Microsoft Word Ðflокхменч1



Yüklə 450,29 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.01.2022
ölçüsü450,29 Kb.
#41411
diniy bag



YОSHLARNI BAG‘RIKENGLIK RUHIDA TARBIYALASH-

BARQARORLIK OMILI    

                                       Xasanova G. B., 

                                                     Toshkent Farmatsevtika Instituti  

Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi   

 

Globallashuv  jarayonida  insoniyat  hamjamiyati  oldida  paydo  bo‘layotgan 



ko‘plab  muammolar  orasida  millatlararo  totuvlik  va  tolerantlik  madaniyati  eng 

asosiy  o‘rinlardan  birini  egallaydi.  YUNESKO  Bosh  Assambeleyasi 

konferensiyasining 1995-yil 16-noyabrda o‘tkazilgan 28-sessiyasida qabul qilingan 

“Bag‘rikenglik  tamoyillari  deklaratsiyasi”  dunyoda  tinchlik  va  totuvlikni 

ta’minlash, inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligini kafolatlash, teng huquqlilik 

hamda  o‘zaro  hamkorlik  munosabatlarini  rivojlantirish  yo‘lidagi  muhim  qadam 

bo‘lib xizmat qilmoqda.  

XXI  asr  insoniyatga  katta  ijobiy  ijtimoiy-iqtisodiy  yutuqlar  bilan  birga, 

jamiyatni  demokratlashtirish  va  erkin  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etish,  xalqaro 

munosabatlarning integratsiyalashuvi kabi masalalar qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy 

va xalqaro kelishmovchiliklarning og‘ir yukini, milliy biqiqlik, buyuk davlatchilik 

shovinizmi, diniy ekstremizm va fundamentalizm singari illatlarni bartaraf etishni 

talab qilmoqda. Bularning barchasi millatlararo totuvlik va tolerantlik madaniyatini 

umumbashariy qadriyatga aylantirish masalasining qanchalik muhimligini ko‘rsatib 

turibdi.  Zamonaviy  shart-sharoitlar  o‘sib  kelayotgan  avlodni  xilma-xillikka 

chidamli,  boshqa  fikrlarni  eshita  olish  va  ularni  hurmat  qilish,  bir  so‘z  bilan 

aytganda, millatlararo totuvlik va tolerantlik ruhida tarbiyalashni taqozo etadi. 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

tomonidan 

olib 

borilayotgan 



davlat 

siyosatida   tolerantlik  tamoyillari  va  g‘oyalarining  tutgan  o‘rni  beqiyos  bo‘lib, 

xalqimizga  xos  azaliy  tolerantlik  xususiyatiga  munosаbat  mustaqillik  yillarida 

yanada  rivojlandi.  Yurtimizda  nafaqat  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  sohalar,  balki 

zaminimizda  istiqomat  qilib  kelayotgan  turli  millat  va  elatlar  o‘rtasida  do‘stlik 

rishtalarini  yanada  mustahkamlash,  diniy  bag‘rikenglik  tamoyillarini  qaror 

toptirishga  ham alohida e’tibor  qaratib kelinadi.  Bu  ayni  paytda  O‘zbekistonning 

barcha sohadagi islohotlarida ham o‘z aksini topgan. Xususan, “2017-2021-yillarda 

O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha 

Harakatlar  strategiyasi”ning  beshinchi  yo‘nalishi  aynan  diniy  bag‘rikenglik  va 

millatlararo totuvlikni ta’minlash masalasiga bag‘ishlangani mamlakat Prezidenti va 

hukumatining  xalqaro  hujjatlarda  belgilangan  umuminsoniy  vazifalarga 

qaratayotgani  yuksak  e’tiborining  namunasi  hamdir.  Qolaversa,    Muhtaram 

Prezidentimiz  Shavkat  Mirziyoev  2017  yil  19  sentyabrda  Birlashgan  Millatlar 

Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” 

deb  nomlangan  maxsus rezolyutsiya  qabul  qilish tashabbusi  bilan  chiqqani  jahon 




hamjamiyatining  diqqatini  tortgan  edi.  Mazkur  hujjat  barchaning  ta’lim  olish 

huquqini ta’minlash, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko‘maklashish, eng 

muhimi,  bag‘rikenglik  va  o‘zaro  hurmatni  qaror  toptirish,  diniy  erkinlikni 

ta’minlashga qaratilgani bilan e’tiborga molikdir. 

Kelajak  avlodning  tarbiyasidagi  eng  asosiy  jihat  uning  ma’naviy 

sog‘lomligidir.  Shuning  uchun  ham  ta’lim-tarbiyada  tolerantlik  masalasini  keng 

yoritish muhim o‘rinda turibdi. Hamma joyda va barcha sohada tolerantlik muhitini 

yaratish shubhasiz oson vazifa emas. Tarbiya - toqatsizlikning oldini olishda eng 

samarali vosita hisoblanadi. Shu sababli yoshlarni tolerantlik ruhida tarbiyalashni 

hozir  birinchi  darajali  vazifa  deb  hisoblamoq  kerak.   Ayni  paytda  ta’lim 

muassasalarida  tolerantlik  ongini  shakllantirish  va  madaniyatlararo  muloqotni 

o‘rgatishga qaratilgan ta’lim dasturlari va texnologiyalarini yaratib hayotga tatbiq 

etish  o‘ziga  xos  o‘rinda  turadi.   Yoshlarni  tolerantlik  ruhida  tarbiyalash  ular 

tafakkurining o‘zgarishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi va ijtimoiy munosabatlarga 

moslashishuv  yanada  rivojlantirishini  ta’kidlash  mumkin.  Tolerantlik  omilini 

yoshlarga singdirishda mahalla, oila, maktab, kollej, akademik litsey, va oliy o‘quv 

yurtlarida  bag‘rikenglik  ruhini  mustahkamlash,  ro‘y-rostlik,  bir-biriga  e’tibor  va 

birdamlik  munosabatlarini  vujudga  keltirish,  doimo  tolerantlik  fe’l-atvorini 

shakllantirib  yanada  rivojlantirishdan  iborat.  Shunga  ko‘ra  kishilik  jamiyati 

rivojlanishi  natijasida  tolerantlik  ham  jamiyat  taraqqiyoti  bilan  bog‘liq  ravishda 

tabora  rivojlanib,  o‘zining  mazmunini  boyitib  boradi.  Yоshlarda  tolerantlik 

tarbiyasini  shakllantirilishi  dunyoning  yakkalik,  alohidalik,  ajralganlikdan  ko‘ra 

umumiylikka,  odamiylikka  tomon  harakatini  kuchaytirib,  ularda  milliy  o‘zlikni 

anglash hamda  azaliy bag‘rikenglik tuyg‘usini  rivojlantirishga  xizmat  qiladi.  Shu 

bilan  birga  yoshlarda  tolerantlik  fazilatini  tarbiyalashda  ommaviy  axborot 

vositalarining o‘rni ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ommaviy axborot vositalari 

tomonidan olib boriladigan targ‘ibot-tashviqot ishlari tolerantlik omiliga e’tiborni 

kuchaytiradi.   

Bugungi 


globallashuv  

davrida 


demokratik 

tamoyillar 

asosida  yangilanayotgan, o‘zgarayotgan hayot yoshlarimizni o‘ziga xos sinovdan 

o‘tkazmoqda. Jamiyat kelajagi yoshlar bilan bog‘liq va ular taraqqiyotning asosiy 

kuchi  hisoblanadi.  O‘zbekiston  Respublikasida   jamiyatni  demokratlashtirish, 

fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida yoshlarning ijtimoiy 

hayotdagi o‘rni kuchayib bormoqda. Yoshlarga doir olib borilayotgan davlat siyosati 

va  bu  borada  mavjud  qonunchilik,  yangi  qarorlarni  qabul  qilinishi 

hamda   islohotlarning  amalga  oshirilishi  mustahkam  kuchli  tayanch  bo‘lmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasida samarali tarzda amalga oshirilib kelinayotgan ijtimoiy-

iqtisodiy  va  siyosiy-huquqiy  islohotlar  jarayoni  yoshlarni  himoyalanganlik 

darajasini kuchayishiga hamda mustahkamlanishiga sabab bo‘lmoqda. Ma’naviy va 




jismoniy  barkamol  avlodni  voyaga  yetkazish  masalasi  biz  uchun  umummilliy, 

umumdavlat  miqyosidagi  vazifa  bo‘lib,  bu  ezgu  maqsad  yo‘lida  amalga 

oshirilayotgan  ishlarimizni  izchil  va  qat’iyatlilik  bilan  davom  ettirish  bugungi 



siyosatimizning diqqat markazida turganini yana bir marotaba uqtirib o‘tmoq lozim. 

 

Yüklə 450,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin