Mustaqil ishi egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat



Yüklə 0,53 Mb.
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#122046
Orziqulov Shuhratbek (1)


O'zbekiston Milliy Universiteti


" Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi" yo'nalishi
2-mutaxasislik 2-kurs talabasi
Orziqulov Shuhratbekning
Fuqarolik huquqi fanidan yozgan
MUSTAQIL ISHI


Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat
Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat asosida mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda sudlar quyidagilarni e’tiborga olishlari lozim:
–– mol-mulkka egalik qilish halol hisoblanadi, agar mol-mulkka egalik qilishning asoslari g‘ayriqonuniy bo‘lmasa;
–– mol-mulkka egalik qilish oshkora hisoblanadi, agar shaxs mol-mulk uning egaligida ekanligini yashirmasa. Shaxs tomonidan mol-mulkni saqlash uchun qaratilgan choralarning ko‘rilishi ushbu mol-mulkni yashirish hisoblanmaydi;
–– egalik qilish uzluksiz hisoblanadi, agar egalik qilish FKning 187-moddasida nazarda tutilgan muddat davomida uzluksiz bo‘lsa. Mol-mulkning boshqa shaxsga vaqtincha egalik qilish uchun berilishi mazkur muddatning uzilishiga olib kelmaydi;
–– mol-mulkka o‘ziniki kabi egalik qilish shartnomasiz egalik qilishni anglatadi. Shu munosabat bilan mol-mulkka egalik qilish shartnomaviy majburiyatlar (ijara, saqlash, haqsiz foydalanish va boshqalar) asosida amalga oshirilgan hollarda FKning 187-moddasi qo‘llanilmaydi.
11.3. Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddatning o‘tishi tufayli mulk huquqi vujudga kelganida avvalgi mulkdor mulk huquqini yo‘qotadi.
12.1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qaroriga asosan chiqarilgan.
12.2. FK 212-moddasining to‘rtinchi qismiga ko‘ra, shaxs o‘ziga qarashli bo‘lmagan yer uchastkasida o‘zboshimchalik bilan imorat qurgan bo‘lsa, uning bu imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan, basharti mazkur uchastka shu shaxsga qurilgan imorat uchun belgilangan tartibda beriladigan bo‘lsa, e’tirof etilishi mumkin.
Ushbu holatda sudlar unga yer uchastkasini ajratgan vakolatli organning hujjatini talab qilib olishi lozim.
Agar da’vogar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat joylashgan yer uchastkasi belgilangan tartibda unga berilganligini tasdiqlovchi tegishli davlat organi qarorini yoki unga tenglashtirilgan boshqa hujjatni taqdim qila olmasa yoki tegishli davlat organi tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat joylashgan yer uchastkasini da’vogarga ajratish rad qilingan taqdirda, sud da’vo talabini qanoatlantirishni rad qiladi.
12.3. FK 212-moddasining beshinchi qismiga muvofiq imorat qurilgan yer uchastkasining mulkdori bo‘lgan, unga umrbod meros sifatida egalik qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan shaxsning ham o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan e’tirof etilishi mumkin.
12.4. FK 212-moddasi oltinchi qismining mazmuniga ko‘ra, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmaydigan yoki fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmaydigan bo‘lsa, ushbu imoratga nisbatan mulk huquqi yuqorida keltirilgan moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlariga asosan sud tomonidan tan olinishi mumkin.
Shu bois, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini tan olish haqidagi talab bilan sudga murojaat qilinganda, da’vogar qurilgan imoratlar arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalariga javob berishi, imoratning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarining buzilishiga sabab bo‘lmasligi yoxud fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasligini isbotlab berishi lozim.
Qayd qilingan holatlarni sud o‘z tashabbusi bilan ishga boshqa davlat organlarini jalb qilmasdan, ulardan tegishli dalillarni talab qilmasdan, balki da’vogar tomonidan taqdim qilingan dalillarni XPKda belgilangan tartibda tekshirish yo‘li bilan aniqlaydi. Zarur hollarda, da’vogar tomonidan taqdim qilingan dalillarning haqqoniyligini tekshirish maqsadida, sud tegishli davlat organlarining vakilini mutaxassis sifatida jalb qilishga haqli.
Agar da’vogar qayd etilgan holatlarni isbotlab bera olmasa, bunday holda da’vo asossiz hisoblanadi va uni qanoatlantirish rad qilinadi.
Agar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalariga javob berishi, imoratning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarining buzilishiga sabab bo‘lmasligi da’vogar tomonidan isbotlab berilsa yoki bu holat sud tomonidan aniqlansa, nizoli imorat fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasligi masalasiga sudlar huquqiy baho berishi lozim.
Sudlarning e’tibori FKning 212-moddasida shaxs o‘ziga qarashli bo‘lgan yer uchastkasida o‘zboshimchalik bilan qurgan imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan e’tirof etilishi mumkinligi nazarda tutilmaganligiga qaratilsin.
13. Xo‘jalik sudlari e’tiborga olishlari kerakki, da’vogarda mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni boshqacha tarzda olishning imkoniyati bo‘lmasa va uni tan olish uchun dalillar yetarli bo‘lsagina, mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi da’vo talabi qanoatlantirilishi mumkin.
Agar mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lsa yoki mulk huquqini tasdiqlashning boshqa imkoniyati bo‘lsa, bunday holda da’vo talabini qanoatlantirish rad qilinadi.
14. Sudlar nazarda tutishlari lozimki, belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilgan yangi bino va inshootlarga mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan taqdirda, mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi da’vo talabini qanoatlantirish rad qilinishi lozim.
Xo‘jalik sudlariga tushuntirilsinki, mustaqil ravishda tayyorlangan hamda yopiq joylarda foydalaniladigan texnologik transport vositalari, konlarda, shaxtalarda va karyerlarda ishlatiladigan maxsus transport vositalariga nisbatan mulk huquqini tan olish haqidagi ishlar ko‘rilishida, mazkur transport vositalarining chizmasi va konstruksiyasining harakatlanish xavfsizligi talablariga javob berishi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining xulosasi, ruxsati hamda agregatlarning qonuniy xarid qilinganligini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lmaganda, bunday da’vo talabini qanoatlantirish rad qilinadi.
Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin