Mustaqil ishi. Mavzu: Efir moylarning va ularni saqlovchi dorivor o’simliklarning tasnifi. Topshirdi: / / Atajanova Ozoda. Qabul qildi: / / Allaberganova Zebo. Baholash: Urganch 2023



Yüklə 346 Kb.
səhifə1/2
tarix10.04.2023
ölçüsü346 Kb.
#95596
  1   2
efir moyli o\'simliklar


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI


TABIIY FANLAR FAKULTETI
BIOLOGIYA (TURLAR BO`YICHA) TA`LIM YO`NALISHI
198-GURUH TALABASI
ATAJANOVA OZODANING
O’SIMLIKLARNING FIZIOLOGIK FAOL MODDALARI FANIDAN TAYYORLAGAN

MUSTAQIL ISHI.

Mavzu: Efir moylarning va ularni saqlovchi dorivor o’simliklarning tasnifi.

Topshirdi: /________/ Atajanova Ozoda.
Qabul qildi: /________/ Allaberganova Zebo.
Baholash: _________
Urganch 2023
Efir moyi deb, o'simliklardan suv bug'i yordamida haydab olinadigan, o'ziga xos hidi va mazaga ega bo'lgan uchuvchan organik moddalar aralashmasiga aytiladi.
Xushbo'y hidli o'simliklar va ulardan olinadigan ba'zi mahsulotlar (tarkibida efir moyi bo'lgan o'simliklardan oiingan xushbo'y suvlar, smolalar va efir moylar) qadimdan ma'lum. Odamlar bu mahsulotlardan turli kasalliklarni davolashda, ovqat tayyorlashda keng foydalanib kelganlar. O'rta asrlarda arablar o'simliklardan efir moylarini suv bilan haydab olish va ularni suvdan ajratish usullarini yaxshi bilar edilar.
XVIII asrdan boshlab efir moylarining xossalari va tarkibiy qismi o'rganila boshlangan bo'lsa-da, bu sohadagi ishlar XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida, ayniqsa, avj oladi. A.M.Butlerov va A.N.Reformatskiy (Rossiya), Gildemeyster va Gofman (Germaniya), Ye.Ye.Vagner va uning shogirdlari (Polsha) va boshqa mashhur olimlar efir moylarini o'rganishga katta hissa qo'shdilar.
Efir moylari tarkibini o'rganishda, tarkibida efir moyi bo'lgan o'simliklarni qidirib topishda hamda chet mamlakatlardan keltirilgan efir moyli o'simliklarni o'stirishda B.N.Rutovskiy, G.V.Pigulevskiy, I.P.Sukervanik, N.G.Kiryalov, E.V.Vulf, V.I.Nilov, S.N.Kudryashov, M.I.Goryaev kabi olimlar va ular-ning shogirdlarini xizmati katta. O'simliklar dunyosida efir moylari keng tarqalgan. Aniqlangan ma'lumotlarga ko'ra yer sharining florasidagi o'simliklardan taxminan 2500 dan ortiq turi tarkibida efir moyi bo'ladi. Shundan 77 oilaga kiradigan 1050 dan ortiq o'simlik turi sobiq Ittifoq hududida o'sadi. Ayniqsa; yasnotkadoshlar — Lamiaceae (labguldoshlar — Labiatae), selderdoshlar — Apiaceae (soyabonguldoshlar — Umbelliferae), astradoshlar — Asteraceae (murakkabguldoshlar — Compositae), sho'radoshlar — Chenopodiaceae, archadoshlar (sarvindoshlar) — Cupressaceae, mirtadoshlar — Myrtaceae, rutadoshlar — Rutaceae, ra'noguldoshlar — Rosaceae va boshqa oilalarning vakillari efir moyiga boy. Tarkibida efir moyi bo'lgan o'simliklar, asosan, Ukraina, Moldova, Gruziya, Tojikiston, Qirg'iziston respublikalarida, Shimoliy Kavkaz, Qrim, Voronej viloyatlarida ko'plab o'stiriladi.
O'simliklarning deyarli barcha organlarida efir moyi bo'ladi. U gul, meva, barg va yer ostki organlarida hamda o'simlikning butkul yer ustki qismida to'planadi. Ba'zan bitta o'simlikning turli organlarida tarkibi jihatidan turlicha bo'lgan efir moylari bo'lishi mumkin. Masalan, pomeranes daraxti bargidan, gulidan, xom mevasidan va pishgan mevasi po'stidan tarkibi turlicha bo'lgan 4 xil efir moyi olinadi.
Efir moyining miqdori o'simliklarda 0,001-20 foiz bo'lishi mumkin. Bu moyning miqdori va tarkibiy qismi o'simlikning o'sish joyiga, rivojlanish davriga, yoshiga hamda naviga qarab o'zgarib turadi. Turli o'simliklarda efir moyining ko'p miqdftrda to'planishi turli vaqtlarga to'g'ri keladi. Odatda o'simliklar gullash, ba'zilari g'unchalash davrida yoki bundan ham ertaroq efir moylarini maksimal miqdorda to'playdi. Efir moyining o'simlik tarkibida ko'p yoki kam miqdorda to'planishi havo haroratiga va namligiga, tuproq namligiga hamda yerdagi mineral moddalarning ko'p yoki ozligiga bog'liq.
Odatda havo harorati ko'tarila boshlagan sari o'simlik tarkibida efir moylari ko'proq sintezlanadi va aksincha, havo namligi ko'payishi bilan bu birikmalar miqdori kamayib boradi. Tuproqdagi namlikning o'rta darajadan ko'p yoki kam bo'lishi o'simlik tarkibida efir moylarining kamayishiga olib keladi. Shu bilan bir qatorda qurg'oqchilik ba'zi o'simliklarda efir moylarining ko'p to'planishiga sababchi bo'ladi.
Mineral moddalardan, masalan, kaliy kationijva PO4 anioni rozmarin tarkibida efir moyining ko'p to'planishiga yaxshi ta'sir ko'rsatadi.
Odatda janubiy tumanlarning florasi shimoliy tumanlardagiga nisbatan efir moyi saqlovchi turlarga boy. Shu sharoitda o'sadigan o'simliklarning efir moylarining hidi ko'proq yoqimli, tarkibiy qismi ham murakkabroq bo'ladi.
Efir moylarining o'simliklar hayoti uchun ahamiyati shu vaqtgacha to'la aniqlanmagan. Ba'zi olimlar efir moylari va smolalar o'simliklarni turli kasalliklardan, zararkunandalardan, chirishdan hamda zaharlanishdan saqlash vazifasini o'taydi, deb faraz qilishadi. Ba'zi nazariyalarda esa efir moylari hasharotlarni jalb etadi va o'simlik gullarining changlanishiga yordam beradi deyiladi. Bundan tashqari, efir moylari o'simlik chiqindisi yoki zaxira ovqat moddasi bo'lib xizmat qiladi, deb ham hisoblanadi.
Tindal eflr moylari o'simliklarni kunduzi qattiq qizib ketishdan, kechasi esa qattiq sovushdan saqlaydi hamda to'-qimalardagi suv bug'lanishini tartibga solib turadi, deb fikr yuritadi. Yuqoridagi nazariyalar qisman to'g'ri bo'lsa-da, efir moylarini o'simliklarda faqat shu maqsadlar uchungina xizmat qiladi, deyish xato bo'lur edi. Efir moylari boshqa biologik faol moddalar singari o'simliklar to'qimasida bo'ladigan moddalar almashinuvi jarayonida faol ishtirok etadiAdegan fikrlar keyingi vaqtlarda turli olimlar tomonidan ko'p keltirilmoqda.
Efir moylarining miqdori va tarkibi o'simlikning o'sish davrida doimo o'zgarib turadi. O'simlikda awal oddiy birikmalar sintez bo'Igan bo'lsa, keyinchalik yuz berayotgan o'zgarishlar (unish, g'uncha hosil qilish, gullash, meva tugish va boshqalar) ga qarab efir moyining tarkibi o'zgaradi va vegetatsiya davrining oxirida yanada murakkablashgan komponentlar hosil bo'ladi. Ko'pincha o'simlikning qarishi davrida moy tarkibida oksidlangan qismlar yig'iladi. Yuqorida
keltirilgan dalillar o'simliklardagi efir moylarining fiziologik ahamiyatini aniqlashda katta ahamiyatga ega.
Efir moylari o'simlik to'qimalarida moy ishlab chiqaruvchi va saqlovchi maxsus organlarida to'planadi. Erkin holda uchraydigan efir moylaridan tashqari glikozidlar tarkibiga kiradigan efir moylari ham mavjud. Ular glikozidlar parchalangandagina erkin holda ajralib chiqadi. Bunday glikozidlar to'qimalarning hujayra shirasida bo'ladi.

Yüklə 346 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin