Mustaqil ish Mavzu: Nevus (xol)



Yüklə 4,66 Mb.
tarix24.01.2020
ölçüsü4,66 Mb.
#30298
Презентация1
русский, русский, Презентация Microsoft PowerPoint

Mustaqil ish

Mavzu: Nevus (xol).

Xol – (nevus, tug`ma dog`lar) – tug`ma yoki orttirilgan teri nuqsoni, teri hohlagan qismida joylashadi. Turlari: - Gemangioma ( xavfsiz o`sma, chaqaloqlarda uchraydi) - Yassi xol – lentigo - Bo`rtgan xol - Qizil xollar (yosh bolalar va o`smirlarda) - Ko’k xollar - Pigmentlangan gigant xollar.

SABABLARI: - Nasliy moyillik - Gormonal o`zgarishlar - Ultrafiolet nurlanish - Homiladorlik - Kuchli stress

Katta yoshdagi odamlarning ko‘pchiligida bir nechtagacha xol bo‘ladi. Ba’zi xollar (odatda eng kattalari) bola ona qornida ekanligida yuzaga kelib, qolganlari hayot davomida paydo bo‘ladi. Agar odamning tanasida xollar juda ko‘p yoki oilasidagilarda teri raki bilan og‘riganlar bo‘lsa, demak bunday odam xavflilik guruhiga kiradi va u muntazam ravishda mutaxassis shifokor ko‘rigidan o‘tib turishi hamda terisini quyoshning ultrabinafsha nurlaridan himoya qilishi lozim.

Xollar o‘zgarishiga gormonal tebranishlar (masalan, homiladorlikda) va ultrabinafsha nurlar sabab bo‘ladi. Shu sababli, yozning jazirama quyoshli kunlarida terini mutaxassis tavsiyasiga ko‘ra parvarish qilgan ma’qul. O‘lchami 6 millimetrdan oshgan, kuchli pigmentlangan, teridan ko‘proq bo‘rtib turgan xollarga alohida e’tibor qaratish lozim.

Xollar (nevuslar) melanoma kasalligini keltirib chiqarish xususiyatiga qarab ikki turga bo‘linadi. Melanomani keltirib chiqarmaydigan nevuslar: Ichki epitelial nevus, papillomatoz nevus, verrukoz nevus (papillomatoz nevusning bir turi), galonevus (Setton nevus), teri ichi nevusi, mo‘g‘ul dog‘i.

Melanomani keltirib chiqaruvchi nevuslar: Chegarali nevus, ko‘kimtir nevus, otanevus, Ito nevusi, katta gigant pigmentli nevus, displastik nevus, terining pigmentli kerodermiyasi, dyubreyl melonozi.

Melanomani iloji boricha erta aniqlash juda muhim. Xavfli xollarni aniqlash uchun o‘z-o‘zini ko‘rikdan o‘tkazish ham foyda beradi. Bu asosan Fridman qoidasi (shuningdek, ABCDE qoidasi deb ham nomlanadi) yordamida amalga oshiriladi: A (asymmetry) – asimmetriya. Xavfsiz xol simmetriyaga ega bo‘ladi. Ya’ni, holning o‘rtasidan xayolan o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziq uni bir xil shakldagi ikki pallaga ajratishi kerak. Agar xol simmetrik bo‘lmasa, uni rasmga olib, vaqti-vaqti bilan o‘zgarishlar sodir bo‘lmayotganligini tekshirib turish kerak.

B (border) – chegara. Xavfsiz xol bir tekisdagi, aniq, yaqqol chegaraga ega. Agar xol chegarasi bir tekis bo‘lmasa, noaniq bo‘lsa, bu xavotirlanish va shifokorga ko‘rinish uchun asos bo‘ladi. C (color) – rang. Xavfsiz xolning rangi bir xilda, odatda jigarrang tusda bo‘ladi. Agar xolning pigmentatsiyasi kamaysa yoki keskin kuchaysa (qora ranggacha bo‘lishi mumkin), rangi bir tekis emas, aksincha ba’zi joylarida boshqa ranglar (qora, qizil, ko‘k) paydo bo‘lsa, darhol onkolog shifokorga ko‘rinish kerak.

D (diameter) – diametr. Diametri 6 millimetrdan kam xollar kamdan-kam hollardagina melanomaga aylanadilar. O‘lchamlarning kattalashishi, qalinlashuv, shuningdek xol o‘z chegarasidan tashqariga “oqib ketayotgandek” tuyulishi yaxshi belgilar emas. E (evolution) – evolyutsiya. Xoldagi har qanday o‘zgarishlar – qichishish, po‘st tashlash, achishish, sanchiq, taranglashish, undagi tuk va sochlarning to‘kilishi, yoriq paydo bo‘lishi, yarachalar paydo bo‘lishi, qon oqishi, xol atrofida yallig‘lanish areolasi paydo bo‘lishi mutaxassis shifokor ko‘rigini talab etadi.

Xollarni ultrabinafsha nurdan himoya qilish lozim. Buning uchun: quyoshdan himoya qiluvchi kremlardan foydalanish lozim; soat 11 va 16 oralig‘ida iloji boricha quyoshda kamroq bo‘lish kerak. solyariydan umuman foydalanmaslik lozim. Xavflilik guruhiga kiruvchilar quyosh vannalaridan umuman voz kechganlari ma’qul; keng ayvonli bosh kiyim, quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak va tanani yopib turadigan kiyim kiyish zarur; bolalar 3 yoshgacha quyoshda toblanish va qorayishdan saqlanishlari kerak, chunki quyoshda kuyish bolada kelajakda melanoma rivojlanishi xavfini oshiradi.

DAVOLASH xolni davolash bu olib tashlash. - Kriodestruksiya (suyuq azot) - Lazer - Elektrokoagulyatsiya - Radioto’lqin - Jarroxlik


Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə