Mudira maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari. Mudira ishining mazmuni. Mudiraning tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilishi
Maktabgacha ta'lim muassasasi - murakkab tarmoq bo'lib, mudiraning undagi roli, faoliyati ko'p qirralidir. Mudira - maktabgacha ta'lim muassasasining tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to'laqonli hal etishga qaratilgan. U maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigiyenik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur lozim-sharoitlarni ta'minlaydi. O'z jamoasida ishchanlik, maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Mudira o'z ishida davlatimiz va Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o'z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksakonglilik va siyosiy yetuklik, tamoyillilik, o'ziga va qo'l ostidagilarga talabchanlik - bu mudiraga qo'yiladigan asosiy talablardir. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkaziladi. Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qonun hujjatlariga muvofiq davlat maktabgacha ta'lim muassasasining muassislari bo'lishi mumkin. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tegishlicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari hamda Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir tomonidan amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimiga qo'yiladigan malaka talablari O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri: davlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi; bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish hamda ta'lim- tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishini ta'minlaydi; davlat maktabgacha ta'lim muassasasi nomidan faoliyat ko'rsatadi va barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi; davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mol-mulkini o'ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi; davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi; davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini moddiy va ma'naviy rag'batlantiradi, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo'llaydi; o'z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi; davlat maktabgacha ta'lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta'minlash bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish uchun maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limiga kiritadi; davlat maktabgacha ta'lim muassasasining moddiy- texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o'quv-metodik qo'llanmalar va multimediali vositalar bilan ta'minlash ishlarini tashkil etadi; davlat maktabgacha ta'lim muassasasining moliya-xo'jalik faoliyatiga javob beradi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta'limning innovatsion shakllarim rivojiantirish maqsadida pedagogik kengash faoliyat ko'rsatadi. Pedagogik kengash a'zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar davlat maktabgacha ta'lim muassasasi ustavida belgilanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimining malaka tavsiflari
Lavozim vazifalari: a) maktabgacha ta’lim muassasasi umumiy faoliyatiga rahbarlik qilish; b) pedagogik jamoa va boshqa xodimlarni bolalar bilan olib boradigan tarbiyaviy ishlarda yuqori samaraga erishishini tashkil qilish; v) tarbiyaviy jarayonda mehnatni tashkil qilishning zamonaviy shakllaridan foydalanish; g) bolalarni boshlang'ich sinfda o'qitishga tayyorlash bo'yicha davlat talablariga muvofiq tarbiyalash dasturlarining bajarilishini nazorat qilish; d) bolalar sog'lig'ini mustahkamlash, ularni pedagogika va gigiyena talablariga muvofiq tarbiyalash va o'qitish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni ta'minlash; e) pedagogik kengashga rahbarlik qilish, oilada farzand tarbiyasi masalalari bo'yicha ota-onalar bilan ishlashni tashkil qilish;j) sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ta'minlash; z) bolalarning ovqatlanishini, yozgi sog'lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish, i) muassasada tasdiqlangan rejaga muvofiq ish yuritishni tashkil qilish tarbiyalanuvchilar ro'yxati bo'yicha to'ldirilishini amalga oshirish; y) jihozlardan to'g'ri foydalanish, ularning hisobini yuritish va saqlashni ta'minlash; k) kadrlarni tanlash, joy-joyiga to'g'ri (optimal, samarali) qo'yishni ta'minlash, ularning ishlashi uchun zarur shart- sharoitlar yaratish; 1) byudjet mablag'laridan oqilona foydalanish va muassasa mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo'Iish, korxona, muassasa va tashkilotlar bilan xo'jalik shartnomalari tuzish maktabgacha ta'lim muassasasi nomidan faoliyat yuritish, uning manfaatlarini himoya qilish, ishonchnomalar berish, turli yo'nalishlardagi davlat va nodavlat jamg'armalar bilan o'zaro hamkorlikda ish yuritish; m) ichki mehnat tartib-qoidalarini o'rnatish, maktabgacha ta’lim muassasasi shtatlar jadvalida tarbiyachi-uslubiyotchi lavozimi bo'lmaganda uning vazifalarini bajarish; n) tarbiyalanuvchilarni ichimlik suvi bilan ta'minlash va bolalar uchun qo'yilgan sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish.
Bilishi lozim: a) O'zbekiston Respublikasining "Ta’lim to'g'risida'gi, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to'g'risida"gi va “Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida'’gi qonunlarini; b) maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan davlat talablarining mazmunini; v) hukumatning tegishli qarorlari, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarni; g) bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini;d) maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish va tarbiyalash shakl va metodlarini; e) pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan metodik hujjatlarni, o'quv va tarbiya jarayonida o'qitish texnikaviy vositalaridan foydalanish amaliyotini; j) pedagogika, pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi, ta’lim muassasasa faoliyatiga qo'yilgan sanitariya- gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari: a) o'z yo'nalishi bo'yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma'lumot va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo'yicha kurslarni tugatganlik; b) xorijiy tillardan birining boshlang'ich bosqichini va axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi; v) uch yildan kam bo'lmagan ish staji.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari oila va jamiyatning bolalarga g'amxo'rlik qilish, milliy hamda mintaqa xususiyatlarini hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash va rivojlantirishga bo'lgan ehtiyojni qondirish maqsadida tashkil etiladi. Muassasalar mustaqil ravishda, o'z tashabbusi bilano'z faoliyatiga taalluqli, agar ular qonunchilikka va pedagogik prinsip-larga mone'lik qilmasa har qanday qaror qabul qilishga haqlidir.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyaviy-ta'limiy ishlar sifati, bolalar va otaonalar huquqiga jamiyat hamda Davlat manfaatlariga rioya qilish uchun mas'uldir.
Muassasalarning mehnat jamoasi xalqchillik asosida o'z-o'zini boshqarish prinsipiga muvofiq jamiyat faoliyati bilan bog'liq bo'lgan masalalarni hal qiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarining asosiy tiplari quyidagi-lardan iborat: yaslilar; yasli-bog'chalar; g) bog'chalar; maktab-bog'chalar.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlar kimga bo'ysunishidan qat'iy nazar xalq deputatlari mahalliy kengashi ro'yxatidan o'tkaziladi. Maktabgacha talim muassasasi ro'yxatdan o'tkazilgach, unga tartib raqami beriladi va u yuridik shaxs huquqiga ega bo'ladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qaytadan tuzish (qo'shish, olish, birlashtirish, ajratish, bo'linish, qayta tashkil etish) xalq ta'limi bo'limlari, korxona, muassasa, tashkilot tavsiyasiga ko'ra xalq de-putatlari mahalliy kcngashlari qarori asosida amalga oshiriladi. U bog'cha mehnat jamoasi va xalq ta'limi kengashi bilan kelishilgan bo'lishi lozim. Maktabgacha ta'lim muassasasi turlicha: tipiga, tuzilishiga qarab shtat birliklarini, xodimlar oylik maoshlarini tas-diqlaydi.
Ota-onalar qo'mitasining asosiy vazifalari bolalar bog'chasi Nizomida ko'rsatilib berilgan. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari o'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan ko'p variantli tax-miniy dasturlardan birini tanlash huquqiga ega. Maktabgacha ta'lim tashkilotlar tarbiyaviy ta'lim muassasasi bo'lib, ijtimoiy va-zifalar bilan bir qatorda konsepsiya, nizom hamda dasturga muvofiq malakali tarbiya va ta'lim berishni ta'minlaydi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlar o'z dasturi va mctodikasini islilab chiqish hamda amaliy faoliyatida qo'IIash huquqiga ega. Ularning tasdiqlangan tartibio'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan bclgilanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi bolalarni tarbiyalash vao'qitish bo'yicha qo'llanmalarni hamda metodikani erkin tanlash huquqiga ega.
Maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil qilish va rivojlantirishda nuqsoni bo'lgan bolalar uchun yangi tipdagi, yo'nalishdagi maktabgacha ta'lim muassasalarini tuzish respublika xalq la'limini boshqarish va sog'liqni saqlash organlari tomonidan belgilanadi.
Maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta'lim muassasalarida ish xususiyati, ularga qabul qilish qoidalari, bolalarga ta'lim berish va ularni tarbiyalashni tashkil qilish tartibi o'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda o'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli yo'riqnomalar bilan aniqlanadi.
Mudira maktabgacha ta'lim tashkilotlarning tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to'la-qonli hal etishga qaratilgan. U bolalar muassasalaridagi ta'lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigiyenik talablar muvofiq ravishda amalga
oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlami ta'minlaydi.o'z jamoasida ishchanlik, maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Mudirao'z ishida davlatimiz va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi vao'z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik, prinsiplilik,o'ziga va qo'l ostidagilarga talabchanlik, mudiraga qo'yiladigan asosiy talablardir.
Jamoadagi o'zaro to'g'ri munosabatlar, har bir xodimning mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilishini nazorat qiladi. Rahbarlik mavqeyi mudirani o'z g'oyaviy, ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy-huquqiy saviyasini va mutaxassislik mahoratini doimo ongli ravishda oshirishga, pedagogik bilimlarni, bolalarga ta'lim-tarbiya berish nazariyasi va amaliyotini puxta egallashiga, hozirgi bosqichda maktabgacha ta'lim oldida turgan vazifalami bilishga, o'z bilimlaridan faoliyatida foydalanishga majbur etadi. U dastur, metodik, instruktiv me'yoriy hujjatlarni puxta bilishi va amalqilishi kerak. U pedagogik jarayonning mohiyatini chuqur bilishi, kam-chiliklami darhol bartaraf qilish choralarini ko'rishi lozim.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlar mudirasi xalq ta'limini bosh-qarish bo'limlari tomonidan oliy ma'lumotga va 5 yildan kam bo'lmagan ish stajiga ega shaxslardan tayinlanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarda kadrlarni tanlash, joyjoyiga qo'yish, tar-biyalash bo'yicha ishni mehnat jamoasi, maktabgacha ta'lim muas-sasasi kengashining faol ishtirokida amalga oshiradi. Maktabgacha ta'lim muassasasi rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umu-miy ta'lim mahoratini va madaniy darajasini muntazamo'stirib borishiga g'amxo'rlik qiladi, xodimlar malakasini hisobga olgan holda va maktabgacha ta'lim muassasasi manfaatlaridan kelib chiqib, ularni tartibli vao'z vaqtida joydan-joyga ko'chirib turili-shini ta'minlaydi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarda kadrlar rezervini shakllantirib, ular bilan doimiy ish olib boradi. Mudira bolalar bog'chasining butun faoliyatiga, bolalar bog'chasini obodonlashtirish, ko'kalam-zorlashtirish ishlariga rahbarlik qiladi. Smeta bo'yicha xarajatlarni to'g'ri taqsimlash, muassasani oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash tartibini to'g'ri tashkil etish, bog'chani rejadagi bolalar bilan to'ldirish, ta'lim-tarbiya dasturining bajarilishi uchunjavobgar, yozgi sog'lomlashtirish ishlari, pedagogik va xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning bilimi, ishga nisbatan munosabati, ularning mala-kasini oshirish ishlari bo'yicha bosh rahbardir.
Mudira bolalar hayotini saqlash, muhofaza qilish uchun bolalar muassasasida to'g'ri kun tartibi, shart-sharoit yaratadi. Sanitariya va gigiyena qoidalarining bajarilishini nazorat qiladi, yong'inga qarshi tadbirlaro'tkazadi. Qishga vitaminga
boy oziq-ovqat mahsulotlarini g'amlaydi. Bog'cha xodimlarinio'z vaqtida oylik maosh bilan ta'-minlaydi. Ish yuritishni qattiq riazorat qiladi. Faol xodimlarni rag'batlantiradi. Bolalar bog'chasidao'tkaziladigan joriy va kapital ta'mirga bosh rahbardir. Xo'jalik mudiri, ombor mudiri, kir yuvuvchi, bog'bon, duradgor, farrosh, qorovul, elektrik, santexnik, haydovchi bilan yakkama-yakka suhbato'tkazadi. Ularning ishlari ustidan qat'iy nazorat tashkil etadi.
Tashkliy-pedagogik jarayonlarga quyidagilar kiradi:
1) bayram ertaliklarinio'tkazish va rahbarlik;
2) ochiq tadbirlarni tashkil etish va rahbarlik qilish, ochiq tadbirlar va pedagogik jarayonlarni jamoa bo'lib kuzatish va tahlil qilish. Masalan, ochiq mashg'ulot, sayrlarni kuzatish;
3) xalq ta'limi bo'limlari tomonidan berilgan topshiriq asosida tajtiyachi va bolalarni ko'rik-tanlovlarga qatnashtirish, yil tarbiya-chisi, san'at bayrami, sport bayramlarinio'tkazish.
Mudiraning talim-tarbiyaviy jarayonlarga rahbarligi quyidagi-larda namoyon bo'ladi:
a) har bir guruhda ta'lim-tarbiyaviy reja asosidagi ishlarni kuzatish va tahlil
qilish, tarbiyachining ish hujjatlarinio'rganish va tahlil qilish: guruhning
ta'limtarbiyaviy ish rejasi, tashxis daf-tari, bular —o'tkazilgan ishlarning hisobotidir.
b) guruhning jihozlanishini nazorat qilish, bunda guruhlarga qarab burchaklar soni takomillashib boradi
Mudira kvartalda bir marta umumiy ota-onalar majlisini tashkil etadi. Majlisni ota-onalar qo'mitasining raisi olib boradi yoki yor-dam beradi. Mudira 1 haftada 3 marta ota-onalarni qabul qiladi. Bunda ota-onalar tomonidan ba'zi bir muammo, kamchiliklar, bolalar tarbiyasiga oid muammolar hal etiladi.
Mudiraning jamoatchilik va mahalla qo'mitasi bilan ish usul-lari quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
1. Ota-onalar va jamoatchilik uchun anjumanlaro'tkazish.
2. Ota-onalar universitetlari tashkil qilish.
Unda oila markazidan vakil, yetuk olimlar, xalq ta'limi bo'limi xodimlari va barcha ota-onalar ishtirok etadilar. Ota-onalar universitetining asosiy maqsadi oila va bolalar tarbiyasi masalalarinio'rganish va kamchiliklarni, muammolarni hal etishdan iborat. Mudira maktab bilan aloqao'r-natib 1 yilga mo'ljallangan rcja asosida ish ko'radi. Bunda bog'-chaning asosiy vazifalari, maktab tomonidan amalga oshirila-digan tadbiriy choralar, bolani maktab ta'limiga tayyorlash, lotin
alifbosinio'rgatish ishlari amalga oshiriladi. Bunda mudira va maktab direktorining vazifalari belgilanadi.
Mudiraning ma'muriy xo'jalik faoliyati bu reja asosida konting bo'yicha bolalarnijoylashtirish, «Uchinchi ming yillikning bolasi»dasturining bajarilishi ustidan nazorat qilish, maktabgacha ta'lim tizimida belgilangan xarajatlarnio'z vaqtida joy-joyiga qo'yib ish-latishni tashkil etish, bolalami ovqatlantirishni to'g'ri tashkil etish, yozgi sog'lomlashtirish mavsumlarini tashkil etish, xizmat qiluvchi xodimlarni to'g'ri joylashtirish va ishlash malakalarini oshirish, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishdan iborat.
Mudira bog'chani kerakli texnikaviy va xo'jalik materiallari bilan muntazam ravishda ta'minlab turishi, binoni jihozlar bilan (qattiq va yumshoq inventarlar) jihozlashi, binonio'z vaqtida ta'mirlashi vao'quv-ko'rgazmali qurollar bilan to'ldirib borishi, turli yosh guruhi uchun dasturiy-mctodik hujjatlarda tavsiya etilgan (ularni fiziologik, aqliy, axloqiy, mehnat, estetik tarbiyalash maqsadida) bolalar badiiy adabiyoti va pedagogik adabiyotlar bilan ta'minlashi, bolalar maydonchasi va yer uchastkasini to'g'ri, rejali jihozlashi, kadrlarni joylashtirishda ulami bolalar bilan ishlash stajiga qarab, xodimlarning individual xususiyatlarini hisobga olishi, shifokor bilan birgalikda tibbiy ishlarini nazorat qilishi va bolalarni tizimli tibbiy ko'rikdano'tkazishi kerak.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Maktabgacha ta'lim muassasasining mudirasi amaldagi qo-nunchilik doirasida maktabgacha ta'lim muassasasi pedagogik xodimlari va ma'muriyatini ularning kasb-kor va mansab faoliyat-lariga asossiz aralashuvga chek qo'yuvchi zarur choralar ko'radi, maktabgacha ta'lim muassasasi jamoasiga nisbatan ma'muriy-buyruqbozlik urinishlariga, uning mustaqilligini cheklovchi buyruqlarga chek qo'yadi, shu masalalar bo'yicha tegishli organlarga murojaat qiladi.
Mudira ishonch qog'ozisiz maktabgacha ta'lim muassasasi no-midan harakat qiladi, barcha shirkat va jamoat korxonalari, muas-sasalarva tashkilotlarda uning manfaatini himoya qiladi, kreditlar tarqatadi; shartnomalartuzadi, ishonch qog'ozlarini beradi, bank-larda hisob va boshqa schyotlarini ochadi, u maktabgacha ta'lim muassasasi uchun zarur bo'lgan jihozlar va boshqa moddiy resurslarni xohlagan korxonalardan, tashkilotlardan, shirkatlardan va ayrim shaxslardan naqd pulga yoki pulo'tkazish yo'li bilan ijaraga olish va buyurtma berish huquqiga ega.
Mudira maktabgacha ta'lim tashkilotlari huquqi doirasida buyruq chiqaradi, ko'rsatma beradi. Bu buyruq va ko'rsatmalar mak-tabgacha ta'lim muassasasining
barcha xodimlari uchun majbu-riydir. Tarbiyachi-metodist, katta meditsina hamshirasi, xo'jalik mudiriningo'z huquqlari doirasida bergan ko'rsatmalari barcha xodimlar uchun majburiydir.
Maktabgacha ta'lim tashkilotning shaxsiy tarkibi quyida-gilardan iborat: ma'muriy guruh (mudira, tarbiyachi-metodist, xo'jalik mudiri, katta meditsina hamshirasi), pedagogika, meditsina xizmati ko'rsatish tarmoqlari xodimlari. Maktabgacha ta'lim muas-sasasi ma'muriyati har bir tarkibiy birlikka tegishli moddiy re-surslarni biriktiradi.
Mehnat jamoasi vakolatini amalga oshirishning asosiy shakli umumiy yig'ilishidir. Maktabgacha ta'lim tashkilot umumiy yig'ilishi:
-maktabgacha ta'lim muassasalari to'g'risida Nizom asosidao'zining har bir Ustavini (Ustav deyiladi) ko'rib chiqadi va qabul qiladi;
-maktabgacha ta'lim tashkilotlar kengashini tuzish zaruriyatini aniqlaydi, kengash tarkibini va uning raisini saylaydi;
-yillik va istiqbol rejalarini muhokama qiladi ya tasdiqlaydi, uning bajarilishi haqida ma'muriyat hisobotini eshitadi, pe-dagogik va xizmat ko'rsatish mehnatining samaradorligini oshirish yoilarini belgilaydi;
-jamoa shartnomasini muhokama qiladi va kasaba uyushmasi qo'mitasiga taqdim etadi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari kadrlarining lavozimi huquqlari va majburiyatlari, ularning boshqaruv vakolatlari va vazifalario'z-bekiston Respublikasining qonun hujjatlari, tegishli me'yoriy huj-jatlar, ta'lim muassasasi Nizomi bilan belgilanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi mudirasi xalq ta'limi boshqaruv organlari tomonidan oliy maiumotga ega va besh yildan kam bo'l-magan pedagogik stajga ega bo'lgan shaxslardan tayinlanadi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish, tarbiyalash bo'yicha ishni ma'muriyat, mehnat jamoasi, maktabgacha ta'lim muassasasi kengashining faol ishtirokida amalga oshiradi. Kadrlarni tanlash chog'ida maktabgacha ta'lim muassasasi rahbario'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 3-avgustdagi 205-sonli qaroriga, maktab-gacha ta'lim muassasasi Ustaviga amal qiladi. Bunda da'vogarlarning shaxsiy sifatlari va tanlagan sohaga moyilliklari inobatga olinadi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari ma'muriyati jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikdao'z-o'zini boshqaruv asosida bolalarni tarbiyalashda yuksak natijalarga erishishga qodir boigan turg'un mehnat jamoasini shakllantiradi; kadrlarni
pedagogik va xizmat ko'rsatish mehnati samaradorligini oshirish ruhida tarbiyalaydi,o'z jamoasi, tanlagan kasbi uchun faxrlanish hissini shakllantiradi.
XULOSA
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umumiy ta'lim mahoratini, umumiy ta'lim va madaniy darajasini muntazamo'stirib borishga g'amxo'rlik qiladi; xodimlar malakasini hisobga olgan holda va maktabgacha ta'lim muassasasi manfaatlaridan kelib chiqib, ularni tartibli vao'z vaqtidajoydan-joyga ko'chirib turilishini ta'minlaydi. Bu maqsadlar uchun ma'-muriyat ruhiy-pedagogiko'qitishning huquqiy va iqtisodiy uyg'unlanishini ta'minlaydi; xodimlar malakasini oshirishga bevosita mak-tabgacha ta'lim muassasasida shart-sharoit yaratadi, murabbiylik harakatini rivojlantiradi; mamlakatda va chet ellarda pedagogik va boshqa fanlar erishgan yutuqlar haqida axborot beradi.
Ma'muriyat jamoat tashkilotlari bilan birgalikda maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarini attestatsiyadano'tkazish uchun optimal shartsharoitlami ta'minlaydi, ulargao'z vaqtida zarur metodik yordam ko'rsatadi. Maktabgacha ta'lim muassasa-sida kadrlar zaxirasi shakllantirilib, ular bilan ish olib boriladi. Ta'lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida, umumiy yig'ilish qarori bilan, maktabgacha ta'lim muassasasida yangi pedagogik texnologiyalarni amalda qo'llash ishlari amalga oshiriladi.
Mudira maktabgacha ta`lim tashkilotining butun faoliyatiga rahbarlik qilib, u obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishlariga ham rahbarlik qiladi.Smeta bo`yicha harajatlarni to`g`ri taqsimlash, tashkilotni boy oziq-ovqatlar bilan ta`minlash, kun tartibini to`g`ri tashkil etish, ta`lim-tarbiya jarayoni uchun javobgar, yozgi sog`lomlashtirish ishlariga va taomnoma sifatini vitaminlar ga boy moddalar bilan ta`minlanishiga pedagogik va xizmat ko`rsatuvchi xodimlarning bilimi, ishga nisbatan munosabati va muntazam malakasini oshirib borishlari uchun mas`ul bosh rahbardir.
Dostları ilə paylaş: |