Menejmentning boshqa fanlar bilan aloqalari



Yüklə 32 Kb.
səhifə1/8
tarix20.11.2023
ölçüsü32 Kb.
#165018
  1   2   3   4   5   6   7   8
Menejmentning boshqa fanlar bilan aloqalari


Menejmentning boshqa fanlar bilan aloqalari.
Menejmentning boshqa fanlar bilan aloqalari. Menejment fanining nomlanishida ham har-xil fikrlar mavjud. Menejmentni sun’iy fan, ijtimoiy-gumanitar fan, iqtisodiy fan va amaliy fan deb ham nomlashadi. So’nggi yillarda menejmentni jamiyatshunoslik faniga ham
kiritishmoqda. Chunki, menejment maktablari vakillarining boshqaruvni takomillashtirish soha uchun emas, odamlar va jamiyat uchun degan mukammal fikrlarni isbotlashgan. Menejment ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, kibernetika, matematika, statistika, pedagogika, ruhshunoslik va boshqa fanlar bilan aloqadordir.
Menejment dastavval iqtisodiyot fanlari bilan yaqindan bog’lik bo’lgan. U iqtisodiyotdagi qonuniyatlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy
usullarni qo’llashga, har bir xodimga va jamoaga iqtisodiy usullar va yo’llar bilan ta’sir ko’rsatishga asoslanadi.
Makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, istiqbolni belgilash, mehnat iqtisodiyoti kabilar ham menejment fani bilan chambarchas bog’liqdir. Boshqarish fani bilan huquqshunoslik fanlari o’rtasida muayyan munosabatlar mavjud. Huquqshunoslik fani boshqaruv
faoliyati qanday doirada amalga oshirilishi lozimligini, huquqiy me’yorlarni qanday qo’llash hamda xo’jalik yuritish jarayonida boshqaruv organlari, rahbarlar va ayrim kishilarning me’yoriy hujjatlardan, qonunlardan foydalanishni belgilab beradi.
Sotsiologiya, ruhshunoslik va mehnat fiziologiyasi, mehnat kodeksini bilish boshqaruv muammolarni ishlab chiqishda va yechishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Menejment fani boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi kibernetika
fani bilan uzviy bog’langandir. U boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo’lgan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash jarayonlarini o’rganadi.
Ayniqsa davlatlarning xalqaro integratsiya talablari asosida rivojlanishida menejmentning xorijiy fanlar bilan bog’lanishiga, o’rganishiga to’g’ri keladi. Shuningdek, jamiyatdagi
demokratik talablar boshqaruvni tashkil qilishda tabiiy geografik iqlim mintaqalaridagi shart-sharoitlarni o’rganishni ham oldinga suradi.
Bunday holatlarda menejment inson ekologiyasi-ijtimoiy ekologiya bilan albatta bog’lanadi. Chunki, boshqaruv inson omilini hisobga olar ekan, inson omilining asoslari ijtimoiy-iqtisodiy ekologiya bilan chambarchas bog’liq hisoblanadi. Shuning uchun ham menejment tabiiy fanlar bilan ham mustahkam aloqada ishlaydi.
Xulosalar:
1. Ingliz tilidagi “menejment” atamasining quyidagi to’rt
ta’riflari keltirildi:
– odamlar bilan muloqot usuli;
– boshqaruv san’ati va hokimiyat;
– ma’muriy ko’nikmalar va alohida, o’ziga xos qobiliyatlar;
– ma’muriy birlik, boshqaruv organi.
2. Bugungi hayotimizda “menejment” so’zi odamlarni va tashkilotni boshqarish ilmida, amaliyotida to’g’ri qarorlar qabul qilish, rahbarlik qobiliyatiga ega bo’lish, xodim va
jamoaga mos keluvchi samarali boshqaruvni tashkil qilish kabi ma’no va mazmunlarini bildirishiga va menejmentni tavsiflashning oltita izohlari yozildi.
3. Menejmentning tarkiblari, tipi, maqsadi va vazifalari, ob’ekti va sub’ektlari yoritildi.
4.Boshqaruv usullari – maqsadga erishish uchun boshqariladigan ob’ektga usullar va qo’llanmalar yig’indisi orqali ta’sir etishdir. Usullar ko’pincha metodlar deb ham
yuritiladi. Menejmentda uning ta’riflariga bog’liq holda boshqaruv usullari ham o’ziga xos ma’lum bir guruhlarni tashkil etadi. Shuningdek, boshqaruvni tashkil qilish usullari
bilan boshqaruv usullari o’rtasidagi farqlar mazmuni va talablari bilan biri-biridan keskin farq qiladi. Boshqaruvning xalqaro miqyoslarda qo’llaniladigan usullari
keltirildi.
5. Menejment fani boshqarish to’g’risidagi bilimlar majmuasidir. U ijtimoiy-iqtisodiy, sotsial, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir. Menejment dastavval iqtisodiyot nazariyasi fani bilan yaqindan bog’liq bo’lgan. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qo’llashga, har bir xodimga va jamoaga ta’sir ko’rsatishga asoslanadi. Bir qator iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, istiqbolni belgilash, mehnat iqtisodiyoti kabilar ham menejment fani bilan chambarchas bog’likdir. Menejmentning boshqa fanlar bilan aloqalari.
Muallif: Pardaev. O. M


Virtue is a positive trait, a good quality or characteristic. It has been observed in the experience that people have different qualities and different behaviors depend in many ways on the liquid substances circulating in the human body.
According to Hippocrates, the great figure of ancient medicine, if blood occupies the main place in the human body, such a person is mobile, light, quickly gets used to the exchange of impressions, immediately and enthusiastically intervenes in the events happening around him. his opinion is not in vain. These are the kind of people Hippocrates called sanguine (cheerful people). It comes from the Latin word "sanguinis", which means "blood".



Yüklə 32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin