Mirsalimova Xadichaga



Yüklə 15,52 Kb.
tarix10.04.2023
ölçüsü15,52 Kb.
#95513
o\'quvchi.Maftuna


Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 102-sonli IDUM umumiy o’rta ta’lim maktabining 4-”A” sinf o’quvchisi Mirsalimova Xadichaga
T A V S I F N O M A
Mirsalimova Xadichaga
4-“A” sinfda 36 nafar o’quvchi bo’lib, shulardan 15 nafarini qiz bolalar, 21 nafarini esa o’g’il bolalar tashkil etadi. Sinf o’quvchilarining barchasi tetik va sog’lom, uy sharoitida o’qiydigani yo’q. O’quvchilar bir-birlari bilan ahil va inoq. Tartib intizomlari yaxshi. Sinfda a’lo baholarga o’qiydigan o’quvchilar ko’pchilikni tashkil etadi. Sinfimizda bo’sh o’zlashtiradigan o’quvchilar ham bor, ular bilan ishlashda sinf faollari yaqindan yordam beradi.
Sinf rahbari Djaparova Umida opaning matematika fanidan “Yosh iqtisodchi” nomli to’garagi tashkil qilingan. Matematika fanidan darslikdagi mavzular va ularni to’ldiradigan chuqur bilim berish uchun haftada ikki marta bu to’garak o’tiladi. O’quvchilar maktabdan tashqari turli to’garaklarga a’zo bo’lgan. Bu to’garaklar o’quvchilarni har tomonlama yetuk bo’lib o’sishiga yordam beradi, bulardan o’g’il bolalar va qizlar turli to’garaklariga qatnashadilar. O’quvchilarning tartib – intizomi, o’zlashtirishlari, toza – ozodaligi o’qituvchilar tomonidan nazorat qilib boriladi va tartibsizlarga o’qituvchilar tomonidan chora ko’riladi. Men ishonamanki, 4-“A” sinf o’quvchilari maktab ma’muriyati ishonchini oqlaydi.
Mirsalimova Xadicha 2012-yil 18-fevral kuni Shayxontohur tumani Navro'z mahallasida tug’ilgan. Millati o’zbek. Ayni paytda Shayxontohur tumani Navro'z mahallasida istiqomat qiladi. Oilada ikkinchi farzand. Tabiatan chiroyli, sho’x, hamma narsaga qiziquvchan, ma’suliyatli beg’ubor qiz. Maktabga 2018-yilda birinchi sinfga qabul qilingan. Sinfda eng a’lochi o’quchilardan biri. Barcha fanlarni yaxshi o’zlashtiradi. Berilgan savollarga juda tez javob beradi. Zehni judayam o’tkir boshqa o’quvchilardan ziyrakligi bilan ajralib turadi. Yozuvi juda chiroyli, o’zini tutishi, kiyinish madaniyati qoidalariga doim rioya qiladi. Jamoa bilan o’tkaziladigan o’yinlar tadbirlarda faol ishtirok etadi. Shuning uchun sinfdagi barcha bolalar bilan juda ahil. Shaxsga xos psixik xususiyatlari (aql, idrok, xotira, tafakkur, hayol)ga ega. Tengdoshlari bilan normal rivojlanishda, diqqati, kuch ko’lami keng, irodasi kuchli. Bir ishni boshlasa albatta oxiriga yetkazmasdan qo’ymaydi. U sportning gimnastika turiga qiziqadi va qatnashadi.
Oilaviy muhitiga ko’ra tarbiyasi, kiyinishi, o’qishi qattiq nazorat qilinadi. Otasi tadbirkor, onasi uy bekasi. Qiziga ota ham ona ham birdek vaqt ajratadi ular judayam e’tiborli. Mahallasida ham boshqa tengdoshlaridan ajralib turadi. Aniq fanlarga qiziqish va qobiliyati juda kuchli. Kelajakda o’qituvchi bo’lmoqchi. Kelajakda undan tajribali o’qituvchi chiqishiga ishonaman.
Amaliyotchi talaba: _________ Parpiyeva Maftuna
Sinf rahbari: ___________ Djaparova Umida
Yüklə 15,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin