Muxammad-al Xorazmiy nomidagi tatu farg‘ona filiali «Tabiiy fanlar» kafedrasi assistenti Tolipov Nodirjon Isaqovichning



Yüklə 13,51 Kb.
tarix28.02.2023
ölçüsü13,51 Kb.
#85980
Tashqi taqriz


Muxammad-al Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali «Tabiiy fanlar» kafedrasi assistenti Tolipov Nodirjon Isaqovichning
Differensila tenglamalar” nomli oʻquv qо‘llanmasiga
T A Q R I Z
Hozirgi zamonda ilmiy tadqiqot metodologiyasi nafaqat olim yoki olimlikka
da’vogarlar uchun, ilm sohasi mutaxassislari uchun, о‘zining turli narsalarga
qiziquvchanligini qondirishga harakat qiluvchi shaxslar uchun, balki jamiyatning
barcha a’zolari uchun zarur. Chunki, barchamiz о‘z faoliyatimizni u yoki bu holda ilmfan olamiga yо‘naltirilishimiz, hamda bu olam ichida amal qilishimizga tо‘g‘ri keladi. Atrofimizdagi borliqni tushunishda ilmiy yondashuvga ega bо‘lish muvaffaqiyatning garovi hisoblanadi.
Olimlar foydalanadigan metodologiya, о‘z mohiyatiga kо‘ra, kundalik hayotda
qо‘llaniluvchi taomillardan iborat bо‘lib, ular fanga nisbatan tashkillangan va tizimga solingan tartibda amalga oshiriladi, bundan tashqari maxsus mushohada va tanqidiy tahlilga tayanadi. Fanni о‘rganishning о‘ziga xos sohasi sifatidagi metodologiya aynan shu bilan shug‘ullanadi. D.A.Xalilovning “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanidan uslubiy qо‘llanmasi о‘zbek tilida ilmiy tadqiqot sohasidagi kо‘plab ma’lumotlarni о‘z ichiga oladi.
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fani magistrlar uchun tanlov fanlar doirasida
о‘quv rejasida о‘tilishi rejalashtirilgan. О‘quv qо‘llanmada fan buyicha nazariy
ma’lumotlar asosida ma’ruza mashg‘ulotlarini bajarish tartiblari kо‘rsatib berilgan.
Ushbu о‘quv qо‘llanma “Kompyuter injiniringi” (Kompyuter tizimlarini
loyihalashtirish) magistratura yunalishi bо‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun
“Ilmiy tadqiqot metodologiya” fanidan nazariy mashg‘ulotlarni bajarishda
foydalanishlari uchun mо‘ljallangan bо‘lib, unda bajariladigan ishlar bо‘yicha nazariy ma’lumotlar shakli va mazmuni, nazorat savollari va topshiriqlari keltirilgan. О‘quv qо‘llanma davlat ta’lim standartlari talablari, о‘quv reja va о‘quv dasturiga asoslangan xolda yaratilgan. О‘quv qо‘llanmani nashrdan chiqarish va о‘quv jarayonida keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Yüklə 13,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin