Mundarija: kirish I. Bob. Antik davri manbalarida etnografik ma’lumotlar



Yüklə 100,64 Kb.
səhifə1/8
tarix08.06.2023
ölçüsü100,64 Kb.
#127133
  1   2   3   4   5   6   7   8
antik va o\'rta



Mundarija:
KIRISH……………………………………………………………………….......3
I.BOB. ANTIK DAVRI MANBALARIDA ETNOGRAFIK MA’LUMOTLAR…………………………………………….....……………....10
1.1. Etnografiya (etnologiya) fanining tarixi ……………..…………………...…10 1.2. Qadimgi diniy tasavvurlar, urf-odat va irimlar ……..………...……………...17
II.BOB. O’RTA ASRLAR DAVRI MANBALARIDA ETNOGRAFIK MA’LUMOTLAR…..……………………….…………...…………………...….232.1. Rossiya va Yevropa tadqiqodchilari tomonidan o’lkamiz etnografiyasining o’rganilishi……………………………………………………………………...…23
2.2. Yevropa tadqiqodchilari tomonidan o’lkamiz etnografiyasining
o’rganilishining ahamiyati……………………………………………… .………29 XULOSA……………………………………………………………………..…..31 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………...….….....33




KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Milliy mustakillik xalkimiz tarixida yangi uygonish davrini boshlab berdi. Rus chorizmi va totadlitar tuzum illatlari va tazyiqidan xolos bo’lib, o’tmish tariximizni, ajdodlarimizning boy ilmiy-madaniy merosini yangicha ruh iftixor va shijoat bilan xolisona o’rganishga kirishdik. Barcha jabxada bo’layotgan isloxatlar singari ma'naviy hayotimizda ham chukur hamda yangicha tafakkur asosida keng tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek: “Madomiki o’z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan. Biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur”.
Yurtboshimiz tarixchilar oldiga qo’ygan eng dolzarb va ustivor vazifalar – milliy davlatchiligimiz tarixi va o’zbek xalqining etnogenezini tadqiq etishda etnografiya (etnologiya)- elshunoslik (xalkshunoslik) fanining urni bekiyosdir. Etnografiya kup qirrali ijtimoiy fan bo’lib, uning asosiy tadqiqot ob'yekti millatlar, xalqlar va elatlar (etnoslar) xisoblanadi
Jahon xalqlari etnografiyasi fani yer yuzasidagi xalqlarning kelib chikishi (etnogenezi), o’ziga xos moddiy va ma'naviy madaniyati, antropologik (irqiy) va lingvistik (til) belgilari, an'anaviy ,hujaligi, marosim va urf-odatlarini o’rganish jarayonida har bir etnosning jahon sivilizasiyasida o’z o’rniga ega ekanligini ko’rsatadi.1
Bu fan yosh avlodni vatanga sadoqatli, shonli va e'tikodli, komil inson kilib tarbiyalashda muhim o’rinda turadi. Yoshlar jahon xalqlari, qo’shni qardosh xalqlar, hususan o’zbek xalqining etnogenezi, etnik tarixi, an'anaviy turmush tarzi, umuman milliy va umuminsoniy qadriyatlarini etnologiya fani orqaligina egallaydi.
XXI asr boshiga kelib jahon aholisi soni 6 milrd.dan oshdi. O’tgan XX asr mobaynida dunyoning etnik qiyofasi, unda yashovchi xalqlarning taqdiriga tub o’zgarishlar ro’y berdi. Birinchi va ikkinchi jaxon urushlari, oktabr inkilobi xalqlar va millatlar takdirida ayanchli iz qoldirdi. Xozirgi davrda jahonda fanga ma'lum ikki mingdan ortik xalqlar va elatlar yashaydi. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda yer kurrasida etnoslarning soni 3-4 mingga yetadi. Shulardan 257 tasi bir million kishidan ortiq aholiga ega bo’lgan xalqlardan iborat bo’lib, ular jahon aholisining 96%ini tashkil qiladi. Eng kam sonli aholiga ega 1,5 mingga yaqin xalqlar dunyo aholisining atigi 1-2 %ini tashkil qiladi. Dunyo axolisi 3 mingga yakin tilda so’zlashadi. Sayyoramizning avstraliya, Afrika, Amerika qit'alrida ibtidoiy jamiyat darajasida turgan urug’ kabilalardan tortib, katta-kichik xalq va elatlargacha mavjuddir. Albatta, ular xam sekinlik bilan qabilaviy tuzum sharoitidan bozor munosabatlari girdobiga tortilmoqda.
Xozirgi siyosiy va ilmiy terminlarning kupi kadimgi Gresiyada 2-2,5 ming yillar muqaddam paydo bo’lgan. Jumladan, “demokratiya” yoki “demografiya” suzlari grek tilidan olingan bo’lib, o’ning negizini “demos”, ya'ni “xalk” degan suz tashkil qiladi. Mazkur so’zlardan tashkil topgan mahsus fan soxalari ham paydo bulgan. Masalan, “demografiya” fani jahon aholisining soni, joylashishi, to’g’ilishi, nikoxi, ulimi, jinsi, yosh tuzilishi, migrasion (kuchish) jarayoni va tabiiy o’sishi urganadi. Lekin, jaxondagi xalqa elatlar o’z tili, kelib chikishi, moddiy va ma'naviy madaniyati, maishiy turmushi va ruxiyati bilan xam bir-birlaridan ajralib turadi.2
Xalqlarning o’zaro tafovuti va umumiyligi va o’xshashligini, ularning o’ziga xos hususiyatlarini jiddiy o’rganuvchi maxsus fan soxasi “etnografiya”deb ataladi.

Yüklə 100,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin