Muqanna qo‘zg‘oloni



Yüklə 363,18 Kb.
tarix15.06.2023
ölçüsü363,18 Kb.
#130978
FALSAFIY DUNYOQARASH VA UNING O`Z-O`ZINI ANGLASHDAGI ROLI 062841

FALSAFIY DUNYOQARASH VA UNING O`Z-O`ZINI ANGLASHDAGI ROLI

Talaba Qodirov Yusufbek

Guruh 615-22


FALSAFIY DUNYOQARASH VA UNING O`Z-O`ZINI ANGLASHDAGI ROLI
Reja:
1.Falsafiy dunyoqarash nima degani?
2.Falsafaning asosiy hususiyatlari va vazifalari. Falsafaning predmeti
3.Falsafiy bilim tarkibi
Agar falsafa so‘zining kelib chiqishi (etimologiyasi)ga e'tibor bersak, uning yunon tilidagi tarjimasi «donolikni sevaman» ma'nosini anglatadi. Diogen Laertskiy (eramiz II asri oxiri - III asr boshlari) so‘zlariga qaraganda, o‘zini birinchi marta faylasuf deb atagan kishi – yunon mutafakkiri va olimi Pifagordir. Faylasuflarning qanday ekanliklariga ta'rif berib, u shunday degan: «Hayot o‘yinga o‘xshaydi: ba'zilar unga musobaqalashgani kelsa, ayrimlar savdolashgani, eng baxtlilari esa tomosha qilgani keladilar; hayotda ham xuddi shunday, ba'zilar qullar kabi shuhrat va boylikka o‘ch bo‘lib dunyoga keladi, vaholanki faylasuflar - faqat haqiqat uchun keladi».
Bugungi kunda haqiqatni izlash faqat falsafagina taalluqli degan fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Faylasuf bo‘lmasdan ham fizika, tibbiyot, badiiy ijodda yoki kundalik hayotda bilim va haqiqatga intilish mumkin. Biroq haqiqatni ongli izlash aynan falsafadan boshlangan.
«Falsafa nima degani?» savolga javob izlash oson emas. Har birimiz u yoki bu matn, yo nutq falsafiy yohud falsafiy emasligini ichki sezgi bilan his etamiz. Ammo falsafaga qat'iy ilmiy ta'rif berish juda mushkul. Bunga urinib ko‘rishning o‘zi kifoya. Falsafaga tegishli bo‘lmagan narsani aniqlash osonroq. Masalan, falsafa DNK tuzilishini aniqlash bilan shug‘ullanmaydi, differensial tenglamalarni yechmaydi, kimyoviy reaksiyalarni o‘rganmaydi, yer qobig‘i harakatini tadqiq etmaydi va hokazolar.
Agar fanlar, aytaylik, botanika yoki lingvistika ta'riflarini oladigan bo‘lsak, ulardagi mavjud farq, odatda, mashg‘ulotning asl mohiyatiga daxl qilmaydi. Hyech bir botanik mutaxassisligi fanining mavzusi - o‘simlik olami ekanligiga e'tiroz bildirmaydi. Har qanday lingvist o‘z fanining mavzusi - til ekanligini tasdiqlaydi. Falsafada esa boshqacharoq. Bir faylasufning ta'rifi boshqasinikidan farq qilishi mumkin. Falsafaning ta'rifi shu qadar ko‘p va turli-tumanki, ko‘pchilikda «O‘zi bir fan to‘g‘risida gap ketyaptimikin yoki yo‘qmi?»2 degan savol tug‘ilishi mumkin.
Ba'zi falsafiy tizimlarda falsafa oliy bosh ibtido yoki birinchi sabab to‘g‘risidagi fan deb ta'riflanadi. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Arastu ta'limotida, u «barcha mavjudotning ibtidosi va sabablari to‘g‘risidagi fan» deyilgan bo‘lsa, o‘rta osiyolik mutafakkir Abu Ali Ibn Sino falsafani «mutlaq borliq to‘g‘risidagi oliy fan» deb ta'riflagan. Boshqa yo‘nalishlarda falsafaning bosh sababi birinchi ibtidolarni bilish ekanligi umuman rad etiladi, masalan, o‘rta asr ilohiyotchisi al-G‘azzoliy o‘zining «Faylasuflarni rad etish» nomli maxsus asarini shu mavzuga bag‘ishlagan.
Ba'zi ta'limotlarda falsafa «to‘g‘ri fikrlash orqali erishilgan bilim» (T.Gobbs), umuman, «fanlarni ko‘rib muhokama qiluvchi» (G.V. Xegel) deb keng tasavvur qilinsa, boshqalarida tor ma'noda, masalan, «fikrning mantiqiy oydinlashuvi» (L.Vitgenshteyn) yoki «umummajburiy qadriyatlar to‘g‘risidagi fan» (V.Vindelband) sifatida tushuniladi. Odatda, falsafaning u yoki bu ta'rifi umuman falsafani emas, balki tegishli faylasuflarning o‘z nazariyalarini belgilashi hisoblanadi, garchand, ko‘pchilik faylasuflar aynan o‘z falsafiy qarashlarinigina haqiqiy (yoki chinakam) deb o‘ylaydilar.
Falsafaning o‘z ifodasini topishidagi nomuayyan vaziyat, ayniqsa, eng Yangi davr uchun xosdir. Bu shu qadar oddiy holga aylandiki, hatto zamonaviy faylasuflardan biri X.F.Morua falsafada yuzaga kelgan vaziyatni quyidagicha ifodalashiga sabab bo‘ladi: «Falsafa» deganda nimani tushunish hamisha mushkul bo‘lgan, biroq 20-asr mobaynida «falsafa»ni ta'riflash mushkulligi shu darajada ortdiki, buni bartaraf etish deyarli mumkin bo‘lmay qoldi».
Umuman falsafani ifoda kilish mumkinmi? Nemis faylasufi G.V.Xegel (1770-1831) muayyan falsafa yagona jahon falsafasining - tarixiy bosqichlari, uni shakllanish onlari va bir butun rivojlanishining mohiyatidir, deb hisoblagan. Boshqa faylasuflar tasavvuriga ko‘ra tarixiy-falsafiy jarayon - bu muayyan falsafiy ta'limotlar tarixidir, falsafa tarixi esa qandaydir yagona va rivojlanuvchi ta'limot sifatida mavjud emas. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, muayyan falsafa mavzusinigina ifoda kilish mumkin, masalan, ekzistensializm (mavjudlik) falsafasi yoki analitik (tahliliy) falsafani aniqlash mumkin, ammo umuman falsafani emas. Biroq tajribaga asoslangan (empirik) oddiy dalil mavjud. Qanday yo‘nalishga tegishliliklaridan qat'iy nazar, faylasuflar o‘zlari falsafa bilan shug‘ullanayotganliklariga shubha qilmaydilar. O‘z raqib va muxoliflarini nima deb atashlaridan qat'i nazar, ularni «noshud», «gumroh» ta'birlari bilan siylasalarda, ularning faylasuflar deb atalishiga huquqlari bor, negaki, ular har holda faylasuf deb ataladilar. Boshqacha aytganda ularning mashg‘ulotlarida qandaydir narsa mavjudki, bu narsa ularning faylasuf deb atalishiga asos bo‘ladi.
Ko‘rib turibmizki, falsafa turli jihatlarga va ko‘p vazifalarni bajarishga qodir. Ma'naviy faoliyatning o‘ziga xos turi sifatida unga dunyoqarash, bilim, nazariyasiga doir, uslubiy, integrativ-sintetik, aksiologik, tanqidiy, bashoratlash, loyihalash, evristik va mafkuraviy vazifalar xosdir. Falsafaning turli tomon va vazifalarini aniqlash negizida uning predmeti sohasini ham belgilash mumkin.
Falsafaning mavzu sohasi «dunyo-inson» tizimi hisoblanadi: a) «dunyo» tizimi, b) «inson» tizimi va a) ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat tizimi. Bu tizimlarning o‘zi turli darajada tasavvur etilgan. «Dunyo» tushunchasida bir butun dunyo, uning tarkibiy qismlari (megadunyo, makrodunyo, mikrodunyo; anorganik dunyo, organik dunyo, ijtimoiy dunyo va hokazolar), ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro munosabat tushuniladi. «Inson» tushunchasida alohida olingan shaxs, turli darajadagi ijtimoiy jamoalar, bir butun jamiyat tushuniladi.
Falsafani «dunyo» va «inson» tizimidagi hamma narsa va «inson»ni «dunyo»ga bo‘lgan har qanday munosabati qiziqtiravermaydi. Falsafa eng avvalo umumiylikka, «dunyo-inson» tizimidagi universal munosabatlarga yo‘nalgan. Bularga ontologik (borliq haqida), gnoseologik (bilish haqida), aksiologik (qadriyatlar haqida) va praksiologik munosabatlar kiradi. Bu munosabatlarning umumiyligi ularning zarur tarzdaligini bildiradi.
Insonlar qaerda va qanday davrda yashamasinlar albatta mana shu munosabatlar orqali atrof muhit bilan bog‘liqdirlar: ular - shu dunyoning mahsuli, ular shu dunyoni o‘rganadilar, uni baholaydilar va o‘zgartiradilar.
Shunday qilib, falsafa - bu ijtimoiy ongning o‘ziga xos shakli, nazariy dunyoqarash turidir. Bunda insonning dunyoga bo‘lgan universal munosabatlari (ontologik, gnoseologik, aksiologik va praksiologik) kategoriyalarning muayyan tizimi orqali umumiylashgan shaklda aks etadi va inson madaniyati yutuqlari sintezlanadi. Shu bilan bir qatorda, falsafa umumnazariy, dunyoni yaxlitligi va biirbutunligicha o‘rganadigan fandir.
Falsafa o‘zining dastlabki cho‘qqilariga juda qadimgi zamonlardanoq, ya'ni, matematikani istisno qilganda, boshqa fanlar endigina vujudga kelayotgan davrdayoq erishgan edi. Mushohada (fikrlash, tasavvur qilish)dan foydalanib, falsafa hali fanlar javob bera olmagan savollarga javob berishga urinib, naturfalsafa, ya'ni tabiat falsafasi sifatida yuzaga chiqqan. Tabiatni o‘rganuvchi faylasuflar o‘z falsafiy muammolari bilan bir qatorda hozirda alohida fan bo‘lib shakllangan: fizika, astronomiya, biologiya va boshqa fanlarning muammolari bilan ham shug‘ullangan edilar. Shu bois tabiat falsafasi falsafiy g‘oyalar, ilmiy empirik dalillar, shuningdek xurofot, afsun, alkimyo, astrologiya va boshqalar qorishmasidan iborat bo‘lib qolgan edi. Tabiat falsafasi inson bilishining rivojlanishida muhim bosqich hisoblanadi.
Dunyoning moddiy birligi, moddalarning atom tuzilishi, Quyosh tizimi, sayyoralarining kelib chiqishi, olam tuzilishi va boshqa g‘oyalar tabiat falsafasida tug‘ildi va rivoj topdi.
Biroq XVII asrdan boshlab tabiat falsafasi tabiatshunoslik rivojini to‘xtatib kola boshladi. Mexanikaning paydo bo‘lishi bilan birga fan o‘zining butunlay boshqacha mushohadaga asoslangan birinchi mexanik dunyo manzarasi (tabiat tizimi)ni yaratdi. Shu munosabat bilan, nazariy tabiatshunoslikning otasi bo‘lmish Nyuton olimlarni naturfalsafiy mushohidaga haddan tashqari berilib ketishdan ogohlantirib, o‘zining mashhur «Fizika, metafizikadan qo‘rq!» iborasini aytgan edi.
Tabiiy fanlarning mustaqil rivojlana borishi bilan tabiat falsafasi o‘z o‘rnini nazariy jihatdan shakllangan tabiatshunoslikka bo‘shatib bera boshladi. Ayni bir vaqtda falsafiy bilimlarning o‘zida bo‘linish yuz bera boshladi.
Hozirgi zamon falsafasi doirasida ko‘pincha quyidagi mustaqil sohalarni ajratishadi: falsafa tarixi, ontologiya - borliq to‘g‘risidagi ta'limot, gnoseologiya (epistemologiya) - bilish to‘g‘risidagi ta'limot, aksiologiya - qadriyatlar to‘g‘risidagi ta'limot, falsafiy antropologiya - inson to‘g‘risidagi ta'limot, ijtimoiy falsafa – jamiyat to‘g‘risidagi ta'limot, mantiq – tafakkur qonunlari va shakllari to‘g‘risidagi ta'limot, etika – axloq to‘g‘risidagi ta'limot, estetika – go‘zallik to‘g‘risidagi ta'limot.
Shuningdek tabiatshunoslik falsafasi, din falsafasi, huquq falsafasi, fan falsafasi, texnika falsafasi, tarix falsafasi, madaniyat falsafasi, siyosat falsafasi, global muammolar falsafasi kabi bugungi kunda mustaqil fan maqomini olish bilan birbutun yo‘nalishlarga ajralgan. Ulaning har birining o‘z tushunish apparati hamda muammoni hal qilishning o‘ziga xos usullari bor.
U yoki bu falsafiy fanning rivojlanish darajasi turlichadir. Ulardan ba'zilari (masalan, ontologiya) falsafa ibtidosida vujudga kelgan bo‘lsa, boshqalari (global muammolar falsafasi yoki texnika falsafasi) XX asr mahsulidir.
Falsafiy fanlarning mustaqilligi to‘g‘risida gapirganda, mustaqillikning o‘zini nisbiyligini nazarda tutish kerak. Falsafiy fanlar bir-biridan uzilib qolgan emas, ular o‘zaro yaqindan aloqada va o‘zaro bog‘liqdir. Ularning negiz mavzulari ko‘pincha bir-biri bilan yondosh keladi: mantiq va bilish, bilish va din, din va axloq, axloq va san'at va hakozo. Falsafiy fanlar ayniqsa, muayyan tizimlar va oqimlar doirasida o‘zaro aloqador va o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Masalan, Xegel tizimida dialektika yoki ruh fenomenologiyasini tushunmay turib, na uning Mantig‘ini va na uning Falsafa tarixini anglab bo‘ladi. Xuddi shuningdek, masalan, neokonfutsianchilik va dzen-buddaviylikda ontologiya, bilish nazariyasi va etika o‘zaro aloqadordirlar.
Falsafiy bilimlar tarkibida fanlarning ko‘p xilligi tabiiy tizimlilikka ega. Shuning uchun falsafa haqida tizim sifatida gapirish mumkin.
Falsafaning bir butunligi va tizim xususiyatiga egaligi dunyoning bir butunligi va yaxlitligidan kelib chiqadi. Umuman inson bilimining tizim tarzidaligi, uning o‘z tashkiliy tuzilishiga yo‘nalganligi va falsafa predmetining tizimga xosligi shundan kelib chiqadi. Agar biz yuqorida keltirilgan falsafiy fanlarning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, unda ular orqali falsafa predmetining ko‘p qirraligi va naqadar boy ekanligining ifodalanishini ko‘ramiz.
FARG’ONA 2023
Yüklə 363,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin