Mustaqil ish m irzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti jizzax filiali fan



Yüklə 133,38 Kb.
səhifə1/9
tarix25.05.2022
ölçüsü133,38 Kb.
#59450
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Soliqlar va ularning vazifalari To\'rayev Dilshodjon


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MUSTAQIL ISH
M
IRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Fan: IQTISODIYOT NAZARIYASI
Mavzu: SOLIQLAR VA ULARNING VAZIFALARI

Fakultet: Amaliy matematika.
Yo’nalish: Iqtisodiyot
Guruh raqami: 951.21
Topshirdi: To’rayev D.E.
Qabul qildi: Azimov Y.X.

Jizzax-2021
Soliqlar va ularning vazifalari
Reja:
I. Kirish.
II. Asosiy qism:
1. Soliq tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati
2. Soliqlarning funksiyalari, vazifalari va tamoyillari
3. Soliqlarning turlari va tasnifi
4. O’zbekistondagi soliq tizimi va rivojlanish istiqbollari
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Mavzusining dolzarbligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o’zining ichki va tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan mablag’larning asosiy qismini soliqlar orqali to’playdi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliq to’lovchi shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo’lgan intilishini rag’batlantiradi, narx belgilashga ta’sir ko’rsatadi, aholining turmush darajasini tartibga solib turadi, imtiyozlar yordamida esa aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o’rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to’lovlarga as oslangan moliyaviy munosabatlar orqali harakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy harakterga ega bo’lib, milliy daromadning bir qismi bo’lgan pul mablag’larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlagnidek “Yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 1,5 barobar kamaytirildi. Natijada rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil davomida 500 mingtaga ko’paydi. Qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Buning hisobidan o’tgan yili soliq to’lovchilar ixtiyorida 2 trillion so’m qoldi. Joriy yilda bu raqam 11 trillion so’mni tashkil etishi kutilmoqda. Bir yilda tadbirkorlar ixtiyorida shuncha mablag’ qolishi, albatta, ularga o’z bizneslarini rivojlantirish uchun juda katta qo’shimcha imkoniyatlar yaratadi”1.
Soliqlarning jamiyat hayotidagi rolini oshib borishi bilan davlat byudjeti daromad bazasini qay tarzda va darajada shakllanishiga bog’liqdir. Soliq bozor konyukturasini boshqarishga o’ziga xos vosita hisoblanadi. Soliq vositalari orqali iqtisodiy tarmoqlarini rivojlantirish va kerak bo’lsa ularni inqiroz holatiga tushib qolishiga sababchi bo’lishi mumkin.


  1. Yüklə 133,38 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin