Milliy iqtisodiyot va uning makro iqtisodiy o'lchamlari. Yalpi milliy mahsulot va uning harakat shakllari Reja



Yüklə 47,51 Kb.
tarix15.12.2022
ölçüsü47,51 Kb.
#75157
milliy iqtisodiyot va uning makro iqtisodiy o\'lchamlari. yalpi milliy mahsulot va uning harakat shakllari


Milliy iqtisodiyot va uning makro iqtisodiy o'lchamlari. Yalpi milliy mahsulot va uning harakat shakllari
Reja.

1.Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari.


2.Yalpi ichki mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari.
3.Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari.

Mazkur bobdan boshlab iqtisodiy munosabatlar makroiqtisodiy darajada tahlil qilinadi. Dastlab milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga tavsif beriladi. Milliy ishlab chiqarishning natijasi hisoblangan ijtimoiy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, ularning harakat shakllari va tarkibiy qismlarining iqtisodiy mazmuni yoritiladi. Milliy hisoblar tizimi hamda uning asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash usullari bayon etiladi.


Hammaga ma’lumki, o‘tmishda O‘zbekiston iqtisodiyoti sobiq sovet ittifoqi iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, uni mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo‘lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakkahokimligiga, xom ashyo ishlab chiqarishga va boy mineral xom ashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg‘i, g‘alla va boshqa ko‘pgina ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlarining ta’minlanishi bo‘yicha markazga qaram bo‘lgan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov qisqa qilib aytganlaridek, «O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga – markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo‘lgan»1 mamlakat edi.
1991 yil sentyabridan buyon o‘tgan qisqa davr mobaynida iqtisodiy mustaqillikni qo‘lga kiritib, mamlakatimiz hududidagi barcha tabiiy, mineral xom ashyo boyliklardan, butun iqtisodiy resurslar va quvvatlardan o‘z xalqimiz va uning kelajagi manfaatlari yo‘lida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldik.68

Yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi, ko‘plab yirik inshootlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, yonilg‘i va g‘alla mustaqilligiga erishilganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, izchil o‘sish sur’atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni mustahkamlash sari harakat natijalaridir.

Shunday qilib, O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o‘z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot shakllanib bormoqda.

Milliy iqtisodiyot ko‘plab o‘zaro bog‘liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo‘lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o‘rtasidagi amalda tarkib topgan munosabatlarning butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi.

Milliy iqtisodiyot - barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi.
Makroiqtisodiyot, milliy iqtisodiyot, xalq xo‘jaligi, yaxlit tarzdagi mamlakat iqtisodiyoti – bular bir-biriga ayniy tushunchalar bo‘lib, ma’lum hududiy chegaralarda tarixan tarkib topgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimini tavsiflaydilar. Milliy iqtisodiyot uni jahon hamjamiyatidagi boshqa mamlakatlardan ajratib turuvchi tarixiy, tabiiy-geografik, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarni o‘zida namoyon etadi.
Makroiqtisodiy jihatdan qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi mamlakatda mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish resurslari; ularning ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ajralib chiqqan iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi taqsimot hajmi; mazkur sub’ektlar ishlab chiqarish hajmlari, milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari o‘rtasidagi munosabat sifatida namoyon bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sodda ko‘rinishda quyidagi 1-chizma orqali tasvirlash mumkin.

Milliy iqtisodiyot


Iqtisodiy jihatdan nisbatan mustqil birliklar
Korxonalar
Uy xo`jaliklari
Davlat
(ko`plab xo`jalik yurituvchi birliklari bilan)
1-chizma. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi.
Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror o‘sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishida quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: mavjud bozor kon’yunkturasi, bozorlar sig‘imi va monopollaShuv darajasi, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, fan-texnika taraqqiyotining miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari, ishlab chiqarish resurslarining sifati, hududlarning er maydonlari va infratuzilma ob’ektlari bilan ta’minlanganligi, ekologiya holati.
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hajmi va ularning o‘sishi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali, mikro- va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo‘jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o‘z ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini oladi.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning makrodarajadagi o‘zaro aloqasi jamiyatdagi mehnat taqsimoti bilan shartlangan ob’ektiv jihatdan zarur jarayon hisoblanadi. Bu jarayon xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar iqtisodiy manfaatlarining harakati shaklida maydonga tushadi.

Milliy iqtisodiyotning asosiy funksional ahamiyati mamlakat barcha aholisining doimiy ravishda o‘sib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda namoyon bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotning mazkur asosiy muammosi naqadar samarali hal etilayotgani makroiqtisodiy tahlil yordamida aniqlanadi. Bunda makroiqtisodiy jarayonlarning sub’ektlari bo‘lib alohida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar (ishchi, tadbirkor, boshqaruvchi va boshqalar) emas, balki ularning nisbatan kengroq toifalari – aholi, mehnat resurslari, band bo‘lgan ishchi kuchi, ishsizlar va boshqalar hisoblanadi.

Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – takror ishlab chiqarish jarayonini ob’ektiv ravishda aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan foydalanish asosida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida vujudga kelgan holatlarni ochib berishdan iborat. Bu maqsadga erishishning muhim shartlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

1) asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning holati va harakatini ob’ektiv aks ettiruvchi statistik ma’lumotlarning mavjudligi;

2) mamlakat iqtisodiyotini tahlil qilishda keng miqyosda va tarixiy jihatdan yondoShuv;

3) iqtisodiy tizim salohiyatini haqqoniy ravishda baholamasdan hamda iqtisodiy qonunlarning ob’ektiv amal qilishini bilmasdan turib mamlakat iqtisodiyotiga aralaShuv salbiy holatlarni keltirib chiqarishini anglash;

4) makroiqtisodiy nazariya muauyan mamlakatlarning iqtisodiyotini ob’ektiv ravishda tadqiq etish asosida yaratilishini hamda undan boshqa mamlakatlar amaliyotida o‘ta ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkinligini tuShunish;

5) ishlab chiqarishni mamlakat barcha aholisining daromadlari va iste’moli darajasini o‘stirishga yo‘naltirish;

6) aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o‘sishining yagona manbai bo‘lib mamlakatning barcha aholisini ish joylari hamda daromadlarning oshishi bilan ta’minlovchi milliy ishlab chiqarishning barqaror va samarali o‘sishi ekanligini tuShunish.


Ko‘pgina mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, uning o‘sishi yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Bu tizimga kiruvchi turli xil ko‘rsatkichlar, birinchidan, bizga ma’lum vaqt oralig‘idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi, milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, Ya’ni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirish imkonini beradi.

Nihoyat, uchinchidan, mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi.


Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar – yalpi milliy mahsulot (YAMM), yalpi ichki mahsulot (YAIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyasiya va boshqa Shu kabilar hisoblanadi.
Bu ko‘rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat ko‘rsatish sohalaridagi barcha xo‘jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi.
Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda yangilanib, miqdoran ko‘payib va sifat jihatidan takomillashib borar ekan, bu ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish jarayoni ham to‘xtovsiz yangilanib, takroran amalga oshib turadi. Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarishni bir zumga ham to‘xtatib bo‘lmaydi, chunki u bir-birlari bilan o‘zaro bog‘lanib ketgan turli ishlab chiqarish jarayonlari o‘rtasidagi aloqalarning uzilishiga, pirovardida esa ishlab chiqarish hajmining keskin kamayib ketishiga va jamiyat a’zolari ehtiyojlarining qondirilmay qolishiga olib kelishi mumkin.
Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turilishi ijtimoiy takror ishlab chiqarish deyiladi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin: oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish.

Oddiy takror ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish miqyoslarining o‘zgarmagan holda takrorlanishini ifodalaydi. Odatda bunday ishlab chiqarish ko‘proq faqat o‘z ichki ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan an’anaviy iqtisodiyot sharoitidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun xos bo‘lgan.

Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish miqyoslarini muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishidir. Bu turdagi ishlab chiqarish barcha rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining asosini tashkil etadi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy mahsulot yaratiladi. Milliy mahsulot barcha moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda xizmatlarni o‘z ichiga olib, uning hajmi iqtisodiyot taraqqiyotida ahamiyatli o‘rin tutadi. Shunga ko‘ra, milliy mahsulot hajmini aniqlash, uning tarkibi va harakat shakllarini o‘rganish doimiy ravishda iqtisodiyot nazariyasi fanining asosiy muammolaridan biri bulib hisoblanadi. Milliy mahsulot turli davrlarda turli malakatlarda turlicha atalib, turlicha hisobga olinishi mumkin. Masalan, sobiq ittifoqdosh respublikalar, Shu jumladan bizning respublikamizda ham oldingi davrda mamlakat bo‘yicha ishlab chiqarishda vujudga keltirilgan mahsulotlar yig‘indisi jami ijtimoiy mahsulot deb atalgan. Jami ijtimoiy mahsulot ko‘rsatkichida yil mobaynida yaratilgan moddiy ne’matlar yig‘indisi hisobga olingan, unda xizmat ko‘rsatish sohalarida vujudga keltirilgan ma’naviy ne’matlar va xizmatlar qiymati aks etmagan. Lekin bir ishlab chiqarish sohasidan chiqqan xom ashyo, materiallar, yonilg‘i va energiyalarning qiymati boshqa sohalarda ishlatilib, bir necha bor takror-takror hisobga olinib, mahsulotning hajmi sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatilgan, iste’molga borib tushadigan tauyor mahsulot esa undan bir necha barobar kam bo‘lgan.
Mana shu takror hisoblashlarga barham berish uchun boshqa qator mamlakatlar bilan birgalikda bizning mamlakatda ham hozir milliy hisob tizimiga o‘tilib, endi mamlakatda vujudga keltirilgan milliy mahsulot, Ya’ni tovarlar va xizmatlar yig‘indisi yalpi ichki mahsulot deb atala boshlandi. Yalpi ichki mahsulot - bu ma’lum vaqt davomida, masalan, bir yilda yaratilgan va bevosita iste’molchilarga borib etadigan barcha tauyor mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlarning bozor narxidagi qiymati. YAlpi ichki mahsulot moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari yillik faoliyatining umumiy samarasi bo‘lib hisoblanadi.
Oldingi davrlarda ko‘pgina mamlakatlarda, hozir ham ayrim mamlakatlarda milliy mahsulot yalpi milliy mahsulot deb atalib, Shu shaklda hisobga olingan. YAlpi milliy mahsulot bilan yalpi ichki mahsulotning farqi Shundaki, yalpi milliy mahsulotga har bir mamlakat ichidagi va boshqa turli mamlakatlardagi korxonalarida va qo‘shma korxonalarida vujudga keltirilgan mahsulotlar (Shu mamlakat hissasiga to‘g‘ri keladigan qismi) hisobga olinadi. Boshqa mamlakatlar yoki fuqarolar tomonidan mazkur mamlakat hududida qurilgan korxonalar mahsuloti, qo‘shma korxonalardagi mahsulotda ularning hissasi hisobga olinmaydi. Yalpi ichki mahsulotda esa mamlakat hududida ishlab chiqarilgan hamma mahsulot va xizmatlar (boshqa mamlakatlar korxonalari, qo‘shma korxonalarda yaratilgan hamma tovar va xizmatlar qo‘shilib) hisobga olinadi.

YAMM ko‘rsatkichiga sof eksport (eksport va import o‘rtasidagi farq) kiradi. Ammo turli mamlakatlarda tashqi savdo faoliyatining salmog‘i keskin farqlanadi. Shu sababli milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun yalpi ichki mahsulot (YAIM) ko‘rsatkichidan foydalaniladi. YAlpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, u faqat mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat ichida yaratilgan tovar va xizmatlar jami qiymatining bozor narxlaridagi ifodasini namoyon etadi. U barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi.

YAlpi ichki mahsulot xuddi yalpi milliy mahsulot kabi hisoblanadi, biroq undan xorijiy mamlakatlar bilan hisob-kitoblar qoldig‘iga teng bo‘lgan miqdorga farq qiladi. Ya’ni, YAIM ko‘rsatkichiga mazkur mamlakatning chet ellardagi ishlab chiqarish omillaridan keluvchi tuShumlari (omillar bo‘yicha daromadlari) hamda mazkur mamlakatda xorijiy investorlar tomonidan olingan omillar bo‘yicha daromadlar o‘rtasidagi farqni qo‘shilsa YAMM ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi.

YAMM va YAIM o‘rtasidagi farq quyidagilar orqali namoyon bo‘ladi:

YAIM hududiy jihatdan hisoblanadi. Bu, milliy mansubligidan qat’iy nazar, muauyan mamlakat hududida joylashgan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlarning jami qiymatidir.

YAMM – bu o‘z mamlakati yoki xorijda joylaShuvidan qat’iy nazar, milliy korxonalar tomonidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymati.

YAMM va YAIMning o‘zaro farqini quyidagi chizma orqali yaqqolroq ifodalash mumkin (2-chizma).








2-chizma. YAMM va YAIM o‘rtasidagi tarkibiy nisbatlar.

Demak, chizmadan ko‘rinadiki, mamlakat YAMM 13 trln. so‘mni (M2 va M3 shartli raqamlar yig‘indisi), YAIM esa 12 trln. so‘mni (M2 va M1 shartli raqamlar yig‘indisi) tashkil etadi.

YAMM va YAIM o‘rtasidagi farq u qadar ahamiyatli emas. Bu farq rivojlangan mamlakatlarda YAIMning ±1%ni tashkil etadi. BMT statistika xizmati asosiy ko‘rsatkich sifatida YAIMdan foydalanishni tavsiya etadi. YAqin vaqtlarga qadar AQSH va YAponiyada YAMM ko‘rsatkichi qo‘llanilar edi, endilikda bu mamlakatlar ham YAIM ko‘rsatkichini qo‘llay boshladilar.



Hozirgi paytda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi hisobga olinmoqda. Shuning uchun biz bundan keyingi o‘rinlarda yalpi ichki mahsulot to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Jami ijtimoiy mahsulot bilan yalpi ichki mahsulot o‘rtasidagi farqni aniq tuShunish uchun 3-jadval ma’lumotlaridan foydalanamiz.
Hammaga ma‘lumki, o‘tmishda O‘zbekiston iqtisodiyoti sobiq sovet ittifoqi iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo‘lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakka hokimligi, xom-ashyo ishlab chiqarishga va boy mineral xom-ashyo resurslaridan nazoratsiz , ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg‘i, g‘alla va boshqa ko‘pgina ishlab chiqarish resurslari hamda iste‘mol tovrlarining ta‘minlanishi bo‘yich markazga qaram bo‘lgan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi. Mamlakatimiz prezidenti I.A. Karimov qisqa qilib aytganlaridek, ― O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotgamarkazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo‘lgan‖ mamlakat edi. Respublikamizning mustaqillikka erishib, deyarli barcha xalqaro tashkilotlarga teng huquqli a‘zo bo‘lib kirganligiga ko‘p vaqt bo‘lganligi yo‘q. Ammo shu vaqt ichida mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlarini qamrab olgan iqtisodiy siyosati shakllanib, istiqbol yo‘nalishlari belgilab olindi. 1991-yil sentabridan buyon o‘tgan qisqa davr mobaynida iqtisodiy mustaqillikni qo‘lga kiritib, mamlakatimiz hududidagi barcha tabiiy, mineral xomashyo boyliklaridan mamlakatimizdagi butun iqtisodiy resurslar va quvvatlardan o‘z xalqimiz va uning kelajagi manfaatlari yo‘lida foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldik. Yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi, ko‘plab yirik inshoatlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, yonilg‘i va g‘alla mustaqilligiga erishganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, izchil o‘sish sur‘atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni mustahkamlash sari harakat natijalardir. Hozirgi kunda ilg‘or mamlakatlarda ishlab chiqarish natijalarini makroiqtisodiy parametrlar (yalpi milliy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, milliy daromad) orqali tahlil etishga katta ahamiyat berib kelinmoqda . Bunday tadqiqotlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularda iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari haqidagi statistic ma‘lumotlar batafsil tahlil qilinadi. Shunday qilib, O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o‘z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot shakllanib bormoqda. Milliy iqtisodiyot, barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro va makro iqtisodiyotlarni, funktsional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir.


1.Yalpi milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari.

Yalpi milliy maxsulot (YAMM) - milliy ho‘jalikda bir yil davomida vujudga keltirilgan pirovard maxsulot va hizmatlar bozor qiymatidan iborat bo‘ladi. Demak, YaMM milliy iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard maxsulot (hizmatlar) ning bozor qiymati. Biz bilamizki, joriy yilda ishlab chiqilgan barcha maxsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zahiralarni to‘ldiradi. Ya`ni YaMM hajmini hisoblab topishda zaxiralarning xar qanday o‘sish hisobga olinishi zarur, chunki YaMM erdamida joriy yildagi barcha maxsulotlar (sotilgan va sotilmagan) hisobga olinadi. Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri hisoblab chiqish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha maxsulot va hizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YaMM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan maxsulotlarni ko‘p marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, halq ho‘jaligining barcha tarmoqlarida yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi olinadi. Bizning yuqorida keltirilgan misolda (XVII-2 jadval) bu 250 sўmni tashkil qiladi. Qo‘shilgan qiymat - bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan maxsulot qiymatidan etkazib beruvchilardan sotib olingan va iste`mol qilingan hom-ashe va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati. Boshqacha aytganda qo‘shilgan qiymat - bu korxona yalpi maxsulotidan eki ishlab chiqargan maxsulotining bozor narhidan joriy moddiy harajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng. YaMM epdamida milliy iqtisodiyotda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish yillik hajmini hisoblashga harakat qilinadi. Ko‘zlangan maqsada erishish uchun iqtisodiyotda yil davomida amalga oshiriladigan kuplab unumsiz bitimlar hisobga olinmasligi zarur. Unumsiz bitimlarning ikki asosiy turi mavjud. 1. Sof moliyaviy bitimarlar. 2. Saqlanib turgan tovarlarni sotish. Sof moliyaviy bitimlar o‘z navbatida uchta asosiy turga bo‘linadi: a)davlat budjetidan bo‘ladigan ijtimoiy to‘lovlari; b) hususiy ijtimoiy to‘lo‘vlar; c)qimmatli qog‘ozlarni sotish va sotib olish. Davlat ijtimoiy to‘lovlari o‘z ichiga davlatning alohida shaxs va oyilalarga beradigan ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlari, ishsizlik bo‘yicha nafaqalap va faxriylik nafaqalarini oladi. Davlat ijtimoiy to‘lovlarining muxim xususiyati shundan iboratki, uning oluvchilari bu to‘lovlarga javoban ishlab chiqarishning joriy hajmini yaratishga hech qanday hissa qo‘shmaydi. Shunday ekan, ulapni YaMM hajmiga kiritish, shu yil uchun bu ko‘rsatkichni oshirishga olib kelgan bulup edi. Xususiy ijtimoiy tulovlar, masalan, dorilfunun talabasining uyidan oladigan oylik yordam pullarini YaMM hajmiga kiritish ham xuddi shunday natijaga olib keladi. qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan bitimlar, masalan, aksiya va obligasiyalarni sotish-sotib olish hajmi ham YaMM ga kiritilmaydi. Chunki by bitimlar to‘g‘ridanto‘ri joriy ishlab chiqarish ?azhmini ko‘paytirmaydi. Ushlab turilgan buyumlarni sotish yohud joriy ishlab chiqarishni aks ettitmaydi, ehud ikki marta hisobni o‘z ichiga oladi. Masalan, faraz qilamiz, siz 1985 yil ishlab chiqarilgan avtomashinangizni sotdingiz. YaMM hajmini aniqlashda bu bitim hisobga olinmasligi zarur, chunki u ishlab chiqarish joriy hajmining ko‘payishi bilan birga bormaidi. Bir necha yil oldin ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish summasini zhorii iildagi YaMM hajmiga kiritish, shu yildagi ishlab chiqarish hajmining sun`iy oshirilishiga olib keladi. Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining ko‘rsatkichi YaMM bilan birga, uning asosida hisoblanish mumkin bo‘lgan bir qator o‘zaro bogliq ko‘rsatkichlar mavjud bo‘ladiki, ular milliy iqtisodiyotning turli tumanlarini harakterlab beradi. YaMM ko‘rsatkichiga sof eksport, eksport va import o‘rtasidagi farq kiradi. Ammo turli mamlakatlarda tashqi savdo faoliyatining salmoqi keskin farqlanadi. Shu sababli milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini halqaro taqqoslash uchun yalpi ichki maxsulot (YaIM) ko‘rsatkichidan foydalaniladi. YaIM ma`lum vaqt davomida (bir yilda) mamlakat hududida ishlab chiqarilgan pirovard maxsulot va hizmatlarning bozor qiymati. U barcha ishlab chiqaruvchilar qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida chiqadi. YaMM berilgan bo‘lsa undan to‘lov balansi qoldig‘i (eksport va import o‘rtasidagi farq)ni chiqarib tashlash yo‘li bilan YaIM aniqlanadi. YaMM va YaIM ishlab chiqarish yalpi hajmining ko‘rsatkichi sifatida bitta muxim kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan o‘rnini to‘plash uchun zarur bo‘lgan qiymatni ham o‘z ichiga oladi. YaMMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste`mol qilingan kapital qiymati yoki yillik amortizasiya summasi ayirib tashlansa sof milliy maxsulot (SMM) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi. YaMM - amortizasiya yillik summasi = SMM Shunday bo‘lib, SMM amortizasiya ajratmasi summasiga kamaytirilgan YaMM sifatida chiqadi. SMM qiymatiga davlat tomonidan o‘rnatiladigan egri soliqlar summasi kiradi. Egri soliqlar korxona tomonidan o‘rnatiladigan baxoga qo‘shimcha hisoblanadi. Bunday soliqlar iste`molchi zimmasiga tushadi va uning hisobiga o‘zlarining daromadining bir qismini yo‘qotadi. SMMdan egri soliqlar chiqarib tashlansa milliy daromad (MD) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi. Resurslarni etkazib beruvchilar nuqtai nazaridan, milliy daromad ularning joriy ishlab chiqarishda qatnashishdan olgan daromadlari summasi, korxona nuqtai nazaridan ishlab chiqarish omillari eki resurslari baxosi ko‘rsatkichi hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotda bu ko‘rsatkich mazkur yilda ishlab chiqarish hajmini yaratishga ketgan iqtisodiy resurslarning bozor baxolarini aks ettiradi. SMM - biznesga egri milliy daromad. Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan MD farqlanadi. Ishlab chiqarilgan MD - bu yangidan yaratilgan tovar va hizmatlar qiymatining butun hajmi. Foidalanilgan MD - bu ishlab chiqarilgan Md-dan yoqotishlar (tabiy ofatlar, saqlashdagi yo‘qotishlar va h.k.) va tashqi savdo qoldiqi chiqarib tashlangan miqdorga teng. Bizning amaliyotda MD iste`mol va jamg‘arish fondiga ajratiladi. Iste`mol fondi - bu milliy daromadning jamiyat a`zolarining moddiy va madaniy ehtiyojlarini hamda butun jamiyat ehtijojlarini (ta`lim, mudofaa va h.k.) qondirishni ta`minlashga ketadigan qismi. Jamg‘arish fondi - bu milliy daromadning ishlab chiqarishni rivojlantirishni ta`minlaydigan qismi. Milliy daromadni daromadlar barcha turlarini (amortizasiya ajratmasi va biznesga egri soliqlardan tashqari) qo‘shib chiqish yo‘li bilan ham aniqlash mumkin. Milliy daromadning bir qismi, jumladan ijtimoiy stroxovaniyaga ajratmalar, kopxona foidasiga soliqlar va kopxonaning taqsimlanmaidigan foydasi amalda uy xo‘jaliklari qo‘liga kelib tushmaydi. Aksincha, uy xo‘jaliklari oladigan daromadning bir qismi, masalan, ijtimoiy to‘lovlar - ular qilgan mexnatining natijasi hisoblanmaydi. Shaxsiy daromad kўrsatkichini topish uchun milliy daromaddan uy xo‘jaliklari qo‘liga kelib tushmaydigan daromadlarning uchta turini (ishlab topilgan) chiqarib tashlashimiz, hamda joriy mexnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan daromadlarni unga qo‘shishimiz zarur. Milliy daromad + ijtimoiy straxovaniya ajratmasi + korxona foydasiga soliqlar + korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi + ijtimoiy to’lovlar + shaxsiy daromad. Shaxsiy daromaddan soliqlar to‘langandan keyin, uy xo‘jaliklarining to‘liq tasarrufida qoladigan daromad shakllanadi. Soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy daromaddan shu daromad hisobidan to‘lanadigan soliqlar miqdorini chiqarib tashlash yo‘li bilan hisoblanadi. Soliqlar to‘langandan keyingi daromad uy xo‘jaliklari eng oxirida ega bo‘ladigan daromad hisoblanib, alohida shaxs va oilalar o‘z tasarrufida bu daromadlarning bir qismini iste`mol uchun sarflaydi va boshqa qismini jamg‘armaga yo‘naltiradi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning qarab chiqilgan tahliliga asoslanib, bu ko‘rsatkichlar butun tizimi nisbatini ko‘rgazmali tasavvur qilishimiz mumkin bўladi. Yalpi milliy mahsulot Sof eksport Yalpi ichki maxsulot Amortizasiya Sof milliy maxsulot Egri soliqlar Milliy daromad Milliy daromad - ijtimoiy strahovaniya ajratmalari; korxona foydasiga soliqlar; korxona taqsimlanmaydigan foydasi + ijtimoiy to’lovlar ? Shahsiy daromad shu daromad hisobiga soliqlar, Soliqlar to’lanadigan keyingi daromad. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi yordamida milliy hisobni tashkil qilish imkoniyati vujudga keladi. Yalpi milliy maxsulot ko‘rsatkichi barcha ho‘jalik birliklari yalpi pul daromadlari, hamda barcha tovar va hizmatlarni ishlab chiqarishga sarflarning umumiy miqdorini bir vaqtda aks ettiradi. Bu butun mamlakat miqiyosida keng qamrovli milliy hisoblar tizimini kiritishga asos bo‘ladi. Milliy hisoblar - bu YaMM va milliy daromadni ishlab chiqarish taqsimlash hamda ulardan foydalanishni harakterlaydigan o‘zaro bog‘liq makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi. Milliy hisoblarni tuzishda ikki yoqlama o‘quv tartibidan foydalaniladi. Bunday hisoblar halqaro statistikada standart tizim sifatida 1953-yildan boshlab qo‘llanila boshladi. Hozirgi davrda dunyoning 100 dan oshiq mamlakatlarida mazkur tizim keng qo‘llaniladi. Millii hisoblar asosini yig‘ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va harajatlar balansi misol bo‘lishi mumkin. Daromadlar xo‘jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizasiya) summasini aks ettiradi. Harajatlar to‘rtta gruppadan iborat bo‘ladi: iste`mol, investisiyalar, davlat haridi, sof eksport. Millii hisoblar makroiqtisodiyotning meyoridagi - muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi.

Yalpi milliy maxsulot (YaMM)- millliy xoʻjaliklarda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita isteʼmolchilarga borib tushishi mumkin boʻlgan tayyor prirovard maxsulot va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatidan iborat boʻladi.
YaMM milliy Iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard mahsulot (xizmatlar) ning bozor baxolaridagi summasi. Joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zaxiralarni toʻldiradi. Yaʼni YAMM xajmini xisoblab topishda zaxiralarning xar qanday oʻsishi hisobga olinishi zarur, chunki YaMM yordamida joriy yildagi barcha maxsulotlar (sotilgan yoki sotilmagan) hisobga olinadi.
Milliy ishlab chiqarishning yalpi xajmini toʻgri hisoblab chiqarish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta xisobga olinishi zarur. YaMM xajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan maxsulotlarni koʻp marta xisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, xalq xoʻjaligining barcha barcha tarmoqlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatlar yigʻindisini olinadi.

Yalpi milliy mahsulot (DAROMAD) — (YAMM yoki YAMD) mamlakatning maʼlum muddat (odatda, oy, kvartal, yil) ichida umumiy iqtisodiy faoliyatini tavsiflovchi yakuniy makroiqtisodiy koʻrsatkichlaridan biri. YAMM davlatning bozor narxlarida ifodalangan barcha birlamchi daromadlari (ularning mamlakat hududida yoki uning tashqarisida ishlab chiqarish omillari tufayli yuzaga kelishidan qatʼi nazar) jami yigʻindisini koʻrsatadi. YAMM milliy hisoblar tizimi asosida hisoblanadi.


Hoz. zamon jahon iqtisodiyotida mamlakatlar oʻrtasida kapital harakatchanligi darajasi gʻoyat yuqori. Natijada bir mamlakat kapitalining qandaydir bir qismidan chet elda foydalaniladi. Ayni paytda esa mamlakatning baʼzi aktivlari (korxonalar, koʻchmas mulklar, qimmatli qogʻozlar) xorijiy fuqarolar va firmalar (norezidentlar)ning egaligida boʻladi. Norezidentlar oʻz mulklaridan olgan daromadlarining bir qismini vatanlariga oʻtkazib turishlari natijasida yalpi ichki mahsulot miqsori bilan tegishli mamlakat ixtiyoridagi amaldagi yalpi daromad (YAMM) miqdori bir-biriga teng kelmay qoladi. Shu bois YAMM hajmini toʻgʻri aniqlash uchun yalpi ichki mahsulotga mamlakatga uning chet ellardagi oʻz fuqarolari mulkidan tushgan daromadlar bilan mamlakatdan chiqib ketgan chet elliklar daromadlari oʻrtasidagi farqni qoʻshish kerak. Chet eddagi mulklardan tushgan daromadlar saldosi ijobiy boʻlsa YAMM hajmi yalpi ichki mahsulotdan koʻp, aksincha holatda kam boʻladi.


Yüklə 47,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin