Mustaqil ish mavzu : inson resurslari ijtimoiy iqtisodiy kategoriya sifatida



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə1/7
tarix24.11.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#70398
  1   2   3   4   5   6   7
MUSTAQIL ISH




MUSTAQIL ISH

MAVZU : INSON RESURSLARI IJTIMOIY – IQTISODIY KATEGORIYA SIFATIDA

GURUH : TU-83
TALABA : MOYLIYEV JAVOHIR

Ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi bilan inson resurslari iqtisodiy faoliyati uchun tabiiy omilning ahamiyati kamaymaydi. Lekin fan-texnika taraqqiyotining tezlashuvi shunga olib keladiki, tabiiy-geografik farqlar asta-sekin odamlar o'rtasidagi doimiy iqtisodiy aloqalarning kuchayishi va kengayishi uchun to'siq bo’lishdan to'xtaydi. Mamlakat va hududiy darajalarda inson resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish yaxlitdir, chunki ularning maqsadli yo‘nalishi bir xil. Ularning hajm, sifat va tuzilma ko'rsatkichlari ham umumiydir, lekin ular son jihatidan demograflk muhit, tabiiy-iqlim sharoitlari, hudud xo‘jaligining rivojlanish darajasi va boshqa hollarga ko‘ra bir xil emas. Ular faqat inson resurslarining miqdori bo'yicha emas, balki oqilona bandlikni ta’minlash imkoniyatlariga ko'ra ham xilma-xil. Shu nuqtai nazardan inson resurslari ko'pchilikning diqqatini jalb qiladi. Ular tarkibida ko'plab ish bilan band bo'lmaganlar, ayniqsa, yoshlar va ayollarning mavjudligi faqat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanishni pasaytiribgina qolmay, balki ijtimoiy, millatlararo ixtiloflami ham keltirib chiqaradi.


Inson resurslari joylashishining hududiy jihatlarini o'rganishda bu resurslar joylashishining ijtimoiy, hududiy tomonlari kam o'rganilganligini hisobga olish zarur. Chunki bu boradagi ilmiy ishlar ish bilan bandlik muammolariga qaratilgan bo’lib, faqatgina resursli yo'nalishga ega.
Insoniyatning paydo bo'lishi va rivojlanishiga ko'ra, har bir hududda ma’lum odamlar guruhi joylashgan bo'lib, ular bir-biridan u yoki bu darajada ajralib qolishgan, yashash uchun faqatgina shu hudud tabiiy resurslaridan foydalanganlar. Shu sababli u yoki bu joyda ishlab chiqarishning muayyan
turlari rivojlangan. Muayyan tabiiy resurslar, doimiy aloqalarning yo'qligi har bir joyda ajralib qolgan inson resurslari paydo bo'lishiga olib kelgan. Ishlovchilarning hududiy begonalashishini yengish hisobiga tarmoq bo'yicha mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida inson resurslari hududiy va tarmoq nuqtai nazaridan birgalikda mavjud bo'lgan.
Ma’muriy-hududiy tuman tarmoqqa nisbatan ancha murakkabdir. Agar tarmoq ma’lum munosabatda bir turdagi korxona (birlashma, tashkilot)lar yig’indisi bo'lsa, hudud esa, iqtisodiyot va madaniyatning turli tarmoqlari yig’indisi bo'lib, shu hududdagi moddiy va ma’naviy boylildami ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishni qamrab oladi.
Ko'pchilik iqtisodiy jarayonlar mamlakatdagi alohida hududlari xususiyatlariga jiddiy bog’liq. Shu bois hududlardagi farqlaiga har qanday e’tiborsizlik jamiyatning iqtisodiy imkoniyatlaridan to'la foydalanmaslikka olib keladi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin