Mobil ilova tizimi orqali mijozlarga jismoniy shaxslarga xizmat ko'rsatish uchun ommaviy oferta shartnomasi



Yüklə 37,59 Kb.
səhifə1/9
tarix24.04.2023
ölçüsü37,59 Kb.
#101950
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mobil ilova oferta


Mobil ilova tizimi orqali mijozlarga - jismoniy shaxslarga xizmat ko'rsatish uchun
ommaviy oferta shartnomasi

Ushbu bilan, “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki (bundan buyon shartnoma matnida “Bank” deb yuritiladi), jismoniy shaxslarga (bundan buyon shartnoma matnida “Mijoz” deb yuritiladi) mobil ilova tizimi orqali mijozlarga - jismoniy shaxslarga xizmat ko'rsatish uchun ommaviy oferta shartnomasi (bundan buyon shartnoma matnida “Shartnoma” deb yuritiladi) tuzishni taklif qiladi.


O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 367-modda, 369-modda 2-qism, va 370-moddasiga asosan quyida keltirilgan shartlarni va xizmat to'lovlarini qabul qiladigan xamda ushbu ofertani aksept qilayotgan jismoniy shaxs Mijozga, Mijoz va Bank esa birgalikda – Shartnoma Taraflaga aylanadi.
Jismoniy shaxs ushbu shartnomada nazarda tutilgan shartlarni tasdiqlangan kundan boshlab Shartnoma hech qanday o’zgartirishlarsiz va cheklovlarsiz kuchga kirgan hisoblanadi.
Ilovadan foydalanishni boshlashdan avval ushbu Shartnomaning matni bilan to‘liq tanishib chiqish talab etiladi. Shartnoma shartlariga to‘liq yoki uning biror qismiga qo‘shilmaslik holatlarida mobil ilovadan foydalanishdan o‘zingizni cheklab turish talab etiladi.


  1. Asosiy tushuncha va atamalar

1.1. Shartnomada quyidagi asosiy tushuncha va atamalardan foydalaniladi:


Aksept - ofertaning to‘liq va so‘zsiz qabul qilinishi. Ofertani akseptlash shartnoma tuzilganligini vujudga keltiradi va huquqiy ahamiyatga ega;
Mijoz - ofertani qabul qilgan va shu tariqa oferta shartnomasi bo'yicha bank xizmatlarining buyurtmachisi bo'lgan jismoniy shaxs.
Elektron hamyon - bankning mobil ilovasida Mijozga Bank tomonidan ochilgan virtual hisob, uni to'ldirish, undan turli xil tovar va xizmatlar uchun to'lovlar boshqa hisoblarga pul o'tkazishga foydalanish mumkin.
Avtorizatsiya - muayyan shaxsga muayyan harakatlarni amalga oshirish huquqini berish, shuningdek, ushbu harakatlarni amalga oshirishga urinishda ushbu huquqlarni tekshirish (tasdiqlash) jarayoni.
Bank kartasi - mijozga to‘lov infratuzilmasi orqali to‘lovlarni amalga oshirish yoki naqd pul mablag‘larini olish yohud valyuta ayirboshlashni amalga oshirish va Bank tomonidan belgilangan boshqa amaliyotlarni bajarish imkonini beruvchi to‘lov vositasidir. Bank kartasi debet, kredit kartasi, shu jumladan virtual (jismonan mavjud bo‘lmagan) karta bo‘lishi mumkin;
"Ipoteka-bank" mobil ilovasi - mobil texnologiyalar negizida yaratilgan maxsus dasturiy ta'minot bo`lib, onlayn rejimida bank operatsiyalarini amalga oshirish, hisobvaraqlar holati to`g`risida ma'lumotlarni olish va boshqa ma’lumotlarga ega bo‘lish shuningdek Bankning funksional mobil ilovasida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish uchun mo'ljallanadi.
Tizim - bu bank xizmatlari ko'rsatish sohasidagi ma'lumotlarni to'plash, saqlash, qidirish, qayta ishlash va ulardan foydalanish uchun mo'ljallangan Bankning dasturiy to'plami.

Yüklə 37,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin