MTTlarda matematik faoliyatni tashkil qilishda rivojlanish soxalarini ahamiyati
REJA:
REJA:
Kirish
I Bob Matematik tasavvurlarni shakillantirish mashg’ulotlariga qo’yiladigan talablar.
1.1 MTTlarda matematik faoliyatni tashkil qilishda rivojlanish sohalarini ahamiyati
1.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik rivojlanishining maqsad va vazifalari.
II Bob Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik rivojlanishining vazifalari 2.1 Bolalarning matematik rivojlanishining mazmuni va imkoniyatlari maktabgacha yoshda.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Kirish
Maktabgacha tayyorlov guruhida bolalarda ba’zi bir yashirin muhim matematik aloqalarni, munosabatlarni, “teng”, “katta”, “kichik”, “butun va bo’lak” kattaliklar orasidagi bog’lanishlarni, o’lchov kattaliklari bilan son o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlay bilish ko’nikmasini rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning matematik tasavvurini shakllantirish mantiqiy tafakkurining yangi bosqichga ko’tarilishiga va ularning umuman aqliy faoliyati rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Bolalarni ko’z bilan hamda ichida sanashga o’rgatib boriladi. Ularning ko’z bilan chamalash, shaklni tezda farq qila bilish qobilyati rivojlanadi.
I Bob Matematik tasavvurlarni shakillantirish mashg’ulotlariga qo’yiladigan talablar.
I Bob Matematik tasavvurlarni shakillantirish mashg’ulotlariga qo’yiladigan talablar.
1.1 MTTlarda matematik faoliyatni tashkil qilishda rivojlanish sohalarini ahamiyati
Yangi mavzu bo’yicha birinchi mashg’ulot butunlay yangi matn ustida ishlashga doir bo’lishi kerak. Yangi matn bilan tanish bolalarning ishlash qobilyati yaxshiroq vaqtda, ya’ni mashg’ulot boshlanishining 3-5 daqiqasidan boshlab 15-18 daqiqasida yakunlanadi. O’tilgan materialni takrorlash uchun mashg’ulot boshlanishidan 3-4 daqiqa va mashg’ulot oxirida 4-8 daqiqa ajratiladi. Yangi murakkab matematik tushunchalarni o’zlashtirish bolalarni toliqtiradi. Shuning uchun iloji bo’lganda yangi materialni o’tish davomida o’tilganlarni takrorlash foydalidir. Chunki yangi bilimlarni ilgari o’zlashtirilgan bilimlar bilan bir tizimga kiritish juda muhim.