Mustaqil ta’lim yuzasidan topshiriqlar



Yüklə 10,94 Kb.
tarix05.12.2022
ölçüsü10,94 Kb.
#72477
2. Sharifova 2-topshiriq


Boshlangʻich taʼlim fakulteti talabasi Sharifova Shodiyaning Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanidan bajargan ishi

MUSTAQIL TA’LIM YUZASIDAN TOPSHIRIQLAR


Raja
1. Darsdan tashqari o‘ynaladigan harakatli o‘yinlarni o‘tkazish.
2. Harakatli o‘yinlar orqali sport o‘yinlari elementlarini o‘rgatish
3. Jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi harakatli o‘yinlarni o‘rgatish.
4. Badminton o‘yinida uchraydigan holat va harakatlarga o‘rgatish.
5. Stol tennisi o‘yinida uchraydigan holat va harakatlarga o‘rgatish.
1.Darsdan tashqari o‘ynaladigan harakatli o‘yinlarni o‘tkazish.
Maktab kechalari va bayramlarda o'tkaziladigan o'yinlar Maktabda o'tkaziladigan sport kechalari va bayramlari o'quvchilarda tetik hamda quvnoq kayfiyat yaratish uchun eng ta'sirli tadbir bo'lib hisoblanadi. Maktab sport kechalari va bayramlarida foydalaniladigan harakatli o'yinlar bolalarni tezda tashkil qiladi, ular engil ruh va quvnoq kayfiyatni vujudga keltiradi. Bayramda, odatda, juda ko'p bolalar bo'ladi, shuning uchun ommaviy o'yinlardan foydalanish tavsiya qilinadi, musiqa jo'rligida bajarilsa yana ham maqsadga muvofiq bo'ladi. Musiqa sadolari ostida o'tkaziladigan o'yinlar qiziqarli, ularni tashkil qilish va o'tkazish engil bo'ladi. Ommaviy o'yinlardan tashqari o'yin-attrakstionlarni ham, shu bilan birga yaxshisi, asosiy tadbirlarni boshlashdan oldino'tkazish mumkin (konsert, spektakl). O'yin-attrakstionlari katta sinf o'quvchilari uchun eng yaxshi «uch kurashchi» yoki "Besh kurashchi" musobaqasini tashkil qilish mumkin. bunday maqsad uchun mazmunan har xil bo'lgan kuch yoqi merganlikni, epchillikni, muvozanat saqlash yoqi fazoda mo'ljal olishni bilishni namoyon qilishini talab qiladigan, 3 yoki 5 attrakstion tanlab olinadi: "Uch kurashchi" yoki "Besh kurashchi" bo'lishni xohlaganlar barcha attrakstion musobaqalarida qatnashishlari majbur g'oliblarni eng yaxshi 3 kurashchi yoki 5 kurashchi deb e'lon qiladilar va mukofotlaydilar. O'rta yoki yuqori sinf o'quvchilari uchun bayramda yakkama-yakka olishuv o'yini (xohlagan ikki kishi epchillik, merganlikda, kuch sinashadilar) musobaqalarini tashkil qilish mumkin. Bunday musobaqalarni ommaviy o'yin va raqslar o'rtasidagi tanaffuslarda tashkil qilishni tavsiya qilinadi.
2.Harakatli oʻyinlar orqali sport elementlarni oʻrgatish.
Sport malakalalari faqat muntazam ravishda, maqsadga muvofiq takomillashtirilib borilsagina sanatga aylanadi. Mashg'ulotlarda harakat malakalariga yangi texnik uslublarni kashf etish shaxsiy texnik mahoratni oshishiga olib keladi, g'alaba sari yetaklaydi. Texnik tomondan yangi harakat uslublari ko'proq vaziyatli o'yinlarda sportchi yoki o'qituvchi-ustozlar tomonidan kashf etiladi. Masalan: voleybolda yaponcha usulda to'pni o'yinga kiritish yoki yapon voleybolchisi Morita kashf etgan, hujumda qo'llaniladigan harakat finti; yengil atletikada: Fosberi-flop o'zining balandlikka sakrash usulini kashf etib, uni butun jahonga tanitdi. Demak, mashg'ulotlarda bo'lajak sportchilardan bajariladigan bir yoki bir necha harakat texnikasi nusxasini ijro etishni talab qilmasdan malum darajada ijodiy harakat erkinligini yaratadigan imkoniyat, vaziyat tug'dirish kerak.

Shuni aytish joizki, ijodiy harakat erkinligi, ayniqsa, xalq o'yinlarida, jumladan, milliy sport turlarida, harakatli o'yinlar jarayonida o'z aksini topadi. Bunday o'yinlar o'z mazmuni va o'yin harakatlarini bajarish shartiga qarab bo'lajak sportchiga zarur bo'lgan, yani vaziyatga munosib malakalarni rivojlantirishga yoki harakatni yangi uslublarini kashf etishga imkon tug'dirib beradi. Jismoniy sifatlarni, maxsus texnik malakalarni takomillashtirishda qo'llaniladigan jismoniy mashqlar, ko'pincha, bolalar organizmiga keskinroq va chuqurroq tasir qilishi mumkin, natijada charchash holati tezroq vujudga keladi.


3. Jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi harakatli oʻyinlarni oʻrgatish.
Jismoniy sifatlarni rivojlantirishda esa, ayniqsa, yosh bolalarda o'zbek xalq o'yinlarini ahamiyati cheksizdir. Chunki standart mazmunli jismoniy mashqlarni qayta-qayta bajarish bola organizmida tezda toliqish holatlarini vujudga keltiradi. Bu holat bolani ruhiyatiga tasir etishi natijasida ro'yobga keladi.
Milliy harakatli o'yinlarni mashg'ulotlar davomida qo'llash bolalarda katta qiziqish uyg'otadi, ularning kayfiyati va boshqa ruhi) sifatlariga ijobiy tasir ko'rsatadi. Ushbu holatlar esa organizmda charchash asoratlarini ertaroq vujudga kelishiga yo'l qo'ymaydi, zo'riqish holatlarini oldini oladi.
7-10 yoshli bоlalar yoshiga mоs o’yinlarni jismоniy sifatlarni
rivоjlantirishiga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Tеzkоrlikni tarbiyalоvchi o’yinlar;
2. Kuchni оshiruvchi o’yinlar.
3. Chaqqоnlikni rivоjlantiruvchi o’yinlar.
4. Chidamlilikni rivоjlantiruvchi o’yinlar.
5. Egiluvchanlikni tarbiyalоvchi o’yinlar;
4.Badminton o‘yinida uchraydigan holat va harakatlarga o‘rgatish.
Badminton o'yinining ma'nosi - raketka yordamida raketalarni to'rga tashlash. Ushbu o'yinda ikki yoki undan ko'p o'yinchi o'ynashi mumkin, asosiysi ularning soni bir xil, chunki siz ikkita jamoaga bo'lishga to'g'ri keladi. Professionallar bitta maydonda to'rt kishidan ortiq o'ynashmaydi. Agar siz shunchaki plyajda kompaniya sifatida o'ynashga qaror qilsangiz, unda o'yinchilar soni da'vogarlarning soniga bevosita bog'liq bo'ladi. O'yinning maqsadi - raketani to'r orqali raqib zonasiga tashlash, eng muhimi, u badminton maydonchasida erga tegishi. Agar u maydon tashqarisiga tushib qolsa, raqibga ochko qo'shiladi. Qancha ko'p ball to'plansangiz, g'alabaga yaqin bo'lasiz. Badmintonda xizmat qilayotganda raketka faqat pastdan uriladi, hozirda raketka kamar chizig'idan yuqori bo'lmasligi kerak. Topshirayotganda, siz yolg'on harakatlar qila olmaysiz va kassetaning tepasida zarba berolmaysiz. Ammo sportchilar shu tarzda o'ynashadi, ko'pincha bolalar va havaskorlarga ushbu qoidalarga rioya qilish qiyin. Shuning uchun u ritsepka xizmat qiladi, qoida tariqasida uni yiqitadi va keyin raqibga raketani yuboradi.
5.Stol tennisi oyinida uchraydigan holat va harakatlarga orgatish.
Oyin mazmuni stolga kondalang tortilgan tor ustidan koptokni raketka bilan ikki tomondan irgitishdan iboratdir. Oyinda ikki yoki tort kishi ishtirok etishi mumkin. Bir tennis stoli uchun zarur boladigan xona maydoni – 7,7 x 4,5m. Oyin uchun stol, tor, raketka va koptok zarur boladi.
Oyin qur’a orqali birinchi bolib boshlash huquqiga ega bolgan oyinchining koptok uzatishidan boshlanadi. Raketka bilan uzatilgandan song, koptok boshlovchi tomonida stolga urilib, torga tegmasdan sakrab otishi va ikkinchi tomonda stolga urilishi lozim. Koptok uzatish vaqtida oyinchi uning raketkasi va koptok stolning orqa chizigi tashqarisida turishi kerak. Agar koptok stol ustida urib qaytarilsa, oyin qoidasi buzilgan hisoblanadi (2002 yil 1 sentyabrdan koptok uzatish reglamenti yangi qoidalarga binoan belgilangan). Agar koptok boshlovchi tomonida stolga urilib, torga tegib sakrab otsa va ikkinchi tomonda stolga urilsa, koptok uzatish yangitdan bajariladi va ochko hisoblanmaydi. Qaytadan uzatishlar soni cheklanmagan. Koptok ikkinchi tomonda stolga urilgandan song, ikkinchi oyinchi uni raketka bilan urib orqaga qaytaradi. Oyin shu tarzda oyinchilardan biri xatoga yol qoymaguncha davom etadi. Har bir xato raqibga bir ochko beradi. Oyinchi quyidagi hollarda ochkoga ega boladi:
- agar raqibi koptokni notogri uzatsa;
- agar raqibi koptokni stolga tegmasidan qaytarsa;
- agar raqibi koptokni stoldan tashqariga urib yuborsa;
- agar raqibi togri uzatilgan koptokni qabul qila olmasa;
- agar raqibi koptokka raketka bilan bir martadan ortiq ursa yoki koptokni raketka bilan tutib olsa va qaytarib uzatsa;
- agar raqibi koptokka tana azosi bilan tegib ketsa yoki tor, stol tirgagiga tegsa. Har ikki ochkodan song (2001 yil 1 sentyabrdan - har besh ochkodan song) koptok uzatish qabul qiluvchiga otadi.
Yüklə 10,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin