Muhammad Yusuf tavalludi kuni munosabati bilan o’tkaziladigan “ ” mavzusidagi tadbir senariysi



Yüklə 27,43 Kb.
səhifə1/2
tarix20.04.2023
ölçüsü27,43 Kb.
#101004
  1   2
senariy m.yusuf


Aim.Uz

Muhammad Yusuf tavalludi kuni munosabati bilan o’tkaziladigan “__________________________________________________”
mavzusidagi tadbir senariysi
Boshlovchi: Assalom ey ko’hna Turon sho’x sabosi , assalom
Assalom ahli vodiy kuy-navosi assalom
Har boqqanda dil yayrab, qalblarga quvonch bergan
Mehribon ayollari, ustozlari assalom
Assalomu alaykum, aziz va mo’tabar ustozlar. Assalomu alaykum qalbi otash, mehri qaynoq bo’lgan she’riyatga oshno qalblar. Bugun nafaqat Andijon viloyatida, balki jonajon Vatanimizning har bir go’shasida katta shodiyona. Boisi, O’zbekning tanti va erka shoiri Muhammad Yusufning 63 yilligini keng nishonlamoqdamiz. Shu qutlug’ kun munosabati bilan ona tili va adabiyoti o’qituvchilari kursi tinglovchilari sizga ajoyib ma’naviy-ma’rifiy dastur tayyorlab kelganlar.Tadbirimizni ochib berish uchun so’zni Andijon viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori Abdullayeva Muxtasarxon Abdullayevnaga bersak. Marhamat!

  • Yurtimizga fasllar kelinchagi bahorning kelishi, ko’klamning sep yoyishi, qirlardagi qizg’aldoqlar, ariq bo’yidagi yalpizlar beixtiyor yurtdoshlarimizga shoir Muhammad Yusufni yodga soladi:

Sochimda oq men bahordan o’tindim,


Ko’klamoyim ko’kingdan ber bir chimdim,
Qor qo’ynidan zo’rg’a senga yetindim
Ko’klamoyim ko’kingdan ber bir chimdan
M.Yusuf o’zbek adibi Sayid Ahmad ta’biri bilan aytgandek, odamlarning esini og’diradigan , o’ylatadigan kuldirgan, yig’latgan topgan tutganini odamlar ustidan sochgan saxiylik timsoli edi. Shoir muxbirlar bilan bo’lgan davrada she’rni shirin dard, azobligini aytib, yurakdagi o’sha she’r qog’ozga tushmaguncha ba’zida uyqu kelmasligini aytib o’tgan edi. Drahaqiqat, shoir she’riyati inson qalbining yashirin va oshkora dardlarini uyg’otib yuboradi. Bu kabi go’zal she’rlar qo’shiqqa aylanganda esa beixtiyor inson raqsga chorlaydi. Navbatni shunday diltortar qo’shiqqa beramiz, marhamat.

Har kimning ham sochlariga oq tushsin,


Ajin tushsin yuzlariga, dog' tushsin.
Har kimning ham quvvat ketib belidan,
Qo'llariga aso - bir tayoq tushsin.

Imoni sof, yuzga kirib yorug' yuz,


To'ylar ko'rib yelkasidan tog' tushsin.
Jismiga so'nggi safar oldidan
O'z bolasin qo'lidan tuproq tushsin...


Yüklə 27,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin