Mustaqil ish mavzu: O'simliklarning suvga bo'lgan talabiga ko'ra sug'orish va namligini saqlash. Tuproqning suv,havo, issiqlik va oziq me'yorlarini boshqarish. Bajardi



Yüklə 21,19 Kb.
tarix12.07.2022
ölçüsü21,19 Kb.
#62735
O\'somliklarnu suvga talabi


Xiva qishloq xo'jalig texnikumi

MUSTAQIL ISH

Mavzu:O'simliklarning suvga bo'lgan talabiga ko'ra sug'orish va namligini saqlash.Tuproqning suv,havo, issiqlik va oziq me'yorlarini boshqarish.




Bajardi: Jumanazarova Ziyoda
Jahonda suv tanqisligi sezilayotgan sharoitda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvdan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Sug‘orma dehqonchilikda sizot suvlarini ko‘tarilishi, yerlarni sho‘rlanishi sug‘orishni to‘g‘ri tashkil qilish bilan chambarchas bog‘liq. Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish tartibi aniqlashda sug‘orish me’yorini hisoblashda kompyuterdan foydalanish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Sug‘orish me’yori va mavsumiy sug‘orish me’yorini hisoblashning ekinning suvga bo‘lgan talabi va hosilga ta’sirini belgilash, suv resurslarini boshqarishning ilmiy asoslangan hisoblash uslublarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan maqsadli ilmiytadqiqot ishlari olib borish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu borada, jumladan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, suv tanqisligi va yerlarni meliorativ holati yomonlashib borayotganligi sharoitida g‘o‘zani suvga talab me’yorlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi (3.3.1-rasm). O‘simliklar hayotida suvning ahamiyati quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1) tuproqda va o‘simlikda bo‘ladigan kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar suvli muhitda kechadi. 2) o‘simlik suv bilan yetarli ta’minlangandagina unda o‘sish, rivojlanishi va barcha fizologik jarayonlar normal o‘tadi. 3) har qanday madaniy o‘simlik urug‘i unib chiqishidan oldin ma’lum miqdorda suv shimadi. O‘simliklar tarkibida 80-90 % gacha suv bo‘ladi. O‘suv davrida o‘simliklar bu suvning asosiy qismini bug‘lantirib yuboradi. Kuzatishlarga qaraganda, o‘simliklar butun vegetatsiya davomida o‘zlashtirgan suvning atigi 0,01-0,03% ni o‘z organizmini shakllanishi uchun sarflaydi. O‘simliklarning suvga bo‘lgan talabi ularning rivojlanish fazalariga qarab turlicha bo‘ladi. Masalan, kuzgi bug‘doy nay chiqarish va boshoqlash davrida, makkajo‘xori gullash va doni sut pishiqligi fazasida, kartoshka gullash va hosil tugish davrida, kungaboqar gullash va savatcha hosil qilish fazasida, g‘o‘za gullash va meva tugish davrida suvni ko‘p talab qiladi. Ko‘p yillik ekinlar esa suvga yanada talabchan bo‘ladi. O‘simliklarni suv rejimini belgilashda ta’sir etuvchi omillar quyidagilardan iborat. 1.Iqlim sharoiti: havo harorati, yog‘in miqdori va uning yil oylari bo‘yicha taqsimlanishi; havo namligi va bug‘lanishi; shamolning kuchi, yo‘nalishi va takroriyligi. 2.Tuproq sharoiti: tuproqning mexanik tarkibi, suv-fizik xossalari, sho‘rlanish xili va darajasi. 3.Gidrogeologik sharoitlar: yer osti suvlarining joylashgan chuqurligi va minerallashganlik darajasi, rejimi. 4.Iqtisodiy-xo‘jalik sharoitlari: agrotexnika, tuproq unumdorligi, ekinning hosildorligi. 5.Qishloq xo‘jaligi ekinlarining turi. 6.Qishloq xo‘jaligi ekinlarining biologik xususiyatlari. 7.Sug‘orish usuli va texnikasi. Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan, jumladan g‘o‘zadan yuqori va barqaror hosil olish uchun tuproq faol qatlamidagi namlik turli darajada sho‘rlangan tuproqlari sharoitida har doim tuproqdagi namlik ChDNS ga nisbatan 70 - 80 % da bo‘lishi talab qilinadi. Suv iste’mol qiymati iqlimiy shart-sharoitlardan yer yuzasiga tushadigan issiqlik energiyasi, tuproq nami, qishloq xo‘jaligi ekinining turi va hosildorlik qiymatlariga bog‘liq. Sug‘orma dehqonchilik amaliyotida qishloq xo‘jaligi ekinlarining suv iste’molini aniqlashning quyidagi uch xil: to‘g‘ridan-to‘g‘ri dala sharoitida olib boriladigan o‘lchov ishlari, meteorologik va hisobiy usullari qo‘llaniladi. G‘o‘zani sug‘orish tartibi, birinchi navbatda, suv iste’moli xususiyatlariga bog‘liq. S.Rijov tomonidan [34] keltirib o‘tilishiga asosan, sug‘oriladigan maydonlarning umumiy suv iste’moli bir qancha omillar orqali aniqlanadi: iqlimi ko‘rsatkichlar, tuproq meliorativ holati, gidrogeologik sharoitlari, ekin turi va ekinning yoshi, tuproqning namlik miqdori va qo‘llaniladigan agrotexnik usullar. Amaliyotda sug‘oriladigan maydonning suv iste’moli ikki usulda: suv balansi formulasi va lizimetrlar yordamida aniqlanadi. Suv balansi yordamida aniqlashda bir qator formulalardan foydalaniladi. Formulalar yordamida hisoblash quyidagi ikkita guruhga bo‘lgan holda amalga oshiriladi. Birinchi guruh ko‘rsatkichlarida bug‘lanishning fizik qonunlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri aks ettirmaydi, ikkinchi guruh bo‘lsa teskarisi ya’ni fizik qonunlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Birinchi guruh suv iste’molini aniqlashda to‘g‘ri usul hisoblanadi va aniqlik darajasi ham yuqori, chunki bu guruhda hududning tabiiy iqlim sharoitlari va etishtirilayotgan qishloq xo‘jalik ekinlari va ekinni etishtirish shart sharoitlari hisobga olinadi. Biroq, ular ko‘p yillik ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borishni, qimmatbaho, asbob-uskunalar va mehnatni hamda sug‘orish tizimlarini loyihalash va qurishni talab qiladi. Ikkinchi guruh ham ilmiy-tadqiqotlar olib borish, natijalar orqali qishloq xo‘jalik ekinlari ko‘rsatkichlarining umumiy suv iste’moliga bog‘lagan holda aniqlashga asoslangan. Biroq ilmiy-tadqiqot ishlar hajmi kamayadi, jumladan davomiyligi vaqt bo‘yicha aniqlanadi. Bu holatda tajriba dalalaridan olingan o‘xshash sharoitdagi materiallardan foydalanish tavsiya etiladi. Ayni paytda, sug‘orma dehqonchilikda, dunyo amaliyotida suv iste’molini hisoblashda ikkinchi usul ya’ni empirik bog‘lanishlar orqali hisob kitoblarni amalga oshirish keng miqyosda qo‘llanilmoqda. Akademik A.N.Kostyakovning ta’kidlashicha, qaysi ekin bo‘lishidan qat’iy nazar suv iste’moli miqdori hisoblanishi kerak [17]: a) bevosita tizimli ravishda tuproq namlikining o‘zgarishini hisobga olish yo‘li bilan; b) shu hudud sharoitidan kelib chiqqan holda, yetishtiriladigan ekin hosilining qiymati va bug‘lanish koeffitsientlariga mos ravishda; 79 c) issiqlik formulalaridan foydalangan holda, radiatsiya jarayonida kirish va chiqish issiqlik natijalari, boshqalar. Quyida qishloq xo‘jalik ekinlarini suv iste’molini aniqlashda birinchi guruh hisobiy formulalari keltirilgan. Hisobiy usulda empirik koeffitsientlar bevosita kuzatuvlar natijasida aniqlanganligi uchun bu usul aniqroq usul hisoblanadi. Shunday aniqlash formulalaridan biri A.N.Kostyakov [18]formulasidir: E = Кe ⋅U bu yerda: E - o‘suv davridagi ekinning umumiy suv iste’moli, m3 /ga; Ke - suv iste’moli koeffitsienti, m3 /ts. U - rejalashtirilgan hosil, ts/ga; Suv iste’moli koeffitsienti hosil birligiga sarflangan suv hajmi hisoblanib, iqlimiy shart-sharoitlar, ekin hosildorligi va agrotexnika darajasiga bog‘liq. Shuning uchun ham bu qiymatni barcha hududlar uchun yuqori aniqlikda aniqlash juda qiyin hisoblanadi. Suv iste’moli koeffitsienti o‘simlikning rivojlanishi fazalari va atrof-muhit (iqlim sharoiti, er osti suvlarining sathi va sho‘rlanish darajasi, tuproqning meliorativ holati, tuproq unumdorligi, hamda qishloq xo‘jaligida qo‘llanilayotgan agrotexnologiya va hosildorlik) bog‘liq. A.N. Kostyakov tomonidan umumiy suv iste’molini aniqlash bo‘yicha tavsiya qilgan tenglamasiga o‘xshash tenglamani V.E. Eremenko [14] ham bergan: E = Ku ⋅У ; m 3 / ga bu yerda: У - hosildorlik, t/ga; Ku- suv iste’moli koeffitsienti, turli sharoitlarda va turli hosildorlikning uchun 106-119 dan 280-322 m3 . Tabiiy namlanishning taqchilligi tuproqni sun’iy tomondan namlatish kerakligini taqozo etadi. Bu holda o‘simlikning alohida yillar va vegetatsiya davri 80 uchun suv iste’mol qiymatini aniq belgilash zaruriyatini tug‘diradi. Bu talab bioiqlimiy usulda (S.M. va A.M.Alpatevlar) [8] qondirilishi mumkin, jumladan: E = Kb Σd ; m 3 /ga, bu yerda: Kb- biologik koeffitsient (hisobiy davrdagi umumiy bug‘lanishning havo namligi tanqisligi yig‘indisiga nisbati bo‘lib, tajribalar orqali aniqlanadi), mm/mb. ∑d– havoning o‘rtacha ko‘p yillik namlik tanqisligi yig‘indisi, mb. O.Izrayelson [18] suv iste’molini aniqlashni quyida keltirilgan tenglama bilan ifodalash mumkin, deb ta’kidladi: U = f (Q ), h,e,m,s,c,y ⋅ ; m 3 /ga; bu yerda: U- suv iste’moli, m3 /ga; Qh,e,m,s,c,y - o‘suv davridagi haroratlar yig‘indisi; e- yer ustidan bug‘lanish; m - o‘suv davrida o‘rtacha tuproqning namligi; s - tuproq va ozuqa tartibotining ta’minlanganligi; c - ekin turi; y - ekin hosilorligi. I.A.Sharov [42] sug‘orish tartibini aniqashda quyidagi formulani tavsiya qiladi: x= 2⋅∑ t+4⋅b ; m 3 /ga; bu yerda, x - o‘suv davridagi suv miqdori, m3 /ga; ∑t - o‘suv davridagi kunlik o‘rtacha harorat yig‘indisi; b - o‘suv davri muddati, kunlar. S.M. va A.M. Alpatevlar [33] usuli: E = k ⋅ Σd ; мм 81 bu yerda, E - oylik umumiy suv iste’moli, mm; k - ekinning biologik koeffitsienti, empirik usulda aniqlanadi; Σd - havo namligining yetishmasligi, mb; I.A.Sharov (havo harorati bo‘yicha aniqlash formulasi) usuli: ( ) 0 E = a ⋅ e ⋅ t -t bu yerda, a - o‘suv davri (kunlar); e - 10 C (bug‘lanish birligi) haroratga oshishi hisobiga suv iste’molini ko‘rsatadigan koeffitsient, m3 /ga; ( ) 0 t -t - termometrning quruq va ho‘l holatdagi ko‘rsatkichlari. I.A.Sharov tomonidan taklif qilingan ikkinchi formula: E = e ⋅ Σt + 4 ⋅ a G.K.Lgov [22] formulasi: E = k ⋅ Σt ; мм bu yerda: E- umumiy suv iste’moli, mm; k- biofizik koeffitsient, paxta uchun 1,88 (1 0 S da 1,88 m3 /suv to‘g‘ri keladi); Σt - o‘suv davridagi jami o‘rtacha kunlik haroratlar yig‘indisi, 0C. F.Bleyni va V.D.Kriddl (AQSh) usuli [9] ( ) 100 1,8 32 25 4 K P t+ E = , ⋅ ⋅ ⋅ ⋅ ; bu yerda: E - oylik umumiy suv iste’moli; m3 /ga. K - ekin uchun oylik biologik koeffitsient; R- hisobot oyi davomidagi kunduzgi vaqt davomiyligi; kun t - o‘rtacha havo harorati, 0C. Qishloq xo‘jalik ekinlarini suv iste’molini aniqlashda ishlatiladigan ikkinchi guruh formulalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: M.I. Budiko formulasi [12]: 82 r R E =100 ⋅ ; bu erda: E - oylik umumiy suv iste’moli, m3 /ga; R - qaralayotgan davrda bug‘lanishga isrof, quyosh energiyasi miqdori, kJ; r - bug‘lanayotgan namlikning birlik hajmiga nisbatan quyosh energiyasining nisbiy iste’moli, kJ/ m3 . Suv muvozanat uslubi (SMU) sug‘orish dalasining suv muvozanat tenglamasi usuliga asoslangandir [29]: ; E P + ∆W + M + Wgr −Wf = µ ⋅ m 3 /ga bu yerda:µ - yog‘indan foydalanish koeffitsienti; P - vegetatsiya davridagi yog‘in miqdori, m3 /ga; ∆W - o‘simlikning ildiz qatlam tuprog‘idan foydalanadigan nam miqdori, m 3 /ga; M - mavsumiy sug‘orish me’yori, m3 /ga; Wgr - ildiz qatlam tuprog‘iga sizot suvlaridan kapillyar kuchlar ta’sirida kelib qo‘shiladigan suvlar miqdori, m3 /ga; Wf - sug‘orish suvining yer usti va faol qatlam ostiga bo‘lgan tashlama isrofi, m3 /ga. SMUning kamchiligi Е ni aniqlashda o‘simlikning o‘sish omillari hisoblanmish issiqlik energiyasi, meteorologik va boshqa omillarning hisobga olinmasligidir. Bu omillar issiqlik muvozanati usuli (IMU) da inobatga olinadi. IMU [12, 38] er usti qatlamida issiqlik va nam almashinuvini hisobga oluvchi issiqlik muvozanati tenglamasini hisobga olishga asoslangandir: R = LE+ J + Р, bu yerda: R - radiatsion muvozanat, dala sharoitida aktinometrik stansiyalar yoki issiqlik muvozanat qurilmalarida muvozanat o‘lchagichlar yordamida aniqlanadi; 83 LE - bug‘lantirishga sarflangan issiqlik miqdori (E - bug‘lanish, L - yashirin bug‘lanish issiqligi); J - tuproqni qizdirishga sarflanadigan issiqlik; P - issiqlikning turbulent oqimi. Radiatsion muvozanat R dala sharoitida aktinometrik stansiyalar yoki issiqlik muvozanat qurilmalarida muvozanat o‘lchagichlar yordamida aniqlanadi. J ni aniqlashda turli chuqurlik qatlamlarida o‘lchanadigan tuproqning haroratidan foydalaniladi. Issiqlikning turbulent oqimi (P) tuproqning ustki qatlami va 2 m balandlikda havo harorati, namligi va shamol tezligi farqlaridan aniqlanadi. IMU dan hozirda qishloq xo‘jaligi ekinlarining suv iste’molini aniqlashda analog sifatida foydalaniladi. Penman formulasi (Angliya) [46]: E = E0 ⋅ K . bu yerda: E - bug‘lanuvchanlik, mm; K - ekin turiga bog‘liq bo‘lgan koeffitsient, K= 0,6 ... 0,8; ∆+γ H ∆+γ E E = y ⋅ ⋅ 0 bu yerda: N- tuproq so‘radigan energiya miqdori; ∆ - maksimal bug‘ning bosimi; γ - doimiy qiymat,γ = 0,48 - 0,50; Ey - havo to‘yinish imkoniyati. Turk (Fransiya) formulasi [45]: ( )       ⋅ ⋅ 15 50 0,40 t+ t Em = J m + ( )       ⋅ ⋅ 15 50 0,13 t+ t Eg = J g + 84 bu yerda: Em Eg , - oylik va o‘n kunlik suv iste’moli, mm; m g J , J - o‘rtacha yilik va o‘rtacha o‘n kunlik umumiy quyosh radiatsiyasi (nurlanishi), kal/sm2 (1 kal = 4,20 J/sm2 ) kuniga; t - o‘rtacha oylik yoki o‘rtacha o‘n kunlik havo harorati;       ⋅ ⋅ H h J g = J gA 0,18+0,62 bu yerda: gA J - quyosh nurlanish energiyasi, kal/sm2 (4,2 kJ/sm2 ) kuniga; h - oylik yoki o‘n kunlik, umumiy davomiyligi; H -oylik yoki o‘n kunlik kunduzgi vaqtlarning umumiy astronomik muddati; h H - nisbiy yoritilish (quyosh bilan yoritish). “O‘zdavsuvloyiha” (Shreder, V.F.Safonov va Parenchik) instituti olimlari tomonidan sug‘orish me’yori quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi [37]: ( ) 1 2 3 M =10 ⋅ E - O ⋅ K ⋅ K ⋅ K m 3 /ga; bu yerda, M - sug‘orish me’yori, m3 /ga; E - bug‘lanish miqdori, mm; O - yog‘ingarchilik miqdori, mm; K1- ekin turiga bog‘liq bo‘lgan koeffitsient: g‘o‘za dalasi uchun - 0.63; K2 - sug‘orish davri davomiyligiga bog‘liq bo‘lgan koeffitsient; K3 - gidromodul rayonini hisobga olgan holda mavsumiy sug‘orish me’yori uchun qabul qilingan koeffitsient. Umumiy bug‘lanish miqdori o‘suv davri (IV-IX) uchun (E) koeffitsient joriy etish bilan empirik formula bilan bevosita kuzatishlar natijasida N.N.Ivanov va A.A.Molchanov [25] tomonidan K= 0,8 tuzatish koeffitsienti kiritish yo‘li bilan belgilanadi. 85 Qurg‘oqchil mintaqalar uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarining umumiy suv iste’molini aniqlashda yuqoridagilarni hisobga olgan holda N.N.Ivanov va A.A.Molchanov tomonidan tavsiya qilingan formula quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: ,0 0018 (25 ) (100 ) 8,0 2 0 E = ⋅ + t ⋅ − a ⋅ ; mm bu yerda: E - oylik bug‘lanish miqdori, mm; t - havoning o‘rtacha harorati, 0 C; α - havoning o‘rtacha oylik nisbiy namligi. Suv muvozanat uslubining ko‘rinishlari - bu bug‘latgich va lizimetrlar hisoblanadi. Bug‘latgichlar yuzasi 500-3000 sm2 , balandligi 1-1,5 m bo‘lgan, osti va yon devorlari suv o‘tkazmaydigan silindrsimon idish ko‘rinishida bo‘lib, idishga tuproq monoliti o‘rnatiladi. Ular sug‘orish maydonida sizot suvlar chuqurligi 5-10 m da bo‘lganda, ya’ni suvlarning tik yo‘nalish bo‘yicha almashinuvi bo‘lmaganda qo‘llaniladi. Lizimetrlar esa monolitda tik suv alamashinuvini hisobga olishga asoslangan bo‘lib, bu idishlarning yuzasi 1000- 2000 sm2 dan (don ekinlari uchun) 10000 sm2 gacha (g‘o‘zada), balandigi 1-2,5 m gacha bo‘ladi.Lizimetrlarda sizot suvlar sathi doimiy ravishda ushlab turiladi. Sug‘orish yordamida etishtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘rtacha suv iste’moli quyidagi qiymatlarga tengdir: don ekinlarida 3000-4000 m3 /ga, sholida - 40000 m3 /ga, poliz ekinlarida 3000-10000 m3 /ga, ko‘p yillik o‘tlarda 8000-12000 m 3 /ga, g‘o‘zada - 6000-9000 m3 /ga. O‘simliklarning tanasida to‘xtovsiz suv almashinish jarayoni sodir bo‘lib turadi. Bunday jarayon o‘simliklarning suv rejimi deyiladi. Bu uch bosqichdan iborat: 1. Suvning ildiz tomonidan shimilishi. 2. O‘simlik tanasi bo‘ylab harakati va taqsimlanishi. 3. Barglar orqali bug‘lanishi - transpiratsiya. Bu bosqichlarning har biri bir qancha jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, o‘simliklar suvga bo‘lgan talabning juda oz qismini yer usti a’zolari (asosan barglari) orqali ta’minlaydilar. Bu asosan yog‘ingarchilik va havo namligi yukori bo‘lgan davrlardagina yuz berishi mumkin. Me’yoriy o‘sish va rivojlanishni ta’minlaydigan asosiy suv miqdori tuproqdan ildiz tizimi orqali olinadi. Xo‘p, unda tuproqdagi suv formalari qanday? Tuproqdan suv olish uchun o‘simlikindagi hujayralarining so‘rish kuchi tuproq eritmasining so‘rish kuchidan birmuncha yuqori bo‘lishi shart. Chunki tuproqda bunday so‘rishga qarshilik qiluvchi kuchlar mavjudki, ular suvni ushlab turuvchi kuchlar deyiladi. Odatda, tuproq tarkibida suv toza emas, balki ma’lum konsentratsiyali eritma holida bo‘ladi. Eritmaning konsentratsiyasi tuproqdagi suvda eruvchi tuzlar va boshqa moddalarning miqdoriga bog‘liq. Bundan tashqari tuproqda osmotik qarshilik bilan bir qatorda adsorbsion xususiyatdagi qarshilik ham bor. U suv molekulalarining tuproq donachalari bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatidan kelib chiqadi, ya’ni suv tuproq donachalari bilan) har xil darajada birikadi va natijada tuproqda har xil shakllar hosil bo‘ladi. Umuman, tuproqdagi suv formalari ikki guruhga bo‘linadi: 1. Erkin suv-o‘simlik tomonidan osonlik bilan o‘zlashtiriladigan suv shakllari (gravitatsion, kapillyar va qisman pardasimon). 2. Bog‘langan, ya’ni o‘simliklar o‘zlashtirolmaydigan suv shakllari (gigroskopik). Tuproqdagi erkin o‘zlashtiriladigan suv shakllari o‘rtacha 0,5 m.Pa, qisman o‘zlashtiriladigan suv shakllari 1,2 mPa va o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan suv 87 shakllari 0,25-3,0 mPa.gacha bo‘lgan kuch bilan ushlanib turadi. O‘simliklar o‘zlashtira olmaydigan suv - suvning o‘lik zaxirasi deyiladi. O‘lik zaxiraning miqdori odatda, tuproq turiga va tarkibiga qarab o‘zgarib turadi.Tuproqning to‘la nam bilan ta’minlanish qobiliyati to‘la nam sig‘imi deyiladi. To‘la nam sig‘imi ham tuproq turlariga qarab har xil miqdorga ega, ya’ni yirik qumda 23,4 foiz, mayda qumda 28,0 foiz, yengil qumoq tuproqlarda 33,4 foiz, og‘ir qumoq tuproqlarda 47,2 foiz, og‘ir soz tuproqli maydonlarda 64,6 foiz atrofida bo‘ladi. O‘simliklarning to‘la suv bilan ta’minlanish jarayonida ildiz tizimi asosiy o‘rin egalaydi. Shuning uchun ham ildizning rivojlanish jadalligi morfologik tuzilishlari tuproqdan suv va suvda erigan mineral elementlarni so‘rishga moslashgan. Ildizning eng faol birlamchi tuzilishida bir qancha to‘kimalarni ko‘rish mumkin: ildiz qini, apikal meristema, rizoderma, endoderma, peritsikl va o‘tkazuvchi to‘qimalar. Ildizning o‘suvchi qismi uzunligi 1 sm atrofida bo‘lib, meristema (1,5-2,0 mm) va cho‘zilish (2-7 mm) qismlarini o‘z ichiga oladi. Ildizning meristema qismidagi hujayralar to‘xtovsiz bo‘linib turadi. Har bir hujayra o‘z hayotida 6-7 martagacha bo‘linadi va ildizlarning o‘sishini ta’minlaydi. Hujayralar bo‘linishdan to‘xtagandan so‘ng cho‘zilish boshlanadi. Ildizning cho‘zilish qismida hujayralarning differensirovkasi tugallanib, ildizlarning tukchalik qismi boshlanadi va u yerda ildiz asosiy to‘kimalarining shakllanishi tugaydi: rizoderma, birlamchi pustloq, endoderma va markaziy silindr to‘qimalari. Rizoderma bir qavat bo‘lib joylashgan hujayralardan iborat.Asosan ildiz tukchalarini hosil qiladi va buning natijasida ildizning suv va suvda erigan mineral moddalarini so‘ruvchi yuzasini bir necha barobar oshiradi. Ildizning tukchalar qoplagan qismi qancha ko‘p bo‘lsa, uning umumiy suvni so‘ruvchi satri ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Bunday tukchalarning har biri tuproq kapillyari ichiga kirib, undagi suvni so‘radi va o‘zining asosiy fiziologik funksiyasini bajaradi. O‘simliklar tanasiga suvning kirishi va sarflanishini suv bilan bog’liqligi deb tushuniladi. Bunda o‘simlik tanasiga kirayotgan suv bilan sarflanayotgan suv 88 miqdori bir-biriga to‘g‘ri kelishi lozim. Lekin yozgi ochiq kunlarda quyosh nurlari ta’siridan transpiratsiya kuchayishi va o‘simlik qabul qilayotgan suv uning o‘rnini qoplay olmasligi natijasida nisbiy tenglik buziladi. Oqibatda suv defitsitligi (taqchilligi) ro‘y beradi. Aksariyat hollarda taqchillik 5-10 foizga teng va o‘simliklarga ko‘p zarar qilmaydi. Chunki asosan tush vaqtida bo‘ladigan bunday suv yetishmasligi odatdagi hodisa deb hisoblash mumkin. O‘simlik uning ta’sirida transpiratsiya jadalligini tartibga solib turish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bu suv taqchilligining oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.Transpiratsiya ham juda kuchayib ketganda, tuproqda suvning miqdori kamayib qolsa, o‘simliklarga kirayotgan suvning miqdori ham juda kamayib ketadi va o‘simliklarning suv muvozanati buziladi. Bu ayniqsa, kunning eng issiq soatlarida sodir bo‘ladi. Suv taqchilligi ro‘y berganda barglar so‘lib va osilib qoladi.
Yüklə 21,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin