Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali



Yüklə 244,79 Kb.
səhifə4/5
tarix25.12.2022
ölçüsü244,79 Kb.
#77876
1   2   3   4   5
Tarmoq topologiyalari

«Halqa» topologiyasi


«Halqa» topologiyasi — bu har bir kompyuter aloqa yo'llari faqat ikkita boshqa kompyuter bilan ulanib, biridan faqat axborot oladi va ikkinchisiga faqat axborot uzatadi. Har bir aloqa yo'llarida «Yulduz» topologiyasi kabi faqat bitta axborot uzatuvchi va bitta axborot qabul qiluvchi ishlatiladi. Bu holat tashqi terminatorlardan voz kechish imkonini beradi. «Halqa» topologiyasining muhim xususiyati shundan iboratki, har bir kompyuter o'ziga kelgan signallarni tiklaydi, ya'ni repiter vazifasini ham bajaradi, shuning uchun butun halqa bo'ylab signalning so'nish muammosi bo'lmaydi. Muhimi, halqadagi ikki kompyuter o'rtasidagi so'nishdir. Bu holat- da aniq ajratilgan markaz yo'q, tarmoqdagi hamma kompyuterlar bir xil bo'lishi mumkin. Ko'pincha halqada maxsus abonent ajratilib, u axborot almashinuvini boshqaradi yoki nazorat qiladi. Ma'lumki, tarmoqda bunday boshqaruvchi abonent mavjudligi tarmoqning mustahkamlik darajasini pasaytiradi, chunki uning ishdan chiqishi butun tarmoqda amalga oshirilayotgan axborot almashinuvini shu zahotiyoq to'xtatadi.
Jiddiy qilib aytganda, kompyuterlar halqada to'liq teng huquqli emas («Shina» topologiyasi kabi). Ayni vaqtda axborot qabul qilayotgan bir kompyuter axborotni boshqa kompyuterlarga nisbatan oldin, qolgan kompyuterlar esa, axborotni keyin qabul qiladi. Maxsus «Halqa» topologiyasi tarmoqning aynan shu mo'ljallangan axborotni tarmoqda almashinuvini boshqarish usullari, xususiyatiga asoslangan bo'ladi. Bu usullarda axborotni navbatdagi kompyuterga uzatish huquqi davrida ketma-ket joylashgan kompyuterlarga navbati bilan beriladi.
«Halqa»ga yangi abonentni ulash, odatda, oddiy, lekin, albatta, ulash vaqtida butun tarmoqni ishdan to'xtatish lozim bo'ladi. «Shina» topologiyasi kabi halqada ham abonentlarning tarmoqdagi maksimal soni katta (ming va undan ham ko'p). «Halqa» topologiyasi, odatda, yuklamalarga chidamli hisoblanadi, u tarmoq orqali eng ko'p axborot oqimini ishonchli ta'minlaydi, chunki unda konflikt holati yo'q («Shina» topologiyasida mavjud), shuningdek, markaziy obyekt ham yo'q («Yulduz» topologiyasida mavjud).
Signal halqadagi tarmoqning hamma kompyuterlaridan o'tgani uchun, tarmoqdagi kompyuterlarning birontasi ishdan chiqsa (yoki tarmoq qurilmalaridan biri) butun tarmoqning ish faoliyati to'xtaydi. Xuddi shuningdek, tarmoq kabellarining birontasi uzilsa yoki qisqa to'qnashuv ro'y bersa, butun tarmoq ish faoliyatini davom ettira olmaydi. «Halqa» topologiyasi kabellari uzilishga eng sezgir, shuning uchun bu topologiyada, odatda, ikkita (yoki ko'proq) parallel aloqa yo'llari o'tkaziladi, ulardan bin zaxira uchun mo'ljallanadi. «Halqa» topologiyasining yirik yutug'i shundan iboratki, unda har bir obyekt signalni qayta tiklash imkoniyati butun tarmoq uzunligini keskin oshirishga xizmat qiladi (ba'zida bir necha o'n kilometrgacha). Bu ma'noda «Halqa» topologiyasi boshqa barcha topologiyalardan yuqori ustunlikka egadir.
«Halqa» topologiyasida tarmoqdagi har bir kompyuterga ikkitadan kabel o'tkazilishini kamchilik («Yulduz»ga nisbatan), deb hisoblashimiz mumkin. Ba'zi hollarda «Halqa» topologiyasida ikkita aloqa yo'li o'tkazilib, bu aloqa yo'llarida axborot qarama-qarshi tomonga uzatiladi. Bunday yechimning maqsadi — axborot uzatish tezligini ikki marotaba oshirish. Shuningdek, kabellardan biri shikastlanganda tarmoq ikkinchi kabel hisobiga ish faoliyatini davom ettirishi mumkin (lekin kam tezlik bilan).
1.2.4. Boshqa topologiyalar
Yuqorida ko'rib o'tilgan asosiy uchta topologiyadan tashqari, «Daraxt» topologiyasidan ham kam foydalanilmaydi. Bu topolo- giyani bir necha «Yulduz» topologiyasidan hosil bo'lgan deb qarash mumkin. «Yulduz» topologiyasidek «Daraxt» topologiyasida ham aktiv yoki haqiqiy (1.6-rasm) va passiv (1.7-rasm) topologiya bo'lishi mumkin. «Aktiv daraxt» topologiyasida bir necha aloqa yo'llarining birlashgan markazida — markaziy kompyuterlar, «Pas- siv daraxt» holatida esa, konsentratorlar (xablar) joylashgandir.

1.6-rasm. «Aktiv daraxt» topologiyasi. 16

Odatda, turli topologiyalar elementlaridan hosil bo'lgan «Yulduz»— «Shina» (1.8-rasm) va «Yulduz»—«Halqa» (1.9-rasm) topologiyalari ham qo'llanadi.


1.8-rasm. «Yulduz»—«Shina» topologiyasiga misol.
«Yulduz»—«Shina» (star bus) topologiyasi «Shina» va «Pas- siv yulduz» topologiya elementlaridan foydalanib hosil qilingan. Bu holda konsentratorga alohida kompyuter va shuningdek, shina segmentlari ulanadi. Ya'ni ayni vaqtda butun tarmoq kompyuterlarini o'z ichiga oladi va «Shina»ning jismoniy topologiyasi amalga oshiriladi.

1.9-rasm. «Yulduz»—«Halqa» topologiyasiga misol.
Keltirilgan topologiyada bir-biri bilan ulangan va magistral deb atalgan tayanch shina hosil qilingan bir necha konsentratorlar ham ishlatilishi mumkin.
U holda har bir konsentratorlarga alohida kompyuter yoki shina segmentlari ulanadi. Shunday qilib, tarmoqdan foydalanuvchi «Shina» va «Yulduz» topologiyalarining afzalliklaridan mohirona foydalana olish va tarmoqqa ulangan kompyuterlar sonini oson o'zgartira olish imkoniga ega bo'ladi. «Yulduz»— «Halqa» (star-ring) topologiya holatida halqaga kompyuterlarni emas, maxsus konsentratorlarni (1.9rasm) ulab, konsentratorlarga kompyuter- larni ikkita aloqa yo'li orqali yulduzsimon qilib ulanadi. Aslida, tarmoqdagi hamma kompyuterlar yopiq halqaga ulanadi, chunki konsentrator ichida hamma aloqa yo'llari yopiq halqani hosil qiladi (1.9-rasmda ko'rsatilgandek). Bu topologiya «Yulduz» va «Halqa» topologiya afzalliklarini birlashtirish imkonini hamda barcha ulanish nuqtalarini bir joyga jamlash imkonini yaratadi. 5. Topologiya tushunchasining ko'p ma'noliligi
Tarmoq topologiyasi kompyuterlarning faqat jismoniy o'rnini emas, bundan ham muhimroq kompyuterlar orasidagi ulanish turlari va tarmoqli signallarni tarqatish xususiyatini belgilaydi. Aynan kompyuterlarning ulanish turi tarmoqning buzilishiga barqarorlik darajasini, tarmoq qurilmalarining murakkablik darajasini, axborot almashish usullarining qaysi bin mos tushishini, foydalanilishi mumkin bo'lgan axborot uzatish vositalari (aloqa yo'li), tarmoqning ruxsat etilgan o'lchami (abonentlar soni va aloqa yo'lining uzunligi), elektr energiyasini moslash va boshqa ko'p masalalarni aniqlab beradi.
Tarmoq tarkibiga kirgan kompyuterlarningjismoniy o'rni tarmoq topologiyasini tanlashga, umuman olganda, kam ta'sir ko'r- satadi, har qanday kompyuterlarni joylashish holatidan qat'i nazar, oldindan tanlangan topologiya bo'yicha xohlagan vaqtda ulash mumkin (1.10-rasm). Agarda, ulanayotgan kompyuterlarning jismoniy joylashgan o'rni doirasimon bo'lsa ham ularni bemalol «Yulduz» yoki «Shina» topologiyalari bo'yicha ulash mumkin. Aksincha, kompyuterlar qandaydir markaz atrofiga joylashgan bo'lsa, ularni o'zaro «Shina» yoki «Halqa» topologiya ko'rinishida ulash mumkin. Nihoyat, kompyuterlar bir chiziq bo'ylab joylashgan taqdirda ham, ularni o'zaro «Yulduz» yoki «Halqa»simon ulash mumkin. Kabellarning jami uzunligi necha metrni tashkil qilishi esa, boshqa masaladir.
Adabiyotlarda tarmoq topologiyasi haqida gap yuritilganda, to'rtta bir-biridan farqli tushunchalarni nazarda tutiladi, bu tushunchalar tarmoq arxitekturasining turli bosqichlariga tegishlidir:
jismoniy topologiya — ya'ni kompyuterlarning o'zaro joyla- shishi va kabellarni o'tkazish sxemasi.
Bu ma'noda, masalan, «Passiv yulduz» «Aktiv yulduz» topologiyasidan farq qilmaydi, shuning uchun ko'p hollarda faqat «Yulduz» deb yuritiladi; mantiqiy topologiya — ya'ni kompyuterlar o'zaro aloqa strukturasi va signalning tarmoqda tarqalish belgilari.
Bunday ta'rif topologiyaning ancha to'g'ri ta'rifidir; axborot almashinuvini boshqarish topologiyasi — bu alohida kompyuterlar o'rtasidagi axborot
almashish huquqi, ketma-ketligi va prinsiplari; axborot topologiyasi bu tarmoqdan uzatilayotgan axborotlar oqimining yo'nalishidir.
Misol uchun, jismoniy va mantiqiy topologiyali «Shina» tarmog'i axborotlarni uzatish uchun estafeta usulidan foydalanishi mumkin (ya'ni bu halqa ma'nosida) va bir vaqtning o'zida barcha axborotni alohida ajratilgan bir kompyuterdan uzatishi ham mumkin (ya'ni bu yulduz ma'nosida).


Xulosa
Mantiqiy topologiyali «Shina» tarmog'i jismoniy topologiyali «Yulduz» (passiv) va «Daraxt» (passiv) ko'rinishiga ham ega bo'lishi mumkin.
Jismoniy, mantiqiy va boshqarish topologiyali har qanday tarmoq axborot topologiyasi ma'nosida yulduz, deb hisoblanishi mumkin, agarda, bir server va bir necha mijoz asosida yig'ilgan tarmoq bo'lsa, faqatgina shu server bilan aloqa qilinadi. Bu holda tarmoqning buzilishga barqarorlik darajasining kamligi haqidagi fikrlar markazdagi buzilishlarning sababi deyish adolatli bo'ladi (bu holda - server).
Xuddi shuningdek, har qanday tarmoq axborot ma'nosida «Shina» topologiyasi, deb atalishi mumkin, agarda, u bir vaqtning o'zida server va shuningdek, mijoz bo'ladigan kompyuterlar yordamida qurilgan bo'lsa. Har qanday boshqa «Shina» hollari kabi, alohida kompyuterlarning buzilishi bunday tarmoqqa kam ta'sir qiladi.
Markaziy hisoblash tarmoqlar topologiyasi haqidagi tahlilni tugatar ekanmiz, ta'kidlab o'tish kerakki, tarmoq turini tanlashda topologiyaning turi asosiy omil bo'la olmaydi. Masalan, tarmoqning standartlik darajasi, axborot almashish tezligi, abonentlar soni, qurilmalarning narxi va tanlangan dasturiy ta'minot muhim omillar bo'la oladi. Lekin boshqa tomondan olib qaraganimizda, ba'zi tarmoqlar turli bosqichda turli topologiyalarni ishlatish imkonini beradi. Endi tanlash bu bobda o'tilgan jami fikr va mulohazalarni hisobga olgan holda butunlay foydalanuvchining zimmasiga tushadi.


Yüklə 244,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin