Mlavzu: Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalari merosining o’rni



Yüklə 290,05 Kb.
tarix29.11.2022
ölçüsü290,05 Kb.
#71187
Tarix 3-mustaqil ish

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA

Mlavzu: Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalari merosining o’rni.

  • Reja: Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalash.
  • Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalari fikrlari.
  • Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalari merosi.

O’rta Osiyo tarixiy voqealarga g’oyat boy o’lka bo’lishi bilan birga azaldan ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatning markazlaridan biri bo’lib kelgan. Bu o’lka dunyoga ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahonshumul ulug’ zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar, uning taraqqiyoti va boyishiga ulkan hissa qo’shganlar. O’rta Osiyoning madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining zuviy ajralmas tarkibiy qismidir.

Endilikda jahon ma’naviyati va ma’rifati saltanatida o’z o’rinlariga ega bo’lgan ulug’larimizni teran anglash, o’rganish va ulug’lash vaqti keldi. Afsuski, salkam 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik totatitar tuzum hukmronligi davrida respublikamiz yosh avlodi, Islom Karimov aytganidek, «...necha yillar bizni tariximizdan, dinmizdan, ma’naviy merosimizdan g’ofil etishga urindilar, - natijada ular o’z xalqning tarixini, uning boy tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy madagiyatidan bahramand bo’lish, o’rganishdan mahrum bo’lib keldi».


Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o’tilgan falsafiy-axloqiy pand-nasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko’zlab yurgizilgan siyosat qurboni bo’ldi, e’tibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir o’tkazdi. Vaholanki, Islom Karimov «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» kitobida ta’kidlanidek: «...o’tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko’rsatmoqda».

IX-XV asrlarni Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida shartli ravishda «Renessans» (uyg’onish) davri deb atashadi. Ma’naviyat va ma’rifatning g’oyat gullab-yashnashi bu davr uchun xarakterli bo’lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari etishib chiqqan. Dunyoviy fanlarning tez sur’atlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta’sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa halifa Ma’mun davrida (813-133 yy.) Bag’dodda «Bayt-ul-hikma» (Donolar uyi) tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-ximiya va ilmu nujumga oid asarlar arab tiliga o’girildi. Bunda Markaziy Osiyodan etishib chiqqan mutafakkirlar al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, al-Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniy kabi mutafakkirlar ham katta rol o’ynadilar.

O’rta Osiyoda tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk allomalar al-Farg’oniy va al-Xorazmiylar nomi bilan bog’liqdir. Ularning har ikkovi ham Bag’doddagi “Bayt-ul-hikma”ning etakchi ilm sohiblaridan sanalgan. 1998 yilda al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Uning vafoti 861 yildir. U mashhur falakkiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari “Astranomiya va astralyabiyaga kirish”, “Falakdan bo’ladigan sabablar”, “Astralyabiya fani usullari”, “Osmon harakatlari va yulduzlar ilmi” va boshqalardir. Farg’oniyning “Astranomiya asoslari” kitobi o’sha davrdagi astranomiya sohasidagi bilimlarning qomusi bo’lgan. Unda qadimgi falakiyotshunoslik bilimlari, uning qoidalari, usullari bayon qilingan. Asar XII asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib, ko’p asrlar davomida Evropada astronomiya bo’yicha qo’llanma, darslik sifatida xizmat qilib kelgan. U Evropada al-Fraganus nomi bilan mashhur bo’lgan.

Sharq falsafiy, ijtimoiy, axloqiy fikri rivojini Abu Nasr Farobiysiz (873-950) tasavvur etish qiyin. U “Sharq Aristoteli”, “Ikkinchi muallim” degan unvonga sazovor bo’lgan mutafakkirdir. Sharqda qadim Yunonistonning eng mashhur faylasufi Aristotel “Birinchi muallim” deb yuritilgan. Farobiy ko’p tillarni bilgan qomusiy olimdir. U yaratgan asarlarning umumiy soni 160 ta bo’lib, uni ikki guruhga ajratish mumkin: 1) qadimgi Yunon faylasuflari va tabiatshunoslarini – Aristotel, Platon, Evklid, Galen va boshqalarning ilmiy merosini tarjima qilish, sharhlash, targ’ib qilish va o’rganishga bag’ishlangan asarlar; 2) o’rta asr fanining tabiiy, ijtimoiy-falsafiy sohalariga oid risolalar. Masalan, “Aristotelning “Metafizika” asariga izoh”, “Aristotelning “Osmon sistemasi” kitobiga izoh”, “Aristotelning “Etika” kitobiga sharh”, “Substanstiya haqida so’z”, “Masalalar manbai”, “Qonunlar haqida kitob”, “Bo’shlik haqida kitob”, “Musiqa haqida so’z”, “Fozil odamlar shahri” va boshqalarni ko’rsatish mumkin.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Yuksak ma’naviay yengilmas kuch yana shuni aytish mumkinki

Insonning oliy fazilati boshqalar haqida, ayniqsa, kambag’allar haqida g’amxo’rlik qilishdan iboratdir. Beruniy doimo xalqlarning do’st, inoq, ittifoq bo’lib yashashi uchun kurashib keldi. U insonga, u yaratgan madaniyatga qirg’in keltiruvchi urushlarni qoraladi. Beruniy madaniy hamkorlik va ilm-ma’rifatning keng tarqalishiga katta e’tibor bergan allomadir.

Jahon madaniyati va ma’rifatiga katta hissa qo’shgan, Sharq va Evropada “Shayx-ur-rais – olimlar boshlig’i” unvoniga ega bo’lgan alloma Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) ilmiy merosi biz uchun bebaho xazinadir. U o’z umri davomida 450 dan ortiq asarlar yaratgan. Uning “Tib qonunlari” nomli 5 jilddan iborat kitobi asrlar davomida Sharq va Evropada medistina bo’yicha asosiy qo’llanma bo’lib xizmat qilib kelmoqda.

Adabiyotlar. 1. Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqiyot yo’li. T: O’zbekiston, 1992yil 2. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura T: O’zbekiston, 1993 yil. 3. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T: Sharq, 1998 yil. 4. Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. T: O’zbekiston, 1994 yil.


Yüklə 290,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin