Mexanika. Moddalar 3 XIL holatda bo’ladi: Qattiq Suyuq Gaz Qattiq jism



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#37103
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Mexanika. Moddalar 3 xil holatda bo’ladi Qattiq Suyuq Gaz Qatti



 

 

Fizikadan  ta’riflar 



Mexanika. 

   Moddalar 3 xil holatda bo’ladi: 

1. Qattiq 

2. Suyuq  

3. Gaz 

   Qattiq  jism  zarralari muayyan  tartibda  joylashadi. Ya’ni ularning atomlari  zich  joylashgan   

   bo’lib, bir biri  bilan  o’rin  almashinmaydi. Shu ababli qattiq jism o’z shaklini o’zgartirmaydi. 



   Suyuqlik molekulalari  zich  joylashadi va bir biri bilan tez o’rin almashadi. Shu sababli  

   suyuqliklar oquvchan bo’ladi va ularni siqib  bo’lmaydi. 



   Gaz  molekulalari juda siyrak joylashadi va ularni istagancha siqish mumkin. 

  

1.Diffuziya-Turli modda molekulalarining bir biriga aralashib ketish  hodisasi diffuziya deyiladi.             



   Diffuziya  gazlarda juda tez, suyuqliklarda sekinroq, qattiq jismlarda juda sekin yuz beradi.  

2.Mexanika- Fizikaning mexanik hodisalar o’rganiladigan bo’limi mexanika  deyiladi. 

3.Mexanik hodisalar-Mexanik harakatga bog’liq bo’lgan hodisalar mexanik hodisalardeyiladi. 

4.Mexanik harakat-Jismni fazodagi vaziyatining boshqa jismlarga nisbatan o’zgarishi mexanik harakat deyiladi. 

5.Traektoriya-Jism o’z harakati davomida qoldirgan iz traektoriya deyiladi. 

6.Yo’l-Jism biror vaqt davomida bosib o’tadigan trektoriya yo’l deyiladi. 

7.Moddiy nuqta-Muayyan sharoitda o’lchamlarini     e’tiborga olmasa bo’ladigan jism moddiy   nuqta deyiladi.  

8.Ko’chish-Jismning boshlang;ich vaziyati bilan oxirgi vaziyatini tutashtiruvchi yo’nalishli      to’g’ri chiziq kesmasi  

ko’chish deyiladi. 

9.To’g’ri chiziqli tekis harakat-Jism to’g’ri chiziqli harakati davomida teng vaqtlar  ichida bir xil yo’l bossa bunday  

harakat  to’g’ri chiziqli tekis harakat deyiladi. 

10.To’g’ri chiziqli notekis harakat-Jism to’g’ri chiziqli harakati davomida teng vaqtlar       ichida har xil yo’l bossa  

bunday harakat  to’g’ri chiziqli notekis harakat deyiladi. 

11.Tezlik-Bosib o’tilgan yo’lning vaqtga nisbati tezlik deyiladi.  

12.Zichlik-Modda massasining uning hajmiga nisbati zichlik deyiladi.  

13.Og’irlik kuchi-Jismni yerga tortuvchi kuch og’irlik kuchi deyiladi. 

14.Jism og’irligi-Jism tomonidan tayanchga yoki osmaga ta’sir etuvchi kuch jism og’irligi  deyiladi.  

15.Arximed kuchi-Jismni suyuqlik yoki gazdan itarib chiqaruvchi kuch arximed kuchi deyiladi. 

16.Arximed qonuni- Suyuqlik yoki gazga butunlay botirilgan jismni shu suyuqlik yoki gazdan itarib  chiqaruvch kuch  

shu jism hajmiga teng hajmli suyuqlik yoki gaz og’irligiga teng. 

     Agar jismning zichligi suyuqlik zichligidan katta bo’lsa , bu jism shu suyuqlikka cho’kadi. 

     Agar  jismning zichligi suyuqlik zichligidan kichik  bo’lsa , cho’kmaydi. 

     Agar jismning zichligi suyuqlik zichligiga teng  bo’lsa , bu jism shu suyuqlikning istalgan     

     joyida muvozanatda bo’ladi. 

17.Mexanik  ish-Kuch bilan shu kuch yo’nalishidagi ko’chishning ko’paytmasi mexanik ish deyiladi. 

      Ish skalyar, ko’chish vektor kattalik. 

18.Quvvat-Bajarilgan ishning vaqtga nisbati quvvat deyiladi. 

19.Bosim-Sirtga perpendikulyar yo’nalishda ta’sir etuvchi kuchning shu sirt yuzasiga nisbati bosim deyiladi. 

20.Paskal qonuni-Suyuqlik yoki gazga ta’sir ettirlgan bosim shu suyuqlik yoki gazning har bir nuqtasiga o’zgarishsiz  

uzatiladi. 

21.Gidravlik press-Presslash uchun ishlatiladigan gidravlik mashina gidravlik press deyiladi. 

22.Oddiy mexanizm- Kuchni o’zgartirish uchun xizmat qiladigan har qanday moslama oddiy mexanizm deyiladi. 

     Oddiy mexanizm turlari: 

1.Rechag (blok , chig’iriq) 

2.Qiya tekislik (pona, vint). 

23.Rechag-Qo’zg’almas tayanch atrofida aylana oladigan har qanday qattiq jism rechag  deyiladi. 

24.Rechagning muvozanatlilik sharti-Rechakka qo’yilgan kuchlar o’z yelkalariga teskari  proporsional bo’lganda rechag  

muvozanatda bo’ladi.  

25.Kuch yelkasi-Kuchning ta’sir chizig’idan tayanch nuqtasigacha bo’lgan eng qisqa masofa kuch yelkasi deyiladi. 

26.Kuch momenti-Kuch bilan kuch yelkasining ko’paytmasi kuch moment deyiladi. 

      Blok 2 turli bo’ladi: 

1.Ko’chmas blok (qo’zg’almas) 

2.Kochar blok (qo’zg’aluvchan). 

      Ko’chmas blok kuchning ta’sir yo’nalishini o’zgartiradi va kuchdan yutuq bermaydi. 




 

 

      Ko’char blok kuchdan 2 marta yutuq beradi.(Ishqalanish hisobga olinmasa) 



27. Mexanikaning oltin qoidasi-Kuchda necha marta yutsak masofadan shuncha marta yutqazamiz. Hech qaysi oddiy  

mexanizm ishdan yutuq bermaydi. 

28.Foydali ish koeffetsienti- Foydali ishni butun ishga nisbating foizlarda olingan qiymati foydali ish koeffitsienti  

deyiladi. 

29.Energiya-Jismning ish bajarish qobilyatini xarakterlovchi kattalik energiya deyiladi. 

30.Kinetik energiya-Jismning harakat energiyasi kinetic energiya deyiladi. 

31.Potensial energiya-Jismning  o’zaro ta’sir energiyasi potensial energiya deyiladi. 

32.Ichki energiya-Jismni tashkil qiluvchi zarrachalarning harakat va o’zaro ta’sir energiyalari yig’indisi ichki energiya  

deyiladi. 

33.Ichki energiya- Jismni tashkil qiluvchi zarrachalarning  kinetic va potensial energiyalari  yig’indisi ichki energiya  

deyiladi. 

      Ichki energiyani o’zgartirish usullari 2 xil: 

1. Ish bajarish 

2.Issiqlik uzatish  

34. Issiqlik uzatish-Ish bajarmasdan turib bir zarralardan boshqa zarralarga energiya o’tishi tufayli ichki energiyani  

o’zgarishi issiqlik uzatish deyiladi. 

       Issiqlik uzatishning 3 ta turi  bor: 

1.Issiqlik o’tkazuvchanlik 

2.Konveksiya 

3.Nurlanish.   

35. Issiqlik o’tkazuvchanlik-Jismning issiq tomonidan sovuq tomoniga molekulalar harakatisiz   bir molekuladan boshqa  

molekulaga  energiya o’tishi tufayli issiqlikning  o’tishi   issiqlik o’tkazuvchanlik deyiladi. 

      Issiqlik o’tkazuvchanligi yomon va yaxshi bo’lgan moddalar bor. 

      Issiqlik o’tkazuvchanligi yaxshi bo’lgan moddalarga metallar kiradi. 

      Issiqlik o’tkazuvchanligi yomon bo’lgan moddalarga quruq yog’och, jun mato, havo kabilar kiradi. 

36. Konveksiya-Issiqlikni gaz yoki  suyuqlik oqimi o’zi bilan birga ko’chirishi konveksiya  deyiladi. 

      Konveksiyaga  shamol, tortim, isitish trubalarida suvning harakatlanishi  va boshqalar misol bo’ladi. 

37. Nurlanish-Issiqlikni issiqlik o’tkazuvchanligi yomon bo’lgan muhit orqali o’tishi nurlanish deyiladi. 

       Nurlanishga quyoshning yer yuzini qizdirishi misol bo’la oladi. 

38.Issiqlik miqdori-Issiqlik uzatish vaqtida jism olgan yoki yo’qotgan ichki energiya miqdori  issiqlik miqdori deyiladi. 

39. 1 Kaloriya(1 kall)- 1 gramm suvning haroratini 1

o

C (1 gradus selzi ) o’zgartirish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdori  



1 kaloriya deyiladi. 

40. Solishtirma issiqlik sig’imi-  1 kg massali modda haroratini 1

o

C o’zgartirish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdori  



solishtirma issiqlik sig’imi deyiladi. 

41. Solishtirma yonish issiqligi- 1 kg massali  yoqilg’i batamom yonganda ajralib chiqadigan  issiqlik miqdori  

solishtirma yonish issiqligi deyiladi. 

42. Solishtirma erish issiqligi- 1 kg missali kristall jismni erish haroratida butunlay  suyuqlikka  aylantirish uchun zarur  

bo’lgan  issiqlik miqdori solishtirma erish issiqligi deyiladi. 

43.Bug’lanish- Suyuqlik sirtidan bug’  molekulalarining uchib  chiqish  hodisasi bug’lanish deyiladi. 

44.Kondensatsiya- Bug’ molekulalarining qaytadan suyuqlikka aylanishi  kondensatsiya deyiladi. 

45.Qaynash- Suyuqlikning  butun hajmi bo’ylab bug’   pufakchalarining  ajralib chiqish hodisasi  qaynash deyiladi. 

46.Solishtirma bug’lanish issiqligi- 1 kg massali suyuqlikni qaynash haroratida butunlay bug’ga aylantirish uchun zarur  

bo’lgan issiqlik miqdori solishtirma bug’lanish issiqligi deyiladi. 

     Suyuqlik qaynayotganda uning harorati o’zgarmaydi.  

     Kristall jism qanday haroratda erisa , xuddi shunday haroratda qotadi. 

47. Kristall-Atomlari muntazam kristall  panjaralar hosil qiladigan qattiq jismlar kristalllar deyiladi. 

48.Amorf   jismlar-Atomlari muntazam kristall panjaralar hosil qilmaydigan qattiq jismlar amorf   jismlar  deyiladi. 

      Amorf jismlarning tayinli erish harorati  bo’lmaydi.  

      Amorf  jismlarga shisha, kanifol, smola, lastmassalar misol bo’la oladi.  

      Kristalllar 2 turli  bo’ladi: 

1.Mono kristalllar 

2.Pole kristalllar. 

49.Mono kristallar-Yakka-yakka kristallar mono kristalllar deyiladi. Masalan: qor uchquni, osh tuzi kristali. 

50.Pole  kristallar-Juda ko’p mono kristallardan tashkil topgan kristallar pole kristallar deyiladi.  Masalan: metallar.  

      Kristallar aniq bir haroratda eriydi va o’sha haroratda qotadi. 

51.Kristallar  anizatropiyasi-  Kristallar fizik xossalarining  ular ichida olingan yo’nalishga bog’liqligi kristallar  

anizatropiyasi deyiladi.  




 

 

52.Deformatsiya- Jism shakli yoki  hajmining o’zgarishi deformatsiya deyiladi. 



      Qattiq jism deformatsiyasi turlari: 

1. Cho’zilish 

2. Siqilish 

3. Siljish 

4. Egilish 

5. Buralish 

53.Elastiklik  kuchi- Jism deformatsiyalanganda paydo bo’ladigan va deformatsiyalovchi  kuchga qarama-qarshi  

yo’nalgan kuch elastiklik kuchi deyiladi. 

54.Elastik  deformatsiya- Kuch ta’siri olib tashlangandan so’ng  yo’qoladigan deformatsiya   elastik deformatsiya  

deyiladi. 

55.Plastik deformatsiya-Kuch ta’siri olib tashlangandan so’ng  yo’qolmaydigan deformatsiya plastik deformatsiya  

deyiladi. 

56.Plastiklik-Material arzimagn kuchlar ta’sirida  plastik  deformatsiyalansa , bu xossa plastiklik deyiladi. 

57.Mo’rtlik-Material arzimagan kuchlar ta’sirida yemirilsa, bu xossa mo’rtlik deyiladi. 

58.Guk  qonuni- Elastiklik kuchi cho’zilish (siqilish) ga to’g’ri  proporsionaldir. 

59.Absolyut uzayish-Deformatsiyadan keying uzunlik  bilan dastlabki uzunlik orasidagi farqning moduli absolyut uzayish  

deyiladi.  

60.Nisbiy  uzayish- Absolyut uzayishning dastlabki  uzunlikka nisbati  nisbiy uzayish deyiladi. 

61.Mexanik kuchlanish-Materialning ko’ndalang kesim  yuziga perpendikulyar yo’nalishda ta’sir etuvchi kuchning   

shu yuzaga nisbati mexanik  kuchlanish  deyiladi.  

62.Bikrlik- Jismning  elastiklik xossasini xarakterlovchi kattalik bikrlik deyiladi. 

63.Proporsionallik  chegarasi- Guk qonuni  to’g’ri bo’ladigan  holdagi  eng katta mexanik kuchlanish proporsionallik  

chegarasi deyiladi.  

64.Elastiklik  chegarasi- Sezilarli qoldiq deformatsiyalar paydo bo’lmaydigan holdagi eng katta mexanik kuchlanish   

elastiklik chegarasi deyiladi. 

65.Mustahkamlik chegarasi- Material uziladigan holdagi eng katta mexanik kuchlanish  mustahkamlik chegarasi  

deyiladi. 

66.Sirt  taranglik  kuchi- Suyuqlik  sirtini  chegaralovchi  chiziqqa perpendikulyar yo’nalishda  shu sirt bo’ylab  

yo’nalgan va bu  sirtni iloji  boricha kamaytirishga intiluvchi kuch sirt taranglik kuchi deyiladi. 

67.Kapilyarlik- Suyuqlikning ingichka naylarda  ko’tarilishi yoki  pasayishi  kapilyarlik deyiladi. 

68.Ho’llash- Qattiq jism  molelulalari bilan  suyuqlik molekulalari orasidagi o’zaro ta’sir kuchi suyuqlik  

molekulalari orasidagi o’zaro ta’sir kuchidan katta bo’lsa, bu  suyuqlik  shu qattiq jismni ho’llaydi. 

69.Ho’llamaslik- Qattiq jism  molelulalari bilan  suyuqlik molekulalari orasidagi o’zaro ta’sir kuchi    suyuqlik  

molekulalari orasidagi o’zaro ta’sir kuchidan kichik  bo’lsa, bu  suyuqlik    shu qattiq jismni  ho’llamaydi. 

      Ho’llashda  suyuqlik ko’tariladi, ho’llamaslikda pasayadi. 

70.To’yingan  bug’- O’zining suyuqligi bilan dinamik mnuvozanatda bo’lgan bug’ to’yingan bug’ deyiladi. 

71.Kritik  harorat- Suyuqlik va uning to’yingan bug’ining fizik xossalari  farqi yo’qoladigan  harorat kritik harorat  

deyiladi. 

72.Shudring nuqtasi- Suv bug’i  to’yinadigan  harorat  shudring  nuqtasi deyiladi. 

73. Havoning namligi- Havoda bo’ladigan suv bug’ining  miqdori  havoning namligi deyiladi. 

74.Absolyut  namlik-  1 sm

3

 havodagi  suv  bug’ining grammlarda ifodalangan qiymati absolyut namlik deyiladi. 



     Namlik Gigrometr  va  Psixrometr  asboblari  yordamida  o’lchanadi. 

75.Partsial  bosim- Boshqa  gazlar bo’lmagan holda suv bug’I berishi mumkin bo’lgan bosim suv bug’ining partsial   

bosimi deyiladi. 

76.Nisbiy  namlik- Tayinli  bir  haroratda  suv bug’i  partsial  bosimining  shu haroratdagi to’yingan bug’  bosimiga  

nisbatining  foizlarda olingan qiymati nisbiy namlik deyiladi.  

     Mexanikaning  3 bo’limi bor: 

1.Kinematika  

2.Dinamika  

3.Statika. 

77.Kinematika- Mexanik  harakatni uning yuzaga kelish sabablarini e’tiborga olmasdan o’rganadigan mexanika bo’limi  

kinematika deyiladi.     

78.Dinamika- Mexanik  harakatni uning yuzaga kelish sabablarini e’tiborga olgan holda  o’rganadigan mexanika bo’limi   

dinamika deyiladi.     

79.Statika- Jismlarning  muvozanat  shartlarini o’rganadigan mexanika  bo’limi statika deyiladi. 

80.Tezlanish-Tezlik o’zarishining shu o’zgarish yuz bergan vaqt oralig’iga nisbati tezlanish  deyiladi. 

81.To’g’ri chiziqli  tekis o’zgaruvchan harakat- Jism  to’g’ri  chiziqli harakati  davomida teng vaqtlar ichida  tezligi bir  




 

 

xil o’zgarsa bunday  harakat  to’g’ri  chiziqli tekis     o’zgaruvchan  harakat   deyiladi. 



     To’g’ri  chiziqli  tekis    o’zgaruvchan  harakat   2 turli bo’ladi: 

1.To’g’ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakat 

2.To’g’ri chiziqli tekis sekinlanuvchan harakat.  

 

82. To’g’ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakat- Jism  to’g’ri  chiziqli harakati  davomida teng vaqtlar  



ichida  tezligi bir xil ortsa bunday  harakat  to’g’ri  chiziqli tekis     tezlanuvchan  harakat   deyiladi. 

83. To’g’ri chiziqli  tekis  sekinlanuvchan  harakat- Jism  to’g’ri  chiziqli harakati    davomida   teng vaqtlar ichida   

tezligi bir xil kamaysa bunday  harakat  to’g’ri chiziqli tekis sekinlanuvchan harakat   deyiladi. 

84.Erkin  tushish- Havosiz  fazoda  hech narsaning qarshiligiga uchramasdan tushish erkin tushish deyiladi. 

     Erkin tushayotgan jism vaznsizlik holatida bo’ladi. 

85.Vaznsizlik-Jism  og’irligi nolga  teng bo’ladigan holat  vaznsizlik deyiladi. 

86.Nyutonning  1- qonuni- Shunday sanoq sistemalari mavjudki, jismga boshqa jismlar ta’sir qilmasa yoki boshqa   

jismlar ta’siri kompensatsiyalangan(muvozanatlangan) bo’lsa , bu  jism shu sanoq sistemasiga nisbatan o’z   

tezligini o’zgartirmaydi yoki  tinch qoladi. 

87.Enertsiya-Jismga boshqa jsmlar ta’sir qilmagan holda uning o’z teligini saqlash  hodisasi enertsiya deyiladi. 

88.Enertsial  sanoq sistemalari- Jismga boshqa jismlar ta’sir qilmagan holda o’z tezligini saqlaydigan sanoq  sistemalari  

enertsial sanoq sistemalari deyiladi. 

89.Enertlik- Bir xil sharoitda turgan ikki jismga bir xil vaqt ichida bir xil ta’sir ko’rsatilganda , ulardan qaysi biri kamroq  

masofaga ko’chsa , shu jism  enertroqdir. 

90.Massa- Jismni enertligini ifodalovchi kattalik massa deyiladi.  

91.Nyutonning  2- qonuni- Jismga ta’sir etuvchi kuch shu jism massasi bilan uning shu kuch ta’sirida olgan  

tezlanishining ko’paytmasiga teng. 

93. Nyutonning  3- qonuni- Jismlar bir-biriga ayni bir to’g’ri chiziq bo’ylab yo’nalgan, absolyut qiytmat jihatidan teng  

va yo’nalishi jihatidan qarama-qarshi bo’lgan kuchlar bilan ta’sirlashadi. 

94.Butun olam tortishish qonuni-Jismlar bir-birini o’zlarining massalari ko’paytmasiga  to’g’ri proporsional va  

oralaridagi masofaning  kvadratiga teskari bo’lgan kuchlar  bilan tortadi. 

95.Ishqalanish  kuchi- Sirtlari bir-biriga tegib turgan jismlar orasida paydo bo’ladigan  va harakatlantiruvchi kuchga  

qarama-qarshi yo’nalgan kuch ishqalanish kuchi deyiladi.   

96.Tinchlikdagi ishqalanish kuchi- Sirtlari bir-biriga tegib turgan  va bir biriga nisbatan tinch turgan jismlar orasida  

paydo bo’ladigan  ishqalanish  kuchi tinchlikdagi ishqalanish kuchi deyiladi. 

97.Sirpanish  ishqalanish  kuchi- Sirtlari bir-biriga tegib turgan  va biri ikkinchisiganisbatan sirpanib harakatlanayotgan  

jismlar orasida paydo bo’ladigan ishqalanish kuchi sirpanish ishqalanish kuchi deyiladi. 

98.Dumalanish  ishqalanish  kuchi- Sirtlari bir-biriga tegib turgan  va biri ikkinchisiganisbatan dumalanib harakatla- 

nayotgan jismlar orasida paydo bo’ladigan ishqalanish kuchi dumalanish ishqalanish kuchi deyiladi. 

99.Impuls-Jism massasi bilan tezligining ko’paytmasi impuls deyiladi. Impuls harakat miqdori demakdir. 

100.Kuch impulsi- Jism impulsining o’zgarishi kuch impulse deyiladi. 

101.Reaktiv harakat- Jismdan uning bir qismi ajralganda sodir bo’ladigan harakat reaktiv harakat deyiladi. 

102.Impulsning saqlanish qonuni- Yopiq  sistema  hosil qiluvchi  jismlar impulslarining geometrik  yig’indisi ularning   

har qanday o’zaro  ta’sirida  o’zgarmay  qolaveradi. 

103.Absolyut  elastik  to’qnashuv- Jismlar   bir-biriga to’qnashgandan so’ng absolyutelastik deformatsiyalansa, bunday  

to’qnashuv   absolyut elastik  to’qnashuv deyiladi. 

104.Absolyut  noelastik  to’qnashuv- Jismlar   bir-biriga to’qnashgandan so’ng absolyutnoelastik deformatsiyalansa,  

bunday to’qnashuv   absolyut noelastik  to’qnashuv deyiladi. 

105.To’liq mexanik  energiyaning  saqlanish qonuni- Yopiq sistema hosil qiluvchi va birbiri bilan tortishish  yoki  

elastiklik kuchlari bilan ta’sirlashuvchi jismlar to’liq mexanik energiyasi o’zgarmaydi. 

         Aylana bo’ylab harakat egri chiziqli harakatning xususiy holidir.  

         Aylana bo’ylab harakatda chiziqli tezlik, burchak tezlik va markazga intlma tezlanish mavjud bo’ladi.

  

         Chiziqli tezlik aylananing ixtiyoriy nuqtasida urinma bo’ylab yo’naladi. 



         Markazga intilma tezlanish radius bo’yicha markazga tomon yo’naladi. 

106.Chiziqli  tezlik- Yoy uzunligining  shu uzunlikni bosib o’tishga  ketgan vaqtga nisbati  chiziqli tezlik deyiladi. 

107. Burchak  tezlik-Radius burilish burchagining shu burilish yuz bergan vaqt oralig’iga nisbati burchak tezlik deyiladi. 

108.Aylanishlar   davri-Bir marta to’liq aylanib chiqish uchun ketgan vaqt aylanish davri deyiladi. 

109.Aylanishlar  chastotasi- Vaqt birligi  ichidagi aylanishlar soni aylanishlar  chastotasi deyiladi. 

110.Xususiy  chastota- 1 sekund  vaqt ichidagi aylanishlar  soni xususiy chastota deyiladi. 

111.Doiraviy(siklik)  chastota-

    sekund  vaqt ichidagi aylanishlar soni doiraviy  chastota deyiladi. 

      Freksion zanjirli  va tasmali uzatmalarda har ikkala g’ildirakning chiziqli tezliklari bir xil    bo’ladi. 

      Bitta o’qqa mahkamlangan g’ildiraklarda burchak tezlik bir xildir. 




 

 

112.Tebranish-Muvozanat v aziyati atrofida takrorlanuvchi harakat tebranish deyiladi. 



113.Tebranishlar  davri- Bir marta to’liq tebranish uchun ketgan vaqt tebranish davri deyiladi. 

 114.Chastota- Vaqt birligi  ichidagi tabranishlar soni    chastota  deyiladi.  

115. Xususiy  chastota- 1 sekund  vaqt ichidagi tebranishlar  soni xususiy chastota deyiladi. 

116.Doiraviy(siklik)  chastota-

    sekund  vaqt ichidagi tebranishlar soni doiraviy  chastota deyiladi. 

117.Siljish-Tebranuvchi sistemaning muvozanat vaziyatidan og’ishi siljish deyiladi. 

118.Amplituda-Muvozzanat vaziyatidan eng katta siljish amplituda deyiladi. 

119.Tebranishlar fazasi- Tebranuvchi sistemaning istalgan paytdagi vaziyatini aniqlovchi kattalik tebranish fazasi  

deyiladi. 

120.Garmonik  tebranish-Fizik kattaliklarning sinus yoki cosinus qonuni bo’yicha o’zgarishlari garmonik tebranish 

deyiladi. 

       Tebranishlar  2 turli bo’ladi: 

1.Erkin  tebranish 

2.Majburiy  tebranish. 

 

121.Erkin  tebranish- Vaqt  o’tishi  bilan so’nadigan  tebranish  erkin  tebranish deyiladi. 



122.Majburiy  tebranish-Tashqi  avriy  kuchlar  ta’siridagi tebranish  majburiy tebranish  deyiladi. 

       Erkin  tebranishlarni  yuzaga keltirish shartlari 2 xil:    

1.Sistema muvozanat vaziyatidan chiqarilganda , uni muvozanat vaziyati tomon qaytaruvchi kuch mavjud  

   bo’lishi kerak. 

2.Harakatga qarshilik kuchlari mumkin qadar kam bo’lishi zarur. 

 123.Rezonans(aks -sado)- Tashqi davriy kuchlar o’zgarishlarining chastotasi sistemaning xususiy tebranishlar chastotasi  

bilan  tenglashganda majburiy tebranishlar amplitudasining keskin ortishi rezonans deyiladi. 

124.Matematik  mayatnik- Cho’zilmaydigan deb qaraladigan ipga osilgan  va massasi e’tiborga olinmaydigan jismdan  

iborat sistema matematik mayatnik deyiladi. 

         Matematik mayatnikni og’irlik kuchining tangensial tashkil etuvchisi harakatga keltiradi. 

125.Elektr  tebranish-Zaryad , tok kuchi  va  kuchlanishning vaqt  o’tishi bilan dvriy ravishda sinus yoki  cosinus qonuni  

bo’yicha o’zgarishlari elektr tebranish deyiladi. 

126.Tebranish  konturi-Kondensator  va induktiv g’altakdan iborat sistema tebranish konturi deyiladi. 

        Tebranish konturida  erkin elektromagnit tebranishlar yuzaga keladi. 

127.O’zgaruvchan  tok- Vaqt  o’tishi bilan qiymati va yo’nalishi  garmonik ravishda o’zgaradigan tok o’zgaruvchan tok  

deyiladi. 

        Elektr  zaryadi 2 turli  bo’ladi: 

1. Musbat  zaryad 

2. Manfiy   zaryad. 

         Eng  kichik manfiy  zaryadli elementar zarra – elektrondir.  

128. Elektr  zaryadining  saqlanish  qonuni-Yopiq  sistema hosil qiluvchi zarralar zaryadlarining algebraik  yig’indisi  

o’zgarmaydi. 

129.Elektrostatikaning  asosiy  qonuni(Kulon qonuni)- Vakuumda  joylashgan zaryadli , nuqtaviy ikki jismning  o’zaro  

ta’sir  kuchi bu zaryadlar modullarining ko’paytmasiga to’g’ri proporsional, ular orasidagi masofaning  

kvadratiga teskari proporsional  bo’ladi. 

130.Dielektrik  singdiruvchanlik-Fazoning biror nuqtasida vakuumdagi maydon kuchlanganligining o’sha nuqtada  

muhitdagi maydon kuchlanganligiga nisbati muhitning dielektrik singdiruvchanligi deyiladi. 

131.Elektr  maydoni- Zaryadlar atrofidagi maydon elektr maydon deyiladi. 

132.Elektrostatik maydon-Qo’zg’almas zaryad atrofidagi maydon elektrostatik maydon deyiladi. 

133. Bir  jinsli  maydon-Kuchlanganligi  fazoning barcha nuqtalarida bir xil bo’lgan maydon bir jinsli maydon deyiladi. 

        Elektr maydonini kuchlanganlik  kuch jihatidan xarakterlaydi.  

        Kuchlanganlik vektori yo’nalishini elektr maydon kuch chiziqlari belgilaydi. 

        Kuch  chiziqlari musbat zaryaddan chiqish yo’nalishida,  manfiy zaryadga kirish yo’nalishida bo’ladi. 

134.Kuchlanganlik-Zaryadga  maydon tomonidan ta’sir qiladigan kuchning shu zaryadga nisbati elektr maydon  

kuchlanganligi deyiladi.  

135.Potensial-Zaryad  potensial energiyasining shu  zaryadga nisbati maydon potensiali deyiladi. 

136.Kuchlanish-Zaryadni elektrostatik  maydon bo’ylab bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko’chirishda  maydonbajargan  

ishning shu zaryadga nisbati  kuchlanish deyiladi. 

137.Zaryadning  sirt  zichligi-Zaryadning shu zaryad joylashgan sirt yuzasiga nisbati zaryadning  sirt zichligi deyiladi. 

138.Dielektrik-Elektr  tokini yomon o’tkazadigan moddalar  dielektriklar  deyiladi.Ularga rezina,quruq yog’och,  

disterlangan suv, plastmassa va boshqalar  kiradi. 

        Dielektriklar 2 turli bo’ladi: 




 

 

1.Qutbli  



2.Qutbsiz. 

139.Qutbli  dielektriklar-Musbat va manfiy  zaryadlarining taqsimot markazlari ustma-ust tushmaydigan dielektriklar  

qutbli dielektriklar deyiladi. 

140.Qutbsiz   dielektriklar-Musbat va manfiy  zaryadlarining taqsimot markazlari ustma-ust tushadigan dielektriklar  

qutbsiz  dielektriklar deyiladi. 

141.Elektr  sig’imi- Ikki o’tkazgichning elektr  sig’imi deb ulardan biridagi zaryadning bu o’tkazgichlar uchlaridagi  

kuchlanishga nisbatiga aytiladi. 

142.Kondensator- Ikki o’tkazgich bo’lib, ular orasiga  bu o’tkazgichlar o’lchamiga nisbatan juda kichik bo’lgan  

dielektrik qatlami qo’yiladi. 

143.Elektr  toki- Zaryadli  zarralarning  bir tomonga yo’nalgan tartibli harakati elektr toki deyiladi. 

144.Tok  kuchi- O’tkazgichning  ko’ndalang kesimi orqali biror vaqt ichida o’tadigan zaryadning shu vaqtga nisbati      

tok kuchi  deyiladi. 

145.Zanjirning  bir qismiga oid Om qonuni- Zanjirning bir qismidagi tok kuchi shu qism uchlaridagi kuchlanishga   

to’g’ri  proporsional va shu qism qarshiligiga  teskari  proporsional  bo’ladi. 

146.Elektr  yurituvchi  kuch(E.Yu.K)- Zaryadni berk zanjir bo’ylab ko’chirishda tashqi kuchlar bajargan ishning shu  

zaryadga nisbati E.Yu.K deyiladi. 

147.Joul-Lens  qonuni- O’tkazgichdan  elektr  toki  o’tayotganda  ajralib chiqadigan  issiqlik miqdori  tok kuchining  

kvadrati, qarshilik  va  vaqtning ko’paytmasiga teng. 

148.Magnit  maydoni- Toklar  atrofidagi maydon magnit maydon deyiladi. 

        Magnit  maydoni moddiydir. 

        Magnit maydonining ikkita asosiy xossasi bor: 

1.Magnit maydonni elektr toki hosil qiladi. 

2.Magnit maydoni uning tokka ko’rsatadigan ta’siri bilan xarakterlanadi. 

149.Amper  gepotizasi- Magnit bu molekulalar atrofida  aylanib yuruvchi kichik toklar to’plamidir. 

       Magnitning 2 qutbi mavjud: 

1.Shimoliy       

2.Janubiy. 

        Magnit induksiya chiziqlari shimoliy qutbdan chiqadi va janubiy qutbga kiradi. 

        Magnit induksiya chiziqlari  doimo berk bo’ladi. 

        Yerning shimoliy magnit qutbi  janubiy geografik qutb yaqinida joylashgan. Janubiy magnit qutbi esa    

        shimoliy  geografik qutb yaqinida joylashgan. 

        Magnit maydonini  magnit induksiyasi  vektori  xarakterlaydi.  

150.Magnit   induksiyasi- Maksimal aylantiruvchi momentning  ramka orqali o’tuvchi tok kuchi  va ramka yuzasi  

ko’paytmasiga nisbati magnit induksiyasi deyiladi. 

        Magnit induksiyasi vektorining yo’nalishi Parma qoidasi bo’yicha aniqlanadi. 

        Parma qoidasi 2 xil: 

1.To’g’ri  tok  uchun 

2.Aylanma  tok uchun. 

151. Parma qoidasi( to’g’ri  tok  uchun)-Parma dastasini o’ng vint bo’yicha buraganimizda parma uchining oldinga  

ketish yo’nalishi  tok yo’nalishini ko’rsatadi. Dasta uchining aylanish yo’nalishiga ixtiyoriy  nuqtada  

o’tkazilgan urinma magnit induksiya vektorining   yo’nalishini  ko’rsatadi.  

152. Parma qoidasi( aylanma   tok  uchun)-Parma dastasini o’ng vint bo’yicha buraganimizda parma uchining oldinga  

ketish yo’nalishi   magnit induksiya vektor   yo’nalishini ko’rsatadi. Dasta uchining aylanish  yo’nalishi tok    

yo’nalishini  ko’rsatadi.  

153.Magnit  singdiruvchanlik- Fazoning biror nuqtasida muhitdagi magnit induksiyasi o’sha nuqtada vakuumdagi  

magnit induksiyasidan  necha marta katta ekanini ko’rsatuvchi kattalik magnit singdiruvchanlik deyiladi. 

        Moddalar magnit xossalariga ko’ra 3 xil bo’ladi: 

1.Ferromagnit(masalan: temir) 

2.Paramagnit (alyumeniy) 

3.Diomagnit (mis). 

 154.Kyuri  harorati-Moddaning magnit xossalari yo’qoladigan harorat Kyuri harorati deyiladi. 

155.Magnit  oqimi-Magnit  induksiyasi, ramka yuzasi va ramka yuzasiga o’tkazilgan normal bilan magnit induksiya  

vektori orasidagi  burchak kosinusining ko’paytmasi magnit oqimi deyiladi. 

156.Induktivlik-O’tkazgichdagi tok kuchi  1 sekund vaqt ichida 1 Amperga bir tekis o’zgarganda unda hosil bo’ladigan  

induksiya E.Yu.K ga son qiymat jihatidan teng  bo’ladigan kattalik induktivlik deyiladi. 

157. 1 Genri- O’tkazgichdagi tok kuchi  1 sekund vaqt ichida 1 Amperga bir tekis o’zgarganda unda 1 volt induksiya  

E.Yu.K hosil bo’lsa , bu o’tkazgich induktivligi 1 Genri bo’ladi. 



 

 

158 .Amper kuchi –O’tkazgich kesmasiga magnit maydoni tomonidan ta’sir etuvchi kuch Amper kuchi deyiladi. 



159.Chap  qo’l  qoidasi(Amper kuchi uchun)- Agar chap qo’limizning kaftini  magnit induksiyasining o’tkazgich  

kesmasiga perpendikulyar tashkil etuvchisi kiradigan qilib tutib , yoyilgan 4 barmoq  tok yo’nalishida  

ochilsa, 90

o

 ga kerilgan bosh barmoq  Amper kuchi yo’nalishini ko’rsatadi. 



160.Lorens  kuchi-Harakatlanuvchi zaryadga magnit maydoni tomonidan ta’sir etuvchi kuch Lorens kuchi deyiladi. 

161.Chap  qo’l  qoidasi(Lorens  kuchi uchun)- Agar chap qo’limizning kaftini  magnit induksiyasining zaryad tezligiga   

perpendikulyar tashkil etuvchisi kiradigan qilib tutib , yoyilgan 4 barmoq  musbat zaryad harakati  

yo’nalishida ochilsa, 90

o

 ga kerilgan bosh barmoq  Lorens kuchi yo’nalishini ko’rsatadi. 



162.O’z induksiya- O’zgaruvchan tok o’tayotgan o’tkazgichning o’zida induksiya  E.Yu.K hosil bo’lish  

hodisasi o’z induksiya hodisasi deyiladi. 

163.Elektromagnit induksiya hodisasi-O’zgaruvchan magnit maydonida tinch turgan yoki o’zgarmasmagnit maydonida  

harakatlanayotgan berk o’tkazuvchan konturda  induksion tok hosil bo’lish hodisasi elektromagnit  

induksiya hodisasi deyiladi. 

164. Elektromagnit induksiya qonuni- Berk konturda paydo bo’ladigan induksiya E.Yu.K ning moduli shu kontur bilan  

chegaralangan yuza orqali o’tuvchi magnit oqimi o’zgarish tezligining moduliga teng. 

165.Lens  qoidasi- Berk konturda paydo bo’ladigan induksion tok shunday yo’naladiki, but ok hosil qilgan magnit oqimi  

tashqi magnit oqimining bu tokni yuzaga keltirishdagi o’zgarishini kompensatsiyalashga intiladi. 

166.O’ng  qo’l  qoidasi- Agar o’ng  qo’limizning kaftini  magnit induksiyasining o’tkazgich kesmasiga perpendikulyar  

tashkil etuvchisi kiradigan qilib tutib , 90

o

 ga kerilgan bosh barmoq o’tkazgich harakati yo’nalishini  



ko’rsatsa, yoyilgan 4 barmoq induksion tok yo’nalishini ko’rsatadi. 

167.O’ta  o’tkazuvchanlik- Metallar solishtirma qarshiligining  harorat  pasayganda  sakrab  0 ga tushib qolish hodisasi  

o’ta o’tkazuvchanlik  hodisasi deyiladi. 

        O’ta o’tkazuvchanlik holatida tokning faqat magnit ta’siri  kuzatiladi. 

        Tokning  ta’siri 3 xil: 

1.Magnit 

2.Issiqlik 

3.Kimyoviy. 

        Tokning magnit ta’siri hamma vaqt  kuzatiladi. 

        Kimyoviy  ta’sir suyuqliklardan elektr  toki o’tganda kuzatiladi. 

        Issiqlik ta’siri o’ta o’tkazuvchanlikdan tashqari hamma hollarda kuzatiladi.Vakuumda ham bo’lmaydi.  


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin