Microsoft Excelda jadvallar ustida ishlash



Yüklə 0,88 Mb.
tarix17.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#79498
AKTT topshiriq 3


Microsoft Excelda jadvallar ustida ishlash
Biz bu amaliy mashg’ulotda talabalar baholari ustida ishladik, bunda eng avval
baholarni ajratib olish uchun ularni rangladik, buning uchun “главная” menyusining “условное форматирование” bo’limidan foydalandik.
Bu bo’limga kirib “правыла виделения ячеек” bo’limidan “другие правила” ga kirdik


Undan so’ng bizga quyidagi oyna chiqdi:


Bu oynada biz quyidagi buyruqlarni barardik:
1.Katak ichidagi raqam 4 ga teng bo’lsa, unda bu son ko’k rangga bo’yalsin. Buning uchun biz “Создание правила форматирования ” oynasining “Форматировать только ячейки, для которых выполняется следуюшее условие” bandidan foydalandik va quyidagini hosil qildik:

So’ngra “Формат ” qismiga kirib, uning “Цвет” qismidan ko’k rangni tanladik va “ok” tugmasini bosdik:

2. Agar katak ichidagi son 4 sonidan katta bo’lsa, u qizil rangga bo’yalsin degan degan buyruqni kiritdik. Buning uchun yana xuddi shunday tartibni takror amalga oshirdik:

3. Keyingi qilgan ishimiz katak ichidagi raqam 3 dan kichik bo’lsa katak ichi sariq rangga bo’yash bo’ldi, buning uchun ham shu oynadan foydalandik, ammo xuddi shu tartibda emas:

Biz avvalgi ishlarimizda “Формат ячеек” oynasining “Шрифт” menyusidan foydalangan edik, bu safar esa “Заливка” menyusidan foydalanib rang tanladik:

3. Bu buyruqlarni kiritib bo’lganimizdan so’ng, “Главная” menyusining “Формат по образцу” ya’ni belgisini bosdik va jadvalni belgiladik, jadval esa quyidagi ko’rinishga keldi:

Biz bu ishlarni sonlar ustida ishlash qulay bo’lishi uchun qilgan edik, yuqoridagi buyruqlarni bajarib bo’lganimizdan so’ng, jadvalning qolgan qismini to’ldirishga tushdik va bunda biz deyarli har bir qismni to’ldirishda Excel dasturi formulalari va funksiyalariga murojaat qildik.
Jadvalning keying qismi “Минимал бахо” ekan. Eng kichik bahoni toppish uchun “Мин” funksiyasidan foydalandik. Bu ishni biz faqatgina 1 talaba uchun bajardik,

qolgan talabalarning eng kichik baholarini baholarini topishda nisbiy murojaaatdan foydalandik:

Yana jadvalni to’ldirishda davom etdik, keying ustunda “Стипендияга тавсия коэффиценти” ni topishimiz kerak ekan.Bu shart savol hisoblanadi va bunda Excel dasturidagi “Если” shart maylidan foydalaniladi. Biz quyidagicha shart qo’ydik va uni dastur tilida kiritdik:
Agar eng kichik baho 3 dan kichik bo’lsa 0; 4 ga teng bo’lsa 0,75; 5 ga teng bo’lsa 1 aks holda 0,5 chiqarsin

Va shu holat har bir talaba bilan qilish uchun biz yana nisbiy murojaatdan foydalandik. So’ngra jadval quyidagi ko’rinishga keldi:

Jadvalning keying qismida “Нечта фандан карз” ekanlilgini topish kerak ekan. Buning uchun biz “СЧЁТЕСЛИ” funksiyasidan foydalandik, bunda biz tekshirishimiz lozim bo’lgan ma’lumot minimal bahoning 3 dan kichik ekanligi edi, shu bois dan quyidagi formula orqali bu amalni bajardik:

Va buni barcha talabalar uchun nisbiy murojaat orqali aniqladik:



Jadvaldagi keyingi ustunga qarasak “3 баҳолар фоизи” ni topishimiz kerakligi aytilgan, buning uchun biz Excel dasturining СЧЁТЕСЛИ funksiyasidan foydalandik va quyidagi jadvalni hosil qildik.

Oxirgi bajargan topshirig’imiz GPA ni hisoblash bo’ldi. Bunda biz Excel dasturida Если funksiyasidan foydalandik.
GPA ni hisoblash:
Buning uchun talabaning har bir fandan olgan bahosini shu fanning kreditiga ko’paytib, barcha natijalarni qo’shish va 30 ga ya’ni 1 kredit soatiga bo’lish zarur. Bunda asosiy e’tibor beriladigan ma’lumot talaba olgan bahosi 3 dan kichik bo’lmasligi kerak.
Excelda buni bajarish uchun esa biz quyidagi formuladan foydalandik:
=ЕСЛИ(C3>2;C3*$C$37;0)+ЕСЛИ(D3>2;D3*$D$37;0)+ЕСЛИ(E3>2;E3*$E$37;0)+ЕСЛИ(F3>2;F3*$F$37;0)+ЕСЛИ(G3>2;G3*$G$37;0)+ЕСЛИ(H3>2;H3*$H$37;0)+ЕСЛИ(I3>2;I3*$I$37;0)+ЕСЛИ(J3>2;J3*$J$37;0)
Va natijani oldik:

Bu bizning Excel dasturida funksiyalar ustida ishlash topshirig’imizda qilgan oxirgi ishimiz edi.
Bu topshiriqda biz asosan Если va СЧЁТЕСЛИ funksiyalaridan foydalandik.
Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin