Metodlardan foydalanish



Yüklə 146,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix23.06.2022
ölçüsü146,8 Kb.
#62189
  1   2
641-Article Text-1467-1-10-20201103



MATEMATIKA DARSLARINI O‘QITISHDA INTERFAOL
METODLARDAN FOYDALANISH
Ismoilova Barnoxon 
Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani 49-umumiy o`rta ta’lim maktabi
Annotatsiya: Maqolada matematika darslarida interfaol metodlardan
foydalanish imkoniyatlari va afzalliklari xususida so`z yuritiladi. 
Kalit so`zlar: maktab, ta’lim-tarbiya, interfaol, o`qituvchi, o`quvchi, ma’naviy-
ahloqiy tarbiya dars, metod…
THE USE OF INTERACTIVE METHODS IN TEACHING MATHEMATICS
Ismoilova Barnoxon 
Secondary school No. 49, Baghdad district, Fergana region
Annotation: The article discusses the possibilities and advantages of using
interactive methods in mathematics lessons. 
Key words: school, education, interactive, teacher, pupil, spiritual-moral
education, lesson, method.
Bugungi kunda mamlakatimizda bo`layotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, ta’lim-
tarbiya sohasida qabul qilingan qonun va qarorlar “Milliy dastur”imizda belgilab
berilgan buyuk maqsadlar hozirgi kun o`qituvchisini yanada ko`proq mehnat qilishga,
izlanishga da’vat etmoqda. Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo‘lishi, eng
avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng
dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, ma’naviy-axloqiy sifatlarni
shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish bilan
bog‘liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng
yoyish, ulug‘ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga
namoyish etish, ularni boyitish yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis
qilib tarbiyalashga bog‘liqdir. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997 yil 29 avgust) da
qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mazmunida barkamol shaxs va malakali
mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyatini to‘laqonli ochib
berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o‘zida ta’lim
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 1
391
www.openscience.uz


jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko‘tarish, jahon ta’limi
darajasiga yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim. 
Bunda uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog-o‘qituvchilar tomonidan
zamonaviy ta’lim texnologiyalarining mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni
ta’lim jarayonida samarali qo‘llay olishlari, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil
etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‘qituvchilarning matematika fanlarini o‘qitishda yo‘naltirilgan darslar
jarayonini noan’anaviy shakllarda tashkil etish, ta’lim jarayonini mukammal andoza
asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona foydalana olish
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarning puxta,
chuqur o‘zlashtirilishi, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarning hosil bo‘lishining
kafolati bo‘la oladi. 
Ta’lim jarayoni o‘quv materiali mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi muayyan
mavzu bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar majmuini ifoda etish imkonini beradi.
Ta’lim mazmunida, shuningdek, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan
tushuncha, ko‘nikma hamda malakalarning hajmi ham o‘z ifodasini topa olishi lozim.
Zero, ta’lim mazmunining g‘oyaviy jihatdan mukammalligi o‘quvchilar tomonidan
muayan bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilish darajasi bilan belgilanadi.
Buning samarasi o‘quvchilar tomonidan ma’lum tushunchalarning o‘zlashtirilishi,
ko‘nikma va malakalarning shakllanishini ta’minlovchi shartlarning ishlab
chiqilganligida namoyon bo‘ladi. 
Aynan darsning shakli, metod va vositalari ta’lim jarayonining muvaffaqiyatli
ta’minlanishiga olib keladi. Ular yordami bilangina o‘quv predmetining mavzusi
borasidagi nazariy bilimlar o‘quvchilarga uzatiladi, o‘quvchilar tomonidan esa ushbu
bilimlar qabul qilinadi. Dars mashg‘uloti uchun eng maqbul deb topilgan shakl,
metod va vositalarning belgilanishi ta’lim jarayonining qariyb 90 foizlik
muvaffaqiyatini kafolatlaydi. Yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy
mohiyati aynan mana shu bosqichda ochib beriladi. O‘quvchilarni ijodiy izlanish,
faollik, erkin fikr yuritishga yo‘naltiruvchi ta’lim shakli, metod va vositalarining
to‘g‘ri tanlanishi dars jarayonini samarali, qiziqarli, bahs-munozaralarga boy bo‘lishi,
ijodiy tortishuvlarning yuzaga kelishiga turtki beradi. Mana shu holatdagina
o‘quvchilar tashabbusni o‘z qo‘llariga oladilar, o‘qituvchining zimmasida esa
ularning faoliyatini ma’lum yo‘nalishga solib yuborish, umumiy faoliyatni nazorat
qila olish, murakkab vaziyatlarda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, maslahatlar berish, hamda
ular faoliyatini baholash kabi vazifalar qoladi. 
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha
ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir.
Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o'quvchilarga yetkazib berish, ularda
ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek,
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 1
392
www.openscience.uz


o'quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma va
malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim
jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. 
Pedagogik texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. Aksincha,
tajribali pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo‘llanilayotgan
ilg‘or texnologiyalardan maqsadga muvofiq foydalanish bilan birga, ularni ijodiy
rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. 
Bugungi kunda o‘quvchilarning o‘quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda
ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni
qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil
etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritiladi. 
Matematika darslarida foydalaniladigan interfaol metodlardan bir nechtasining
mohiyati va ulardan foydalanish usullarini ko`rib chiqamiz. 

Yüklə 146,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin