Mr-82 guruh talabasi Boynazarov Baxtishodning Mikroiqtisodiyot fanidan mustaqil ishi Mavzu: Migratsiya va Qochoqlar muammosi



Yüklə 5,69 Kb.
tarix14.10.2023
ölçüsü5,69 Kb.
#155149
Mr-82 guruh talabasi Boynazarov Baxtishodning Mikroiqtisodiyot f-hozir.org


Mr-82 guruh talabasi Boynazarov Baxtishodning Mikroiqtisodiyot fanidan mustaqil ishi

Mr-82 guruh talabasi Boynazarov Baxtishodning Mikroiqtisodiyot fanidan mustaqil ishi

Mavzu: Migratsiya va Qochoqlar muammosi

Reja: 1.Aholi migratsiyasi va qochoqlar to’grisida 2.Masalaning tarixi. 3. Yevropa uchun migratsiya va qochoqlar muammo bo’lmoqda va bunga Yevropa Ittifoqi davlatlarining munosabati, yechimlari. 4.Xulosa.

Aholi migratsiyasi – aholining yashash joyini oʻzgartirishi bilan bogʻliq koʻchishi. Aholi migratsiyasi aholining muhim muammolaridan biri boʻlib, unta kishilarning oddiy mexanik koʻchish harakati deb emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy hayotning koʻp tomonlarini qamragan murakkab ijtimoiy jarayon sifatida qaraladi. Aholi migratsiyasi. aholini joylashishi, yerni xoʻjalik jihatdan oʻzlashtirish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, irqlar, tillar va xalqlarning paydo boʻlishi va aralashib ketish jarayonlari bilan bogʻliq. I.CH.NI joylashtirishdagi oʻzgarishlar bevosita mehnat resurelarini hududiy qayta taqsimlash extiyojini keltirib chiqaradi, bunga esa migratsiya yordamida erishiladi. Yoʻnalishiga koʻra tashqi aholi migratsiyasi va ichki aholi migratsiyasi farqlanadi. Tashqi aholi migratsiyasi mamlakatdan chiqib ketish (muhojirlik), ichki Aholi migratsiyasi esa mamlakat doirasida, viloyat va tumanlararo yashash joyining oʻzgarishi. Migratsion jarayonlarda ishtirok etuvchilar – migrant (muhojir)lar, migratsiya oqimi shakllanuvchi hudud – migrantlar chiquvchi, ular borgan hudud – migrantlar oʻrnashuvchi region deyiladi. Muayyan mamlakatdan boshqa biron-bir mamlakatga aholining koʻchib ketish jarayoni emigratsiya, unda ishtirok etganlar esa emigrantlar deyiladi. Va, aksincha biron bir boshqa mamlakatdan maʼlum mamlakatga aholining koʻchib kelishi immigratsiya, unda ishtirok etganlar immigrantlar (kelgindilar) deyiladi. Aholi migratsiyasi doimiy (turar joyni uzil-kesil oʻzgartirish), vaqgincha (shartnoma asosida maʼlum muddatga ishga, oʻqishga va boshqa sabablar bilan mamlakatdagi bir maʼmuriy-hududiy birlikdan boshqasiga borish, yoxud xorijga ketish), mavsumiy (iqtisodiyot tarmoklari – qishloq xoʻjalik, undiruvchi sanoat sohasi yumushlari, davolanish, dam olish va boshqa sabablarga koʻra koʻchish), mayatniksimon (mokisimon) (ertalab ishga, oʻqishga ketib, kechqurun uyiga qaytib kelish) migrasiya turlari boʻladi

Maʼlum vaqt davomida hududga koʻchib kelgan va koʻchib ketgan kishilar soni oʻrtasidagi farq migratsiya saldosi deyiladi. Baʼzan migratsiyaga turizm, kurortga borish, ziyorat, shuningdek mokisimon qatnovchilarni ham kiritadilar, lekin turar joyni oʻzgartirmagani uchun ularni Aholi migratsiyasiga kiritish mumkin emas. Qishloq aholisi hisobiga shaharlarda yashovchi aholining toʻxtovsiz oʻsib borish tendensiyasi ham mavjud. Qishloqlarda yashash sharoitining shaharlarga nisbatan maʼlum darajada noqulayligi, uning ayniqsa yoshlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatlardan toʻla qondira olmasligi bu tendensiyaga sabab boʻladi. Oʻzbekistonda aholi migratsiyasi jarayoni yangi zavod va fabrikalarning qurilishi, 50–60-yillarda Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Bekobod, Angren, Olmaliq, Yangiyer va boshqa sanoat shaharlarining barpo etilishi hamda ularni ishchi kadrlar bilan taʼminlash maqsadida shoʻrolar davrida SSSRning markaziy sanoat rayonlaridan aholini ommaviy koʻchirib keltirish hisobiga boʻldi. Natijada bu sha-harlarda tub joy aholisi ozchilikni tashkil etib, koʻpchiligi Respublika tashqarisidan yoʻllanma bilan kelgan kishilar boʻldi. 1966-yilgi Toshkent zilzilasidan soʻng Toshkent shahri aholisi ham ikki baravardan ziyod ortdi. Urush yillarida oʻz yurtlaridan qochoq boʻlganlar va badargʻa qilinganlar ham Oʻzbekistonda qoʻnim topdilar. Aholi migratsiyasi jarayoniga tarixiy va milliy anʼanalar ham taʼsir koʻrsatadi. Oʻrta Osiyo xalqlarida, jumladan oʻzbeklarda tugʻilib oʻsgan joyga mehri balandligidan migratsiyaga moyillik ancha sust.

Qochoqlar va koʻchirilgan shaxslar — biron-bir ijtimoiy holat (mas, urush, milliy ozodlik harakati) oqibatida oʻzining doimiy yashash joyini tashlab chiqishga majbur boʻlgan shaxslar. "Qochoqlar" atamasi xalqaro huquqda 1-marta 1914—18 yillardagi Birinchi jahon urushidan keyin paydo boʻlib, urush davrida dushman bosib olishi xavfi boʻlgan yoki egallab olgan hududlarni tashlab chiqqan, yo boʻlmasa bu hududlardan harbiy, fuqaroviy hukumat farmoyishi asosida joʻna-tib yuborilgan shaxslarni anglatish uchun ishlatilgan. 1939—45 yillardagi Ikkinchi jahon urushi davrida gitlerchilar tomonidan bosib olingan hududlardan turli ishlarda foydalanish uchun millionlab kishilarning boshqa mamlakatlarga majburlab olib ketilishi natijasida koʻchirilgan shaxslar deb atalgan odamlar toifasi vujudga keldi. Urushdan keyin Q. va k. shahri muammosi keskin boʻlib qoldi, chunki ularni tezlik bilan vataniga qaytarish kerak edi. Oʻtgan asrning 50 — 70- yillarida Afrikada ham qochoqlar bilan bogʻliq masalalar kelib chiqdi. Isroilning arab mamlakatlariga qarshi agressiyasi (1948—49, 1956, 1967 yillardagi urushlar) tufayli paydo boʻlgan falastinlik qochoqlar masalasi gʻoyat keskin tus olib, Yaqin Sharqdagi vaziyatni bir necha bor chigallashtirdi. Q. va k.shahri muammolari manfaatdor davlatlar oʻrtasida maxsus bitimlar tuzish yoki xalqaro hamkorlik natijasida hal etiladi. Qochoqlar masalalari bilan Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy harakati, BMT doirasida — Qochoqlar ishlari boʻyicha Oliy komissar shugʻullanadi.


http://hozir.org
Yüklə 5,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin