Moliyaviy tahlil



Yüklə 86,17 Kb.
səhifə1/3
tarix28.04.2023
ölçüsü86,17 Kb.
#103885
  1   2   3
Moliyaviy tahlil



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA'LIM VAZIRLIGI
T OSHKENT MOLIYA INSTITUTI

MOLIYAVIY TAHLIL” fanidan


MUSTAQIL ISH
12-topshiriq
Bajardi: I-50 akademguruh
talabasi Burgutov Shernazar
1. Omilli tahlil va uning mazmuni.
2. Zanjirli bog’lanish usuli va uning qo’llanilishi.
3. Moliyaviy tahlilda qo’llaniladigan boshqa axborot manbalari va mazmuni.


Omilli tahlil – natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi birliklarni va hisob kitob qilish mumkin bo‘lgan birliklarda aniqlash usulidir.
Omilli tahlil
Korxona moliyaviy holati haqidagi obyektiv ma’lumotlarni ifoda etuvchi natijaviy ko‘rsatkichlar va ularning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish imkoniyatlarni baholashda muhim usul hisoblanadi. Omilli tahlil natijaviy ko‘rsatkichning qaysi omillar hisobiga o‘zgarganligini, ularning ijobiy va salbiy ta’sirlarini aniqlash imkonini beradi. Bu esa korxona faoliyatini samarali boshqarishning muhim yo‘nalishlarini belgilab olishda ahamiyatli hisoblanadi. Omilli tahlilni moliyaviy faoliyat va uning samaradorligi, natijaviyligini xarakterlovchi barcha jihatlarga nisbatan qo‘llash mumkin. Omilli tahlil quyidagi shartlar asosida bajariladi:

  • natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi birlik ikki yoki undan ortiq bo‘lishi lozim;

  • natijaviy ko‘rsatkich bir xil o‘lchovli bo‘lishi lozim;

  • natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi omillarni hisob-kitoblar orqali aniqlash mumkin bo‘lishi lozim;

  • natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi birliklar o‘rtasida uzviylik, bog‘liqlik, aloqadorlik bo‘lmog‘i lozim;

  • natijaviy ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi birliklar turli jihatlarni aks ettirishi lozim (baho, tannarx, hajm, struktura va h.k. kabi).

Moliyaviy tahlilda omilli tahlildan ko‘proq korxona moliyaviy faoliyati natijaviyligini baholashda, foyda va zararlar o‘zgarishiga, rentabellik o‘zgarishiga ta’sir etuvchi birliklarni baholashda foydalaniladi. Aslida har bitta natijaviy ko‘rsatkichni omilli tahlilini amalga oshirish mumkin. Shu sababli moliyaviy holat tahlili yuzasidan omilli tahlil mavzularini quyidagicha tarkiblash mumkin:

  • iqtisodiy resurslar samaradorligi, natijaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlarning omilli tahlili;

  • aktivlar samaradorligi, natijaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlarning omilli tahlili;

  • kapital va majburiyatlar samaradorligi, natijaviyligi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarning omilli tahlili;

  • moliyaviy faoliyat natijaviyligi va rentabelligi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlarning omilli tahlili;

  • korxonaning bozordagi faolligi va ish aktivligi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlarning omilli tahlili.

Omilli tahlil metodikasini xalqaro amaliyotda mashhur bo‘lgan, g‘arb tahlil maktabining buyuk nomoyandasi Dyuponning uch faktorli modeli misolida ko‘rib chiqish mumkin.
Rxk=SF/XK
Ushbu ifodani sotuv rentabelligi (SF/ST), aktivlarning aylanuvchanligi (ST/A) va aktivlarda xususiy kapitalni jamlanishi (A/XK )ga muvofiq quyidagi ko‘rinishga keltirish mumkin:

Yüklə 86,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin