatni muhofaza qilish huquqini ta’minlash tamoyi­li: mehnat qonun hujjatlarida fuqarolarning dam olish huquqi ko‘zda tutilgan, unga muvofiq ularga ish joyi va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda yillik ta’tillar beriladi.




  • Yüklə 151,74 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin