Munosabat falsafiy tushuncha ma’nosida o’zaro harakat va o’zaro ta’sir demakdir. Lekin ijtimoiy hayot jabxasida namoyon bo’ladigan har qanday o’zaro harakat, o’zaro ta’sir munosabatni anglatavyermaydi



Yüklə 32,04 Kb.
tarix20.12.2022
ölçüsü32,04 Kb.
#76802
3-TOPSHIRIQ


3-TOPSHIRIQ
Munosabat falsafiy tushuncha ma’nosida o’zaro harakat va o’zaro ta’sir demakdir. Lekin ijtimoiy hayot jabxasida namoyon bo’ladigan har qanday o’zaro harakat, o’zaro ta’sir munosabatni anglatavyermaydi. Insoniy munosabat sub’ekt va ob’ekt o’rtasidagi o’zaro harakat bo’lib, u yo’nalganlik mohiyatga ega bo’ladi. Shu ma’noda voqelikka nafosatli munosabat sub’ekt bilan ob’ekt o’rtasidagi o’zaro harakatning va o’zaro ta’sirining maxsus turidir.
Nafosatli ob’ekt nima. Aslini olganda, nafosatli bo’lmagan narsalarning o’zi yo’q. Muayyan shart sharoitda har qanday narsa, voqea hodisa nafosatli tabiatga ega bo’lib, nafosatli munosabat va nafosatli baho ob’ektiga aylanib qolishi mumkin. Lekin ular ma’lum talablarga javob berishlari kerak: birinchidan, aniq his tuyg`u, sezgi idrok qobiliyati va imkoniyatiga ega bo’lishi; ikkinchidan, u yoki bu voqe ahodisa insoniy aloqalar va munosabatlarga kirishib, ijtimoiy ahamiyat kasb etishi kerak. Shundagina muayyan voqea hodisa nafosatli munosabat ob’ektiga aylanadi, ya’ni u o’z qadrini topadi. U yoki bu voqea hodisa odamlarga xizmat qilib, muayyan ijtimoiy burchni ado etish tushunchasini topish qadriyat atamasi bilan izohlaymiz. Baholash esa voqea hodisalarning qadrini yoki ijtimoiy ahamiyatini anglashning maxsus shaklidir. Insonning voqelikka nafosatli munosabati aslida voqealikka baho berishning alohida turi, voqea hodisalarni nafosatli qadrlash usulidir.
Borliqdagi voqea hodisalarning birligi va xilma xilligi, muvofiqligi, hamohangligi kabi tub xossalari nafosatli ob’ekt asosidir. Voqea hodisalar, narsalar faqat insoniy manfaatlar doirasiga kirib olgandan keyingina o’zining nafosatli ahamiyatiga ega bo’ladi.
Nafosatli ob’ektning zarur tomoni, nafosatli munosabat sub’ektidir. Nafosatli sub’ekt o’z tarkibida jamiyatning zarur bo’laklarini biriktirgan, turli sohalarda moddiy ma’naviy faol ish olib boradigan ijtimoiy guruhlar hamda ayrim shaxslardan iborat juda murakkab ijtimoiy hosiladir.
Nafosatli munosabat sub’ekt bilan ob’ekt o’rtasidagi o’ziga xos aloqalar turi bilan tavsiflanadi. Go’zallikni idrok etish jarayonida sodir bo’ladigan o’zaro harakatlar nafosatli munosabat zaminidir. Ruhshunoslik ko’rsatib byerganiga ko’ra, estetik idrok etishining xususiyati idrok etilayotgan narsalarning shakli bilan izohlanadi. Nafosatli munosabatning natijasi nafosatli baholash mohiyati, narsa buyumlar ifodalanadi. Masalan, kursi yoki xontaxtani nafosatli baholash uning shakli bo’lgan matyerial, uni qayta ishlash, taraf va qismlari mutanosibligini uning amaliy o’rni, ya’ni nimaga mo’ljallanganligiga qiyos qilishdir. Ovqatga nafosatli uning shakl va mazmuni mutanosibligida o’z ifodasini topadi. Yoki insonga nafosatli munosabatda bo’lish ham inson shaxsi ma’naviy mazmunining inson xatti harakatlari va xulq atvori shakliga mutanosiblikda ifodalanadi.
Nafosatli munosabatda his hayajonlar maxsus o’rin egalaydi. His hayajon estetik munosabatning barcha pog’onalarida amal qilib, lazzatlanish, hayajon holati bilan yakunlanadi. Nafosatli lazzat murakkab ruhiy holat bo’lib, o’zida butun bir hayajonlar turkumini, faraz qilishni, xilma xil taassurot va tasavurlarni birlashtiradi. Nafosatli munosabat hayajonlar bilan birga o’z ichiga aqliy jihatlarni ham qamrab oladi. Bunda nafaqat nafosatli munosabat ob’ekti, balki nafosatli tuyg`ular va kechinmalar ham tahlil va fikr mulohaza mavzuiga aylanadi.
Nafosatli anglash ob’ektiv dunyoga nisbatan bo’lgan inson munosabatining sub’ektiv tomonidir. U ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida axloqiy ong, huquqiy ong, diniy ong, falsafiy ong kabi ijtimoiy hodisalar bilan bir qatorda turadi. Ijtimoiy hayot ijtimoiy ong barcha shakllarining umumiy poydevoridir.
Nafosatli ma’naviy ruhiy hodisalar majmui bo’lib, ular ijtimoiy hayot zaminida vujudga keladigan nafosatli his, did, fikr, orzu, qarash, nazariya tizimini anglatadi. Nafosatli ong ijtimoiy hayot zaminida uning bilan mutanosib tarzda o’zgarib, rivojlanib, takomillashib boradi.
Nafosatli anglash jamiyat hayotida guruhiy manfaatlar ifodasi tarzida ham namoyon bo’ladi. Lekin bu hol jamiyatning turli sohalarida turlicha, masalan, mafkura sohasida nafosatli qarashlar, orzu umidga munosabatlarda o’ziga xos aks etadi. Ruhiy ma’naviy sohalarda esa guruhiy manfaatlarga nisbatan ancha mustaqil tarzda namoyon bo’ladi. Bu hol har bir yakka odamning aniq his va did egasi sifatida namoyon bo’ladigan ijtimoiy va biologik xususiyatlari bilan bog’liqdir. Guruhiy manfaatlar his tuyg`u ham sezilib turadi, lekin asosan u mafkuraning qismlari estetik orzular, qarashlar, nazariyalar ta’siri kuchiga qarab belgilanadi.
Nafosatli ongning nisbiy mustaqilligi ko’rinishlaridan biri vorisiylikdir. Chunki yangi nafosatli qarashlar, g’oyalar, nazariyalar bo’sh yerda vujudga kelmaydi. Ular jamiyatning oldingi nafosatli va badiiy ravnaqi natijasida jamlangan hissi va aqliy hosilalar, bilimlar zaxirasining davomi amal qiladilar. Vorisiylik nafosatli ongning barcha nafosatli qarashlar va nazariyalariga, nafosatli did va his bo’g’inlariga taalluqlidir.
Nafosatli anglash yoxud ong ijtimoiy hayot in’ikosi bo’lib, jamiyat hayotida muhim o’rin tutadi, unga har tomonlama ta’sir o’tkazadi. Jamiyat taraqqiyotida biror jabha, narsa, zarra yo’qki, ular nafosatli did, orzu qarashlardan chetda qolgan bo’lsin. Nafosatli ong moddiy ishlab chiqarish va ma’naviy boylik yaratishdan oziq olibgina qolmay, ayni chog’da ularga jumladan, siyosat, axloq odob, din, falsafa, fan sohalariga ham bevosita ta’sir o’tkazadi.
Nafosatli anglash ijtimoiy ongning maxsus shakli sifatida nafosatli faoliyat bilan uzviy bog’liq bo’lib, nafosatli faoliyat jarayonida shakllanadi va qaror topadi. Nafosatli ong aslida nafosatli faoliyat maxsulidir.
Nafosatli ong badiiy ong bilan chambarchas bog’liq. Ular bir biriga yaqin tushunchalar bo’lsada, aynan bir ma’noni anglatmaydi. Nafosatli ong voqelikni butun borligicha idrok etib, qayta ishlash jarayonida vujudga kelsa, badiiy ong san’atni yaratish va idrok etish jarayonida namoyon bo’ladi. Badiiy ong badiiy asarlar tizimida ifodalansa, nafosatli ongning aks etish ko’lami ancha keng bo’lib, u odamlarning mehnat faoliyatida, uning natijalarida, moddiy va ma’naviy qadriyatlarda o’z ifodasini topadi.
Nafosatli ongning ijtimoiy ong shakli sifatidagi ko’rinishidan yakka odam nafosatli ongi ko’rinishi farq qiladi. Yakka odam nafosatli ongi aniq bir shaxs ongi, ma’naviy dunyosining bir qismi bo’lib, keng ma’noda u ham ijtimoiy mazmun kasb etadi, ya’ni ijtimoiy hayot jarayonida shakllanib, rivojlanib, jamiyat maxsuliga aylanadi.
Nafosatli ong bilan yakka odam nafosatli ongi o’z sub’ektlariga egalik jihatidan ham farqlanadilar. Iytimoiy tabahalar, qatlamalar, guruhlar, millatlar, elatlar, xalqlar nafosatli ong sub’ekti sifatida namoyon bo’lsa yakka odam, nafosatli ongning sub’ekti muayyan bir shaxsdir.
Nafosatli ong va yakka odam nafosatli ongi o’z mazmuni jihatidan ham farqlanadi. Jamiyat nafosatli ongi ijtimoiy hayotdagi nafosatni to’la qamrab oladi. Yakka odam nafosatli ongi esa faqat bitta shaxs ma’naviy dunyosidagi nafosatli sohani o’z ichiga oladi.. Yakka shaxs nafosatli ongi ijtimoiy nafosatli tarkibida harakat qiladi, ya’ni u bilan ichki bog’liqlikka ega bo’ladi. Ularni bir biridan faqat ilmiy nazariy tahlil qilish orqali ayrim-ayrim holda olib ko’rish mumkin.
Jamiyatning nafosatli ongi murakkab tizimli, harakatchan, o’zaro uzviy aloqador qator qismlardan iborat bo’ladi.
Nafosatli ongning turg’un va uyg’un qismlari bular nafosatli hislar, orzular, qarashlar va nazariyalardir. Ular bir-biri bilan aloqador holda o’zaro ta’sirda bo’lsada ularni alohida-alohida tahlil etgandagina bu umumiylik mohiyatini anglab olish osonroq bo’ladi.
Nafosatli his tuyg`ular umuman inson ongining ajralmas qismi bo’lib, nafosatli ong sohasida alohida o’rin tutadi. Ular nafosatli ongning asosiy qatlamini tashkil etib, uning poydevori hisoblanadi, uning barcha jabhalarini bezajdi va boyitadi.
Nafosatli his tuyg`ular intelektual tuyg`ular bilan bir qatorda eng oliy, ijtimoiy tuyg`ular turkumida mansub. Bu yerda "ijtimoiy" iborasi nafosatli his tuyg`ularning jamiyat bag’rida vujudga kelib, rivojlanishi, jamiyat bag’rida amal qilishi singari hodisalar nazarda tutiladi. Nafosatli his tuyg`ular murakkab ijtimoiy hodisa sifatida nafosat, uy, ohang, shakllar, uyg’unlik, moslik, mutanosiblik, kabi tushunchalar bilan birga shodlik, hayratlanish, ajabalanish, roxatlanish, lazzatlanish, extirom, shavq-zavq, nafrat kabi tushunchalarni ham qamrab oladi.
Nafosatli his tuyg`ular shakli, namoyon bo’lishi va amal qilish jihatidan sub’ektiv tabiatga ega bo’lib, inson dunyosining bir qismini, sub’ektiv voqelikning bir bo’lagini tashkil etadi. Nafosatli his tuyg`ularning mazmuni insonning muayyan maqsadga yo’nalitirilgan faoliyatida yorqinroq namoyon bo’ladi.
Nafosatli his tuyg`ular kechinmalar bilan qorishiq holda namoyon bo’ladi, ya’ni, alohida ko’rinishdagi kechinmalar jarayoni sifatida sodir bo’ladi. Sub’ekt bilan ob’ektning qo’shilib ketishi, sub’ektning ob’ekt bag’rida "yerib ketishi" kechinmali his tuyg’uning o’ziga xos belgisidir. Nafosatli kechinma sub’ektning alohida faolligi, xususan, hayol, tasavvuf qila bilash kuchi bilan belgilanadi.
Nafosatli kechinmaning yakuni nafosatli lazzatlanishdir.. Nafosatlanish insonning umumiy, doim ijobiy bo’lgan sezgi holati, ya’ni uning narsalardan, voqea va hodisalardan ta’sirlanishidir.
Nafosatli lazzatalnish o’z tabiatiga ko’ra ma’lum ma’noda ziddiyatli sodir bo’ladi. U his tuyg`ularni ham, aqliy faoliyatini ham, insonning chuqur ijtimoiy qobiliyati in’ikosi bo’lgan beg’arazlikni ham qamrab oladi. Beg’arazlik nafosatli lazzatlanishda foyda haqidagi tasavvurlarni inkor etmagan holda namoyon bo’ladi. Binobarin, beg’arazlik foyda haqidagi maxsus tasavvurni jamiyat, insoniyat, taraqqiyot foydasi haqidagi tasavvurni o’zida mujassamlashtiradi. Ayni mahalda beg’arazlik o’zining ziddi bo’lgan ochko’zlik, to’ymaslik, qizg’anchiqlik, hudbinlik, manfaatparastlik kabi his tuyg`ularni qat’iy rad etadi
Nafosatli lazzatlanish aslida jamiyat manfaatlari uchun foydali bo’lib, u inson ijodiy kuchlarining yerkin namoyon bo’lishi jarayoni bilan bog’liqdir. Nafosatli lazzatlanish inson faoliyatining moddiy ishlab chiqarish, muhandislik qurilmalari yaratish (konstruktorlik), ilmiy kashfiyotlar, murabbiylik, badiiy ijodkorlik kabi barcha sohalarda yerkin ijod qilishini rag’batlantirib turadi.
Ayniqsa nafosatli his tuyg`ularning nafosatli didni tarbiyalashdagi roli muhim.
Nafosatli did murakkab va ko’p qirralidir. U insonning fikr mulohazalari, xulq atvori, xatti harakatlari moddiy va ma’naviy ijodkorligi namoyon bo’ladi.
"Did" iborasi odamlarning ayrim sohalarga moyilliklarini ifodalaydi. Ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishga moyil odamni "fanga didi (fahmi) bor" deb, ixtirochini "ixtirochilikka didi zo’r", deb gapiradilar. Shu bois "did" tushunchasini insonning aniq yo’nalgan qobiliyati, voqelikning u yoki bu tomonlarini afzal ko’rish munosabatti sifatida baholash o’rinlidir.
Nafosatli did voqea hodisalarning nafosatli sifatlarini inson tomonidan idrok etmoq va baholamok jarayonida olinadigan qoniqish yoki qoniqmaslik tuyg`usi orqali o’n, ifoda soni topadi. Nafosatli did zaminida go’zallikni xunuklikdan ajrata bilish va undan beg’araz shodlanish, lazzatlanish qobiliyati yotadi. U his tuyg`ular bilan ish ko’radi, ya’ni hayot go’zalliklari va fojealarini his eta bilish, fojeali to’qnashuvlarni ko’pligi nomutanosibliklardan farqlay olish qobiliyati orqali namoyon bo’ladi.
Nafosatli did odamlarning dunyoqarashi, ayniqsa, nafosatli qarashlari orqali yorqinroq ko’rinadi. Lekin nafosatli qarashlar va bilimlar hamma vaqt ham nafosatli didni ifodalamaydi. Ba’zan nafosatli qarashlar va nafosatli bilimlar zaxiralariga ega bo’la turib, yomon yoki rivojlanmagan nafosatli did egasi bo’lib qolish mumkin. Bilimlar va qarashlar didda ifodalanish uchun ular shaxs ichki dunyosiga, idrok qilish jarayoniga singib ketishi, tug’rirog’i, shaxsning mustahkam e’tiqodiga aylanib ketishi lozim.
Dizayn sanoatni loyihalash va ishlab chiqarishni uyushtirishda narsalar chizmalar, rasmlar, modellarning maqsadga muvofiqligini va texnologik foydaliligini hisobga olish faoliyatining ajralmas qismidir. Sanoatda keng iste’mol maxsulotlaridan, nodir dastgohlar va asboblarni loyihalash va yaratish ishida turli tuman kasb egalari muhandislar, texnologlar, ishchilar, iqtisodchilar, boshqaruvchilar, ruxshunoslar, sosiolog ijtimoiyshunoslar qatnashadilar. Bu yerda dizaynchi musavvir loyiha yaratuvchi alohida mavqega ega: uning zimmasiga nafosatli qiymatga ega bo’lgan maxsulotlar va mehnat qurollarini yaratish burchi yuklangandir. Ishlab chiqarish bilan ist’emol, ishlab chiqaruvchi bilan iste’mol qiluvchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni uyg’unlashtirib turish dizaynchining eng muhim vazifasidir. Dizaynchi birinchi navbatda ishlab chiqarish sohasida imkon qadar iste’molchi manfaatlari tomonida turadi. Ikkinchidan, u iste’molchi, ehtiyojlarini faol shakllantirib va uyg’unlashtirib boradi. Bu yerda dizaynchining estetik madaniyati, estetik didining tabiati va mazmun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Dizayn san’atdan bahra oladi. San’at bilan dizayn o’rtasida umumiylik bo’lsada, ular estetik faoliyatning ikki xil turlaridir. Dizayn san’atdan qanday farq qiladi? Ayonki, san’at badiiy faoliyat u yoki bu ko’rinishida faqat g’oyalargina emas, balki narsalar ishlab chiqarish bilan bog’liq. Lekin bu yyerda narsalar ishlab chiqarish yordamchi (qo’shimcha) vazifani bajaradi. San’at avvalo ma’naviy boylik yaratish turi, ong va bilish sohasidir. Bu, san’atning tub mohiyatini ifodalaydi.
Dizayn esa moddiy-amaliy faoliyat turiga kiradi. Dizayn maxsulotlar san’at asarlaridan farqli ravishda voqelikning in’ikosini emas, balki uning nafosat qonunlariga binoan yaratilib, san’at amaliyotining aynan o’zini anglatadi.
San’atning nafosatli qadriyati ma’lum darajada "foyda" qadriyatlariga ziddir, ya’ni san’at asari moddiylikdan ko’ra ko’proq ma’naviy extiyojlarni qondirishga qaratilgan bo’ladi. Dizayn maxsulotlari mashinalar, binolar keng iste’mol mollari va boshqalarda sof iste’mol, ya’ni moddiy "foyda" xususiyati bo’rtib turadi. Mahsulotning estetik sifati biri-bir uning loyihaviy burchi qay darajada ifodalanganligi bilan belgilanadi.
Bu yerda narsaning burch vazifasi uning ijtimoiy ahamiyati, inson ehtiyojini qondirish qobiliyati bilan aniqlanadi. Shunday qilib dizayn maxsulotning nafosatli qiymati uning maqsadga muvofiq ekanligi bilan izohlanadi. Narsaning foydaliligi va maqsadga muvofiq ekanligi uning tor ma’nodagi vazifa bajarish, ya’ni amal qilishi darajasiga tushib qolishidan saqlaydi.
San’at bilan dizayn o’rtasidagi farq haqida gapirganda, san’at asari qaysi moddiy tizimiga mansubligidan, qaysi muhitda vujudga kelganligidan qat’i nazar, mustaqil qiymatga ega ekanini ta’kidlash kerak. Dizayn mahsuloti esa narsalar tizimining ajralmas qismi bo’lib, undan tashqarida amal qila olmaydi. Uning nafosatli qiymati ham muayyan narsalar "tizimi"ga qanchalik mos kelishi bilan o’lchanadi, ya’ni dizaynchi faoliyatning ob’ektini alohida olingan mashina emas, balki barcha jihozlari, tashqi va ichki bezaklari ko’rinish va hakazo shakllari bilan birgalikda yaxlit olingan "mashinalar tizimi" tashkil etishi shart. Dizaynchi loyihalashtirilayotgan narsalarni, ular iste’mol buyumlari yoki texnik qurilmalar bo’lmasin, nimaga xizmat qilish shakli, rangi va boshqa tomonlarini o’zaro muvofiqlashtirish lozim bo’ladi. Bu bilan u narsalarni yaratish va iste’mol qilish jarayonida inson uchun eng qulay sharoitlani ta’minlay oladigan yaxlit nafosatli molik narsalar muhitini vujudga keltiradi.
Nafosatli ilmiy ijodning ham nafosatli tonini tashkil qiladi. Lekin, nafolsatli omillar ijodga tarkiban xos bo’lib, unga yordamchi omil vazifasini o’taydi. Juda ko’p ilmiy tadqiqotlar va atoqli olimlar guvohlik berishlaricha, olimning salohiyati, ijodiy mehnati natijalari va samaradorligi uning nafosatli madaniyati darajasiga bevosita bog’liq ekan.
Nafosat madaniyati ilmiy izlanishlarining hamma bosqichlarida ilmiy muammolarning qo’yilishi, ularning yechimi, olingan ilmiy natijalarni baholash jarayonida katta ahamiyat kasb etadi. Aksincha, nafosatli rivojlanmaganlik, loqaydlik olimning ijodiy kuch qudratini so’ndiradi, ilmiy ijodiy jarayonida juda muhim bo’lgan shaxsiy qoniqish hissidan mahrum etadi, aqliy ravnaqiga salbiy ta’sir o’tkazadi. Ilm fan bilan bir tomonlama shug’ullanib, san’atdan lazzatlanish hissini yo’qotib qo’ygan olimning bu yo’qotish aqliy va axloqiy sifatlariga salbiy ta’sir qilgan haqida tarixida misollar ko’p.
Olim nafosatli madaniyatida ilmiy faraz alohida o’rin tutadi. Ilmiy nafosatli his tuyg`u bilan shu qadar chirmashib ketganki, ularni hatto nazariy tahlil jarayonida ham bir-biridan farqlash ancha mushkul. Aslida, ilmiy faraz mohiyatan nafosatli mazmunga ega, chunki fikrlovchi inson har qanday fikrlovchi mashinadan ustundir.
Faraz voqelikka nisbatan yerkindir, demak faraz va yerkinlikni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Faraz olimni sub’ektivlik balosidan, qotib qolgan qolip andozlardan xalos qilish kuchiga ega. Voqelikning eng murakkab, o’zgaruvchan omillarga bog’liq bo’lgan hodisalarini bilish va anglash zarur bo’lganda farazning qudratli kuchidan foydalanamiz.
Faraz bilan bir qatorda fahm farosat turadi. Fahm farosat yuzaki qaraganda taxmin qilish sifatida ko’rinsada, aslida haqiqatni ko’ra olish, ya’ni dalil isbotga muxtoy bo’lmagan narsalarning ob’ektiv bog’lanishini anglatadi, fahm farosat haqiqatni bevosita mushohada etishdir.
Fahm farosatsiz ijodiy faoliyat, jumladan, badiiy va ilmiy faoliyat ham bo’lishi mumkin emas. Fahm farosat badiiy faoliyatda o’ta murakkab va rivojlangan shaklda namoyon bo’lsa, fanda u voqea hodisalarni aqliy mushohada qilish bilan chambarchas bog’lanib ketadi.
Olimlarning tahlillariga ko’ra, ilmiy faoliyatda fahm farosat faktlarni to’plash, nazariya va yangi tushunchalarni shakllantirish, eski nazariyadan yangisiga o’tish, yangi g’oyaning tug’ilish, keyingi ilmiy ijod uchun yo’l ochish, olim ichki e’tiqodiga asoslangan yangi nazariyaning haqiqatligini sinab ko’rishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fahm farosat o’zidan o’zi vujudga kelmaydi. U ilmiy faoliyat sohibidan barcha bilimi va hissiy qobiliyatini, avval yerishgan tajribasini ishga solishni taqozo etadi. Boshqacha qilib aytganda, fahm farosat aslida ehtirossiz, ilhomsiz vujudga kelishi, binobarin ehtiroslarsiz hech qanday buyuk narsalar yaratishi va mavjud bo’lishi ham mumkin emas.
Faraz, fahm farosat, ehtiros ilhom nafosatli tavsifga ega bo’lib, ular eng "toza" va rivojlangan ko’rinishda san’atga taalluqlidir. Ayni vaqtda ular ijodiy faoliyatining zarur qismlari sifatida fanda o’z ifodasini topadi. Ular fangga alohida alohida tarzda emas, balki birgalikda, aniq tizim vositasida o’tkazadi.
Ilmiy ijod jarayonida his tuyg’u, shodlik, beg’araz qoniqishga intilish kabi estetik omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy ijodning nafosatli mazmuni quvonch, shodlik, qoniqish hissini qondirishga emas, balki ilmiy izlanishlar natijalari va ularga yerishish usullarida ifodalanadi. Donishmand olimlar ilmiy izlanishlarning barcha bosqichlarida nafosatli his tuyg`ular ulkan ahamiyatga molikligini ta’kidlaganlar.
Asrimizning buyuk olimi Al'byert Eynshteyn ilmiy ijodning butun jarayoni estetik ruh bilan sug’orilgan, bugungi fan olimdan "ijodkor sifatlari"ni talab qiladi, deb bejiz ta’kidlamagan edi. "Ijodkor sifatlari" qatorida tafakkurning g’ayri tabiiy (paradoks) ligi muhim o’rin tutadi. G’ayritabiiylik doimo badiiy tafakkurning belgisi bo’lgan, qadimgi afsonalar ana shu g’ayritabiiylik mazmuni bilan boyitilgan edi.
Nafosatli his tuyg`u u yoki bu ilmiy nazariyaning (garchi u hali amaliyot tajribasida tasdiqlanmagan va oldingi nazariyalardan zaruriy, o’z o’zidan kelib chiqmagan bo’lmasa ham) to’g’riligini bildiruvchi ilk mezon belgisi bo’lishi mumkin. Ana shu nazariya xushbichim, ko’rkam, takomil bo’lsa, olimda uning to’g’ri, haqiqiy ekanligiga ishonch hosil bo’ladi.
Bu yyerda ilmiy qurilmalarning tuzilishi mukammalligi muhim o’rin tutadi. Buyuk olimlarning ko’pchiligi ilmiy asarlarning ilmiy qiymati mezonini qurilma tuzilishining, yetukligida, yaxlitligida ko’rganlar. Olim ijodiga san’atning ijodiga samarali ta’siri haqida N. Bor shunday degan: san’at bizga tizimli tahlil kuchi yetmaydigan hamohangliklar to’g’risida eslatib turadi. Shuni aytish mumkinki, adabiy, tasviriy, musiqaviy san’at turlarining ifoda usuli g’oyat izchildir. Bu izchillik ilmiy axborotlarga xos bo’lgan aniq ta’riflardan to’la voz kechib, ko’proq faraz o’yniga yerk byergan ma’qul.
Eng yaxshi san’at asarlari ilm-fan kishisida hayol faraz vujudga keltiradi va yaxlit, nafosat his-tuyg`usini uyg’unlashtiradi, g’ayritabiiy tafakkur qilish qobiliyatini oshiradi, yerkin dunyoqarash baxsh etadi, yuksak muloqot madaniyatini shakllantiradi, hozirgi fan ravnaqi uchun muhim ahamiyat kasb ehtadigan qobiliyat imkoniyatlarini safarbar qilishga undaydi.
Go’zallik nafosatshunoslikning asosiy tushunchasi. Zyero, go’zallik nafosat olamining mag’zi, bosh xossasi, mohiyati, asosini tashkil qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, estetika, nafosatshunoslik, go’zallik falsafasi tarzida ham talqin etib kelinadi.
Go’zallik muammosiga murojaat etgan barcha mutafakkirlar go’zallik haqida fikr yuritib va uni tadqiq qilish nihoyat darajada mashaqqatli masala ekanligini doimo ta’kidlaydi. Mazkur qiyinchilik, birinchi navbatda, go’zallik tushunchasining o’zaro hech bir umumiyligi bo’lmagan turli tuman hodisalarning keng doirasiga taalluqliligi bilan bog’liqdir.
Go’zal bo’lgan, ya’ni bizda ijobiy tuyg`u qo’zg’atgan narsani ko’rsatib berish nisbatan ancha oson. Lekin nima uchun mazkur narsa go’zal ekanligini tushuntirib berish ancha mushkul. xuddi shu tarzda go’zallik muammosiga falsafiy yondoshish tarixan shakllangan.
Go’zallik bu voqelik (tabiat, jamiyat, san’at) hodisasi bo’lib, aniq hissiy ta’sir o’tkazish orqali insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko’payishiga, shodlik, zavqlanish, to’la ma’naviy qoniqish holati vujudga kelishiga imkon yaratadi. Go’zallik doimo foydalidir, lekin bu foydalilik jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qilishga mo’ljallangan bo’ladi. Va nihoyat, go’zallik, Shillyerning o’rinli iborasi bilan aytganda, inson ozodligining ramzi sifatida ifoda topadi. Mustaqil Respublikamizda yerkin ma’naviyatli shaxs tarbiyasi muhim vazifaga aylangan tarixiy bir sharoitda alohida ahamiyat kasb etadi. Go’zallik cheksiz xilma xillikka ega bo’ladi. Tabiatdagi go’zallik ijtimoiy hayot go’zalligidan, foydali amaliy faoliyatidagi go’zallik badiiy ijoddagi go’zallikdan farq qiladi. Lekin go’zallik qanchalik o’zining rango-rangligi bilan ajralib turmasin, ularning barchasi qandaydir umumiy tub belgilarga ega bo’lib, mana shu umumiy tub belgilar tufayli ularning barchasini maxsus ilmiy-falsafiy istiloh go’zallik tushunchasi orqali talqin etish imkoniyati mavjud.
Inson hamma yerda va har qanday darajada mavjud tabiiy hamohanglik bilan to’qnashar ekan, u albatta tabiatning go’zalligidan zavq-shavq oladi, ongli yoki anglamagan holda sevinadi, ma’naviy boylik orttiradi. Ijtimoiy orzuga muvofiq kelish tabiatda insondagi go’zallikdan zaifroq ko’rinadi, ammo bu yerda ham o’sha qonuniyat amal qiladi. Inson tabiatdagi u yoki bu davr, u yoki bu ijtimoiy guruh ijtimoiy orzusiga muvofiq keladigan hodisalarni go’zallik sifatida baholaydi. Hamma vaqt tabiatga nafosatli munosabat va tabiatni nafosatli o’zlashtirish uni "insoniylashtirish", tabiat hodisalariga inson talab ehtiyojlarini, maqsad orzularini tadbiq etish bilan bog’lanib ketgan. Shu munosabat bilan bu yerda atoqli yozuvchilarni tabiat manzaralari tasvirini rango-rang bo’yoqlarda inson qiyofasi, orzu-umidlari, intilishlari bilan uzviy badiiy bog’lab ifodalashlarini eslatib o’tish o’rinlidir. (Oybekning "Navoiy" romani boshlanishi, Qodiriyning "O’tgan kunlar" romanidagi Otabekning Marg’ilonga borib kelishi badiiy tasviri shular jumlasidandir).
Insonda tabiatga qanday munosabatda bo’lish tuyg`usi birdaniga paydo bo’lmagan, albatta, u sekin asta, inson zoti va tabiati rivojlanib borgani sari shakllanib borgan, ibtidoiy san’at manzarali tasvirlarni bilmagan, tabiat hodisalarining go’zal yoki xunuk ekanligini baholamagan, qadimgi ovchi musavvir o’z diqqat e’tiborini asosan tirikchilik manbai bo’lgan narsalar, voqea hodisalarga qaratgan edi. (Omonqo’ton, Panjikent va boshqa g’oya rasmlarni eslang). O’sha paytlarda inson faoliyatining asosiy turi bo’lgan ovchilik o’rniga u yoki u bilan yonma-yon deqqonchilikning paydo bo’lishi bilan, ya’ni inson atrofidagi tabiatni o’zlashtira boshlashi bilan tabiat boshqacha ijtimoiy orzu mezonlari bilan baholanadi, o’lchanadi, inson uchun tabiatning go’zallik va xunuk tomonlari ayon bo’la boshlaydi. Inson kuch-qudratiga nisbatan tabiat kuchlarining qudratliligi tabiatni estetik o’zlashtirishning dastlabki bosqichini belgilab byerdi. Birinchi paytlarda u o’zida go’zallik va foydalilik tomonlarinig teng barobar bo’lishini o’zida ifodaladi. Odamlar qurg’oqchilikka qarshi mashaqqatli kurash olib borgan davrlarda yyer yuzida suv bilan bog’liq bo’lgan hamma narsa go’zallik kasb etadi. Yil davomida ko’pchilik kunlar yog’ingarchilik bilan o’tgan yyerlarda quyosh eng go’zal hodisa sifatida qabul qilindi. Tabiatdagi go’zallikka manfaat nuqtai nazaridan yondoshish, odamlarning hozirgi kunda ham asalari va oddiy arilarga byerayotgan baxosidan qarama-qarshi his-tuyg`ularda ko’rinadi. Bir vaqtning o’zida ular ikkalasi ham jon og’ritib chiqishlariga qaramay, odamlar uchun asalarida go’zallik, oddiy arilar xunuklik tasavvurlari bilan bog’langandir.
Yüklə 32,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin