Mikroorganizmlarni o'stirish uchun jihozlar. Mikroblarni ekish texnikasi. Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 21,03 Kb.
səhifə1/2
tarix14.02.2023
ölçüsü21,03 Kb.
#84207
  1   2
Nurpolat mik


Mavzu:Mikroorganizmlarni o’stirish
Reja

  1. Mikroorganizmlarni o'stirish uchun jihozlar.

  2. Mikroblarni ekish texnikasi.

  3. Foydalanilgan adabiyotlar

Laboratoriya sharoitlarida o'stirilgan mikroorganizmlar mikrob kulturalari deb ataladi. Kulturani olish uchun tekshirilayotgan material (qon, to'qimalar emulsiyasi, shish suyuqligi, yiring, sut va h.k.) probirka, kolba yoki petri kosachalarida steril oziq muhitlarga ekiladi va ma'lum vaqtga termostatga joylanadi. Termostatda har xil guruh mikroorganizmlar uchun kerak bo'lgan harorat (37-38°C; 26-30°C; 22-25°C) doim saqlanib turadi.


Mikroorganizmlarni o'stirish uchun jihozlar. Termostat ikki devorli shkaf, tashqaridan issiqni izolyasiyalovchi material (plastika) bilan qo'plangan. Termostatlar suvli yoki quruq-havoli bo'lishi mumkin. Suvli termostatda ikki devor orasiga suv (odatda distillangan suv) quyiladi, quruq-havolida esa ichki metall qavatning qizishi hisobiga unda aylanayotgan havo isiydi. Qizdirilgan suv yoki havo ichki metall devor orqali shkafning ichkarisiga issiqlik beradi.Termostat elektr tarmog'iga ulanadi, uning pastki qismida devorlar orasiga elektr isitgichlar o'rnatilgan. Termostatning ichida bir nechta to'rsimon tokchasi bo'lib, unga ekmali shtativlar, probirkalar solingan savatchalar, kolbalar, petri kosachalari, eksikatorlar, mikroanaerostatlar joylanadi.
Harorat termostatda termoregulyator yordamida tutib turiladi. Harorat keragidan ortib ketsa, termoregulyator isitgichni avtomatik tarzda o’chiradi, pasayib ketsa - uni qo'shadi. Termoreguiyatorlar bimetalli, "yostiqchali" va kontaktli (simobli) bo'lishi mumkin.
Bimetalli termoregulyator ikkita o'zaro kavsharlangan sinkli va latunli U - shaklda egilgan plastinkalardan iborat. Bu plastinkaning bir tomoni termostatning ichki devoriga qimirlamaydigan qilib mahkamlanadi,
ikkinchisi - erkin, harakatlanadigan tomoni elektrokontakt bilan elektr tarmog'iga ulangan klemmaga juda yaqin masofada turadi. Termostatni qizdirganda sinkli va latunli plastinkalar kengayish koeffisienti farqining kuchi bilan erkin tomoni siljib, termostatning qizishini to'xtatadi. Harorat termostatda oldindan klemmani termoreguiytorning erkin plastinkasidan ma'lum masofada o'rnatib boshqariladi.
"Yostiqchali" termoregulyatorlarning ta'sir etish prinsipi quyidagicha: yassi latunli qat-qat burmalangan qutiga suyuqlik kavsharlangan bo'lib, u maxsus qurilma bilan shunday mahkamlanadi-ki, harorat keragidan ortiq ko'tarilganda qutichadagi suyuqlik kengayib, uning devorlariga bosim o'tkazadi va tarmoqdan o'chish paydo bo'ladi. Termostat sovushi bilan qitichadagi suyuqlik ham sovuydi va uning devorlariga ("yostiqchalar') bosim o'tkazmaydi, shuning uchun "yostiqchalar" richagli sterjenga tegib, u isitish tarmog’iga ulanadi.
Zamonaviy termostatlarda odatda kontaktli termoregulyatorlar ishlatiladi - ikki tomoniga platinali simlar kavsharlangan simobli termometr. Simning bir uchi termometr kanaligacha keladi, ikkinchisi esa tashqaridan klemmada tugaydi. Sim tashqi magnit yordamida termometr simob ustunidan har xil darajada joylashtiriladi va harorat termostatda avtomatik tarzda tutib turiladi.
Anaerob va mikroaerofil bakteriyalarni o'stirish uchun eksikatorlar va anaerostatlar ishlatiladi.
E k s i k a t o r bu qopqog'i zich yopishadigan shisha idish. Uning tubiga havo kislorodini faol bog'laydigan kimyoviy modda (masalan, pirogallol bilan o'yuvchi natriy) solingan ochiq Petri kosachasi qo'yiladi. Yuqorida eksikstorning bo'rtiq qismiga teshikchali farfor plastina (taglik) qo'yiladi, uning ustiga ekmali probirka yoki kosachalarni joylab, qopqog'i zich yopiladi. Germetik yopilishi uchun eksikatorning chetlariga vazelin surtiladi, keyin termostatga qo'yiladi.
An aerostat- germetik yopiladigan metall silindr idish, havoni chiqarish yoki ish uchun kerakli gazni ( CO2, N2, O2 va hk.) berish uchun jo'mraklari va vakuum-monometrlari bor. Ekmalarni silindrning ichiga joylashtirib, qopqog'i yopiladi va nasos yordamida eksikator ichidagi havo chiqariladi. Undagi holatni vakuum-monometr millimetr Simob ustunida (0 dan 760 gacha) ko'rsatadi. Anaerostat ekmalar bilan termostatrga qo'yiladi.

Yüklə 21,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin